Madaniyat va sivilizatsiya
Download 41.95 Kb.
|
MADANIYAT VA SIVILIZATSIYA
3. MADANIYATNING IJTIMOIY
FUNKSIYALARI Madaniyat ijtimoiy taraqqiyotga turli-tuman yo’llar va shakllar bilan singib boradi. Ushbu yo’llar va shakllar ijtimoiy mavjudot bo’lishi inson faoliyatining sub‘ektiv-shaxsiy tomonlarini ifodalaydi, hayotiy faoliyat jarayonlarini tartibga solish va muvofiqlashtirish vositalarini o’zida mujassamlash-tiradi. Shuningdek, madaniyatning ijtimoiy funktsiyalari turkumiga inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan bilimlar, tajribalar va shu kabilarni saqlab qolish, ajdodlardan avlodlarga yetkazish vazifasini ham kiradi. Tarixiy jarayonga ta‘sir ko’rsatadigan ixtiro, kashfiyot, yangilik bilan intiho topuvchi badiiy, ilmiy, texnik ijtimoiy ijodiyot ham ana shunday funktsiyalarga kiritilishi mumkin. Bunday ixtiro va kashfiyotga ijtimoiy voqelikka joriy etila boshlagan yangi g’oya ham, inson faoliyatining moddiylashtirilgan natijalari ham, ular orasida aloqa bo’g’ini vazifasini o’tovchi faoliyat ham misol bo’la oladi. Misol tariqasida atom energiyasining amalda qo’llani-lishini olaylik. Radioaktivlik ixtiro etilgan vaqtdan atom energiyasini ozod qiluvchi zanjirli yadro reaktsiyasi imkoniyat-lari aniqlanguniga qadar qarayib qirq yil o’tdi. Bu qirq yil mobaynida jahon mikroolamga taalluqli ko’plab bilim-larning dunyoga kelishiga guvoh bo’ldi. Biroq bularning barchasi hali fizika faniga doir faktlar edi, xolos. Ular ijtimoiy hayotning biror bir sohasiga sezilarli ta‘sir o’tkazmasdi. Nihoyat, Gitler germaniyasining atom qurolini kashf etishi mumkinligidan va shuning bilan ikkinchi jahon urushi taqdirini hal qilishdan xavfsiragan Amerika љo’shma Shtatlari Manxetgen loyihasini ishlab chiqdilar. Ushbu loyiha fashizm rejasidan jafo chekkan va fashizmga qarshi fizik-larni birlashtirishga muvofiq bo’ldi. Fiziklar hayratlanarli darajadagi qisqa muddat ichida atom haqidagi fundamental bilimlardan atom bombasigacha bo’lgan ijodiy yo’lni bosib o’tdilar. Afsuski, fiziklar atom bombasi ustidagi ilmiy tadqiqotlarini nihoyasiga yetkazganlari zahoti ularning kashfiyotlari mualliflari nazoratidan chiqdi. Ushbu tadqiqot mahsulidan endilikda siyosatdonlar va harbiylar foydalana boshladilar. Xirosima va Nagasakida portlagan bombalar urush yuritish vositalari tubdan o’zgarganidan xabar berdi. Ushbu dahshatli voqeadan so’ng atom bombasi muttasil takomillashtirib borildi, uning qudrati o’sib, yadro arsenallari to’lib va boyib bordi. Insoniyat yadro halokati arafasiga borib qoldi. Dahshatli halokatning oldini olish, atom qurollarini ishlatishiga sabab bo’ladigan yangi jahon urushiga yo’l qo’y-maslik xalqaro munosabatlarning bosh muammosiga aylandi. Shu quyi ilm mahsuli ijtimoiy voqelikka aylandi. Keyinchalik ma‘lum bo’lishicha, atom energiyasidan tinchlik yo’lida ham foydalanish mumkin ekan. Albatta, buning uchun insoniyat atom energiyasi ishlatilishi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni ham nazarda tutishi zarur. Atom energiyasi - ilmiy-texnika taraqqiyoti bahsh etgan yagona yangilik emas. Kompyuterlar, kosmik apparatlar ham shunday yangililar turkumiga kiradi. Tabiiyki, inson dahosining ushbu mahsullari tarixiy taraqqiyot omiliga aylandilar va laboratoriya binolaridan chiqqanlari zahoti ijtimoiy voqelikka qudratli ta‘sir o’tkaza boshladilar. Bu o’rinda kompyuterlarning ahamiyati ayniqsa beqiyos bo’ldi. Kompyuterlarning vujudga kelishi inson hayotini ancha yengillashtirdi. Ayniqsa, inson aqliy faoliyatining bir qismi kompyuterlar zimmasiga yuklandi. Ijtimoiy hayotning turli sohalari kompyuterlashtirildi, ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgartirildi, halqaro munosabatlar yangicha tus oldi, umum-sayyoraviy jamiyatning shakllanishi jarayoni tezlashdi. Kompyu-terlar hatto ilmiy ijodiyot jarayonini ham tubdan o’zgartirdi. Yaqindagina oddiy informatsiyani saqlash va qayta ishlash olim uchun ko’plab noqulayliklar to’g’dirgan bo’lsa, kompyuterlarning ilmiy ijodiyot jarayoniga joriy etilishi bu jarayonni ikki-uch barobar tezlashtirdi. Ushbu holatning sharofati o’laroq, ja-hondagi ixtiro va kashfiyotlar soni o’sa boshladi. Masalan, XX asrning 70-yillarida har yili 2750-2800 tadan kashfiyot qilingan bo’lsa, bizning davrimizga kelib ushbu ko’rsatkich qariyb ikki barobarga oshdi. Ayni paytda, kompyuterlarni joriy etilishi faqat ijobiy yakun topgani yo’q, albatta. Frantsiyada kompyuterlar xatosi tufayli sodir bo’lgan avtohalokat (2001), AљSH prezidentini saylashda kompyuterlarning «sharofati» bilan yuzaga kelgan paradoksal vaziyat (2001), kompyuterlarning terrorchilar say‘-harakatlariga ham xizmat qilayotgani fikrimizning dalilidir. Madaniyatning ijtimoiy funktsiyasi ana shunday salbiy holatlarning oldini olishdan iboratdir. Insoniyat ijodiy energiyasi yaratgan barcha ixtiro va kashfiyotlar ham jamiyat hayotidan o’rin olavermaydi. Buning bir qancha sabablari mavjud. XVIII-XIX asrlarda o’zbek ma‘rifatparvarlari, keyincha-lik jadidchilik harakatining yirik namoyondalari ta‘lim tizimini isloh qilish jamiyatni inson-parvarlashtirish imko-nini beradigan qator g’oyalarni ishlab chiqdilar. Biroq jami-yatda ushbu g’oyalarni o’z vaqtida ro’yobga chiqarish imkoniyatlari mavjud bo’lmagani bois ular ijtimoiy tafakkur tarixining muhim hodisasi sifatida qoldilar xalos. Platon, Fixte, Navoiy kabi ko’plab mutafakkirlarning jamiyatni boshqarish uslublari haqidagi takliflari xususida ham shu kabi fikrlash mumkin. Bu takliflardagi ratsional jihatlar jamiyatning tayyor emasligi tufayli reallikka aylana olmadi. Ajablanarli joyi shundaki, ushbu mantiqning g’irt tes-karisi sodir bo’lishi ham mumkin: Eng bema‘ni, eng hayoliy g’oyalar insoniyat tarixining ajralmas yo’ldoshiga aylanib kelgan paytlar ham ko’p bo’lgan. Kommunizm g’oyalari, turli millatlarning an‘analari va irim-sirimlariga asos bo’lgan g’oyalar bunga misol bo’la oladi. Madaniyat ana shu ikki mantiqsizlikning oldini olishga xizmat qiladi. U, bir tomondan, insoniyat uchun xizmat etadigan progressiv g’oyalarning ijtimoiy voqelikdan o’rin olishiga zamin yaratadi. Ikkinchi tomondan esa, u insoniyat taraqqiyotiga xalal beradigan g’oyalarning ommaviy tus olishiga to’sqinlik etadi. Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Madaniyat quyidagi ijtimoiy funktsiyalarni bajaradi: a) bilish funktsiyasi. Madaniyat olam, insoniyat tarixi haqidagi bilimlarni shakllantiradi. b) informativ funktsiya. Madaniyat insoniyat to’plagan tajri-balarni ajdodlardan avlodlarga yetkazadi. v) kommunikativ funktsiya. Madaniyat kishilar orasidagi uzaro munosabatlarni muvofiqlashtirib boradi. Madaniyat ijtimoiy funktsiyalarining tuzilishi inson hayotiy faoliyatining mazmuni siyqalanishiga, uning nazorat ostidan chiqishiga, jamiyatdagi vorisiylikning buzilishiga, inson ijodiy energiyasi mahsullarining regressga xizmat qila boshlashiga sabab bo’ladi. Madaniyat ijtimoiy funktsiyalarini to’laqonli ruyobga chiqishi, bir tomondan, progressiv taraqqiyotni tezlash-tirsa, ikkinchi tomondan, insoniyat tarixi davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida anglab olish va bartaraf etish imoniyatlarini vujudga keltiradi. Download 41.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling