Himoya-moslashuv vazifasi; jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi muvofiqlikni saqlashdan iborat bo‘lib, ushbu funksiya uzoq vaqt qiyin tabiiy sharoitlarda, barcha yangi himoya vositalarini ishlab chiqarishda va ko‘niktirishda (olov, turar joy, kiyim, dehqonchilik va h.) insonni saqlab qolishni ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda o‘ta jiddiy bo‘lib turgan muammo tabiatni himoya qiluvchi vositalarni yaratish, bunda ekologik mezon, ekologik tafakkurning keng ko‘lamda yoyilishini amalga oshirish zarur.
Signifikativ funksiya (belgilash, ro‘yxatga olish mazmunida):-mazmun, ma’no, nom, belgilar ko‘lamini ishlab chiqarish vositasida voqelikni belgi tizimining yaratilishini belgilaydi. Insonga sezgilar ham, tashqi idrok ham, shuurning bevosita kechinmalar holidagi yig‘indisi ham yo‘nalishning aniq tizimini ta’minlab bermaydi. Bu vazifani ma’lumotlarni o‘zida saqlamasdan, nazariy modellar va axborotlar bilimini to‘plashni vujudga keltirish uchun faqat material bo‘lib xizmat qiluvchi mazmun bajaradi.
Axborotlarni o‘zlashtirish va yig‘ish funksiyasi xabarlarni yig‘ish va saqlash vositasi xabarlarni narsalarga yozish (qo‘lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohonrabo yoki raqamli yozuvlar) yoki xotirada saqlash bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda axborotlarni yig‘ish, uning qadri va mazmuni bo‘yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur. Hozirgi davrda til belgilar tizimining keng ko‘lami va o‘ta ahamiyatlisi bo‘lib qolmoqda.
Kommunikativ funksiya (aloqa almashuvi) mohiyati bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlashda belgilanadi. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o‘zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi. Chunki, faqat turli tiplarning munosabatigina (an’anaviy, funksional-ahamiyatli, shaxslararo ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqiyotini ta’minlashga qodirdir.
Normativiylik funksiyasi (mezon-me’yoriy)-kishilar xulqini tartibga solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir bugunlikda saqlash maqsadida muvofiqlashtirishdan iborat. Me’yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniq ko‘rsatmalardir. Ongli ravishda o‘rnatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, ta’qiqlovchi me’yorlar mavjud (huquqiy, ahloqiy me’yorlar). Ularning mazmuni mavjud jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan belgilashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |