Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari


Download 93.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi93.95 Kb.
#1181804
  1   2
Bog'liq
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari - Vikipediya (1)



Madaniy
oʻsimliklarning
kelib chiqish
markazlari
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish
markazlari - Yer sharida oʻsimliklarning
muayyan turlari dastlab
madaniylashtirilgan (dehqonchilikda
ekilgan) va ularning genetik xilma-xilligi
eng koʻp boʻlgan geografik markazlar.
M.oʻ.k.ch.m. toʻgʻrisidagi taʼlimot


madaniy oʻsimliklar seleksiyasi va
ularning navlarini yaxshilash uchun
boshlangʻich materiallarga ehtiyojlar
tufayli yuzaga kelgan. Unga Ch.
Darvinning biologik turlarning kelib
chiqishida geografik markazlarning
mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyalari asos
boʻlgan. 1883-yilda shveysariyalik botanik
olim A. Dekandol eng asosiy madaniy
ekinlar birlamchi kelib chiqqan geografik
oʻlkalarni taʼriflab berdi. Lekin unda juda
keng hududlar koʻrsatilgan boʻlib,
ayrimlarining maydonlari deyarli qitʼalar
chegaralariga toʻgʻri kelar edi. 1925—39
yillarda M.oʻ.k.ch.m. nazariyasini eng
izchil holda N. I. Vavilov ishlab chiqdi.
N.I.Vavilov oʻzi va boshqa botanik olimlar


tomonidan ilmiy ekspeditsiyalarda
toʻplangan jahon oʻsimlik resurslari
(250000 ga yaqin namunalar
kolleksiyasi) toʻgʻrisidagi juda katta
materiallarga tayangan holda
M.oʻ.k.ch.m.ning 8 ta asosiy geografik
markazi yoki oʻchoqlarini koʻrsatib berdi:
Xitoy markazi (soya, tariq, turli sabzavot
va mevali ekinlar vatani); Hindiston
markazi (madaniy oʻsimliklar turlarining
deyarli 1/3 qismi; sholi, shakarqamish,
baklajon, bodring, mevali ekinlar vatani);
Oʻrta Osiyo markazi (noʻxat, china, kunjut,
maxsar, yasmiq, koʻpgina sabzavotlar —
piyoz, sarimsoq, ismaloq, mevalar — oʻrik,
nok, tok, bodom vatani); Gʻarbiy Osiyo
markazi (bugʻdoyning koʻpgina turlari, ikki


qatorli arpa, javdar, beda, karam turlari,
sabzi, anjir, anor v b.); Oʻrta dengiz,
markazi (zaytun, seratoniya daraxti, juda
koʻp ozuqa va sabzavot ekinlari vatani);
Efiopiya markazi (bugʻdoy, arpa, moyli
ekinlar, bananning alohida bir turi, kofe
daraxti va boshqa vatani); Markaziy
Amerika markazi (90 ga yaqin oziqovqat,
texnika va dorivor oʻsimliklar, shu
jumladan, makkajoʻxori, uzun tolali gʻoʻza,
loviyaning bir necha turi, qovoq, kakao,
mevali oʻsimliklarning koʻpgina turlari
vatani); Janubiy Amerika markazi
(koʻpgina ildizmevali oʻsimliklar, birinchi
navbatda, kartoshka, oka, xina daraxti va
koka butalari vatani).


Oʻtmishda ayrim oʻsimliklar bu asosiy
markazlardan chetda madaniy ekinlarga
aylantirilgan. Lekin bunday oʻsimliklar
soni juda kam. N. I. Vavilov birlamchi
(eng kad.) va ikkilamchi (dehqonchilik
mintaqalari oʻrtasida tovar ayirboshlash
va oʻzaro aloqalarning rivojlanishi bilan
bogʻliq holda keyinchalik paydo boʻlgan)
M.oʻ.k.ch.m. borligini koʻrsatadi. Agar
ilgari Dajla, Furot, Gang, Nil va boshqa
yirik da-ryolar vodiylari qad. dehqonchilik
markazlari boʻlgan, deb hisoblangan
boʻlsa, N. I. Vavilov deyarli barcha
madaniy ekinlar togʻli, tropik, subtropik va
moʻʼtadil mintaqalarda paydo
boʻlganligini koʻrsatib berdi.
Yetishtirilayotgan koʻpchilik madaniy


ekinlarning asosiy geografik markazlari
fakat oʻsimlik boyliklaridan tashqari eng
qad. dehqonchilik madaniyati bilan ham
bogʻlikdir. Hindiston markazi qad.
Hindiston va Hindixitoy madaniyati bilan,
Oʻrta Osiyo markazi 6 ming yillik tarixga
ega boʻlgan etrus, ellin va Misr
madaniyati bilan bogʻliq va h.k. Shunday
qilib, yovvoyi oʻsimliklardan
foydalanishda ularning sifat tarkibi,
rivojlangan dehqonchilik madaniyati va
tegishli ravishda yirik-yirik aholi
manzilgohlarining mavjudligi katta rol
oʻynagan.
N. I. Vavilovning shogirdi P. M. Jukovskiy
oʻsimlik genofondlari (qarang Genetik


fond) boʻyicha dunyo miqyosida
toʻplangan juda katta maʼlumotlarni tahlil
qilish asosida madaniy oʻsimliklar kelib
chiqqan va yangi shakllar paydo boʻlgan
12, jumladan, 4 ta megagen markazlarini
ajratdi (haritaga q.). Bulardan tashqari,
madaniy oʻsimliklarga genetik jihatdan
qarindosh endemik yovvoyi turlarning
ajralib (alohida boʻlib) qolishi tufayli
paydo boʻlgan 12 ta mikromarkaz ham
ajratilgan.
M.oʻ.k.ch.m. haqidagi taʼlimotning asosiy
nazariy mohiyati madaniy oʻsimliklarda
tur hosil boʻlish jarayonining muayyan
geografik joyga bogʻliqligini koʻrsatishdir.
N. I. Vavilov kashf qilgan irsiy


oʻzgaruvchanlikdagi gomologik qatorlar
qonuni katta amaliy ahamiyatga ega
boʻlib, amaliy seleksiyada qimmatli
boshlangʻich material boʻla oladigan,
muhim xoʻjalik belgilarining nodir
genlariga ega oʻsimliklarning yangi
shakllarini yaratishiga imkon beradi.
Madaniy ekinlarning aksariyati
dehqonchilikda 5— 8 ming yildan beri
ekiladi. Oʻsimliklar madaniylashtirilgan
sari oʻz markazidan uzoqlashib yangi
tuproq-iqlim sharoitlarda ekila boshlaydi.
Sunʼiy va tabiiy tanlanish natijasida
oʻsimliklarning genotiplari, morfologik va
biologik belgilari uzgaradi. Genotip oʻzi
shakllangan mintaqasidan boshqa
mintaqalarga tarqalgan sari uning biol.ga


mos sharoit texnologik tadbirlar orqali
yaratiladi. Mas, makkajuxori yaxshi
tuplanadigan va sershoxli tipik qisqa
kunli tropik oʻsimligidir, ammo yangi
navlari va duragaylari 55° shim. kenglikda
ekiladi; soya issiqsevar oʻsimlik, 3500—
4000° foydali harorat yigʻindisini talab
etadi, ammo uning shim. ekotipi 1750—
1800° da pishadi. N. I. Vavilov va boshqa
olimlarning mehnati tufayli [mas.,
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Genetika
va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi
institutida gʻoʻzaning kelib chiqishi
markazlariga akademik A. Abdullayev
boshchiligida Meksika (1975), Peru
(1984), Shri Lanka, Hindiston, Xitoy (1989
—90), Avstraliya (1997)ga ek-


speditsiyalar uyushtirilgan] Yer sharining
turli mamlakatlariga oʻtkazilgan juda koʻp
botanik ekspeditsiyalar natijasida faqat
miqdor emas, balki xilma-xilligi jihatidan
ham boy boʻlgan, jahondagi eng yirik va
noyob madaniy oʻsimliklar hamda
ularning yovvoyi ajdodlari kollekdiyalari
yaratilgan. Dunyo kolleksiyasi
namunalaridan foydalanish asosida turli
qishloq xoʻjaligi ekinlarining 1200 dan
ortiq navlari yaratilgan.
Madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish va
shakl hosil qilish megamarkazlari (P. M.
Jukovskiy)I. Xitoy-Yaponiya (soya, yum-
shok bugʻdoy, tariq, qoʻnoq, marjumak va
boshqa vatani).


II. Indoneziya-Hindixitoy(suli,
shakarqamish, banan, murch, sabzavot
ekinlari).
III. Avstraliya (yovvoyi sholi turlari,
avstraliya gʻoʻzalari, sebarga turlari,
tamaki, evkalipt, tropik daraxtlar turlari).
IV. Hindiston (sholi, hind bugʻdoyi,
shakarqamish, osiyo gʻoʻza turlari,
baqlajon, bodring, mango).
V. Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston, Tojikiston,
Afgʻoniston, Gʻarbiy Tyanshan togʻlari;
koʻk noʻxat, xashaki dukkaklilar, noʻxat,
mosh, afgʻon javdari, maxsar, yasmiq,
oʻrik, shaftoli, olma, qovun, gʻoʻza turlari
va boshqalar).


VI. Gʻarbiy Osiyo (Togʻli Turkmaniston,
Eron, Zakavkazye, Kichik Osiyo, Arabiston
ya. o.; bugʻdoy turlari, arpa, javdar, suli,
beda, tok, chirmashib oʻsadigan zigʻir,
nok, gilos, anjir, anor, qovun, sabzavot
ekinlari).
VII. Oʻrta dengiz (zaytun, suli, bugʻdoy
turlari, dukkakli ekinlar, sebarga turlari,
zigʻir, karam, lavlagi, sabzi, sholgʻom, turp,
piyoz, sarimsoq, koʻknor, oq xantal).
VIII. Afrika (joʻxori turlari, tariq,
kanakunjut, sholi, moyli palma, dukkakli
ekinlar, kunjut, kofe, gʻoʻza turlari).
IX. Yevropa-Sibir (tolali zigʻir, duragay
sebarga, beda turlari, kendir, xmel, nasha,


meva, sabzavot ekinlari).
X. Markaziy Amerika (makkajoʻxori, uzun
tolali gʻoʻza turlari, loviya, kungaboqar,
qovoq, maxorka, qalampir, kartoshka
turlari, koʻp yillik oʻsimliklar).
XI. Janubiy Amerika (madaniy kartoshka,
pomidor, tamaki, ananas, koʻp yillik arpa,
yer yongʻoq, gurchsimon (chatnaydigan)
makkajoʻxori turlari).
XII. Shimoliy Amerika (arpa turlari, lyupin
turlari, koʻp yillik oʻtsimon kungaboqar
turlari, meva, sabzavot, rezavor
oʻsimliklar).


Jukovskiy P. V., Mirovoy genofond
rasteniy dlya seleksii, L., 1970;
Sinskaya Ye. N., Istoricheskaya
geografiya kulturnoy flori, L., 1969;
Hasanov U. H., Madaniy oʻsimliklarning
kelib chiqish markazlari, T., 1989.
Halima Otaboyeva.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyot
Manbalar



Download 93.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling