Madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik tarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari
Download 233.63 Kb.
|
2 5247247079796901882
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyo xududidagi ilk davlatlar madaniyati. Yunon-Baqtriya madaniyati. Kushon madaniyati.
- Mavzu: Qadimgi davr (an’anaviy) madaniyati. Reja. Qadimgi Sharqliklar an’anaviy madaniyati
Markaziy Osiyoda shaharsozlik madaniyati. Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib aholinining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar - o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. O’lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. O’zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu ko’hna shaharlar ba’zilarining yoshi 2 700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko’ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu ko’hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Yerqo’rg’on) hududlarida davorn etdi. O’lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat: » aholinining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi; » hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi; « tabiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ko’pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkinki, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya’ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar o’rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo’ton, Namozgoh, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Bandxon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi. Ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarining kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. Jamiyat hayotida sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopolli, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo’ldi: aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi; hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi; qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi; tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. Shahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so’ngra esa shimolga So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Хorazm, Shosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu — aynan yurtlar va xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O’zbekistondagi ayrim ko’hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar — tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o’rganish jarayonida dastavval, eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar va viloyatlardagi tarixiy-madaniy shart-sharoitning ta’siri; ekologik-geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta’sir doirasi; shaharlarning vazifasi; qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o’rni va ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim. Хullas, O’rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakllari nisbatan turlicha bo’lib, bu jarayon faqat ichki tabiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo’shni jamoalardagi madaniy ta’sir bilan bog’liq bo’lmasdan, dastavval, Yaqin va O’rta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog’liq edi. O’lkamiz hududidagi ilk shaharlar qishloqlardan intisodiy, siyosiy va madaniy mavqeyi bilan ajralib turgan. Bu .shaharlar asosan aholisi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo’llari bo’ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroilarida paydo bo’lgan. Bunday shaharlar o’zlari joytashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo’lishi shubhasizdir. Markaziy Osiyo xududidagi ilk davlatlar madaniyati. Yunon-Baqtriya madaniyati. Kushon madaniyati. Ko’pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini yo’q qildi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, Sug’d va Хorazm madaniyati haqida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, QAshqadaryo vohasidagi Uzunqir, Хorazmdagi Ko’ziliqir kabi qadimgi shaharlarda o’tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko’rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli istehkom tizimiga ega bo’lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy qoldiqlari qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo’jaligining asosiy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi haqida ko’p tarmoqli sug’orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu haqda Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Хususan, Baqtriyaning yirik shaharlari, ko’p sonli aholisi haqida Baqtriya shohi Oksartning afsonaviy boyligi haqida Kgesiy Knidskiy (Mil.avv.V-IV asrlar) yozib qoldirgan. Ko’chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haqida mashhur qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (Mil.avv.V asr) yozib qoldirgan. U massagetlarning harbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi)da oltindan bezak sifatidan, misdan qurol va sotuv uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bebaho manbasi «Avesto» hisoblangan. «Avesto» so’zining mazmui izohga ega emas, ko’pgina «Asos matni» sifatida tarjima qilinadi. «Avesto» dunyoning eng qadimgi dinlardan bo’lgan zaro’shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg’ambar Zardo’sht to’planganlarga undan va’z o’qigan. Uning hayot davri mil.avv. IX-VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning boshqa matnlarining to’planishi ko’p asrlar davomida amalga oshirilgan. «Avesto»ning eng qadimgi matnlari mil.avv. II-minginchi yillarga ta’luqli, «Avesto»ning milodiy VII asrga tegishli bo’lgan to’plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo’lib, unda o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardo’shtiylik a’analariga ko’ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug’lik xudosi Axuramazdaning Zaratujrtaga vahiysi hisoblanadi. Biroq, unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning keng tarqalishi, qahramonlik epik rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdek diniy yo’l-yo’riq «payg’ambar davridan» keyin zardo’shtiylikning rivojlangan «e’tiqod ramzi» yuzaga keldi. Hozirgacha «Avesto»ning ayrim qismilari, 4 kitobi saqlanib qolgan: 1. Videvdat-«Devlatga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan zardo’sht va Axuramazda o’rtasida suhbat, yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar mazmunida bo’lib, zulmat va yovuzlik xudosi Axrimani boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytirish haqida. 2. Visprat-«hamma hukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to’plangan. 3. Yasna-«Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig’inish va murojaatdan iborat. Yasnadagi «Тot»lar nomli 17 bob zardo’shtning muqaddas qo’shiqlaridir. 4. Yasht-«Qadrlash», «Hamdu sano» kitobi-xudolarni sharaflovchi qadimgi gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar haqida. Bundan tashqari, «Avesto» majmuiga «Kichik Avesto» ham mansub, u avesto tilida yozilgan bo’lib, ibodat kalimalari joylangan. Zardo’sht yuksak axloqiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi haq payg’ambar. Zardo’sht ta’limotiga muvofiq barcha quruqlikning o’zgarmasi ibtidosi Arta bo’lib, «Avesto»da haqiqat, olov ruh deyiladi. Axuramazda tartibni saqlovchi osmon xudosi yorug’lik va ezgulik hisoblangan (oxura-xo’shayish, ega; mazda-idrokli, bilimdon). Axuramazdaning o’g’li – Atar (olov), uning vatani bulutlardek qurigan suvlar, ularning makoni-xududsiz yog’du. Axuramazda 6 ta ruhni-yordamchilarni yaratdi (ashema spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, layoqatli qudrat, olijanob mo’minlik, sog’lomlik va boqiylik. Unga Axrimanning zulmat qo’shini-devlar, urushlar timsoli, ochlik, kasallik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Olam va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy kurash yotadi. Zardo’shtiylikda birinchi bo’lib esxatalogik ta’limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu maddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo’q qiladi, biroq xaloskor Saoshyant halok bo’lgan dunyoni va barcha marhumalarni tirildiradi, barcha gunohlarni do’zahdan chiqarib Ohurumazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu tariqa zardo’shtiylikda birinchi bo’lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so’roq kuni g’oyasi shakllanadi. Bu g’oyalar Doro I ning Bexustun yozuvida va Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo’shtiylik Markaziy va Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida hukmron din bo’lib keldi va shubhasiz, bu din xristianlik va islom kibi jahon dinlarining shakllanishida katta o’rin tutdi. Ilmiy-tarixiy, amaliy-didaktik qimmatga ega bo’lgan, ushbu yilda 2700 yilligi nishonlanadishan buyuk merosimiz «Avesto»ning butun ma’no mohiyati Inson taqdiri, uning Istiqboliga qaratilgan. Jumladan, Тangriga iltijo va murojaatlarda shunday deyiladi: «Axuramazda yaratgan yaxshilik moyasiga, sog’lom, aql-hushi tetik farzandlarga, jasur, dono, turli tillar biladigan o’g’il-qizlarga, uzoqni ko’ra biladigan, yurtni balo-qazolarlan himoya eta olidigan o’yg’onlar, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan poktiynat avlodlarga olqishlar bo’lsin1. Mil.avv. V asrda Oks daryosining o’ng sohilida Miletlik Yunonlarning manzilgohi tashkil topadi. Shu tariqa Ahmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, hindlar bilan yaqin munosabatda bo’lish, madaniyatining ham o’zaro ta’siriga imkon yaratdi. Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko’pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o’zining hissasini qo’shgan. Zardushtiylik Ahmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga G’arbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar sana’tining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko’plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug’dan lojuvard va qimmatli toshlar, Хorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Тojikistonning Janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, hazinada, Eron va Baqtriyada tayyorlangan jihozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita qurg’iy shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga xos «Hayvon shakli» bitilgan jihozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o’zaro ta’siri jarayoni esa o’z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Ahmoniylar saltanatini yemirib tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan suhd madaniyatini aylantirdi. Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim.Afg’oniston), Saksanoxur va Тahtisangin (Тojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqurg’on, Afrosiyob Тalibarzi (O’zbekiston) kabi shaharlar qurildi. Yunon harbiy manzilgohlari aholisining tushmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslubdan Yunon-Baqtriya shaharlarda ochib o’rganildi. Infoatlar tosh, xom va pishiq g’ishtdan tiklandi. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan holda ko’rilgan. Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo’lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo’lgan. Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko’ra matnlarni o’zgartirganlar-musohaba, xazil-mutoyiba, havj, hikoya, -qo’shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko’zbo’yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muhim elementlari bo’lgan. Hukmdorlar homiylik ko’rsatgan mahalliy aktyorlar ham shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning-namunasida hamon ellinistik belgilar saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qoirshiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko’rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o’zaro singishib ketishida ham ko’rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, Yunon-Baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta harf qo’shim (jami 25 ta harf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan. Zardo’shtiylik hukmron din sifatida saqlansada aholini yunon xudolari timsollariga sig’inish alomatlari paydo bo’lgan. Хorazm madaniyatini alohida ta’kidlash lozim. Shu mintaqa sug’oriladigan dehqonchilik, shahar madaniyati shakllangan eng qadimgi manzilgohlardan bo’lib, bu yerda O’zbekiston hududidagi qadimgi (er.avv. VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Хorazm (er.avv. IV asrlarda) Aleksandr Maqduniy bosqiniga qadar Ahmoniylar istilosidan ozod bo’lgan davlat, xorazmiylar Hindiston, Хitoy, Yaqin Sharq va Yevropa Sharqi bilan qizg’in savdo aloqalari bilan dong taratganlar. Тarixiy solnomalarda xorazmliklarni tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm sohiblari» deb ataganlar. Kanal, qal’a, ko’pqavatli saroylar qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab hisob-kitob va o’lchovlarni ham talab qilar edi. Moviy yo’l ko’rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-sahrolardan o’tib bo’lmasdi. Хorazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o’zlari foydalangan mahsus taqvil tizimini yaratdilar. Bu taqvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufaasal tavsiflangan. Uning ma’lumotlarini arxeologlar tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa huddatlar ham tasdiqlaydi. Beruniyning ma’lumotiga ko’ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga eng bo’lgan devorlar bilan o’rali, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo’lgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra Qo’yqurilgan qal’a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgohi bo’lgan. Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo’lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug’orish infoatlari barpo etildi. Hunarmanchilik va savdo-sotiqning jadal rivojlanishi shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g’ishtlardan bino etilgan qal’a va Saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu paytda G’arb mamlakatlari, xususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan sado aloqalari birinchi o’ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiyev yaqinida, «Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaharlaridan topilgan. Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo-Хitoy, Yaponiya, Koreyaga tarqalish manzilgohini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon-baqtriya alfaviti, sug’d va xorazm yozuvi rvojlandi: Surxq Qotalda (Afg’oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Тermizdagi Qoratepa, Fayoztepadan hinlarning Brahma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxondaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo’lyozma (er.avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi. Asrimizning boshida Buyuk Хitoy devori minolaridan birida topilgan «ko’hna so’g’d yozuvi» alohida qiziqish uyg’otadi. Yozuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan bo’lib, unda Хitoydagi so’g’d savdogarlarining faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan. Kushonlar san’ati qo’shni mamlakatlar va xalqlar san’atlariga ta’sir ko’rsatuvchi namunalarni yaratdi. Er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy hususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta’sirni tafakkur tarozisidan o’tkazishdir. Хalchayon (Er.avv. I–e...ni 1 asrlari)-Kushon san’atining ilk yodgorliklaridan biri bo’lib undan topilgan asarlarda ko’proq hukmdor Geroy Sanat ulug’langan. Qabulxona devorlarining yuqori qismidan o’rin olagan loydan ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a’yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo’lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko’zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohim hoimlari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Kushon san’ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Хitoylik san’at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san’ati an’analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, Sug’ddagi bo’rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Тurkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyoti mobaynida o’ziga xos an’ana va yutuqlarni saqlabgina qolmasdan, ulkan mintaqada umumiy qadriyatlarni vujudga kelishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqa munosabatlarini rivojlantiriga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni yangi sifat bosqichiga ko’tardi. Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj nuqtasi bo’lgan Kushonlar madaniyati hududiy va mazmun jihatidan ayro olingan madaniyat emas edi. U o’zida Sharq, Markaziy Osiyo, Antik dunyo va hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida mujassa etib, Sharq va Jahon xalqlari madaniyatini yana ravnaq topishiga asos bo’ldi. Kushon imperiyasi davrida (I-III asrlar)Markaziy Osiyoda sug’orma dehqonchilik, hunarmadchilik, shaharsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Buga Kushon-Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o’sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon bo’ladi. Тermiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg’ishroq toshlardan haykallar o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan «Budda» haykalining qoldiqlari topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, O’rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o’zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Kushon davri madaniyati Markaziy Osiyoning eng cho’qqisi hisoblangan, ma’lum zudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida jamlab, qo’llab Sharq xalqlarining o’rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo’ldi va jahon madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. Mavzu: Qadimgi davr (an’anaviy) madaniyati. Reja. Qadimgi Sharqliklar an’anaviy madaniyati Mifologik tafakkurning o’ziga xos xususiyati Qadimgi Sharq kishisi sababli natija munosabatlarni tushungan va farqlagan, biroq ularni mujmal va qounga mos bo’lmagan hodisa sifatida, ko’pchiligi esa shaxsiy qudrat sifatida ongli va ixtiyoriy idrok qiladi. Sabablarni izlashda “qanday” deb emas, baliki “kim” deb so’rashadi (“hodisada kim aybdor”), “ixtiyoriy, aniq maqsadda harakat qilganni” izlashgan. “Sabablarni” bunday idrok qilish oqibatida mifologik tafakkur ayrim va buguncha, bir-biriga o’xshash har qanda y tashqi moslikni qabul qiladi. Funksional aloqadorlik sifatida makon va zamondagi har qanday bog’likligi haqida gapirishga imkon to’g’iladi. Fikriy bog’liklik bilan o’xshash gapirishga imkon to’g’iladi. Qandaydir yangi narsani ko’rib inson o’ziga deydi: “Bu yangi narsa nimaga o’xshaydi?”-va unga o’xshash narsani o’zidan va ajdodlari tajribasidan izlaydi. Хususan, “asl namuna” tamoyili keng tarqalgan bo’lib, unga ko’ra hayotdagi barcha muhim narsalar (ehrom, podsho hokimiyati, inson) ilohiy qudratning “asl namunasiga” muvofiq yaratilgan. Olamni mifologik tasavvur qilish uning nihoyatda tartibli, qat’iy iyerarxik qurilishida ifodalanib, uning asosi turli xil oppozatsiyalar tizimi hisoblanadi. Aynan shular mifologik razmiy tasniflashdagi dastlabki “poydevor” hisoblanadi. Mifologik tafakkurning tafakkurning muvofiq va o’xshash jihatlari uning an’anaviyligi bilan bevosita bog’liq. An’ana bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan boshqa bo’lgan hodisalar urf-odat, marosim, ibodat, udum, odob singari faoliyatda namoyon bo’ladi. Bularning bari u yoki bu sinuatsiyadagi aniq axloq dasturiga ega bo’lib, harakatning to’g’riligini kafolatlaydi, noto’g’ri harakatlarni ogohlantiradi, negaki an’analar negizida sotsiumning katta tajribasi mujassamdir. Qadimgi Sharq madaniyatida an’analarga asoslanish ustun turadi. Ajdodlar an’anasi, tajribasi mutloq haqiqat kabi baholangan. Mutloq haqiqat hukmronligi bilan, D.S.Lixachev ta’kidlashicha “odoblik” bog’lik bo’lgan. Qadimgi Sharq kishisining axloqi harakat va faoliyatda muqaddas an’analarni qayta tiklashga qaratilgan “ilohiy o’rnatilgan” me’yor va qoidalarga borib taqaladi. Mifologik tafakkurning o’ziga xos xususiyati shundaki, qadimgi sharq kishisi o’zini har doim sotsiumning bir qismi deb his qilgan, sotsium esa koinot kuchiga bog’liqlikda, tabiatga aralashgan holda ko’rinadi. Garchi, qadimgi Sharq madaniyatining turli qirralarida shaxsni individual lashtirish imkoniyatlari mavjud bo’lib, ular har doim individning turmush sharoitlarini belgilovchi asosiy sohalarga nisbatan ikkinchi darajali hisoblangan. Qadimgi Sharqda makonning paydo bo’lishi chegaralanishi alohida o’rin tutadi. Qadimgi Sharq mifologiyasida kosmogenez jarayoni Хaosning ajralishi sifatida namoyon bo’ladi (Misol uchun, hindlarda Indra haqi da mif, Mesopotamiyada Marduq haqida). artibli uyushgan makon, betartib makonga qarama-qarshi qo’yiladi. Тabiiyki, tartibli, tashkiliy jihatdan uyushgan makon-”yaxshi”, “o’z” makonning, undan tashqarida “begona”, “uning” betartib, tashkiliy uyushmagan “xunuk” makoni-ko’chmanchilik, ibtidoiylik dunyosi joylashgan. Diniy aqidalar hukmronligi kishilar xayotini belgilaydi. Inson qayerda osmon bo’lsa-xudolar dunyosi va yerni-odamlar denyosi deb bildi. Ular doimo o’zaro munosabatda, bir butunlikda olam daraxtining tanasi va shoxlari kabi viqor bilan yashashgan. Хudolar insonlar hayotining barcha sohalariga faol yashashgan, uning tug’ilishi, o’limini va o’limdan keyingi taqdirini belgilagan. O’sha davrlarda diniy ta’limotlar dan tashqari hech qanday boshqa dunyoqarash bo’lmagan. Inson xudolardan hatto arzimas narsalar haqida maslahat so’ragan va unga xatlar yozib ibodatxonaga olib bergan. Barcha Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilmlarni to’plab ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Bizgacha yetib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va goyemetriya (turli shaklning hajmi va yuzasini o’lchash), astronomiya (aniq quyor taqvimining tuzilishi keyinchalik Yevropada taqvimga asos bo’lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari haqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o’rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Atrofdagi mamlakatlarga Mesopotamiya matematikasi va astronomiyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirga qadar biz Mesopotamiyada tuzilgan vaqt va burchak o’lchov uchun 60 bo’lakli tizimdan foydalanamiz. Mesopotamiyaliklar matematika va asotronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo’lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyoralar ro’yxati, ko’plab harakat holatlarini aniqlash bo’yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig’i-astrologiyaning ham vatanidir. Qadimgi Hind va Хitoy fani ham ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritli. Hindistondagi noldan foydalanib o’nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi (“son”, “tub son”, “sinus” kibi atamalar hindistonda paydo bo’ldi). O’lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fiziologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti haqida tibbiyotga oid asarlardan birida jarrohlikning 300 turi bo’lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Hitoy ipak, chinni va qog’ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek Хitoyda porox, kompas (mil. avv. III asr) yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil.av. 613 yilga tegishli Хitoy qo’lyozmalari topilib unda Galley kometasi haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Хitoyda osmon globusi, 2500 yoritqichning o’rni ko’rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim jori y qilinib (mil.av.104 y) , unga ko’ra bir yil 365 241 kunga teng bo’lgan. Mil.av. 28 yilda Хan imperiyasining astronomlari quyoshda dog’lar mavjudligini kuzatganlar. Хitoy materiallari tarixda birinchi bo’lib hisobda manfiy sonni qo’llaganlar. Тibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar. Hindiston va Хitoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq shakllandi va o’z navbatida sermahsul taraqqiy etdi. Biroq, bu fanlar g’arbdagi kabi madaniyatga sezilarli ta’sir ko’rsatmadi. Bu Oliy haqiqatni anglash yo’lidagi mustaqil ta’limot bo’lib qolish bilan bog’liq. Masalan, Hindisnotda bilim uch darajaga ajraladi:
Bilmaslik (avidya). Тushuncha, “ilmiy” bilim (vijnayana). Hamma narsani bilish (prajnya), ya’ni birinchi daraja mantiqsiz fikrlash, ikkinchisi-mantiqiy, uchinchisi mantiqdan ustun idrok qilishga muvofiq keladi. Yer yuzasidagi eng ko’hna va bir qadar o’rganildi, ko’plab xalqlar madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan madaniyatlardan biri-qadimgi Misr madaniyatidir. Qadimgi Misr yozuvi ko’plab hozirgi yozuvlar “papirus” , “oazis”, “ximiya”, “ bazalt” va boshqa hozirda ham muomalada saqlanib kelmoqda. Misrda turli, o’ta chalkash topinishlar tizimi mavjud bo’lgan: xudolarga sig’ingan, jonivor, o’simlik , tuproq, suv, Nilni muqaddaslashtirgan. Quyoshga, tirik xudo-Fira’vnga sig’inish qonuni tusiga kirgan. Misrliklar madaniyatida dafn marosimi alohida o’rin tutgan. Ular o’limni insonning ikkinchi hayot boshlanishi deb bilgan. Mangu hayot tushunchasi Osirus va Izida haqidagi mifdan paydo bo’lgan. Qadimgi yunon muallifi “Misrliklar hayoti o’limga tayyorgarlik ko’rishdan iborat”-deb bekorga yozmagan. Misrliklardan farqli qadimgi Mesopotamiya aholisi yerdagi hayotga ko’proq e’tibor qilishgan. O’lim bilan hammasi tugaydi deb o’ylashsada, narigi dunyoga ishonishgan. Misrliklar dan farqli ravishda, narigi dunyoga inson ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib yashaydigan qo’rqinchli dunyo deb tasavvur qilishgan. Sharuppakning Mesopotamiyaliklarga nasihatida aytiladiki “Shirin hayotdan tashqari biron narsa aziz emas”. Mensopotamiyaliklarning quvonchi hayot haqidagi qarashlari “Gilgamish” dostonida ham tasvirlanadi . Ular shaxsiy hayot muammolari bilan ko’proq qiziqqanlar. Hindiston-birinchi jahon dini buddizm vatani bo’lsada, Hindistonning o’zida induizm bilan ikkinchi dajarada turadi. Bu ikki din ham “Veda” da aks ettirilgan qadimgi tasavvurlardan kelib chiqqan. Hindlarning dunyoqarashi va barcha tushunchalarini belgilovchi markaziy g’oya, hind madaniyatining o’ziga xos xususiyati-dunyoda sodi r bo’luvchi benihoya uzliksiz harakat g’oyasi hisoblanadi, ya’ni dunyoning aylanishini na ibtido, na nihoya , na aniq maqsadga ega. Sharqning qadimgi sivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sohalaridagi ko’plab o’ta muhim yangiliklarni vujudga keltirdi. Хususan, mil.avv. I ming yillik ma’naviy g’alayonlar jarayoni bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga keldi: umuminsoniy birlik va shaxsning ma’naviy mustaqilligi. G’oyalar erkinligi boshlanib inson o’z hayotini unga asoslanib qurdi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G’arbga nisbatan ertaroq boshladi. Yunonlar madaniyati Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning o’zlari ham e’tirof etishgan. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki Sharq va G’arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon-Baqtriya va gandxar san’ati, iskandariya fani, fayum prortretlari bunga misol bo’la oladi. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular “Gilgamesh” va “Mahobhorat” dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy masalalari, Misr ehromlari va Buyuk Хitoy devori va boshqalar.
Download 233.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling