M1
|
Til va nutq
Biz o‘z nutqimizda SO‘Z (so‘zlash), GAP (gapirish), TIL va NUTQ atamalarini ko‘p qo‘llaymiz, ba’zan ular orasidagi farqni sinchiklab ham o‘tirmaymiz. Ular vositasida bilganlarimizni, ko‘rganlarimizni, mashq va mashg‘ulotlarimizning borishi-yu natijalarini, atrofdagilarga, ayniqsa, oila a’zolariga munosabatlarimizni ifoda etamiz. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinishidir.
Lekin lingvistik nuqtai nazardan til va nutq farqlanadi. Jumladan, tilni xalq yaratadi, umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi; nutq esa shaxsiy boylik sanaladi. Har kim o‘z qobilyati, so‘z boyligi, savodi hamda so‘zlash a’zolariga qarab gap tuzadi.
Til – aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa bo‘ladi. Og‘zidan so‘z yo gap chiqdimi – uchadi ketadi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. A. Navoiy aytganidek, so‘zingni buyuk etsang, o‘zinga buyuklik keltirasan. Tilning xizmati doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog), juft shaxs orasida (dialog) yuz beradi. Nutq she’r, hikoya, roman, qissa kabi ko‘rinishlarda turli janrlarga bo‘linadi. Nutq yozma va og‘zaki bo‘ladi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi, qo‘shimchalar turli fonetik hodisalarga uchraydi. Nutq hajmi so‘zlovchilarga saviyasiga, uslubga, o‘rin va joyga qarab, turli shakl va hajmlarda bo‘ladi.
Nutq oldiga qo‘yilgan talablar (tovush tanlash, so‘z topish) uning mohiyatidan, tildek “ajab” mo‘jiza dahosidan, uning ijtimoiy kuch-qudratidan kelib chiqadi. Chinakam go‘zallik, deydi A.Gorkiy, so‘zlarning aniqligi, ravshanligi va ohangdorligi bilan yuzaga keladi.
Yuqorida berilgan matn asosida murakkab reja tuzing.
|
|
M2
|
Nutq uslublarining har bir turiga matn yozing.
1)So‘zlashuv uslubi;
2)Publistitik uslub;
3)Badiiy uslub;
4)Ilmiy uslub;
5) Rasmiy uslub.
|
Barchasini qo‘lda yozish kerak (Maksimal 25 ball)
Do'stlaringiz bilan baham: |