Ma териалы и исследования по археологии СССР • №37
XX ASR BOShLARIDA XIVA XONLIGIDA SAN’AT VA MADANIYAT MAVZUSINI O’RGANISHNING TAJRIBA SINOV IShI – YANGI PEDOGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Download 0.68 Mb.
|
Ma òåðèàëû è èññëåäîâàíèÿ ïî àðõåîëîãèè ÑÑÑÐ • ¹37
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-shakl "Klaster" metodi
2.3. XX ASR BOShLARIDA XIVA XONLIGIDA SAN’AT VA MADANIYAT MAVZUSINI O’RGANISHNING TAJRIBA SINOV IShI – YANGI PEDOGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
ASOSIDA O’QITISH XX asr boshlarida xiva xonligida san’at va madaniyat mavzusini o’qitishning yangi pedagogik texnologiya vositalaridan klaster usulidan o’qitishning ishlanmasini keltirmoqchimiz. Klaster – (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik didaktik strategiyaning muyyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq, o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq obyektga yunaltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’lik ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o’quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Stil va Stil g’oyasiga muvofik, ishlab chiqilgan "Klaster" metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanishi mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmui tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. Kushonlar davrida madaniy hayot mavzusini o’qitishda "Klaster" metodidan foydalanishda kuyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi. 1-shakl "Klaster" metodi Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to’g’risida o’ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Belgilangan vaqt nixoyasiga yetmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g’oya tug`ilguniga qadar davom ettiring. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq; yangi g’oyalarni ilgari surish hamda mazkur g’oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik bog’liklikni ko’rsatishga harakat qiling. G’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang 2-shakl. "Klaster" metodining qoidalari "Qarorlar shajarasi" ("Qarorlar qabul qilish")metodi "Qarorlar shajarasi" metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir Qadar murakkab mavzularni o’zlashtirish ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta taxlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to’g’risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar, Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor taxlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. XX asr boshlarida Xiva xonligida san’at va madaniyat mavzusi o’rganishda guruh o’quvchilari ishtirokida qo`llaniladigan "Qarorlar shajarasi" bir necha un nafar o’quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasida oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o’quvchilar tomonida bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal taxlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to’ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar): "Tajriba asosida o’qitish sikli" (D. Kolb g’oyasi) Metodi Mazkur metod quyidagi to’rt omil asosida ko`riladi: Reflektiv kuzatish, Abstrakt xulosalash (konseptuallash), Tajriba vositasida o’qitish sikli, Faol tajriba olib, borishga tayyorlanish, Aniq tajriba o’tkazish 3-shakl. "Tajriba vositasida o’qitish sikli" metodining asosiy omillari Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g’oya)ga asoslanadi. Chunonchi: 1. O’quvchilar uchun mashq (topshirik)lar mazmunini tanqidiy o’rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yarat (reflektiv kuzatish); 2. o’quvchilarga zarur nazariy bilimlarni berish; 3. Muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umulashtirish va xulosalash; uchun sharoit yaratish (abstrakt xulosalash konseptuallash); 4. o’quvchilarga mo’qammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo’lgan mashq (topshirik)larni ishlab chiqish imkonini berish (faol tajriba olib borishga tayyorlanish); 5. yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o’tkaz va faoliyatda undan foydalanish (aniq tajriba o’tkazish). "Qora quti" metodi Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo’llashdan maqsad o’quvchilar tomonidan mavzuni puxta o’zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarda boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: - o’quvchilar juftlikka biriktiriladilar; juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (tayanch so’zlar, sanalar, rakamlar, belgilar va x-k.)ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi; - o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar; topshiriqni to’g’ri bajargan guruhning bir a’zosi o’qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi; o’quvchilar yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharxlaydilar (tayanch so’zlar, sanalar, rakamlar, belgilar qanday ma’noni anglatishini aytadilar); - to’g’ri javob bergan o’quvchi o’qituvchi rolni bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi shakl, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o’qituvchi yordamida topshirikning bajarilishini tekshiradi."Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi,...) ortikcha" metodi O’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga ega bo’lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo’llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: - o’rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish; - har xil bo’lgan tizimdan mavzuga ta’lluqli bo’lgan to’rtta (beshta, oltita,...) tushunchaning o`rin olishiga erishish; o’quvchilarga mavzuga ta’lluqli bo`lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; o’quvchilarni o’z harakatlari mohiyatini sharxlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida, o’quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o’tishlari hamda ular o’rtasidagi mantiqiy bog’liklikni asoslashlarini talab etish lozim). Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy bog’liklikni ko’rsata va asoslay olish o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini asoslay olish, shuningdek, tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy muloxazalarini o’zaro taqqoslash ko’nikmalarini ham shakllantiradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling