Madaniy dam olish faoliyatining tarixiy jihatlari. Ibtidoiy jamiyatda dam olish faoliyati turlari. Qadimgi dunyoda dam olish faoliyati


Qadimgi dunyoda dam olish faoliyati


Download 42.48 Kb.
bet4/6
Sana15.11.2023
Hajmi42.48 Kb.
#1777437
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu animatorlik

3. Qadimgi dunyoda dam olish faoliyati


Barcha qadimgi madaniyatlar kabi yunon mumtoz (antik) madaniyatining muhim tarkibiy qismi din bo‘lgan. Din me’morchilikning, tasviriy san’atning, adabiyotning ajoyib namunalarida o‘z aksini topdi. Qadimgi yunon dinining asosiy shakllari arxaik davrdayoq tarkib topgan, uning ildizlari esa eng qadimgi kritmiken davriga va qadimgi Sharq ta’sirlariga borib taqaladi.
Ibtidoiy jamoadan sinfiy jamiyatga o‘tish davrida ma’budlar haqidagi tasavvurlar o‘zgaradi. Er. avv. VIII-VII asrlarda ko‘plab mahalliy va ayrim umumyunon ma’budlarini tartibga solish ehtiyoji tug‘iladi. Arxaik davrda (mil. avv. VIII-VII asrlarda)gi dinning rivoji antropomorfizmdan, ya’ni insonning ilohiylashtirishdan, xudolarni o‘lmaydigan va abadiy yosh bo‘lib turadigan kuchli, go‘zal kishilar deb tasavvur qilishdan iborat edi.
Quldorlik munosabatlarining shakllanishi va ijtimoiy ahvol Gesiodning «Mehnatlar va kunlar» poemasida aks ettirilgan. Shuningdek, diniy mifologiya ham Gesiod tomonidan tartibga solingan shaklidan to antik davrning oxirigacha yunonlarning tasavvurida asosan mavjud bo‘lib kelgan. Yunonlar uchinchi avlodga oid bosh ma’budlarning makoni Olimp tog‘i deb bilishgan.
Qadimgi Sharq fani Yunon dunyosida ilm-fanning rivojlanishiga ta’sir etgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar.
Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo‘lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar.
Afinalik faylasuf Suqrot (mil. avv. 441-399 y.) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undab, haqiqat bahs orqali bilinadi, degan. Suqrot o‘z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o‘limga hukm qilishgan.
Makedoniya saroy tabibining o‘g‘li Arastuni (mil. avv. 384-322 y.) Sharqda «birinchi muallim» deb ataganlar. U juda ko‘p asarlar yozib, ilmiy bilimlarni alohida sohalarga bo‘lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Yer koinotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari «Siyosat»dir.
Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. «Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» va «Iliada» kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv. VIII asrda yashagan ko‘r baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlar.
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimgi Yunon teatri mil. avv. VI asrlarda qishloq ho‘jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlar va o‘yinlar asosida vujudga kelgan. Yunonlar teatrni «katta yoshdagilar maktabi» deyishgan.
Teatr yunonchada «tomoshalar joyi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 1725 ming tomoshabin joylashgan. Teatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg‘un bo‘lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada «echkilar qo‘shig‘i» degan ma’noni anglatadi.
Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko‘rishgan. Esxilni «tragediya otasi» deb ataganlar. Uning «Zanjirband Prometey», «Forslar» tragediyalari, Sofokolning «Shoh Edip», «Antigona» tragediyalari mashhur bo‘lgan. Sofokol 120 dan ko‘proq tragediya yozgan.
Aristofan «Tinchlik», «Suvoriylar» degan komediyalarida urush voqealarini va o‘sha davrdagi illatlarni tasvirlagan. Bu ijodkorlarni xalq hurmat qilib Afina teatriga haykallarini o‘rnatganlar va «donishmandlik yo‘lboshchilari» deb ataganlar.
2. Diniy madaniyat (VI-XVI asrlar) davri tarix fanida o‘rta asrlar deyilib, qadimgi va an’anaviy madaniyatlar o‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik tafakkur va an’analarning kuchli ta’siri hamda yangi davrning texnogen madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari seziladi. Arab xalifaligi va Yevropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik belgilaydi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri hisoblanadi. O‘rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga kelishi yuz beradi, hozirda muomalada bo‘lgan tillar shakllanib, ta’lim va fan tizimi yanada taraqqiy etadi. Fanning turlari va uslublari zamonaviylik kasb etib bordi.
A. Gumbold ta’kidlaganidek, arablar «tabiiy fanlar ijodkori» bo‘lib, ular tajriba va mezon yo‘liga asos soldilar. IX asrda musulmon Sharqida rasadxona qurildi; yulduzlarning aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, optika, alximiya, mexaniqa, tibbiyot, jug‘rofiya sohalari bo‘yicha ko‘plab asarlar yozildi. Ulug‘ alloma al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog‘i bo‘lgan algebraga asos soldi. Buyuk Sharq olimlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdiy kabi ko‘plab allomalar asarlaridan Yevropaning yangi avlod olimlari ta’lim oldi. Tabiatni ratsional anglash an’analarini o‘zlashtirib va yanada takomillashtirib, XIII asrda R. Bekon induktiv mantiq usulini yaratadi hamda ilmiy idrokninig bosh usuli sifatida malaka va tajribani tasdiqlaydi.

Download 42.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling