Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi
Download 175.5 Kb.
|
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fanidan маъруза матни (2)
Dramatik parchalar. San`atning bu turi boshqa badiiy asarlardan farq qilib, unda g`oyalar kurashi, qarama-qarshi konfliktlar yorqinroq, oydinroq yoritiladi. SHuning uchun teatrlashtirilgan tadbirlarda mazmun rivojiga qarab, dramatik parchalardan keng foydalaniladi.
Tadbirlarda dramatik parchalardan foydalanishning ikki xil usuli bor: 1. Tayyor asarlardan olingan parchalar. 2. Stsenaristning o`zi tadbir uchun maxsus yozgan dramatik epizodlar. Teatrlashtirishda faqatgina p’esalardan parchalar olinishi bilan kifoyalanib qolmasdan, kecha yo`nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan ham parchalar olinadi. Dramatik parchalardan foydalanishning ikkinchi usuli ham keyingi paytda juda ko`p qo`llanilmoqda. Tadbirning asosiy fazilatlaridan biri mahalliy voqealarni aks ettirish bo`lgani uchun, stsenariy avtorlari joylarda bo`layotgan (yoki bo`lishi mumkin bo`lgan) voqealarni kichik dramatik lavha shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda. Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, qishloq aholisida klub kechalariga bo`lgan qiziqishning sabablaridan biri - bu mahalliy faktlarni, voqealarni instsenirovka shaklida ko`rsatishdir. Ayniqsa, mahalliy voqealar asosida yozilgan intermediyalar aholiga manzur bo`lmoqda. Stsenariyda mahalliy hayotni aks ettiradigan dramatik epizoddan foydalanish uchun yoritilayotgan voqea yoki hodisani chuqur o`rganmoq kerak. Unda qahramonning mehnat faoliyati, qiyinchiliklari va ularning kelib chiqish sabablari to`la yoritilsin. Bunday epizodlarni havaskorlik teatri kollektivi qatnashchilari ijro etishsa, kecha qahramonining o`ziga ham, u bilan birga ishlaydigan kollektiv a`zolariga ham qiziqarli bo`ladi. SHuni unutmaslik kerakki, barcha sahna asarlaridan, p’esalardan olingan dramatik parchalar yoki badiiy adabiyotlar asosida qilingan kichik instsenirovkalar yoki maxsus stsenariy uchun yozilgan lavhalardan foydalanish – tadbir mazmunining rivojiga «yordam bermog`i kerak. Kinolavha. Kinolavha badiiy yoki hujjatli fil’mlardan olinib, tadbir tashkilotchilariga keng imkoniyatlar yaratadi. Kinoning (ayniqsa, hujjatli fil’mlarning) «sehrli kuchi» shundan iboratki, u bo`lib o`tgan voqealarni haqqoniy tasvirlaydi va jonli aks ettirad. U tarixiy voqealarning guvohi sifatida xizmat qiladi. Ma`lumki, kinosan`atkorlar tomonidan ko`pgina tarixiy voqealar suratga olingan. Ulardan foydalanish tadbirlarning mazmunini boyitadi, voqelikning haqqoniy obrazini ko`rgazmali gavdalantiradi. Asosan, kinofragmentlardan foydalanish tadbir stsenariysi yozilayotganda planlashtiriladi va shu asosda kinolavhalar tanlanadi. Ko`pgina tadbirlarda fil’mlardan olingan lavhalarning o`zi yaxlit bir zpizodni tashkil qilishi mumkin. Ba`zida kinolavhalar boshqa vositalar, ya`ni kinofragmentlar mazmuniga mos keladigai jonli va badiiy so`z, qo`shiqlar bilan parallel aks ettiriladi. Masalan, nemis fashistlari ustidan qozonilgan g`alabaning yilliklariga bag`ishlangan tadbirlarning final qismida «Xaloskorlik» («Osvobojdenie») fil’mining oxirgi seriyasidagi Reyxstagni qamal qilish epizodining ko`rsatilishi bilan parallel ravishda D. Tuxmanovning «G`alaba kuni» («Den’ pobedi») ashulasi magnitofon orqali eshittirilishi mumkin. Bu usul, albatta, tadbir final qismining ta`sirchanligini oshiradi. Madaniy-ommaviy tadbirlarda kinofragmentlardan foydalanishning «assotsiatsiya» usulini qo`llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ko`pincha shunday hodisa vujudga keladiki, tashkilotchilar tadbir epizodining syujetiga aynan va bevosita mos keladigan kinolavha topisholmaydi. Bunday vaqtda epizod mazmuni bilan bog`lanib ketishi mumkin bo`lgan kinolavha tanlanadi. Masalan: «Onalar tinchlik uchun kurashda» nomli kechada ona o`g`lining o`limi haqida xat oladi. Bu psixologik holatda ona o`g`li bilan oxirgi uchrashuvini eslaydi. Xuddi shu paytda ekranda «Soldat haqida ballada» fil’midan parcha - onaning o`g`li Alyosha bilan oxirgi uchrashuvi lavhasi ko`rsatiladi. Ijodkorlikni talab qiladigan bu usul kinolavhalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi, tadbirni boyitadi. Tadbirning g`oyaviy tuzilishida ta`sirchan vositalar, albatta ishtirok etishi kerak. Ta`sirchan vositalardan foydalanish esa tashkilotchilardan boy va ijodiy fantaziyani talab qiladi. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling