Маҳаллий газконденсатларнинг таркиби ва хусусиятларини тадқиқ қилиш


-jadval.O'zbekistondagi qator gaz konlari gazokondensatlari tavsifi


Download 33.12 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi33.12 Kb.
#1608646
1   2   3
Bog'liq
Парвиз мақола 2023

1.2-jadval.O'zbekistondagi qator gaz konlari gazokondensatlari tavsifi

Gaz koni


Qazib chiqarish hajmi 1998 y, ming.t

Fizik– kimyoviy xosslar

Uglevodorodlar tarkibi, %



, g/sm3

Aromatik

Naftenli

Parafinli

Muborak
(shimoliy)

510

1,4274

0,728

8,8

29,1

62,1

Muborak (janubiy)

210

1,4281

0,735

10

32

58

Ko’kdumaloq

1910

1,4392

0,768

12

15

73

Uchqir

140

1,4486

0,787

24,2

36,7

39,1

Gazli

60

1,4460

0,765

32

23

45

Sho’rtan

930

1,4417

0,762

29

22

49

Jami

3760
















Hozirgi vaqtda ishlab turgan gaz konlari gazokondensatlari o'ziga xos xususiyatlari 1.2-jadvalda keltirilgan. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, turli konlardan olinadigan gazokondensatlar fizik-kimyoviy xossalari va uglevodorodlar tarkibi ham sifati ham chiqimi bo'yicha farq qiladi. Hamma kondensatlar quyilish harorati pastligi (-600C kam) va alangalanish harorati (-250C) bilan tavsiflanadi, hamda gazokondensatlar fraktsion tarkibi bilan farq qiladi. Gazkondensatlarning uglevodorodlar tarkibini o'rganib, ularni ikki guruhga bo'lish mumkin:


- aromatik uglevodorodlarga boy kondensatlar (Gazli, Uchqir);
- yuqori parafinli aromatik uglevodorodlari kam bo'lgan kondensatlar (Janubiy Muborak).
Gaz kondensati tabiiy gazni qayta ishlash natijasida ogʻir uglevodorodlarni ajratib olish natijasida hosil boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Uning oʻrtacha zichligi 0,715 - 0,735 g/sm3 ni tashkil qiladi. Gaz kondensatining sifati TSt 39.0-02:2004 tarmoq standarti talablariga asosan nazorat qilinadi. Gaz kondensati neftni qayta ishlash zavodlariga joʻnatiladi.
Engil gaz kondensatlari Muborak, Gazli, Uchqir va boshqa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past haroratda qaynay boshlaydi, bu o’z navbatida ichki yonuv dvigatellarini ta’minlash tizimida bor tiqinlarni paydo bo’lishiga moyillikni kuchaytiradi. Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, zamonaviy ichki yonuv dvigatellarining ta’minlash tizimida bor tiqinlari hosil bo’ladigan harorat mashinalarning O’rta Osiyo sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatdan biroz yuqori bo’lar ekan.
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo’lmagan antidetonastion xususiyatlarga ega bo’lib, ularning oktan soni 54-58 oralig’ida bo’ladi. Gaz kondensatlarini yuqori oktanli benzinlar bilan aralashtirib, ularning detonastiyaga chidamliligini zamonaviy IYoD lar talab qilinadigan darajagacha oshirish mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish sof benzinga bo’lgan talabni 50-60% kamaytiradi.
Gaz kondensatlarining qovushqoqligi benzinlarnikiga yaqin bo’lganligi uchun ichki yonuv dvigatellarini ta’minlash tizimini konstruktiv jihatdan o’zgartirish talab qilinadi. Maxsus tajribalar engil gaz kondensatlarining etarli darajada barqaror ekanligini hamda ularni saqlash paytida yo’qotishlar yuqori ekanligini ko’rsatdi.quyidagi jadvalda gaz kondensatlarining ba’zi xossalari keltirilgan.

Download 33.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling