Mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj


Download 56.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.10.2023
Hajmi56.72 Kb.
#1703879
Bog'liq
Kredit - Vikipediya (1)



Kredit
Kredit, boʻsh turgan 
pul
mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj
boʻlib turgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga
 
ishlab chiqarish
va boshqa 
ehtiyojlari
uchun
maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini
ifodalaydi.
Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman,maqullayman) — pul mablagʻlari, tovar va
xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga
qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, korxona, xususiy shaxs
va boshqalar), ssuda oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan
foydalanish shartlari kayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K. muomalasi qarz
beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz
munosabati ham K. boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi,
foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy
aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra,
qisqa muddatli (1 yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5 yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan
ortiq) K.ga boʻlinadi.
K.ning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat K.i — bir
xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank
K.i — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining
forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat K.i — davlatning qarz
beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank
tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni K. ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi
sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik
shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan K.lar hisobidan
tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol K.i — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni


nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro
yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro K. — muddatli, qaytimli va
foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz
oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el
korxonalari aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.
K. iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta
taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. K. yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir
mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish,
iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli
yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan
tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga
qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish
rivojiga ragʻbat beradi.
K. munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun
mamlakatda K. siyosati olib boriladi. K. siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va
ajratilayotgan K.larning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, K.ning samaradorligini
oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol
oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning K. siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor
tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
bankining markazlashtirilgan K.lari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan
yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat
banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga K.lar ajratish bilan birga kichik
va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda
ajratilayotgan K.lar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. K. tizimi: Markaziy bank, tijorat
banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. K. tizimida
Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda K.tizimi
faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank
faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ahmadjon Oʻlmasov, Qahramon Haqberdiyev.
[1]
Pul shaklidagi 
kapital
 ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil
qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz
oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (
firmalar
), 
tashkilotlar

davlat
va uning muassasalari hamda aholining keng
qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan
har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin.


Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror
ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy
aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy
aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa
pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki — 
pul
va 
tovar
shakllaridan foydalanib kelingan.
Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u 
bank

tijorat
,
davlat
, isteʼmol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — 
banklar
va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (
tadbirkorlar
, davlat, uy
xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning
kapital 
qurilish

qishloq xoʻjaligi
sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik
hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-
biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar
shaklida beriladi.
Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan
isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum
muddatga beriladi. U 
chakana savdo
magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib
toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida 
bank ssudalari
berish shaklida
amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi.
Ipoteka krediti — 
koʻchmas mulklar
 (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida
beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, 
banklar
 va korxonalar tomonidan chiqariladigan
ipoteka
 
obligatsiyalari
 hisoblanadi.
Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul
mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti
Kredit resurslarining manbalari
Mohiyati
Kredit turlari

Download 56.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling