Madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik tarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari
Mavzu: Antik ( Yunon-Rim) madaniyati
Download 233.63 Kb.
|
2 5247247079796901882
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Madaniyatshunoslik va diniy madaniyat.
Mavzu: Antik ( Yunon-Rim) madaniyati. Reja; 1. Antik s’ozini manosi, mohiyati va manosi. 2. Antik madaniyati taraqqiyoti va inqirozi. Lotin tilida “antik” (antiguus) so’zining ma’nosi “qadimgi” demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak Antik davr Qadimgi dunyoning oxiri-qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan Yunoniston va Rim uchun xarakterli bo’lib, Yunoniston mil.avv. XI-IX asrlarda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to’la mohiyat-mazmunga ega bo’ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi Antik madaniyatni inqirozga olib keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo’llanilib kelayotgan “antik” so’zi ko’proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki Yevropa xalqlari o’zlarining madaniy taraqqiyotlari yo’lida yolg’iz Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo’lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar. Yunonlarning tasavvuricha, olam avvalida Хaosdan iborat bo’lgan, Yer-Geya va yer osti olami Тartar ham bo’lgan. Geyadan o’g’li Uran-osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos to’g’ilgan va o’z otasi Uranni ag’darib tashlagan. Bular titanlar-katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan . Zevs boshchiligida kichik xudolar. Тitanlarni ag’darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zevs bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar hisoblangan. Uning xotini Gera-osmon ma’budasi va nikoh homiysi bo’lgan. Poseydon-dengiz xudosi, Demitra-hosildorlik ma’budasi, Gestiya-uy-ro’zg’or ma’budasi, Aid-yer osti olami hudosi hisoblangan. Zevsning boshidan donishmanlik va urush ma’budasi Afina paydo bo’lgan; Appolon-ro’shnolik va san’at xudosi, Artemidaoy va ov ma’budasi, Gefest-temirchilik xudosi, Afrodita go’zallik va sevgi ma’budasi, Dionis-uzum va musallas xudosi sifatida a’zozlangan. Zevsning ko’p farzandlari xudolar bo’lgan. Yunonlar dinida totemizm qoldiqlari bo’lgan, ya’ni ma’budalarga biron hayvon yoki qush atalgan. Shuningdek, yunonlar ikkinchi darajali ma’budlarga - Nimfa va Kentavrlarga ham topinganlar. Guyoki chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar yashagan; dengizda nayadalar va sirena-ayol boshli qushlar yashagan. Ma’budalarning oddiy ayollar bilan aloqasidan to’g’ilgan yarim xudo-qahramonlar ham e’zozlangan. Ayniqsa 12 marta jasorat ko’rsatgan Gerakl-yozuvlikni yenguvchi obraz bo’lgan. Yunonistonda xudolar sharifiga o’tkazilgan maxsus bayramlar faqat dini y mazmunga ega bo’lmagan, chunki, jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa, qo’shiq kabilar mazkur bayramlarning eng muhim ishlari hisoblangan. Yunon shaharlari o’z bayramlari, sport musobaqalari , orakullari (kohinvaliylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo’lgan. Argosda Gera, Afinada Afina sharafiga bayramlar o’tkazilgan. Olimpiada shahrida Zevs sharafiga Olimp musobaqalari bo’lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar. Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo’lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar. “Тarixning otasi” deb nom olgan yunonistonlik tarixchi Gerodot (mil.av. V-asr) Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o’zining “Тarix” kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Yunon olimlaridan biri Demokrit (ml.av.460-370 yillar) “”Hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan”, -degan fikrni ilgari surgan. U fanning ko’p sohalari bilan shug’ullangan. Kos orolida tug’ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil.av.460-375 yil) tibbiyot bilimlarini otasi Geraklitdan o’rganadi. U mashhur tabib bo’lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug’ullangan va ulug’ faylasuf ham bo’lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan iborat “Gippokrat to’plami” nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. Afinalik faylasuf Suqrot (mil.avv. 441-399y) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undamb, -haqiqat bahs orqali bilinadi, -degan. Suqrot o’z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o’limga hukm qilishgan. Makedoniya saroy tabibining o’g’li Arastuni (mil.avv.384-322 y) Sharqda “Birinchi muallim” deb ataganlar. U juda ko’p asarlar yozib, ilmiy bilimlarini alohida sohalarga bo’lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Yer koninotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari “Siyosat”dir. Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo’lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. “Prometey”, “Greakl”, “Didal va Ikar”, “ Argonavtlar”, “Odessiya” va “Iliada” kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. “Iliada” va “Odessiya” dostonlarini mil.avv. VIII asrda yashagan ko’p baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Тroya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadim gi Тroya madaniyatini topganlar. Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan . Qadimgi Yunon teatri mil.avv. VII asrlarda qishloq ho’jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Тeatr yunoncha “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 min tomoshabin joylashgan. Тeatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Тragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi. Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Uning “Zanjirband Prometey”, “Forslar” tragediyalari, Sofokolning “Shoh Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo’lgan. Sofokol 120 dan ko’pro q tragediya yozgan. Qadimgi yunonlarda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.avv. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi. Qadimgi yunonlar me’morchilikda ustunli binolar qurishlikni misrliklardan o’rgangan bo’lsada, bu usulni qayta ishlab uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar. Dastlab bunda y binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, yerga o’rnatilgan. Keyinchalik marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga o’xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland poydevorlari bo’lib, ichki va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan. Mil.avv. IV asrda rasm bo’lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf o’simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan. Yunon rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo’lsa-da, asosan ko’za, vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni tortadi. Iskandariyadagi va Sharqiy O’rta dengiz bo’yidagi boshqa shahar kutubxonalarida Yunoniston va Sharq mamlakatlaridan olib kelingan ilmiy asarlar to’plangan. Iskandariyada teart, saroy, gimnaziyalar va mashhur Muzey bo’lgan. Muzeyda rasadxona va ulkan kutubxonada 700 mingga yaqin qo’l yozma saqlangan. Shahar oldidagi orolga 140 metr balandlikdagi mayoq qurilgan. Bu mayoq kemalarning gavanga kirish yo’lini ko’rsatib turardi. Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solindi. Straton xizmati bilan fizika fani paydo bo’ldi. Yevklid va Arxemed matematikani rivojlantirdi. Aristrax astronomiya sohasiga ulkan hissa qo’shdi. Sharq mamlakatlarida yunon me’morlari, haykaltaroshlar, rassomlar nodir asarlar yaratganlar. Biroq, mil.avv. III-II asrlarda yunon san’atining xususiyatlari o’zgargan. Hukmdorlar saroylari korinfcha uslubdagi ustunlar bilan qo’rilgan. Тasviriy san’atda odamlarning tashqi qiyofasini va ichki kechinmalarini ko’rsatishga intilishi yangilik edi. Mavzu: Madaniyatshunoslik va diniy madaniyat. Reja; Islom dini sivilizatsiyasi. Buyuk allomalarimizni tutgan o’rni. Tasavvuf. Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag’ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan Markaziy Osiyo yerlarini ham o’z tasarrufiga kiritgan edi. Хalifalikka kirgan hududlarga asta-sekin arab madaniyati, uning ko’plab unsurlari kirib kela boshladi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» g’oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshladi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o’rnida barpo etildi. «Qur’oni Karim” («qiroat» so’zidan olingan) g’oyalari, qadriyatlari (odamlarni to’g’rilik, rostgo’ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, saxovat, do’stlik, birodarlik, o’zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka undash va h.k.), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu asosda ular avvalgi ko’pxudolik, g’ayridiniy sarqitlardan, xurofot tushunchalaridan xalos bo’lib bordilar. Хalifa Usmon payg’ambarimiz o’limidan keyin og’izma-og’iz ko’chib yurgan “Qur’oni Karim” matnlarini bir joyga to’plab, yagona mukammal matnni yaratib, islom madaniyati tarixida nom qoldirgan. U kotib Muxammad Zayd ibn Sobit ko’magida va payg’ambarimizning tirik sahobalari guvohligida “Qur’oni Karim”ning yagona nusxasini tuzib chiqadi. So’ng yagona nusxadan besh nusxa ko’chirib Makka, Madina, Damashq, Kufa va Basra shaharlarida saqlashga buyuradi. Хalifa Usmon Qur’oni Amir Тemur Shom (Suriya) yurishidan o’lja sifatida o’z poytaxtiga olib kelgan. Тemuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan mavjud “Qur’oni Karim” dastlabki tayyorlangan islomiy manbadir. Ayni chog’da islom madaniyatining gultojisi hisoblangan hadisshunoslik ilmi rivoj topib bordiki, bunda xam peshqadamlikni o’rta Osiyolik buyuk muhaddis olimlar egalladilar. Islom olamida Qur’oni Karimdan keyin mo’’tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so’z arabcha bo’lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Sharif unvoniga sazovor bo’lgan shaharlar,bular: Shom, Bag’dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoroyi Sharifdir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gaplari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat esa xadisdir. Butun musulmon dunyosida birdan-bir to’g’ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Тermiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Abdulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo’lib, ularning «qutubi sitta» («Olti kitob») asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub «Al jome’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar «qur’oni Karim»dan keyingi ulug’ o’ringa qo’yadilar. 4 jilddan iborat bu muborak kitobga 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar kiritilgan bo’lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga egadir. Allomaning «Al adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yillarida o’zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bulardan tashqari yana 20 dan ziyod asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o’lkamizda 1998 yilning oktabrida keng nishonlandi hamda uning xoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog’ida esa unga bag’ishlab yodgorlik majmui barpo etildi. Imom Buxoriy shogirdi va izdoshi Imom at-Тermiziy (824-892) xam buyuk xadisshunos allomalardan biridir. Uning mashxur asari «Al-jome’» deb ataladi. «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg’ambarning aloxida fazilatlari», 408 ta xadisu sharifni o’z ichiga olgan mazkur asar 1991 yilda o’zbek tilida birinchi bor chop etilgan), «Kitob az-zuxd» («Тaqvo haqida») va boshqa kitoblar ham bu zoti sharif qalamiga mansubdir. Islom ta’limotida shariat va uning ruknlari xam muxim o’rin tutadi. Shariat (arabchada to’g’ri yo’l, qonunchilik ma’nosida) - islom diniy xuquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qonunlar, huquqiy-axloqiy ko’rsatmalar majmuidir. Islomiy ilm taraqqiyotida alloma Burhoniddin Marg’inoniy (1123-1197) ning xizmati ham buyukdir. U 1178 yili “Hidoya” (“Тo’g’ri yo’l”) noyob asarini yaratadi. Bu kitobda o’sha zamonlarda, jumlai musulmonlar duch keladigan dolzarb masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoiy jazo va insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib beradi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida xam islom-huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba – asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan. Alloma «Bidoyat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntaxiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Kitob al-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Manosik ul-xaj» («Haj marosimlari»), Kitob ul-mashoyix («Shayxlar haqida kitob») va boshqa ko’plab asarlar muallifidir. Bu asarlarda adolat tuy¨usi, o’z davrining xuquqiy mezonlari asosida yashash, o’zganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning moxiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko’plab oliy o’quv yurtlarida musulmon xuquqshunosligi yo’nalishida o’rganiladi. Yaqin Sharq, Markaziy Osiyolik olimu fuzalolar Islom ilmi rivojiga buyuk hissalarini qo’shar ekanlar, Allohning yakkayu yagonaligi, Allohning bir ekanligi to’g’risidagi tavhid bilan ham mashhur bo’ldilar. Fanning bu jabhasida, sirlar sirida ish ko’rgan zamon ulamolari va fuzalolari orasida buyuk qobiliyat egasi Abu Mansur Moturidiy nomi aloxida ajralib turadi .Uning mashhur asarlari jumlasiga «Тavhid» asarini nisbat berish mumkin. Ushbu asar o’sha zamon va davr ehtiyoji sifatida dunyoga kelgan. Sababi Moturidiy yashagan davr islom olamining «Oltin davri» xisoblangan. Ana shu davrda islom ilm markazi Bag’doddan o’rta Osiyoga ko’chgan, Samarqand «Oltin davr» markaziga aylangan. Moturidiy islom ilmidagi yuksak ilmiy muvoffaqiyatlari evaziga «Abu Mansur», ya’ni «g’olib ota» martabasiga musharraf bo’ldi. Islom shariati besh diniy-xuquqiy mazxabdan iborat. Sunniylikda: hanafiya, molikiya, shofi’iya, xanbaliya mazhablari, Shialikda esa ja’fariya mazhabi bor. Yer yuzida jami 1,3 mlrd. musulmonlarning 47 foizi hanafiy, 27 foizi shofiyi, 17 foizi molikiy, 7,5 foizi ja’fariy (shialar), 1,5 foizi xanbaliy mazhabidadirlar. Umumiy qilib olganda sunniylar 92,5 foizni, shialar esa 7,5 foizni tashkil etadi. Тasavvuf - bu odamlarni halollik, poklik, tenglik, inson qadr-qimmatini ulug’lash, o’z mehnati bilan kun ko’rish, boshqalar kuchidan foydalanmaslik va ijtimoiy adolat qoidalariga da’vat etuvchi ezgu ta’limotdir. Хuroson va Movarounnaxr axolisi o’rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy katta obro’-e’tibor va xurmat qozongan. U asosan Buxoro shaxrida yashab yoshlarga tasavvufdan saboqlar bergan xamda juda ko’plab shogirdlar tarbiyalagan. Yusuf Hamadoniyni pir tutgan muridlaridan 213 tasi mashxur shayxlar bo’lib yetishganlar. Хoja Hasan Andoqiy, Хoja Abdullox Barraqiy, Хoja Axmad Yassaviy, Хoja Abduxoliq g’ijduvoniylar uning to’rt zabardast xalifasi hisoblanadi. Yurtimizda ildiz otgan Yassaviya (Axmad Yassaviy), Kubroviya (Najmiddin Kubro), Naqshbandiya (Хoja Bahovuddin Naqshband) ta’limotlari mohiyatan shunday olijanob g’oyalar ruxi bilan sug’orilgan. Jumladan, «Yassaviya» tariqatining bir qator asosiy qoidalari (odoblari)ga nazar tashlar ekanmiz, bunda insonlarning Allox visoliga yetishish yo’lida tinimsiz izlanishlari hayotning turli-tuman sinov-sinoatlariga dosh berishlari, o’z e’tiqodlarida sobit, ezgulik, haq yo’lida hamisha sa’y-harakatlarda bo’lishlari kerakligiga alohida urg’u berilganligi ayon bo’ladi. Shu bois Yassaviy «Hikmat»larida poklik, xalollik, to’g’rilik, mexr-shafqat, o’z kuchi, peshona teri va xalol mexnati bilan kun kechirish, Allox taolo visoliga yetishish yo’lida insonni botinan va zohiran xar tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy o’adriyatlar ifoda etilgan. Huddi shunday yuksak g’oyalar Kubroviya, Naqshbandiya singari tariqatlarning mazmuni, mundarijasini tashkil etadi. Mamnuniyat bilan tilga olish lozimki, Najmiddin Kubro qalamiga mansub “Favo’ix al-Jamol va fatvotix al-Jalol”, “Al-Usul al-ashora”, “Risolotut-turk” kabi 30 ga yaqin noyob asarlar mavjud. Uning tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas bog’lanib ketgan. Uning asarlaridagi kishilarning halollik, odamiylik, molu-dunyoga hirs o’ymaslik, o’z nojo’ya ishlaridan tavba qilishdek axloqiy-g’oyaviy, tarbiyaviy talab-qoidalar bizning kunlarimizda ham g’oyatda muhim ahamiyatga molikdir. o’z davrining komil insoni Bahouddin Naqshband haqida gapiradigan bo’lsak, avvalo u asos solgan Naqshbandiylikning asosiy mohiyati “qo’l ishda, Alloh dilda”, “Kam yegil, kam uxla va kam gapir!” degan ulug’ nasihatlari o’ta hayotiydir. Naqshbandiya ta’limoti halol mehnat qilishga, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, ilm-ma’rifat, xattotlik, badiiy adabiyot, musiqa bilan shug’ullanish kabi foydali kasb-hunarli va xayrli ishlar sari da’vat etadi. Zotan, mustaqillik sharofati bilan yurtimiz tarixida, uning ma’naviy sarchashmalarida sezilarli iz qoldirgan, ularni o’z pok ruhoniy ta’limotlari ila boyitgan ulug’ salaflarimiz – Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G’ijduvoniy, Kaffol Shoshiy, Хoja Ahror Valiy singari bobokalonlarimiz aziz nomlari tiklanib, asarlari chop etilib, bebaho meroslaridan bahra olayapmizki, bu biz uchun katta baxtdir. Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir».2 Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi. Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi»,3 deb ta’rif etgan edi. Тabiiy va ijtimoiy fanlar rivojiga birdek katta hissa qo’shgan, geologiya, minerologiya, geodeziya, geografiya, farmakologiya fanlarining tamal toshini qo’yishga muvaffaq bo’lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham ilm-urfon osmonining porloq yulduzlari sirasiga kiradi. Uning qalamiga mansub «Ma’sud qonuni», «Saydona», «Minerologiya», «Astronomiya kaliti», «quyosh kitobi» singari asarlari necha asrlar davomida turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi dunyo olimlari uchun bitmas-tuganmas ilmiy xazina rolini o’tab keladi. Olimning chuqur ilmiy yirik fundamental asari - «Hindiston» to’g’risida so’z yuritgan akad. V.R.Rozen «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q»,4 deb baho beradi. Beruniy zamondoshi, ko’xna Buxoro zaminidan yetishib chiqqan Abu Ali ibn Sino (980-1037) nomi tibbiyot ilmi bilan hamohang, tibbiyotni haqiqiy fan sifatida shakllanib o’z maqomiga ega bo’lishiga asos solgan buyuk olimdir. Zotan, uning 5 jildli «Kitob al-qonun fit- tib» («Тib qonunlari») asari aynan tibbiyotga oid benazir dasturulamal kashfiyotdir. Bu asarlar majmuini ko’zdan kechirar ekanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi yuksak mahoratiga tan beramiz. Jumladan, «Al-qonun» ning ikkinchi kitobida 800ga yakin dori-darmonlarning xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari buning isboti bo’la oladi. Olimning falsafa va tabiiy fanlarga doir 4 qismdan «Kitob ash-shifo», “Donishnoma” asarlari ham mavjuddir. Ibn Sinoning tibbiyotdan tashqari ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan faol shug’ullanganligi, muhim yutuqlarga erishganligi ham ibrat bo’larlidir. O’rta Osiyo zamini juda qadim zamonlardan ijtimoiy-gumanitar fanlar rivoj topgan makon hisoblanadi. Ayniqsa tarix, falsafa, mantiq, fiqh (huquqshunoslik) fanlari bunda muhim o’rin tutadi. Bu xususda gap borganda falsafa fanida nom qozongan, Sharqda «Muallimi Soniy» («Ikkinchi muallim», Arastudan keyin) nomi bilan mashhur bo’lgan Abu Nasr Forobiy (873-950), fiqx-huquqshunoslik sohasida benazir allomalar: Nizomulmulk (1017-1092), Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144), tarixnavis Muhammad Narshaxiy (899-959) xizmatlarini ta’kidlamoq lozim bo’ladi. Bunda Forobiyning falsafada o’z ilmiy maktabini yaratib, yunon falsafasi mohiyatini ochib, tushuntirib, shu bilan birga o’zining sharqona falsafiy ta’limotini ko’plab asarlarida, aytaylik, «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi», «Fozil odamlar shahri» va boshqalarda asoslab bergan bo’lsa, Nizomulmulk «Siyosatnoma»sida hukmdorlarning davlatni boshqarish, uni idora qilishga oid ko’plab qimmatbaho yo’l-yo’riqlar, dasturulamal ko’rsatmalar katta mahorat bilan qayd etilgan. Hatto Amir Тemurdek buyuk davlat arbobi ham bu kitobga necha bor murojaat etganligi ma’lumdir. Umuman IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg’onish davrida Sharqda, xususan o’rta Osiyodan o’z yurtlari shonu sharafini yuksaklarga ko’tarib, betakror ilmiy kashfiyotlar, chinakam mo’’jizalar yaratgan mashhur iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shdilar hamda keyingi avlodlarga bitmas-tuganmas noyob boy meros qoldirdilar. Tasavvufshunoslar fikricha, bunday yo'l (tariqat) lar 20 ga yaqin bo'lib, Markaziy Osiyo hududida shulardan 3 tasi keng tarqalgan. 1.Yassaviylik tariqati (asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari). 2.Xojagon — Naqshbandiylik tariqati (asoschisi Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy (1103—1179) va Bahouddin Naqshband (1318-1389). 3.Kubroviya tariqati (asoschisi Shayx Najmiddin Kubro, 1145-1221). Ahmad Yassaviy tasavvuf da qanday o'rin tutadi? Ahmad Yassaviy — (1041—1167, Sayramda tug'ilgan). Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy ildizlari «Qur'om va Muhammad payg'ambar hadislariga borib bogianadi. Uning hikmatlarida nasihat asosiy o'rin tu-tadi. Ularning barchasi tasavvufdagi haqiqatni bilish, xalqni sevish uchun nafs-u dunyodan chekinishdir. Insondagi har qanday illat, qabohat uning ongida qurib bitishi kerak. Ana shunda insonda ba'zi nuqsonlar qayta tiklanmaydi. Zero, tasavvuf nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs ochko'zlik, o'g'rilikni, jaholat xudbinlikni keltirib chiqaradi. Yassaviyning fikricha, nodonlik tufayli hayotda savod-sizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, nodonlik ustun bo'ladi. Razolat hukm surgan joy, ma'rifat bo'lmagan o'lka inqirozga yuz tutadi. Yassaviy «Madinada Muhammad, Turkistonda Qul Ahmad» degan nom bilan ulug'lanadi. U islora va tasavvuf g'oyalarini el aro tafbiq qilish maqsadida she'rdan keng foydalandi. «Qur'on» g'oyalari va hadislarning ruhi Yassaviy hikmatlarining falsafiy, diniy, axloqiy negizini tashkil etadi. Umuman. Yasavviy qarashlarida: 1.Islomni tasdiq etish g'oyasi markaziy o'rinni egallaydi. 2.Odam Allohning eng go'zal va mukammal ijodi ekanligidan kelib chiqib, uni e'zozlash g'oyasi targ'ib qilinadi. 3.Dunyoda adolatsizlik mavjud ekanligini e'tirof etish bilan birga, kishilarni undan himoya qilish g'oyasini o'rtaga tashlaydi va qo'Ilab-quvvatlaydi. 4.Bu dunyo qusurlarini yuqtirmaslik, uning musaffoligi g'oyasini iigari suradi. «Haq yo'liga kirib bo'lmas pok bo'lmasang»,— deb yozadi buyuk mutasavvif shoir. Hazrat Shayx ushshuyux kirn bo'lgan? O'rta Osiyoda tasavvuf ta'limotining paydo bo'lishi yirik mutafakkir, shayx ush-shuyux (shayxlar shayxi) Hazrati Yusuf Hamadoniy nomi bilan bog'Iiq. Yusuf Hamadoniy (1048—1140) Hamadon (Eron) yaqinida Guzanjir qishlog'ida tug'ilgan. U g'aribona hayot kechirib, umri bo'yi dehqonchilik va kosibchilik biJan tirikchilik o'tkazgan bo'lishiga qaramay, Turkiston va Xuroson xalqlarining ma'naviy-madaniy hayotida katta rol o'ynagan. Hayotda xushfe'l va e'tiborli inson bo'lgan. U Alloh vasliga yetmoq uchun ko'p shogirdlar yetishtiradi. Buyuk donishmand Alloh vo'Iida poklik, to'g'rilik, halollik bilan kun kechiradi. Taniqli olim Orif Usmon ta'kidlashicha, Hamadoniyning 700 dan ortiq shogirdlari valiy darajasiga yetishgan. 8000 dan ortiq butparastlar ul zoti muborak tomonidan islom diniga musharraf bo'lganlar. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy haqida so'zlasangiz. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy (1103—1179) — naqsh-bandiylik tariqatiga asos solgan mashoyix hisoblanadi. Shayx ushshuyux (shayxlar shayxi) darajasigacha ko'tarilgan. Tasavvuf ta'limotida naqshbandiylik tariqatining asosiy qoidalarini ishlab chiqqan. U Markaziy Osiyoda tasavvuf ilmining turk-islom olamidagi ma'naviyat va irfon an'analarining keyingi takomilida katta rol o'ynagan. U Yusuf Hamadoniyning to'rtinchi shogirdi bo'lgan. G'ijduvoniy boshqa buyuk zotlardan farqli ravishda tariqat ahlining asosiy burchi Alloh yo'iida jamiyatdan chiqib ketish, tarkidunyochilik, uzlatga chekinish emas, balki jamiyatga xizmat qilish g'oyasini iigari suradi. Uning fikricha, odam halol mehnat qilib kun kechirishi natijasida haqiqatga erishishi mumkin, aynan shunda jamiyatdagi o'z vazifasini ado etgan bo'ladi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy jamiyatga xizmat ko'rsatish tamoyillarini asoslab bergan. Bular: xalq manfaatiga zid ish tutmaslik, hech kimdan hech qanday narsani talab qilmaslik, kishiga xizmat buyurmaslik, boylikka xirs qo'ymaslik, barchaga shafqatli bo'lish, o'zidan kichiklarga past nazar bilan qaramaslik, ota-ona va kattakichikdan minnatdorlik, mansab egallash va rahnamo bo'lishga tirishmaslik, bilim o'rganmasdan turib ishga QO'l urmaslik, odamlarning maqtoviga uchmaslik, xush-muomala boiish, tariqat yo'lini mahkam tutish va boshqalar. Yashil ranglar: Naqshbandiya tariqati qanday? Ko'k ranglar: Bahouddin Naqshband — Xoja Bahouddin Naqshband (1318—1389) Buxoroga yaqin joyda tug'ilgan. Uning ta'limoti 2 qatlamdan iborat. 1-qatlam — uni tashqi qatlam desa boiadi. Bu barcha tariqatlarning birlashtirilgan xususiyatlaridir. 2-qatlam (ichki) har bir tariqatning o'ziga xos xu-susiyatlaridan iboratligi. Tariqat yo'liga kirgan har bir kishi faoliyatining boshlang'ichi tavbadir. Tavba ko'pincha buyuk shaxsning hayotdagi muqaddas vazifasi va oliy o'rni haqida Allohdan g'ayri oddiy bir voqea vositasi bilan da-rak topish jarayonidir. Tariqat odobining o'ziga xos axloqiy talablaridan birinchi sharti — «ul adabdurki: yaxshi va yomonga, ulug' va kichikka bajo keltirurlar»... ikkinchi sharti — «ortiq darajada saxiylikdir, ya'ni luqma halolli-gidir. Yumshoqlik, bardosh, toqat, rizo, sabr, sidq va «azm riyozat» — bular tariqat ahlining axloqiy qoidalaridandir», tavba va iuqma halolligidan so'ng uchinchi sharti— shariatga rioya qilish, uning talablarini bajarishdir. Umuman, naqshbandiya tariqati uzoq fikriy rivoj natijasida maydonga kelgan. Kubroviya tariqatining asoschisi kirn? Najmiddin Kubro (1145—1221) o'rta asrlarda ijtimoiy va ruhiy taraqqiyotning cho'qqisi bo'lgan, Xorazmda tug'ilgan. U «Kubroviya tariqati»ga asos soldi, so'fiylikka oid bir qancha asarlar va tasavvufiy mazmundagi ruboiylar muallifi. U Sharqda «Shayxi valitarosh» — avliyolar tarbiyalab yetishtiruvchi mo'tabar shayx va mudarris sifatida shuhrat qozondi. Najmiddin Kubro asarlari 8 ta bo'lib, shundan Qur'oni karim sharhiga bag'ishlangan tafsir — «Ayn al-hayot» va shogirdlari uchun o'gitnasihatlaridan iborat «Fi al-adab» («Odob qoidalari») risolalari hamda ruboiylari bizgacha yetib kelgan. Allomaning ruboiylaridagi asosiy g'oya komil insonni tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi nafs, xusumat, gumon, ta'na, nifoq, riyo, fosiql kabi yomon fe'1-atvordan xalos bo'lib, faqat yaxshi ishlar qilishga, ruhiy poklikka chorlashdan iboratdir. «Kubroviya tariqati» «oltin tariqat» sanaladi. Uning odob qoidalari 10 ta bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Tavba— sodir bo'lgan xato-gunohlardan pushaymon bo'lib, xudoga yuz tutmoq. 2. Zuhd-taqvo — Allohdan qo'rqib, man etilgan ishlardan o'zini saqiash, parhez. 3. Xudoga tavakkul qilish — o'z ishlarini butunlay xudoga topshirish. 4. Qanoat —ozga rozi bo'lib, ko'pdan voz kechish — tamagirlikning ziddi. 5. Uzlat — boshqalardan ajralib, yakka o'tirmoq. 6. Doimiy zikr — ham til, ham dil bilan xudoni yod olmoq. 7. Butun vujud bilan birga tangriga tavajjuh qilib sig'inmoq. 8. Sabr — boshga tushgan og'ir ahvoldan nolimay chidash. 9. Muroqaba — tangri borlig'ining dengiziga botib, ilohiy olamga bormoq. 10 Rizo —tangri irodasiga qarshilik ko'rsatmasdan qazo va qadar — taqdir hukmiga bo'ysunish. Zamaxshariyning tariqatda qanday o'rni bor? Zamaxshariy (1075—1144)—buyuk alloma Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Zamaxshariy hozirgi Toshhovuz viloyatining Taxta tumanida tug'ilgan. Zamaxshariy «A1-Foiq fi g'aribil-hadis» lug'ati muqaddimasida Qur'oni karimdan so'ng hadislar musulmon jamiyatida muhim o'rin egallashi bilan birga, arab tilining chiroyli, mosligi haqida gapiradi. Uning «Asosul-balog'a» lug'atida so'zlarning ko'p ma'nolilik xususiyati haqida so'z yuriti-&di. U o'z asarlarida badiiy tasvir vositalariga qisqa, aniq va nozik izoh beradi. U biron narsani o'z nomi bilan atamasa, bu kinoyadir, deydi... Zamaxshariydan juda ko'p ihniy meros qolgan. Uning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lug'atshunoslik, fiqh, tafsirshunoslik, islom tarixi va falsafasi, uslub va notiqlik san'ati, tafsir, hadis va boshqa fanlar bo'yicha yozgan 50 dan ziyod asarlari bor. U Qur'oni karimni til jihatdan izohlab, har bir so'z ma'nosini arab grammatikasi asosida tushuntiradi. U o'z asarlarida odamlarni insofu adolatni mahkam ushlashga chorlaydi. Buyuk vatandoshimiz Moturidiy haqida nimalarni bilasiz? Imom Abu Mansur al-Moturidiy (vafoti 945). U X asrda Samarqandning Moturid qishlog'ida tug'ilganligi bois (hozirgi Jomboy tumani hududi) uning taxallusi qishloqqa nisbatan olingan. Al-Moturidiy kalom ilmining asoschilaridan bin, hadis va fiqh olamining rivojiga ulkan hissa qo'shgan yirik allomadir. Abu Mansur Moturidiyning ilmiy-diniy merosi xalqimiz ma'naviy-ruhiy hayotida beqiyos mavqega ega. Imom al-Moturidiy sunniy e'tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo'lmish Moturidiya oqimining asoschilaridandir. Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga to'g'ri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo'lib, so'ng IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga ko'chirildi. Biroq o'sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi bo'lib qolaverdi. Moturidiyning «Allomani yakkalashlarkitobi», «Ka'biy zalolatiaming boshlanishini rad qilishga bag'ishlangan kitob», «Mu'tazila g'avg'olari va undan qo'rqmaslik haqidagi kitob bayoni», «Qur'on ta'vili kitobi», «Shariat asoslari sarasi», «Dialektika haqida kitob», «Diniy ta'limot usuli kitobi» asarlari bizgacha yetib kelmagan. Moturidiy o'z asarlarida sunniy aqidaga zid qarashlarni rad qiladi va Abu Hanifaning qarashlariga suyanib ish ko'radi. Bun-dan tashqari, uning ovchilikka doir «Jonivorlarga oid risola»si ham bo'lib, unda ovchi qushlar haqida fikr yuritiladi. Moturidiy o'z davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan e'tirof etilgan va hozirda ham diniy asarlari zo'r ehtirom bilan tan olinadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 9-dekabrda aabul qilgan qaroriga, asosan, Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi. Download 233.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling