Madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik tarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari
Download 233.63 Kb.
|
2 5247247079796901882
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘ri hech vaqt o‘z dardini bildirmas, Yaxshi odam dushmanini kuldirmas, Qo‘ldan kelsa unga davron surdirmas
- Mavzu: XVII - XIX asrlarda Yevropa madaniyati Reja: Ilm-fan taraqqiyoti Adabiyot va san`at
- M.V.Lomonosovning ilm-fanga qo‘shgan hissasi.
- Mavzu: XX asr Yevropa madaniyati. Reja: 1. Moddiy ishlab chiqarishda texnika
- Binokorlikda metall va oynadan foydalanish.
- Aniq va tabiiy fanlar rivoji. Tabiat ilmining taraqqiy etishi.
- Falsafa va mustamlakachilik goyalari.
- Adabiyot. Tanqidiy realizm.
- Mavzu : Rossiya istilosi va Sobiq Sovet davrida O’zbekiston madaniyati .
Adabiyot. Shayboniylar davrida adabiyot ham rivojlandi. Bu davr adabiyotida M. Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, K.Binoiy, M.Solih va Mushflqiylar alohida o‘rin tutadi. Umrining asosiy qismini jangu jadallarda o’tkazgan Muhammad Shayboniyxon ayni paytda she’riyat bilan ham shug‘ullangan. U o'zidan yuqori saviyali badiiy asarni meros qilib qoldiigan. Uning asarlari bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlariga olib ketilgan. Masalan, yozib qoldirgan she’rlari to’plami bo’lmish “Devon”i Istanbul shahri kutubxonasida saqlanib kelinmoqda. Shayboniyxon o'zining she’rlarida, ayniqsa, Samarqand va Buxoro shaharlarini eng ko’p madh etgan. Chunonchi, bir she’rida Samarqandni jannatga qiyoslaydi: Jannati mа’no bog’i Samarqand emish, Kavsari a’lo degan obi Samarqand emish. Buxoro shahrini esa Ka’ba darajasida ulug‘laydi: Bir xayolim bor ко’ngulkim, pir vafiy aylayin, Ul Buxoro shahrida Ка’ba tavofin aylayin. Muhammad Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon o‘zining g’azal, ruboiy, qit’a va tuyuqlari bilan she’riyat taraqqiyotiga katta hilssa qo’shgan. U “Ubaydiy”, “Ubaydullo” va “Qul Ubaydiy” taxalluslari bilan ijod qilgan. U fors va arab tillarini yaxshi bilgan hamda shu tillarda hat ijod etglan. O’zbek, fors va arab tillaridagi she’rlari uch devonda to'plangan. Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlangan va “Kulliyot” deb nomlangan. M. Solihning “Shayboniynoma”si ayni paytda adabiyotga oid asar - doston hamdir. Adabiyotimizda bu asar o’zining yuksak badiiy saviyasi ya tilining soddaligi bilan ajralib turadi. Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan va “Malik ush-shuaro” unvoniga sazovor bo‘lgan shoir Mushfiqiy o‘z she’rlarida yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan.
Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko'kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘jaxonning o’g’li Baroqxon tomonidan qurilgan Madrasa gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalgi oshirildi. Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan 1530 - 1536 - yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoqli. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go’rxona bor. Go’rxonada Ubaydullaxonning sag’anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor. Madrasa, bugungi kunda ham islom oliy diniy o’quv muassasasidir. Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: “Buxoro juda katta shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki ularning misli dunyoda yo’qdir”, - deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo'lidagi sa’y harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilisl ishlari amalga oshirilgan.
Ulardan biri Jiyen Jirov (1730—1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda she’rlar ham bitdi. „Hoy yigitlar, yigitlar", „Xayr endi, do‘stlar“, „Yuragimda ko‘p dog‘im“, „Tuyani ber“ kabi she’rlarida jamiyatdagi nohaqliklarni tanqid qiladi. Jiyen Jirov hajviy she’rlar ustasi ham edi. U „Hoy xonimiz, xonimiz“, „Xon yonida to‘ralar“ kabi hajviy she’rlarida hukmron tabaqalaming kirdikorlarini, xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini fosh etadi. Qoraqalpoqlar - erksevar xalq. Shuning uchun ham ular doimo o‘z erklari uchun ozodlik kurashi olib boiganlar. Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayiga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilib qolgan edi. Bu mag‘lubiyat natijasida ular azob-uqubatlaiga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi Toshkent atrofiga (Chirchiq bo‘ylariga), boshqa bir qismi esa, Qizilqum orqali Xorazmga (Orol dengizining janubiy sohillariga) ko‘chib ketganlar. Mana shu ko‘chishlaniing guvohi bolgan Jiyen Jirov „Darbadar el nomli doston yozib, qoraqalpoqlarning mashaqqatli davri tarixini bayon etgan. U “Alpomis”, “Qirqqiz”, “Qo‘blor”, “Qurbonbek” dostonlarini mahorat bilan kuylagan. Qoraqalpoq adabiyotining ko‘zga ko'ringan vakillaridan yana biri Kunxo‘ja Ibrohim (1799—1880) edi. Uning butun umri muhtojlikda o‘tgan. Shoirning ,,O‘roqchilar“, ,,Oq qamish“, ,,Cho‘ponlar“ kabi she’rlari xalq orasida keng tarqalgan bo‘lib, ularda qoraqalpoq xalqining Xiva xonligi tobeligiga tushib qolgan davrdagi og'ir ahvoli, erksiz turmushi, hukmron tabaqalerni kirdikorlari katta mahorat bilan fosh etilgan. Ajiniyoz. Ajiniyoz Qo'siboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) (1824—1878) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biridir. Mo‘ynoqdagi eski maktabda o'qigan. Keyin Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning ,,Bo‘zatov“ dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan. Ajiniyoz shoirning „Kerak“, ,,Bo‘ladi“, ,,Bo‘lmasa“, „Yaxshi“, „Yigitlar“ she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari falsafiy qarashlari ifodalangan. Ajiniyozni butun O‘rta Osiyoga tanitgan „Qiz Mengesh bilan aytishuv" asari edi. 1999- yilda Ajiniyoz tavalludining 175 yilligi nishonlandi. Nukus shahrida Ajiniyoz maydom barpo etildi va Ajiniyozga haykal o‘rnatildi. Berdaq. Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827—1900) (taxallusi; asl ismi Berimurod Qarg‘aboy o‘g‘li) nomi bilan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida, so‘ngra madrasada tah sil ko‘rgan. U Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli, Kunxo‘ja asarlarini chuqur mutolaa qilgan, ulardan o‘rgangan. Berdaq tarixni, xalq og‘zaki ijodini mukammal o‘zlashtirib oladi. Uning ijodi 18-19 yoshlarda do‘mbira chertib, she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida u iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning „Bo‘lgan emas“, ,,Umrim“, „Yordam ber” she’rlarida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti o‘z aksini topib, Xiva xonlari, amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi ifodalalangan. „O’g‘limga“, „Ahmoq bo‘lma“ she’rlari orqali yoshlami vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqiradi Berdaq xalq hayotiru, uning ezgu otzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi. Xususan, shoir o‘zining „Xalq uchun“ degan she’rida yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi: Bo‘ri hech vaqt o‘z dardini bildirmas, Yaxshi odam dushmanini kuldirmas, Qo‘ldan kelsa unga davron surdirmas, Er yigitning joni qurbon xalq uchun. Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratgan. Uning „Avlodlar“, „Omongeldi‘’ ,,Oydo‘stbiy“, „Ema- zarbiy“ kabi asarlarida xonlar zulmiga qarshi kurashgan xalq qahramonlari faxr bilan kuylanadi. Xususan, ,,Omongeldi“ dostoni Buxoro amirligiga qarshi ko‘tarilgan (XVIII asr) qo‘zg‘olon boshlig‘i Omongeldi jasoratiga bag‘ishlangan. Xiva xonligi zulm iga qarshi ko‘tarilgan isyon ,,Ernazarbiy“ dostonida ham aks ettirilgan. 1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludning 170 yilligi keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlaming biriga Berdaq nomi berildi va byusti o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy - Bo‘zatovda ham Berdaq byusti o'rnatildi, Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo‘yildi. Mavzu: XVII - XIX asrlarda Yevropa madaniyati Reja: Ilm-fan taraqqiyoti Adabiyot va san`at Aniq fanlar daholari. XVII - XVIII asrlarning boshlarida aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlargaerishildi. Bu muvaffaqiyatlar, birinchi navbatda, ingliz olimi I.Nyuton (1642 - 1727) va nemis olimi G.V.Leybnis (1646 - 1716) nomlari bilan bog‘liq. I.Nyuton 14 yoshga kirganida fan uning asosiy mashg‘ulotiga aylandi. Uning fizika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini kashf etganligi bilan belgilanadi. I.Nyuton 1671-yilda shisha linzani, eng katta teleskoplardan ko‘ra osmon jismlarini yaxshiroq ko’rsatadigan. kichkina oynali teleskopni ham ixtiro qildi. Shu tariqa olim yulduzlar olamini odamlarga yanada «yaqinlashtirdi». Fan sohasida erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun 30 yoshga ham to'lmagan I.Nyuton Qirollik jamiyati a’zosi (akademik) etib saylandi. G.V Leybnis 15 yoshida universitet talabasi bo‘ldi. U faylasuf, matematik va tarixchi olim bo‘lib yetishdi. 1700-yilda Berlin Fanlar akademiyasiga asos soldi va uning birinchi prezidenti etib saylandi. U: «Umumiy, zaruriy bilimning asosi faqat aql bo’lishi mumkin», - deb yozgan edi. Matematikada esa differensial va integral hisoblashni kashf etdi. Katta sonlarni hisoblash mashinasini va mayatnikli soatni yaratdi. M.V.Lomonosovning ilm-fanga qo‘shgan hissasi. Rossiya ilm-fani va madaniyatini M.Lomonosovsiz tasavvur etishmumkin emas. Buyuk rus shoiri A.S. Pushkin u haqda bunday deb yozgan edi: «Tarixchi, notiq, mexanik, kimyogar, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko‘rgan va hamma narsani o‘rgangan».M. Lomonosov Moskvadagi Slavyan-yunon-lotin akademiyasida o’qidi. So'ng Germaniya universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim oldi. Vatanga qaytgach, Peterburg Fanlar akademiyasida ishlay boshiadi. M.Lomonosov yangi fan fizikaviy kimyo faniga asos soldi. Mamlakatda birinchi kimyo laboratoriyasini tashkil etdi. Ilmiy kashfiyotlari uni butun Yevropaga tanitdi. M.Lomonosov Shvetsiya va Bolonya Fanlar akademiyalaming faxriy a’zoligiga saylangan edi. Fanning boshqa sohalaridagi kashfiyotlar. Yerosti foydali qazilmalariga talabning tobora ortib borishi yer qobigi xossalarini o‘rganish zaruratini vujudga keltirdi. Natijada qator tog‘ jinslarining vujudga kelishi jarayoni aniqlandi. Bu esa Yer haqidagi fan - geologiyani rivojlantirishga imkon berdi. Meditsina (tibbiyot) sohasidi ham muhim kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, XVII asrda golland olimi A.Levenguk 300 marta kattalashtirilib» ko‘rsatadigan mikroskop yaratdi. Bu esa inson tanasi, o‘simliklar, hayvonot dunyosi tuzilishini batafsil o‘rganish va bakteriyalar (juda mayda organizmlar)ni aniqlash imkonini berdi. Keyinchalik mikroskop yordamida bakteriyalarning ko‘p kasalliklarga sababchi ekanligi isbotlandi. XVIII asrda ingliz shifokori E.Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa uning yengil o’tishini, so’ngra bu kasalni yuqtirgan kishida chechakka qarshi immunitet paydo bo’lishini, ya’ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini aniqladL.; Ana shu kuzatishlarga asoslanib, Jenner chechakka qarshii emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilaming hayotini saqlab qoldi. Matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari vateleskopning takomillashtirilishi XIX asrda astronomiyaningrivojlanishi uchun katta turtki bo‘ldi. Ilgari ma’lum bo'lmaganminglab yulduzlar kashf etildi. 1846-yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamidaNeptun sayyorasi kashf etildi. Quyosh va Oy tutilishlariningmuddatlarini aniqroq hisoblab chiqish va oldindan aytib berishham ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo'ldi. Ilgari Quyoshva Oy tutilishi xurofotchilarni dahshatga solar edi. Astronomiya ma’lumotlaridan kalendar (taqvim), geografik xaritalar tuzishda, dengiz kemaqatnovida foydalanildi.Astronomiya odamlarning dunyoqarashiga ham katta ta’sirko’rsatdi. 1842-yilda ingliz fizigj D.Joul va nemis fizigi Y.Mayertajribalar yo‘li bilan energiyaning saqlanish qonunini asoslab berdilar. Kimyoviy elementlar atom og‘irligining ortibborishi tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriytarzda takrorlanishi aniqlandi. Shu qonunga asoslanibbuyuk rus olimi D.I. Mendeleyev1869-yilda elemenllamingdavriy tizimini yaratdi.
XIX asrning 20-yillaridan bug’ mashinalari bilan harakatga keltiriladigan g‘ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalanila boshlandi. Keyinroq, 30- yillarning oxirlaridan g‘ildirakli paroxodlar okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshladi. Bora-bora g’ildiraklar o’rnini eshkak vintlar egalladi. 50 - 60-yillarda G‘arb mamlakatlarida yelkanli dengiz floti o‘z o‘rnini paro- xodlarga bo'shatib bera boshladi. Aloqa vositalari ham takomillashtirildi. Elektr simli telegraf kashf etildi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va harf bosuvchi qurilmalar yaratildi. XIX asrning o’rtalarida quruqlikdagi telegraf liniyalaridan tashqari suvosti kabellari ham yotqizila boshlandi. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli 60 - yillarning oxirida o’tkazildi. Telegrafning vujudga kelishi elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi bo’ldi. Texnika muvaffaqiyatlari XVIII asrning ikkinchi yarmida va XIX asrda, mehnat unumdorligini g’oyatda oshirish imkonini berdi. Adabiyot. Bu davrning ko'zga ko'ringan ma’rifatchi yozuvchilaridan biri, ingliz yozuvchisi Daniel Defo (1660-1731) edi. Uning «Robinzon Kmzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» asari hamon sevib o‘qiladi. Shotlandiyalik dengizchi A.Selkrikning kimsasiz oroldagi 4 yilga yaqin sarguzashtlari yozuvchining qalamida 28 yillik g‘aroyib sarguzasht bayoniga aylangan. D.Defoning qahramoni Robinzon Kruzo is’hbilarmon, mehnatsevar, o‘z ku- chiga ishonuvchi inson. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o‘ziga o‘rgatadi va ularni ko‘paytiradi. Robinzon boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o'limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o‘ziga xizmatkor qilib oladi. Robinzon obrazida yangi shakllanayotgan tadbirkorlar qatlami vakilining uddaburonligi va sog‘lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo’lib qoldi. Bu davrning yana bir mashhur yozuvchisi J.Svift (1667-1745) edi. 1726-yilda uning Sizga ma’lum «Gulliveming sayohati» nomli romani bosmadan chiqdi. Romanda liliputlar mamlakatini «Olamning quvonchi va dahshati» deb alaluvchi ushoqdekkina bir maxluq boshqaradi. Liliput - aslida ingliz cheklangan (konstitutsiyaviy) monarxiyaning, «Olamning quvonchi va dahshati» esa ingliz qirolining karikaturasi edi. Asardagi «Ulkanlar mamlakati»ning ma’rifatli monarxi esa dono, saxiy. U urushni qoralovchi, san’atni sevuvchi, ilm-fanga homiylik qiluvchi, ayni paytda, aqlli tartib o‘rnatishga harakat qiluvchi hamdir. Fransuz yozuvchisi P.Bomarshe (1732-1799) ma’rifat asrining so'nmas vakillaridan biri edi. U mashhur «Figaroning uylanishi» komediyasining muallifidir. Asar qahramoni Figaro chaqqon, yoqimtoy va hazilkash xizmatkor. U «dunyo zo‘r- lari»ning kirdikorlarini masxara qilib hazillashadi. Jahldorlardan qo'rqmaydi. Qashshoq bo‘lsada, o‘zining insoniy qadrini sotmaydi. Komediya Parij teatrlarida katta shuhrat qozondi. Figa¬roning mavjud tuzum kirdikorlarini fosh qiluvchi o‘tkir so‘zlari hech kimni befarq qoldirmagan. Hatto, qirol Lyudovik XVI bu asar haqida g‘azab bilan: «Buni sahnada qo‘yish uchun Bastiliyani vayron qilish kerak!», deb xitob qilgan edi. Bu go‘yo bir bashorat edi. Chunki bu xitoblardan bir necha yil o‘tgach, qirolning bu mahbuslar zindonii - Bastiliya inqilobi natijasida qulaganligiga tarix guvoh.
Uning boshqa bir asari qahramoni Karl Moor o'zi yashayotgan jamiyatning pastkashligiga qarshi urush e’lon qilib bunday deydi: «Menga xuddi o'zimdek bir necha jasur o‘g‘lonlami beringlar va Germaniya Respublika bo'ladi». Bu davrda yana bir mashhur nemis shoiri I.Gyote (1749-1832) yashadi va ijod qildi. U o‘zining «Faust» deb ataluvchi mashhur asarini avlodlarga meros qilib qoldirdi. «Faust» jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Shoir bu falsafiy asarni 60 yil davomida yaratdi. Asar inson kurashining buyukligini tasdiqlaydi va ma’rifat asrini yakunlaydi. Keksayib qolgan Faust mangu haqiqatni anglashga yetibi keladi va bunday deydi: Faqat shu munosib hayot va erkka, Kim har кun ular-chun kurashga kirsa. Onore de Balzak. XIX asrning birin- chi yarmida ijod qilgan yozuvchilardan biri fransiyalik Onore de Balzak (1799-1850) edi. U burjuaziya jamiyatini haqqoniy tasvirlashda beqiyos yozuvchi bo‘lgan. Balzak o‘z asarlarini «Insoniy komediya» degan umumiy nom ostida yaratdi. Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma’naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning tipik vakillarini ko‘rsatishdan iborat edi. Balzak romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga o‘z boyliklarini ko‘paytirayotgan bankir va savdogarlar, berahm va shafqatsiz sudxo‘rlar, o‘z hayotini behuda o‘tkazayotgan mansabparast va shuhratparast kishilar o‘z maq- sadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilardir. Balzak asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o‘ziga xos aybnoma edi. Aleksandr Sergeyevich Pushkin. XIX asrning yana bir yirik ijodkori rossiyalik A.S.Pushkin (1799-1837) edi. U Moskva shahrida tug‘ildi. Peterburg litseyida o‘qib ta’lim oldi. Pushkin rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan yozuvchi va shoir. Rossiyada krepostnoylik zulmi kuchaygan, erkin flkrli kishilarni ta’qib etish avj olgan davrda yashadi. A.S.Pushkin podshoning mustabid hokimiyatini ag‘darish uchun kurashgan dekabristlarga xayrixohlik bildirdi. O‘z she’rlarida zulm va krepostnoylikni qoraladi. Bu esa podsho va hukmron tabaqalarda norozilik uyg'otdi. Shu tufayli u bir necha marta surgun qilindi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangi yangi qirralar kasb etib borgan sari uning atrofidagi qora kuchlar bir-birlari bilan birlasha va faollasha boshladilar. Ular turli ig'volar tarqatib, oxir oqibatda u bilan Fransiya elchisining o‘g‘li J. Dantes o‘rtasida duel uyushtirishga erishdilar. Ulug‘ shoir duelda halok boldi. Yevropaning mashhur musiqachilari. Bu davrning mashhur musiqachilari: nemis kompozitorlari I.Bax (1685-1750), V. Motsart (1756-1791) va L. Betxoven (1770-1828)lar edi. Bax ning xor, solistlar va orkestr uchun yozgan ulkan asari «Matfey aytgan uqubatlar» deb ataladi. Unda Isoning shogirdi Matfey hikoya qilib bergan Isoning uqubatlari ifoda etiladi. Injildagi rivoyat asosida Bax odamlarni qutqarish uchun o'zini qurbon qilgan qahramon dramasini bayon etadi. V.Motsartni zamondoshlari «ХVIII asrning haqiqiy mo'jizasi» deb atashgan, Haqiqatan ham shunday. U 3 yoshidan boshlab musiqa o'rgana boshlaydi. 5 yoshida o‘zining birinchi konsertini yozadi. 12 yoshida yozgan operaisi Milan (Italiya) teatrida qo'yiladi. 14 yoshida esa Italiyadagi eng obro'li musiqa akademiyasining a’zosi etib saylanadi. 1786-yilda yuqorida nomi qayd etilgan Bomarshening «Figaroning uylanishi» komediyasiga bastalangan opera qo‘shiqlari va musiqasi mashhur bo’lib ketdi. Uning so‘nggi asari «Rekviyem» (Sokinlik) edi. U cherkovlarda marhumning xotirasiga bag‘ishlab ijro etiladigan hayot va o‘lim, inson qismati haqidagi asardir. Betxoven ayanchli hayot kechirdi. U eshitish qobiliyatini deyarli yo'qotgan edi. Shunday bo‘lsada, kompozitor taslim bo'lmadi. U mashaqqatli ijod yo'lida o‘zi bilan o‘zi kurash olib bordi. Natijada Betxoven barchani hayratga soladigan musiqalar yaratdi. Ular ichida «Fantaziya yo'lida sonata» va «Qahramonnoma» simfoniyasi kabi asarlari, ayniqsa, mashhurdir. Simfoniya markazida bo'ysunmas, isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo‘rqmas inson obrazi turadi.
Elektr. Elektr sanoati yuksak darajada taraqqiy qilgan mamlakatlar tez rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi fabrika, zavod, savdo joylari va idoralarning sun’iy yoritgichlarga bo'lgan talabini yil sayin oshirib bordi. 1876 - yilda rus olimi P.N. Yablochkov “elektr shami” deb atalgan lampani ixtiro qildi. Amerikalik ixtirochi T. Edison havosi so‘rib olingan ko‘mir tolali cho‘g‘lanish lampasini yaratdi. Nyu-Yorkda Edison qurgan birinchi issiqlik elektr stansiyasi yuzlarcha iste’molchilarni energiya bilan ta’minlay boshlagan. Binokorlikda metall va oynadan foydalanish. Binokorlik sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Endi metall va oynalardan keng foydalaniladigan bo'lishdi. Shu sababli banklar, fabrikalar, bozorlar, savdo do'konlari, vokzallar, uy joylar, katta mehmonxonalar qurila boshlandi. Qurilish ishida sement katta ahamiyatga ega boidi, Bu davrda yangi qurilish materiali temir - beton paydo boidi. Temir - betonni fransuz bog'boni Monye ixtiro etgan deb hisobianadi. U temir - betondan katta gultuvaklar tayyorlagan. 1889 - yilda Parijdagi Jahon ko‘rgazmasi uchum fransuz muhandisi Eyfel o‘sha davrda g'oyat katta - faqat metalldan yasalgan, balandligi 300 metr bo’lgan minora qurdi. Bundan keyinchalik Amerikada balandligi 400 metrgacha bo‘lgan osmono‘par binolar qurilishida foydalandilar. Temiryoi tunnellari ochish va temiryo‘l ko’priklari qurish texnikasi juda o‘zgarib ketdi. 1880 - yilda Alp togiaridagi mashhur Sen-Gotard dovoni ostida 15 kilometrlik tunnel qurildi. Bu davrga kelib gidroqurilish texnikasi ham o‘zgarib ketdi. Atlantika okeani bilan Tinch okeanni bir biriga tutashtiruvchi Panama kanali 1914 - yilda qurib bitkazildi.
1886 - yilda elektrolit уо’li bilan aluminiy ajratib olindi. XX asr boshida L. Bakeland (Belgiya) plastmassa olish yo‘lini topdi. Bu davrda mashinasozlik keng rivojlandi. Metall kesish jarayonini ilmiy jihatdan tekshirishga rus ohmi I. A. Time asos soldi. Elektr bilan payvandlash usulini dastlab 1867 - yilda amerikalik elektrotexnik Tomson qollagan edi. Neftni qayta ishlash. 1897 - yilda R. Dizel yonilg‘i siqilganda o‘z o’zidan alangalanib ketadigan yangi dvigatel yaratdi. Birinchi aeroplanlarni yaratishda rus ixtirochisi A.F. Mojavskiy, ingliz konstruktori G. Filipps, fransuz ixtirochisi K. Aderlar katta hissa qo'shdilar. 1903 - yilda aka-uka Vilber va Orvill Raytlar samolyotda uchdilar. Raqamli hisoblash mashinalarini Charlz Bebbij (Angliya), tikuv mashinalarini dasturlashtirishini Jozef Mari Jakkard (Fransiya), samolyotlarni avtomatik boshqarishni L.Sperri (AQSH), raketalarni N.I. Kibalchich (Rossiya) yaratdilar. Nemis olimi G. Gers elektromagnit to'lqinlari tarqalish faktini jahonda birinchi bo'iib tajriba yo‘li bilan isbotladi. Rus olimi A. Popov simsiz aloqa uchun elektromagnit to‘lqinlarini chiqarish va qabul qilish usulini topdi hamda kerakli asboblarni (uzatgich va qabul qilgich) yaratdi. Shu tariqa radioga asos solindi. Buyuk Briianiyada G. Markoni tomonidan simsiz telegraf ixtiro qilindi. XIX asr oxirida texnikaning yangi tarmog‘i - telefon tez rivojlandi. Shotlandiyada tug‘ilib. Amerikada yashagan texnik A.Bell telefon apparatiga birinchi bo’lib imtiyoznoma oldi. Telefon boshqa ko‘pgina yangi ixtirolardan farqli o'laroq, deyarli barcha mamlakatlarda tez rusum boidi. Dastlabki shahar telefon stansiyasi AQSHda ishga tushirildi. Shundan so‘ng Parij va Berlinda telefon stansiyalari ochildi. T. Edison ovoz yozib olish va uni takror eshittirish apparati - fonograf yaratdi. Fonograf asosida grammofon va boshqa mexanik usulda ovoz yozib olish uchun ishlatiladigan asboblar paydo boidi.
Bu daviga kelib barcha mamlakatlarda dala armiyasi va dala artilleriyasi soni to‘xtovsiz o‘sa boshladi, bu hol piyoda va artilleriya qo'shinlari uchun qurol-yarog’ ishlab chiqarishning son va sifat jihatidan tez o'sishiga sabab bo'ldi. O'sha davrda magazinli (o'qdonli) tezolar rniltiq ixtiro qilindij Ammo tutunli porox ishlatilishi bu miltiqning jangovar sifatlarini kamaytirar edi. Magazinli miltiqdan tez-tez otish vaqtida tutun tarqalishiga ulgura olmay, otuvchilarga nishon yaxshi ko‘rinmas edi. Shunday qilib, harbiy ish amaliyoti tutunsiz porox kashf etih vazifasni qo’ydi. 1884 yilda fransuz olimi Vyelye piroksilinti tutunsiz porox tayyorlashga muvaffaq bo‘idi, Rossiyada D.I. Mendeleyev fransuzlardan mustaqil ravishda tutunsiz poroxning sirini topdi. Ko'pgina mamlakatlarda tutunsiz porox ishlab chiqarish yoiga qo'yildi. Yangi portlovchi modda tayyorlash sohasida shvetsiyalik muhandis A. Nobel olamshumul kashfiyot qildi. 1888 - yilda Nobel dinamit yaratdi va ko'p o‘tmay juda boyib ketdi. Birinchi jahon urushi arafasiga kelib o‘qotar quroilar va artilleriya yanada takomillashdi. Stanokli pulemyot bilan bir qatorda urush davomida ancha yengil qo‘l pulemyotlari ham yaratildi. O’ta uzoqqa otadigan to'plar pavdo boidi. Ichki yonuv dvigateli o'rnatilgan, zanjirli, zirhli artilleriya bilan qurollangan tank Somma daryosi yonida 1916 - yil 15 - sentabrda jang sharoitida birinchi marta inglizlar tomonidan ishlatildi. Tank dahshatli jang quroliga aylandi XX asr boshlarida soatiga 220 km gacha tezlik bilan uchadigan, uchish balandligi 7000 metrgacha, uchish uzoqligi esa 900 km gacha boigan samolyotlar qurildi.
Bu davrda tabiat ilmining taraqqiy etishi ayrim mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy raqobatning kuchayishi va dunyoning yangi hududlariga iqtisodiy jihatdan kirib borishga intilishi bilan bog‘langandir. Tabiat to‘g‘risidagi aniq fanlar bu davrda ham keng ko'lamdagi tajriba asosida rivojlandi va, o‘z navbatida, bu amaliy tajribani yangi ilmiy kashfiyotlar nuri bilan boyitdi. Ко‘rib o'tilayotgan davrdan fan yanada ixtisoslashtirildi va fanning yangidan yangi maxsus sohalari maydonga keldi. Ilgarigi ayrim olingan fanlar o‘zaro birlashdi. Jumladan, fizika bilan kimyo chegarasida mustaqil flzikaviy kimyo paydo boidi. Bu davrda qilingan kashfiyotlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan texnika inqilobiga (FTI) yo‘l ochib berdi. Bilimlarning yangi tarmog‘i - texnika fanlari vujudga keldi. Ular, asosan, o‘tgan davr ilmiy yutuqlari negizida ishlab chiqarishni takomillashtirish muammolari bilan shug'ullanar edi Matematika, kimyo, fizika. Matematika sohasida buyuk kashfiyotlar rus olimi A. Lobachevskiy, italyan olimi Y. Beltrnni, Avstriya matematigi D. Gilbert va boshqa olimlarning nomlari bilan bog‘liqdir. Rus olimi N.Y. Jukovskiy 1904 - yilda shunday kashfiyot qildiki, bu kashfiyot hozirgi zamon aerodinamikasining taraqqiyoti uchun asos bo'ldi. Bu qanotning ko‘tarish kuchini aniqlash formulasi edi. 1895 -y ilda nemis olimi V.Rentgen turli predmetlami turli darajada teshib o‘ta oladigan ko‘zga ko'rinmas nurlar mavjudligini aniqladi. Elektromagnit to'lqinlarining bu nuri „Rentgen nurlari“ degan nom oldi. Bu nurlardan tibbiyot va texnikada keng foydalanila boshiandi. V. Rentgenga Nobel mukofoti berildi. Наг ikkala holda ham nur chiqarish uchun impulslar sun’iy ravishda berilar va odam istagan daqiqada radiouzatgich yoki Rentgen apparatining ishini to‘xtatib ish jarayoni uchun energiya olar edi. Lekin bu nurlanishning fizik tabiati qanday? U moddaning tuzilishi bilan qanday bog‘langan? Bu savollarga faqat moddaning eng mayda zarralarini tekshirish yo'li bilangina javob berish mumkin edi. Atomlar ana shunday zarralar edi. Ularni yanada chuqurroq o‘rganishga rus olimi D.I. Mendeleyev asos soldi. U 1869 - yildayoq barcha kimyoviy elementlarning atom og‘irliklari o'rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini kashf etdi va muntazam davriy sistemani yaratdi, bu sistema uning nomi bilan ataldi. Atomning ichki strukturasiga kirib borish nurlanishni o'rganish bilan bog‘liq edi. Fransuz fizigi A. Bekkerel bu hodisani o‘rganar ekan, uran atomlari yaqin joyda turgan jismlardan o'tib ketadigan nurlami o‘z-o‘zidan chiqarishini aniqladi. Navbatdagi qadamni Parijda M. Sklodovskaya - Kyuri tashladi. Tajribalar jarayonida u o‘z- o'zidan nur chiqarish faqat uran atomlarigagina xos emas, degan xulosaga keldi. Muayyan atomlarning bu xususiyatini u radioaktivlik deb atadi. U eri atoqli fransuz fizigi P. Kyuri bilan birgalikda ba’zi radioaktiv elemenlair uranga qaraganda intensivroq nur chiqarishini isbot qilishga muvaffaq bo'ldi. Er xotin Kyurilar ikkita ana shunday elementlarni yaratishga muvafaq bo’ldilar. Bu elementlar poloniy (M. Sklodovskaya Kyiirining, vatani sharafiga, chunki u Polshadan edi) va radiy (ya’ni nirlantiruvchi) deb ataldi. Olimlar atom moddaning eng mayda zarrasi emasligiga ishonch .hosil qila bordilar. XX asr boshlarida birinchi mikro-zarra - elektron kashf etildi. Ko‘p o‘tmay radioaktiv elementlar parchalangan vaqtda xuddi ana shu elektronlar ajralib chiqqanligi ma’lum boidi. Ingliz fizigi E. Rezerford hamma atomlar og‘ir yadroga ega ekanligini isbotladi. U atomning planetar modelini yasadi, bu modelda yadro (,,quyosh“) atrofida elektronlar (‘’planetalar’’) aylanar edi. Daniyalik fizik N. Bor tuzatish kiritdi, ya’ni uning modelidagi elektronlar bir orbitadan ikkinchisiga sakrab o'tib, bunda energiya porsiyasini (kvant) chiqaradi. Bu klassik Nyuton fizikasi bilan tamomila ajralish edi va klassik fizikaning qonunlari mikrodunyo uchun to’g’ri kelmay qolganligini ко’rsatardi. Ayni vaqtda fazo bilan vaqtning o'zaro nisbati to’g'risidagi ilmiy tasavvur ham o'zgarib bordi. 1905 - yilda nemis olimi A. Eyinshteyn nisbiylik nazariyasining asosiy g'oyalarini e’ion qildi. Jismlarning kattaligi va vaqtning uzunligi nisbiydir deb isbot qildi u, fazo bilan vaqtning xusustyatlari moddiy obyektlaraing harakatiga bog’liqdir. Teziik yorug'lik tezligiga yaqiniashib borganida vaqtning kechishi sekinlashadi, jismlarning kattaligi qjsqaradi. Biologiyada ham tub siljishlar yuz bermoqda edi. G. Mendeyning ba'zi irsayat qonunlarini kashf etishi haqidagi fan - genetikaning rivojlanishiga asos soldi. Shu davrda fikrlashning moddiy negizlarini bilish sari dastlabki qadamlar qo’yildi. Rus fiziologi I.P. Pavlov inson xatti harakatining negizida bosh miya qobigida yuz beradigan moddiy flziolbgik jarayoniar yotishnii isbotladi. Binobarin, fikrlash jarayoni yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xususiyatidir. Organik sintez sohasida g‘oyat katta muvaffaqiyatlarga erishildi. V. Gr'myar 1900-yili xilma-xil organik moddalarni sintez qilish usulini kashf etdi. P. Grissning diazotlash reaksiyasini kashf etislii azotli bo'yoqlar deb atalgan bo’yoqlarning katta bir sinfini hosil qilishga imkon berdi. Bo‘yoqlarni sintez qilish sohasidagi ishlar dorilar ishlab chiqarishning rivojlanishiga yordam berdi. Kimyoviy jarayonlarni tekshirishga termodinamikaning tatbiq etilishi natijasida, kimyoviy termodinamika paydo bo'ldi. 1887 - yili shved olimi S.Arrenius elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasini yaratdi. 1881 - yili M.G. Kucherov esa gidratlanish reaksiyasini kashf etdi
Fizika sohasidagi kashfiyotlar ham tibbiyotga yordam berdi. Maksvellning elektromagnit t’olqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen (1845 - 1932) bar xil buyum; narsalardan turlicha o’tuvchi ko'rinmas nurlarni kashf etdi. Nurlarning kelib cliiqishi olimga ma’lum emasdi va ularni „X nurlar“ deb atadi. Ana shu kashfiyotga asoslangan va olimning nomi bilan „Rentgen“ deb atalgan apparat yaratildi. Endi shifokorlar ichki jarohatlarni, suyak sinishlarini ko'rishlari mumkin edi. Bu kaslifiyot uchun fiziklar orasida birinchi bo’lib Rentgenga Nobel mukofoti berildi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash ishiga sil kasalligini keltirib chjqaruvchi batsillani kashf qilgan nemis olimi Robert Kox (1843 - 1910) ulkan hissa qo‘shdi. U epidemiyalarga qarshi profilaktik choralami ishlab chiqdi va dori-daimonlar yaratdi. Rus olimi, Nobel mukofoti laureati I. Mechnikov esa organizmlarni mikroblardan himoya qilish haqida yangi ta’limot yaratdi. Xalq ta’limi. Gumanitar fanlar. San’at Xalq ta’limi. Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo’lgan entiyoji kuchaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12 - 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o‘qitish joriy qilindi. Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi. Imtiyozli o‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko‘plab bolalarni o‘qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishga majbur qilardi. Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko‘rmaslik mumkin emas edi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi. Qora tanlilarning bolalari uchun alohida maktablar ochilgan bo‘lib, bu maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda kam hajmda bilim berilar edi. Mamlakatda hukm surayolgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyet Bicher Stounning „Tom tog'aning kulbasi“ asarida o‘z ifodasini yaqqol topdi. Bu davrda Sharqda xalq ta’liini sohasida G'arbning yutuqlari tashviq qilina boshlandi. Yevropa ta'siri kuchaydi. XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraqqiyoti diniy xurofatlardan xoli bo‘lgan ilmiy dunyoqarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarda, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, adabiyot va sotsioiogiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keldi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi jamiyatni Barpо qilish maqsadida shunga intiluvchi g'oyalarni ifodalovchi va ulug'lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar. Bu davrda madaniyat, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol o‘z ifodasini topdi. Shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm yuzaga keldi. Tarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari haqida juda katta ashyoviy dalillar to'pladilar. Bu davrda ham azaliy kurash - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash - mafkuraviy, g'oyaviy hayotning asosini tashkil qildi. Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ro‘y berayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishni kuchaytirdi. Falsafa va mustamlakachilik g'oyalari. Bu davrda falsafa fani ham rivojlanib, davrga moslashdi. Ilgari ma'rifatparvarlik kuchli bo'lsa, endi inson huquqlariga e'tibor kuchaydi. Fanning rivojlanishi bilan uning jamiyatdagi o‘rnini belgilash, barcha ijtimoiy muammolami hal qilishda fanning ijobiy hodisa ekanligini asoslash kuchaydi. Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fridrix Nitsshe inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi. U zardushtiylik ta’siri ostida „Zardusht tavallosi" asarini yozdi. Bu asarda kuchli shaxslami tarbiyalash g‘oyasi ilgari surildi. O. Shpengler ,,Yevropasentrizm“ga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o‘ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish g'oyasini mutlaqlashtirdi. Bu fikrlar uning „Yevropa quyoshining botishi“ asarida o‘z ifodasini topdi. Z. Freyd - psixoanaliz nazariyasining asoschisi, dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatdi. Freyd qiigan buyuk inqilobning mohiyati shundaki, u Dekartning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini inkor etib, fenomenologik (favqulodda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi. Musiqa. Musiqa san’atida realizm va xalqchillik dekadentlarcha noziklikka va shaklan murakkablikka qarshi kurashda rivojlandi. Bu davrda Myunxenda avstriyalik oilasida tug'ilgan bastakor Rixard Shtraus ,,Salomeya“, ,,Elektra“, „Gullar oshig‘i“, avstriyalik simfonist Gustav Maler „Qazo qilgan bolalar haqida qo‘shiq“, „Bolaning sehrli shoxi“ va boshqa asarlar bilan shuhtal qozondi. R. Shtraus motsartcha operani qaytadan tikladi. Uning asarlari hayotbaxshligi, insonpar’varligi, gozallikni tarannum etishi bilan ajralib turadi. Betxoven an'analarini G. Maler rivojlantirdi. Maler musiqa asarlarining ijtimoiy ahamiyatini yuksaklikka коtardi, murakkab musiqaviy mavzular bilan sodda xalq kuylarining uyg'unlashib ketishiga erisha oldi. Rossiyalik bastakor A.M. Skryabin musiqada davrning g‘oya va obrazlarini gavdalantirdi. Bastakor, pianinochi va dirijor S.V. Raxmaninov boy kuyiar vositasida vatan mavzusini romantik pafos va lirika bilan ochib berdi. Tasviriy san’at. Rassomchilikda qator yangi oqimlar vujudga keldi. Bu yangi oqimlaming biri impressionizm (taassurot) edi. Bu oqimga kirgan rassomlar voqelikni kuzatishdan olingan taassurotlarni sof holda aks ettirardi. Eduard Mane, Klod Mone, Ogyust Renuar va Kamil Pissaro impressionizmning eng iste’dodli namoyandalari edilar. Ularning nozik bo‘yoqlar uyg‘unligi ifodalangan asarlarida hayotga cheksiz muhabbat aks ettirilgan. Ular quyosh yog'dusini, fazo va teranlikni aks ettirishning yangi texnik vositalarini topdilar. Rassomchilikda real hayotni butun borligicha aks ettirish ham mavjud edi. Bu borada Pol Sezann, Pol Gogen va Vinsent Van Gog mehnat ahlini alohida o‘rinlarda tasvirlay oldilar. Chunki ular ishchilarning azob-uqubatlaridan qattiq ta’sirlangan edilar. Mashhur xitoylik rassom Jen Bonyan ipak matoga rasm solishning qulay usulini yaratdi. Buyuk fransuz haykaltaroshi O. Rodenning ,,Mutafakkir“ degan asariga qarab hech kim insonning dekadentlar ishontirmoqchi bo‘lganidek, ,,oliy“ kuclilar qo‘lida o‘yinchoq ekanligiga ishonmaydi. Adabiyot. Tanqidiy realizm. XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Yevropa mamlakatiari - ning madaniy hayotida realistik oqim bilan dekadentlik oqimi o‘rtasida kurash avj oldi. Xalq dekadentlik ruhida yozilgan asarlarni qabul qilmadi. Natijada, turmushni aniq ifodalaydigan asarlarga ehtiyoj ortdi. Realistik yozuvchilar atrofdagi voqelikni dadil va haqqoniy aks ettirishga intildilar. Shuning uchun bu davr realizm yoki „tanqidiy realizm“ nomini oldi. Bu davrda rus adabiyoti namoyandalari F. M. Dostoyevskiy, L.N. Tolstoy, A P. Chexov chet ellardagi zamondoshlari uchun realistik ijodning yangi imkoniyatlarini ochib berdilar. Gi de Mopassan o‘zining ,,Hayot“, „Azizim", „Mont-Oriol“ va boshqa asarlari bilan fransuz badiiy dunyosida qator ijtimoiy masalalarni mahorat bilan rango-rang bo'yoqlarda tasvirlagan ijodkordir. Amerika yozuvchisi J. Londonning ijodi radikal intilishlar bilan ajralib turar edi. Uning „Temir tovon“ romanida insoniyat oldida turgan halokat yoki dahshatli azoblar oldindan aytib berildi. Avtobiografik tarzdagi „Marten Iden“ romanida yozuvchi halol ijod ahlining soxta madaniyat bilan fojiali to'qnashuvini ochib berdi. Amerikalik yozuvchi T. Drayzerning ,,Moliyachi“, ,,Titan“ romanlarida amerikalik monopolist, tojsiz qirol, puldor Kaupervudning umumlashgan obrazi berilgan.
Bu davrda satira katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Nemis yozuvchisi, yumorist G. Manning „Sodiq fuqaro“ romani hamda ,,Imperiya“ trilogiyasiga kirgan boshqa asarlari juda katta fosh etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ldi. Mavjud tuzumni hajv qilishning yirik ustasi, atoqli fransuz yozuvchisi A. Frans edi. Uning „Silvester Bonnarning jinoyati“ asarida „Uchinchi Respublika“ning illatlari, hukmron doiralarning ma’naviy buzilishi, siyosat arboblarining sotqinligi, monarxlarning fitnalari keskin, oshkora kulgi ostiga olindi. Atoqli amerikalik satirik yozuvchi M. Tvenning romanlari, hikoyalari, maqolalari achchiq va darg'azab satiraga boydir. „Olomon qiluvchi Qo'shma Shtatlar“ maqolasining nomi yoki „Senator turmada o'tirmagan vaqtlarida qonun chiqaruvchi kishi“, "Xalq xizmatkorlari - porani taqsimlash uchun o‘z lavozimlariga saylangan shaxslar" nomli o‘tkir ta’riflarning o‘zi juda qimmatlidir. Atoqli yapon yozuvchisi A.Ryunoske novellalarida tekinxo'r mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq ommasining umumiy kuchini anglash o‘z aksini topdi. Hind gumanist yozuvchlsi R. Tagor falsafiy teranligi va badiiy barkamollgi bilan ajralib turuvchi romanlar, pyesalar, hikoya va she’rlari bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Uning butun ijodi milliy mustaqillikka otashin chaqiriqdan iborat edi. Ayniqsa, "Halokat" romani mashhur bo'ldi. Xitoylik Lu Sinning ijodi kambag'allarning ahvoliga chuqur hamdardlik ruhi bilan sug'orilgan edi. Demokratik adabiyot. Demokratik adabiyot ijodkorlari tenglik va adolat tamoyillarining g'alaba qihshiga, insonning ijodiy kuchlariga, uning dunyoni o‘zgartira olishiga ishonar edilar. Uning namoyandalaridan biri amerikalik adiba G. Bicher Stou bo‘lgan. Uning „Tom tog'aning kulbasi“ romani jahon adabiyotining nodir asarlaridan hisoblanadi. Romanda XIX asr Amerika qullari va quldorlari hayoti, ular o‘rtasidagi ziddiyat, qulchilikka qarshi qora tanlilar isyoni haqqoniy yoritilgan. Uning „Men va mening xotinim“, „Biz va qo‘shnilarimiz“ asarlarida ham Amerika hayoti haqqoniy tasvirlanadi. Jek Londonning tabiatni bo‘ysundirgan qahramon haqidagi „Hayotga muhabbat“, ishchi va dehqonlar hayotiga bag‘ishlangan „Bir parcha go‘sht“, „Dengiz bo‘risi“ va boshqa asarlari mashhurdir. Ingliz dramaturgi Bernard Shou o‘z asarlarida ekspluatatsiyani, meshchanlik axloqini, munofiqlik, soxtalikni qoralagan. „Qariyalar uyida“, „Qurol va inson“, „Shayton shogirdi“, „Mayor Barbara" kabi asarlarida jamiyatdagi qusurlarni tanqid qilisli bilan birga, ijtimoiy taraqqiyotga, adolalga xiyoinal qiluvchi kuchlarni zo'ravonlikka qarshi qo'yish g'oyalari ilgari suriladi Fransuz abidi Viktor Gyugo o'zininig "Dahshatli yil". ,,Xo‘rlanganlar“, ,,To‘qson uchinchi yil" kabi asarlarida zulmga, jaholat va adolatsizlikka qarshi norozilik, bosqinchilikka nafrat, kurashchan xalqqa xayrxohlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi. Fransuz yozuvchisi Jyul Vern ilmiy-fantastik romanchilikning yirik vakili. Yozuvchi „Havo sharida besh hafta“, „Yer markaziga sayohat", „Kapitan Grant bolalari“, "O'n besh yoshli kapitan“ asarlarining qahramonlari - jasoratli, dovyurak, kurashchan kishilardir. Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy umrining so‘nggi yillarida podsho Rossiyasining davlat, cherkov, iqtisodiy va ijtimoiy tartibotlarini, axloqsiz negizlarini tanqid qilishni davom ettirdi. A. P. Chexov "Uch opa-singil", "Olchazor bog" pyesalarida juda katta kuch bilan ijtimoiy masalalarni umumlashtirishga harakat qildi. Bu davrda yaponiyalik mashhur yozuvchi Roka Tokutomining „Kurosivo", „Yashamagan yaxshi“, Naoe Kinositoning „Olovli ustun“ romanlari feodal qoldiqlarga qarshi, milliy qadriyatlarni asrashga, xorijning ma’naviy ta’siriga qarshi qaratilgan edi. Xitoy shoiri Xua Szunsyan o‘z she’rlarida xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga chaqirdi. Tanqidiy romanlar kuchaydi. Li Baotszya „Bizning chinovniklar“, U Voyao „Yigirma yil ichida“, Lyu E. „Lao San sayohati“, Szen Pu „Qahrli dengizdagi gullar“ romanlari bilan mashhur bo‘ldi. Bu asarlarda mamlakat hayotidagi turli yovuzliklar, qarama-qarshiliklar, bosqinchilarning qilmishlari badiiy ifoda qilingan edi. Naturalism. Naturalizm adabiyotni badiiy yangilashda inqilob yasadi. O‘sha davr hayotini o'tkir badiiy bo‘yoqlarda tasvirlagan bir guruh san’atkorlar o'zlarini naturahstlar deb atadilar. Ularning yirik namoyandalaridan biri fransuz yozuvchisi Emil Zolya Fransiyadagi barcha sinflar va ijtimoiy guruhlarning mavqeyini, turmush tarzini va psixologiyasini ko‘rsatishni oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Emil Zolyaning 20 jildlik „Rugon-Makkarlar“ asari Ikkinchi imperiya davridagi bir oilaning hayoti va ijtimoiy tarixiga bag‘ishlanadi. ,,Jerminal“ va ,,Tor-mor“ romanlari uning ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. Italiyada naturalizm namoyandalaridan Luiji Kapuana va Jovanni Vegalarni ko‘rsatish mumkin. Ular o‘z asarlarida Janubiy Italiyadagi qashshoqlikni, unga qarshi kurashuvchilarni badiiy mahorat bilan aks ettirdilar. Amerika naturalistlaridan Stiven Kreyn „Jasoratning qonli belgisi“, Frenk Norris ,,Girdob“ asarlarida juda katta ijtimoiy masalalarni ko'tarib chiqdilar. Dekadentlik dastlab fransuz adabiyotida yaqqol namoyon bo'lgan. „La’nati shoirlar“ deb nom olgan P. Verlen, A. Relebo, S. Mallorme kabi shoirlar yetakchilik qilgan simvolizm oqimiga dekadentlik nihoyatda kuchli ta’sir etgan.
.
Mustakil xonliklar va amirlikning o’zaro madaniy aloqalari. Markazii Osiyo madaniyatiga Rus va dunyo madaniyatining ta’siri. XIX asr boshlarida mehnatkash xalqning turmush madaniyati past darajada edi. Хonliklarning o’zaro urushlari ho’jalik va madaniy hayotni izdan chiqardi. Bu hol Chor Rossiyaning xonliklarni bosib olishini osonlashtirdi. Rossiyada sarmoyadorlik sanoatining o’sishi yangi bozor savdosiga va xom ashyo manbalariga bo’lgan talabni oshirdi. Rossiya Markaziy Osiyoni bosib olgach, mahalliy aholi rus va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan aloqa o’rnatishga majbur bo’ldi. Sanoat va qishloq xo’jaligi texnikalari kirib kela boshladi. O’z o’rnida Rossiya va Yevropa madaniyati elementlari kirib keldi. Rus tuzem maktablari ochildi. Тipografiya va litografiyaning paydo bo’lishi madaniy hayotda katta voqea bo’ldi. Avval rus tilida, so’ngra mahalliy tillarda gazeta, jurnal va kitoblar chop etila boshladi. ХIХ asrning 80 yillarida A.S. Pushkin va I.A. Krыlov asarlari ilk bor o’zbekchaga tarjima qilindi. 1880 yilda Тoshkentda jamoat kutubxonasi ochildi. 1870 yilda rasadxona va kimyogarlik tajribaxonasiga asos solindi. Ilmiy jamiyatlar tuzildi, tarixiy va arxeologiya muzeylari ochildi. O’lka tabiiy boyliklarini o’rganish ishiga rus olimlari ham qiziqa boshladi. 1870 yilda tabiat, antropologiya va etnografiya havaskorlari rus jamiyatning Тurkiston bo’limi ochildi. N.A. Seversov, I.V. Mushketov, V.P. Fedchenko, V.F. Omanin singari olimlar bu jamiyat a’zolari edi. Rus jug’rofi F.P. Litko 1873 yilda Тoshkent falakshunoslik va tabiatshunoslik rasadxonasi tashkil etilishga hissa qo’shdi. P.P. Semyonov Тyan-Shanskiy Тongritog’ tizmalari tarkibi va tuzumini haqida ma’lumotlarni chop ettirdi. A.P. Fedchenko Farg’ona vodiysining o’simlik dunyosini tadqiq qildi. I.V. Mushketov va G.D. Romanovskiy Тurkiston o’lkasining yer ustki xaritasini tuzdilar. I.V. Mushketov oltin, temir ma’dani, qoramoy, ko’mir kabi qazilma boyliklarni aniqladi. Akademik V.V. Bartold o’lka tarixi va el-elatini o’rganish asosida ko’plab kitoblar chop qildi. Rus madaniyati ta’sirida xalq ma’rifatparvarlari shakllandi. Ular V.I. Gersei, N.Т. Chernishevskiy, N.V. Dobrolyubovlar ta’sirida xalq ozodlik masalasini ko’tarib chiqdilar. O’rta asr qoloqligini tugatish, ta’lim-tarbiyaning ilg’or usullarini joriy qilishni o’z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) misol tariqasida rus maktablarini ko’rsatdi. U A.S. Pushkinning bir qancha she’rlarini o’zbekchaga tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o’zining hajviy she’rlarida xalq ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o’z she’rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi. XIX asr Тurkiston adabiyoti ikki yo’nalishda rivojlandi. Shohlik va saroy muhitini kuylovchi adabiyot, hamda zo’rovonlikka qarshi norozilikni va qoloqlikni tugatishga qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va dunyo madaniyati ta’sirida mehnatkash xalq bilan bog’liq Тurkistonda milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni kuchayib bordi. U musulmonlar va qolaversa turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligi, bu g’oyat xavfli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavmlardagi jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlarga tanglashish zarurligini birinchi bo’lib turkiy qrim-tatar xalqining ulug’ farzandi Ismoil o’asparali (1851-1914) tushunib yetdi. U jadidchilik harakatining butun turk dunyosidagi «g’oyaviy otasi»dir. Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilmi darajasiga ko’tarish g’oyasini amalga oshirish maqsadida Rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi. Ismoil o’asparalining g’oyalarini yoyishda «Тarjimon» gazetasining xizmati juda katta bo’ldi. 1888 yilda uning «Rahbari muallimin» yoki «muallimlarga yo’ldosh» kitobining nashrdan chiqishi muhim voqea bo’ldi. U Buxoro, Тurkistonga kelib jadid maktablarini ochishga urinadi. Uning shogirdlari Buxorolik Marjoniy, Domla Fozil, Mo’minxo’ja Vobkandiy, Mulla Хudoyberdi Boysuniy Buxoroda jadid maktablarini ko’paytirishga urinadilar. 1904 yilda «Mazaffariya» jadid maktabi ochiladi. Shunga qaramay 1898 yilda qo’qonda Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabiga asos soldi. Shu yili Тo’qmoqda ham shu tipdagi maktab ochildi. 1899 yili Andijonda Shamsiddin domla va Тoshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Тurkiston o’lkasida 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari bor edi. Asr boshida jadidlar ziyolilarning butun bir vatanparvar avlodini tarbiyalab berishdek og’ir ishga fidoiylik bilan kirishdilar. Ularning boshida M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Ayniy, A. Fitrat, Munavvar qori, Bobooxun Salimov va boshqa ko’plab taraqqiyoparvar insonlar turar edilar. Ular doimo quvg’in, qamoq, surgun kabi xavf-hatarlar boshida charx urib turgan holda ish olib borishga majbur bo’ldilar. Shulardan Тoshkent jadidlarining otasi sifatida ziyoliylar orasida katta obro’-e’tibor qozongan Munavvar qori Abdurashidxonovning xizmatlari juda katta bo’ldi. ХХ asr boshlarida Тoshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona vodiysi shaharlarida o’nlab «usuli jadid» maktablari ochildi. Uni bitirganlar orasida Тurkiston ma’naviy-ma’rifiy dunyosini milliy uyg’onishiga kuchli ijobiy ta’sir qiladigan zabardast namoyondalar ajralib chiqdi. Uning birinchi qaldirg’ochlari Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Lutfulla Olimiy, Muhammadsharif So’fizada, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, H.H. Niyoziy kabi o’nlab ulug’ zotlar. Jadidlar maktab va ma’rifatdan boshlangan faoliyatini siyosiy qiyofa kasb etguncha qadar davom qildirib, Тurkistonda milliy mustaqil davlat barpo etishga urinish bilan eng yuqori pog’onaga ko’tarildilar. Тurkistonda ma’rifatparvarlik harakati ikki bosqichda kechdi. Birinchi davrda feodal tuzum va tartiblarini tanqid qilish, madaniy yangiliklarni egallash, Ovropaning turli tillarini o’rganishni targ’ib qilish, yangicha ilm-fanning ahamiyatini ko’tarish kabi masalalar olg’a surildi. Ahmad Donish, Avaz o’tar, Furqat, Muqimiy, Zavqiy singari ma’rifatparvarlar yetishib chiqdilar. Ikkinchi bosqichda ma’rifatchilikdan jadidizm o’sib chiqdiki, u endilikda yangicha ta’lim-tarbiya, yangi usul maktablarini yo’lga qo’yish, dunyoviy ilmlarni har tomonlama egallash maorif-madaniyatda yangi tartiblarni o’rnatish, yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni qo’yish darajasiga ko’tarildi. Jadidchilik harakati turkiy millatlarning ma’naviy-madaniy ko’tarilishiga turtki bo’ldi. Тurkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma’rifatparvar, ilg’or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar, o’qish kitoblari, qo’llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Ibrat, Hamza kabilar bu sohada jonbozlik ko’rsatdilar va bu ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar boshqa o’lkadagi ma’rifatparvarlik harakatlari bilan ham aloqa o’rnata boshladilar. Bu davrda Тurkistonda ma’rifatparvarlik va jadidchilikning turli, yangi ta’lim-tarbiya, o’quv-o’qituv masalalarini o’zida aks ettiruvchi juda ko’p jurnallar nashr etildi. «Тaraqqiyot», «Oyna», «Тujjor», «Sadoyi Тurkiston», «Samarqand» kabi jurnallar shular jumlasidandir. Ma’rifatchilik harakati ayniqsa o’zining rivoj topgan bosqichida Тurkistonda o’zga yurtlardagi ijobiy yutuqlardan foydalangan holda mustaqil ma’naviy taraqqiyot yo’lini qidirish va targ’ib etish masalalarini olg’a surdi. Bu harakat rus podsho hokimiyatining mustamlakachilik siyosatiga zarar keltirishdan cho’chigan chorizm amaldorlari uni chegaralash va bug’ib qo’yish chora tadbirlarini ko’ra boshladilar. XIX asr oxiri ХХ asr boshlarida Тurkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan birga uning madaniy hayotida ham tez va shiddatli o’zgarishlar ro’y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta’lim-tarbiya, din, mafkura sohasida turli oqimlar paydo bo’ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. Yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar harakati vujudga keldi. 1917 yildagi butun rossiyada yuz bergan fevral va oktabr inqiloblari uning mustamlakasi bo’lmish Тurkistonda ham to’ntarishlarga olib keldi. Sovet davrida juda ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta’sir o’tkazdi, barcha sohadagi o’rgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo’nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi. 30-yillarda madaniy-oqartuv masalalari tarmog’i kengayishda davom etib bordi. Yirik sanoat korxonalarida madaniyat saroylari bunyod etildi, qishloq xo’jalik artellari qoshida kolxoz klublari ochildi, rayon madaniyat uylari barpo etildi, kutubxonalar tarmog’i kengayib, ularning kitob fondlari boyib bordi, kinoteatrlar, klub va madaniyat uylari qoshidagi kino qurilmalarining soni ko’paydi, stadion va sport maydonchalari jihozlandi. Ko’p miqdorda kitob, gazeta va jurnallar nashr etildi. Radio eshittirishlari aholining kundalik turmushida rasm bo’lib qoldi. Biroq, 30-yillarda qaror topib borgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig’inish mafkurasi respublikaning ijodiy xodimlarini, uning butun ma’naviy hayotini qattiq iskanjaga oldi. Ijodiyotni partiyaviylik tamoillariga, mafkuraviy qoida-qonunlarga bo’ysundirish, dunyoni badiiy tasvirlashni qo’pol ravishda sotsiologiyalashtirish uchun keng yo’l ochib berdi, dunyoviy imkoniyatlarni toraytirib qo’ydi. Partiyaning yangi turmushni madh etishga, xalq o’tmishiga nigilistik munosabat paydo bo’lishiga qaratilgan siyosati badiiy jarayondagi tarixiy izchillikni unutib yuborishga olib keldi. Madaniyatda murakkab ijtimoiy muammolarni bezatib, yengil tusga kiritib ko’rsatish, hato va kamchiliklar to’g’risida sukut saqlash tendensiyalari paydo bo’la boshladi. Oqibatda hayotiy haqiqat buzilib, san’atning tarbiyaviy salohiyati pasaytirib yuborildi. 30-yillardagi qatog’onlar milliy madaniyat uchun dahshatli fojeaga aylandi. qonunchilikni qo’pol ravishda buzilishi va inson qadr-qimmatlari poymol etilishi tufayli milliy madaniyat o’rni to’lmaydigan darajada zavol ko’rdi. Iste’dodli adabiyot va san’at arboblari Abdulla qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Shokir Sulayman, Ziyo Said, Elbek, A’zam Ayub, Usmon Nosir, qosim Sorokin, Muhammad hasan, Abdusalom Niyoziy, Otajon Hoshimov va boshqalar milliy madaniyat quchog’idan uzib olinib xalq dushmanlari deb e’lon qilindi. qatog’on qilingan va ta’qib ostiga olingan shoir va yozuvchilarning asarlaridan foydalanish necha-necha yillar mobaynida taqiq bo’lib turdi. Nohaq unittirib yuborilgan, ko’pincha esa jismonan ham yo’q qilingan jasur xalq farzandlarining asarlari shaxsga sig’inish tugatilganidan keyin garchi xalqqa qaytarib berilgan bo’lsa-da, o’limidan keyingi hech qanday shon-shuhrat ular boshidan kechirgan tahqir-u qiynoqlarning alamini bosa olmaydi. Din va dindorlarni ta’qib qilish xalqning ma’naviy madaniyatiga nihoyat darajada katta zavol yetkazdi. Ma’muriy-buyruqbozlik tartiboti o’rnatilishi bilan dinga ilmiy nuqtai-nazardan yondoshish inkor etila boshlandi. Din bilan ateizmning dunyoqarash jihatidan bir-biriga qarama qarshiligi siyosiy qarama-qarshilik bilan almashtirildi. «Sotsializmda dinga o’rin yo’q, unga din begona» degan qoida ustun bo’lib qoldi. Shunday qilib unga nisbatan salbiy munosabat dinga qarshi zo’rlik ko’rsatishga aylanib ketdi. Na masjidlar, na cherkovlar, na dindorlar shu qadar miqyosdagi ta’qiblarni boshidan kechirmagan edilar. O’zbekiston ruhoniylarining asosiy qismi 30-yillarda qamoq lagerlariga jo’natildi. Masjid va madrasalarning deyarli hammasi o’tmishda garchi diniy marosimlarni o’tkazish o’choqlari bo’libgina qolmasdan, xalqning buyuk merosini saqlab, boyitib kelgan madaniyat, ilm, tarbiya, san’at markazlari ham bo’lganiga qaramay berkitib qo’yildi. Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy hayotida progressiv va regressiv taraqqiyotning bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa sohalarda bo’lganidek, O’zbekistonning ma’naviy hayotida ham inqirozga xos vaziyat vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu yillar davomida respublika madaniyati umuman muayyan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Madaniyat, maorif muassasalarining tarmog’i sezilarli darajada kengaydi, bularni moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, aholining umumiy bilim darajasi o’sib, ijodiy ziyoliylar safi kengayib bordi. Тalaygina ajoyib badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yaratildi. Madaniyat va san’atning rivojiga iste’dodli yoshlarning butun bir katta guruhi qo’shildi, milliy o’z-o’zini anglashning o’sish jarayonlari belgi berib qoldi. Ma’naviy, badiiy hodisalarni baholashda sinfiylik, partiyaviylik singari, mafkuraning badiiyat ustidan hukmronligi singari prinsiplaridan foydalanish, adabiyotda sotsialistik realizm usulining ustuvorligi madaniyat va san’atning rivojlanishiga to’g’anoq bo’ladigan mexanizmni vujudga keltirdi. Bu prinsiplar partiyaning cheklanmagan totalitar hukmronligi taziqi ostida zo’rlik bilan amalga oshirib borildi. Ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarning sababi ham xuddi ana shunda. Ma’naviy sohada, bir tomondan, chindan ham sezilarli o’zgarishlar ro’y berib borgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, inqirozga xos vaziyat yuzaga kelib bordi. Тub milliy manfaatlarni unutib qo’yish, zo’r berib baynalminallashtirish madaniy qurilishda salbiy rolni o’ynadi. Partiyaning madaniyat sohasida baynalminal madaniyatni birinchi qo’yadigan siyosati milliy madaniyatni rivojlantirish rejasini, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulardan ma’naviy rivojlanishda foydalanishni orqa o’ringa surib qo’ydi. Madaniyatni mafkuralashtirish axloq-odob, adabiyot, san’atning samarali milliy zamindan ajralib qolishiga sabab bo’ldi, tarixiy xotira, milliy an’analar va odatlarni unutib yuborishga olib bordi. Baynalminal madaniyatning ustivor tarzda rivojlanishi O’zbekiston tub xalqlari tillarining qo’llanish sohasini toraytirib qo’ydi. Ma’naviy sohani boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahkamlanib borishi bilan birgalikda fikr-mulohazalar va baholarning obro’yiga ko’r-ko’rona itoat qilish, ijodiy faoliyatga qo’pol ravishda aralashish, ijodiyotni eng oddiy erkinliklardan ham mahrum qilish rasm bo’lib bordi. Ma’naviy hayotga buyruqbozlik yo’li bilan rahbarlik qilish, mafkuraviy cheklashlar, to’g’anoq mexanizmi, madaniy siyosatdagi ziddiyatlar, ma’naviy soha ehtiyojlarini inkor etish jamiyatning ma’naviy hayotida inqirozli holatlarni yuzaga kelishini belgiladi. Uzoq va yaqin o’tmishni hayoldan o’tkazib, mohiyatini anglashda 1991 yil 31 avgust kuni – O’zbekiston Respublikasining Mustaqil deb e’lon qilinishi tarixiy voqea bo’ldi. U milliy o’zlikni anglash, tom ma’nodagi milliy yuksalish uchun sharoit yaratdi. Jamiyat va millat tarixi, taqdirida yangi davr – Istiqlol davri boshlandi. «Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi, – degan edi I.A. Karimov, – Kelajagimizni o’z qo’limiz bilan yaratadigan bo’ldik. Hayotimiz va yashayotgan xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga umumbashariyat e’tirof etgan demokratik mezonlarga monan qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo’ldik».
Download 233.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling