Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi


Download 175.5 Kb.
bet2/15
Sana29.08.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1671272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati fanidan маъруза матни (2)

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Badiiy-ommaviy tadbirlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Madaniy-ma`rifiy faoliyat nima?

  3. Ularning ijtimoiy hayotdagi roli?

  4. Madaniy-ma`rifiy faoliyatning muhim sohalari?

  5. Madaniy-ma`rifiy ishlar kishilar hayotidagi o`rni?

TAYANCH SO`ZLAR:
Madaniy-ma`rifiy faoliyat vazifasi, faoliyat ta`sirchanligi, boshqa sohalar bilan aloqadorligi.
Ommaviy-madaniy tadbirlar tushunchasi va tarixi

REJA:


  1. Badiiy-ommaviy tadbirlar printsiplari.

  2. Badiiy-ommaviy tadbirlar funktsiyalari.

  3. Ommaviylik va ixtiyoriylik printsiplari.

  4. Axborot va badiiylikni uyg`unlashtirish printsiplari.

  5. Jamoatchilikning tashabbuskorlik va havaskorligi printsiplari.

Badiiy-ommaviy tadbirlar nazariyasini o`zlashtirishda ularning mohiyati va ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o`rnini bilish muhim bo`lganidek, ularning o`ziga xos bo`lgan printsiplari va funktsiyalarini (vazifalarini) ilmiy asosda o`rganish ham katta ahamiyatga egadir.


Badiiy-ommaviy tadbirlarning o`ziga xos printsiplari ularni tashkil qilishda yo`l-yo`riqlar ko`rsatadigan asosiy manbadir.
Printsip – bu «nazariya, ta`limot, fan va shu kabilarning asosiy qonun-qoidasi»; «faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun-qoidasi». Printsip – bu amal qilinishi lozim bo`lgan nizomdir.
Badiiy-ommaviy tadbirlar ideologiya ishining, madaniy-ma`rifiy faoliyatning bir qismi bo`lgani sababli ular, eng avvalo, umumiy ideologik printsiplarga bo`ysunadi. Bular quyidagilardan iborat:

  1. G`oyaviylik va xalqchillik printsipi.

  2. Ilmiylik printsipi.

  3. Hayot, qurilish amaliyoti bilan bog`lanish printsipi.

  4. Jangovarlik printsipi.

  5. Aholining har xil gruppalariga, tabaqalariga
    differentsial yondashish printsipi.

Bu umumideologik printsiplar barcha ideologiya ishini olib boradigan madaniyat va san`at muassasalari faoliyatida, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda ham bosh nizom rolini bajaradi.
SHu bilan birga, madaniy-ma`rifiy ishlarning jumladan, ommaviy tadbirlarning o`ziga xos printsiplari mavjud. Ular madaniy-ma`rifiy ishlarning mohiyati, hayotda o`ynaydigan roli asosida vujudga keladi. O`z navbatida, bu o`ziga xos printsiplar madaniy-ma`rifiy ishlarning asosiy vazifalarini hamda barcha ish shakllarining tashkil qilish qonuniyatlarini vujudga keltiradi.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarning o`ziga xos printsiplari quyidagilardan iborat:

  1. Ommaviylik va ixtiyoriylik printsipi. Madaniy-ma`rifiy muassasalarda tashkil qilingan tadbirlarga kelish ixtiyoriydir. Tadbirlarga hech kimni majbur qilib qatnashtirib bo`lmaydi. Mehnatkashlar ko`ngliga yoqqan tadbirlarni tanlashlari va ularning qatnashchilari bo`lishi mumkin. Tadbirlar ommabop va hamma uchun qiziqarli bo`lmog`i shart. Bunga erishish uchun tashkil qilinadigan tadbirlar yuqori saviyada hamda aholinnng asosiy ma`naviy ehtiyojlari va talablariga javob beradigan bo`lmog`i lozim.

  2. Jamoatchilikning tashabbuskorligi va havaskorligi printsipi. Tadbirlar faqat mahalliy aholi uchun va ularning ishtiroki bilan tashkil qilinadi. Professional kollektivlarda tomoshalar professional ijrochilar – aktyorlar, solistlar, raqqosalar bilan tayyorlansa, madaniy-ma`rifiy muassasalarda tadbirlarning qatnashchilari, a`zolari, asosan, jamoatchilik tashabbuskorlari va havaskorlardan tashkil topadi. SHuning uchun ham tadbirni uyushtirishda halq orasidan chiqqan tashabbuskor kishilarni hamda badiiy havaskorlik kollektivlarining a`zolarini keng jalb qilmoq va ularning faoliyatidan samarali foydalanmoq kerak.

  3. SHaxsning ma`naviy qiyofasini boyitish va o`stirish printsipi. Ma`lumki, kishi asosiy ish jarayonida va undan tashqari vaqtda o`zining ehtiyojini har tomonlama qondira olmaydi. Bu borada madaniy-ma`rifiy muassasalar, jumladan, ularda o`tkaziladigan rang-barang tadbirlar ham yordam berishi mumkin. Buning uchun aholining asosiy ishdan tashqari bo`sh vaqtlarida qaysi faoliyat bilan shug`ullanishi, qanday sohalarga qiziqishi va nimalarga ehtiyoji borligini aniqlab, muayyan talablar asosida, maxsus tadbirlar tashkil qilish lozim.

  4. Axborot va badiiylikni (informatsion mantiq va emotsional obrazlilikni) uyg`unlashtirish printsipi. Madaniy-ommaviy tadbirlarda ommaga ma`lum darajada axborot va bilim beriladi. Ular aholini ko`proq qiziqtirish uchun tushunarli, badiiy barkamol va ta`sirchan bo`lishi kerak. Buning uchun tadbirda axborotni ko`proq badiiy-emotsional obrazli shaklda, ta`sirchan vositalardan keng foydalangan holda ommaga etkazish lozim.

  5. Dam olish jarayoni mazmunini go`zallashtirish printsipi. Tadbirlar, asosan, mehnatkashlarning asosiy ishidan holi vaqtida tashkil qilinadi hamda ularga maxsus dam olish shakllari havola etiladi. Mehnatkashlarning yaxshi hordiq chiqarishi uchun tadbirlarni estetik boyitish, go`zallik qonunlari asosida uyushtirish lozim. Tadbir o`tkaziladigan joyni ham, uyushtirilayotgan tadbir shaklining o`zini ham, undagi mazmun, harakat va so`zlarni hyam ko`rkam, go`zal, badiiy-estetik bezash katta samara beradi.

YUqorida qayd etilgan umumideologik va madaniy-ma`rifiy ishlarning o`ziga xos printsiplarini ijodiy o`zlashtirish badiiy-ommaviy tadbirlar tashkilotchilari uchun bosh ilmiy qurol bo`lib xizmat qiladi.
Badiiy-ommaviy tadbirlarning asosiy funktsiyalari ularning umumiy va o`ziga xos printsiplari asosida vujudga keladi.
«Funktsiya» deganda, biron muassasaning, kimsaning yoki narsaning faoliyat doirasida bajariladigan vazifalarini tushunamiz.
Har bir davlat muassasaning o`ziga xos bajaradigan ish doirasi mavjud bo`lganidek, madaniy-ma`rifiy mussasalarning ham o`ziga xos shug`ullanadigan faoliyati va vazifalari bor. Badiiy-ommaviy tadbirlar madaniy-ma`rifiy muassasalarning asosiy sohalaridan biri bo`lgani uchun, eng, avvalo, ularning funktsiyalari o`ziga xos tartibda ijodiy yondashilgan holda bajarilmog`i lozim.
Madaniy-ma`rifiy muassasalar o`z ish faoliyatida quyidagi asosiy funktsiyalarni (vazifalar) bajaradi:

  • Ommaga uzluksiz ta`lim berish, ularning bilimini doimiy va muntazam oshirish.

  • Ommani havaskorlik ijodiga jalb qilish, ularning madaniy ijtimoiy aktivligini va tashabbuskorligini oshirish.

  • Mehnatkashlarning dam olishini mazmunli uyushtirish.

Bu funktsiyalar madaniy-ma`rifiy muassasalarning barcha faoliyatlari va sohalari uchun umumiydir. Lekin uning har bir faoliyatida bu funktsiyalardan o`ziga xos tarzda foydalaniladi. Ba`zi bir faoliyatda masalan, xalq universiteti faoliyatida lektsiyani og`zaki agitatsiya va propaganda ishlarini uyushtirishda birinchi funktsiya boshqa xil faoliyatda (masalan, havaskorlik ijodini rivojlantirishda), ikkinchi funktsiya, yana ba`zi birlarida, jumladan, badiiy-ommaviy tadbirlarni tashkil qilishda uchinchi funktsiya muhim o`rin tutadi.
Bu funktsiyadan badiiy-ommaviy tadbirlarda, uning mohiyatidan kelib chiqib, o`ziga xos tartibda foydalaniladi. Ular quyidagicha:

  1. Mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish funktsiyasi. Ma`lumki, mehnatkashlar ommaviy tadbirlarga ko`pincha ishdan keyin charchagan holda kelishadi. SHu sababli barcha tadbirlar ular uchun mazmunli dam olish vazifasini o`tashi kerak. Agar barcha tadbirlar ommaning dam olishi, badiiy-estetik zavq olishi uchun sharoit yaratib bersa, maqsadga muvofiq ish qilindi, deb aytish mumkin.

Madaniy-ma`rifiy muassasalarning boshqa funktsiyalari, ya`ni ommaga bilim berish hamda havaskorlik ijodini tashkil qilish kabi ommaviy tadbirlarda mehnatkashlarning dam olishiga bevosita bog`liq holda olib boriladi.

  1. Ommaga axborot va bilim berish funktsiyasi. Bu o`ziga xos funktsiya madaniy-ma`rifiy muassasalarning faoliyatiga xos birinchi funktsiyaning ommaviy tadbirlarga moslab o`zgartirilgan ko`rinishidir. Badiiy-ommaviy tadbirlarda uzluksiz sistemali ta`lim va bilim berish murakkab jarayondir.

Uzluksiz ta`lim berish jarayonini og`zaki agitatsiya va propagandaga xos shakllar, jumladan, xalq universiteti mashg`ulotlari, lektoriylar, tematik o`qishlar vositasida bajarish mumkin. Bu vazifani badiiy-ommaviy tadbirlarning shakllaridan biri – og`zaki jurnallar ham bajarishi mumkin, qolgan barcha madaniy-ommaviy tadbirlarda mavzuga xos axborot va bilim berish mumkin. Badiiy-ommaviy tadbirlarda axborot va bilim berish jarayonining eng asosiy talabi shundaki, unda siyqasi chiqqan, hammaga ma`lum bo`lgan bilimlardan qochib, yangi va original axborotlardan foydalanish kerak. Bunday ma`lumotlardan foydalanish uchun maxsus spravochniklar, entsiklopediyalar hamda muassasa, kolxoz-sovxoz va shaxsiy arxiv materiallariga murojaat qilib, ular asosida tadbir tayyorlanishi yaxshi samara beradi.

Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling