Madaminov Doniyorbek O`qituvchi: Shohruh Toshtemirov merkantilizm tushunchasi uning
Download 22.79 Kb.
|
Doniyor ITT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya)
Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning
rivojlanishiga bo‘lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirish davriga muvofiq keladi va “toindustrial” iqtisodiy davrdagi voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi. Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berish bo‘ldi. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar. Merkantilizmni zamon muammolariga ilmiy munosabat deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Xususiy mulk inqirozga uchrab, davlat mulkiga aylantirilayotgan bir davrda merkantilistlar xalq boyligi va qudratini oshirish uchun eng yaxshi siyosat va yo‘llarni belgilashga intilardilar. Merkantilistlar dunyodagi umumiy boyligini o‘zgarmas deb qabul qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‘rtasida savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromad olishi boshqasiga albatta zarar keltiradi, deb ta’kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu mantiqni xalqlar o‘rtasidagi savdoda ham qo‘llab, bir xalqning iqtisodiy qudrati va boyligining o‘sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo‘l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan. Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo‘lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy savdoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq deb hisobladilar: – eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni; – tovarlar importini har tomonlama cheklashni; – mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling