Changlovchi navlarni tanlash va joylashtirish. Meva daraxtlarning ko‘p chilik
navlari o‘z-o‘zidan hosil bermaydi. Balki boshqa navlar bilan changlanishhii talab
qiladi. O‘z-o‘zidan changlanadigan navlar ham chetdan changlangan taqdirda mo‘l
va sifatli hosil beradi. Gullaniing to‘la changlanishi uchun har 10—12
asosiy
qatordan keyin bir-ikki qator bir-ikkita changlovchi uav o‘tqaziladi.
Bog‘da meva daraxtlarini joylashtirish usullari. Meva daraxtlarini bog‘da
joylashtirishda daraxtlarning o‘sishi va hosil berishiga zarar yetkazmagan holda,
o‘simliklarning oziqlanish maydonidan imkoni boricha to‘laroq foydalanish ko‘zda
tutiladi.
Tekislik zonasida meva daraxtlari uch usulda: kvadrat, to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak
va shaxmat usulida joylashtiriladi.
Kvadrat usuli
- bu usulda qatorlar orasi va
qatordagi tuplar orasi teng
bo‘ladi.
To‘g‘ri burchakli to‘rtburchak usuli - ba‘zi afzalliklarga ega bo‘lganligl sababli
keyingi yillarda bog‘ barpo qllishda tobora keng qo‘llaiiihnoqda. Bu usulda qatorlar
orasi qatordagi daraxtlar orasiga nisbatan birinuiichn (2-3 m) kengroq qoldiriladi.
Oqibatda, 1 ga yerga kvadrat usulidagiga qaraganda ko‘proq daraxt o‘tqaziladi.
Daraxtlarni shaxmat usulida joylashtirish hozirgi vaqtda eski bog‘larda va tomorqa
yerlaridagina uchraydi. Bu usulda daraxtlar uchburchak yoki oltiburchak uchlariga
o‘tqaziladi. Qo‘shni qatordagi daraxtlar bir-biriga ro‘para
qilib emas, balki ular
orasining markaziga ro‘para qilib joylashtiriladi.
Meva daraxtlarini o‘tqazish qalinligi. Meva daraxtlari
shunday qalinlikda
o‘tqazilishi kerakki, buuing oqibatida daraxtlar uio‘l hosil bersin,
mevasi yuqori
sil‘atli daraxtlar shamolga, garmselga bardosh
beradigan va yerni ishlash,
o‘simliklarini parvurish qilishni mexanizatsiyalashtirish mumkiu bo‘lsin.
Vazifalar:
1, Turli (Farg‘ona) viloyatlar bog‘larida ekilgan meva ekinlari tur va navlar tarkibi
hamda salmog‘i bilan tanishish.