“Madaniyatshunoslik” fanining predmeti va vazifalari. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari


Madaniyat tushunchasi, tarkibiy qismlari va vazifalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1402311
1   2   3
Bog'liq
1-Madaniyatshunoslik (1)

Madaniyat tushunchasi, tarkibiy qismlari va vazifalari 
Madaniyatshunoslik 
fanini 
o‘rganishda 
madaniyat 
so‘zining 
ma’nomazmunini bilish, idrok qila olish muhim o‘ringa ega. 
Hozirgi zamon Madaniyatshunoslik fanida «madaniyat» tushunchasi 
qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi obyektlarni qamrab oladi va bu kundalik turmush bilan 
bog‘langan: 
a) individual - alohida olingan bir shaxs madaniyati; 



b) ma’lum ijtimoiy tabaqa madaniyati - milliy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy 
madaniyat; 
v) mintaqaviy - ma’lum bir hudud va zamon bilan chegaralanmagan muayyan 
jamiyat madaniyati; 
g) umuminsoniy madaniyat. 
Madaniyatni qo‘llanishi jihatidan turlarga bo‘lish munozarali bo‘lsa-da, bu 
turlarning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni 
yo‘qotmaydi, balki, aksincha, tafovutlarning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. 
Shuning uchun tafovutlarni tobora chuqurroq o‘rganish madaniy taraqqiyot 
to‘g‘risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi. 
“Madaniyat” tushunchasi turli tillarda turli so‘zlar, jumladan ingliz tilida 
“culture”, rus tilida «kultura» so‘zlari bilan ataladi. O‘zbek tilidagi «madaniyat» 
so‘zi arab tilidagi «madina», ya’ni shahar so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, «shaharga 
xos», «shaharga oid» degan lug‘aviy ma’noni ifodalaydi. 
G‘arbiy mamlakatlarda keng ishlatiladigan «kultura» so‘zi asli lotincha so‘z 
bo‘lib, qadimgi Rimda dehqonchilikka oid «ishlov berish», «parvarish qilish» degan 
ma’noni bildirgan. Tuproqqa ishlov berish - qishloq madaniyati — dehqonchilik 
madaniyati bilan bog‘liq tushunchadir. 
Sharq faylasuf olimlarining asarlarida madaniyat tushunchasi va madaniy 
taraqqiyotning aniq ilmiy talqinlarini hamda chegaralarini ko‘ramiz. XIV asrda 
yashagan arab faylasuf olimi Ibn Haldunning madaniyat bosqichlariga oid ilmiy 
tahlili diqqatga sazovordir. Uningcha, insoniyat dastlab yovvoyilik holatida bo‘ladi. 
Keyin u tabiiy olamdan ajralib chiqadi va ijtimoiylik kasb etadi. Ibn Haldunning 
ko‘rsatishicha, insoniyat jamiyati doimo o‘zgarib borib, taraqqiyot jarayonida ikki 
bosqichni bosib o‘tadi: 1. Bidava. 2. Xidara. Bu ikkala bosqich “insonlar yashashi 
uchun qanday vositalar topishi”ga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Birinchi - bidava 
bosqichida odamlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilash shug‘ullanadi. 
Ikkinchi - xidara bosqichida yuqoridagi mashg‘ulot turlariga hunarmandchilik, 
savdo, fan va san’at qo‘shiladi. Har ikkala bosqich bir hudud doirasida bo‘lishi 
mumkin. Ibn Haldunning fikricha, shaharda yo‘q, kundalik ehtiyojni qondiradigan 
hayot tarzi - dehqonchilik va chorvachilik ibtidoiy hayotni, hashamatli hayot 
kechirish va shuning uchun harakat qilish, dabdabali hayot kechirish uchun intilish, 
shaharlar barpo qilish sivilizatsiyani keltirib chiqardi. 
XVIII -XIX asrlarda yevropaliklar “kultura” so‘zini ma’naviy-ruhiy ma’noda 
ishlata boshlaganlar. Bu so‘z insoniy sifatlarning mukammalligini anglatadigan 
bo‘ldi. 
Vaqtlar o‘tishi bilan “madaniyat” tushunchasining hajmi kengayib, ta’rifi va 
tavsifi ko‘payib borgan. Amerikalik madaniyatshunos olimlar A. Kreber va K. 
Klakxonning 1952- yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, madaniyat tushunchasiga berilgan 
ta’rif 164 ta bo‘lgan, so‘nggi adabiyotlarda esa madaniyatning ta’rifi 500 dan ortiq 
deb ta’kidlanadi. 



Madaniyatga berilgan ta’riflar orasida mashhur ingliz etnografi, 
antropologiyaning asoschilaridan biri Eduard Taylor (1832-1917) ta’rifi eng 
mukammal deb hisoblanadi. Uningcha, madaniyat - insonning axloqi, kuch-qudrati, 
baxt-saodati taraqqiy etishiga bir vaqtning o‘zida ko‘maklashish maqsadida alohida 
shaxsning va butun jamiyatning yuksak darajada tashkil qilinishi yo‘li bilan 
insoniyatning kamol topishidir. Eduard Taylorning mazkur ta’rifi mukammal bo‘lsa 
ham, bugungi kunda madaniyatning yangi qirralari kashf qilinmoqda. Madaniyat - 
inson jamiyat a’zosi sifatida o‘zlashtirgan bilimlarni, inonch-e’tiqodlarni, san’atni, 
axloq va qonunlarni, urf- odatlarni, shuningdek, uning boshqa qobiliyati va 
ko‘nikmalarini o‘z ichiga olgan majmuadir. 
Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda “qancha 
yirik madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, shuncha tushunchalar mavjud”. 
G‘arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran 
yuqoridagi ta’rifday mazmun kasb etdi. Ammo bu tushuncha faqat XX asrga kelib 
ijtimoiy va gumanitar fanlar tizimidan mustahkam o‘rin oldi. Kishilik jamiyatining 
beqiyos ko‘lamga ega bo‘lgan, doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi ma’lumotlarni 
tartibga solishga yordam beradigan, umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalashga 
bo‘lgan ehtiyoji madaniyat tushunchasining keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. 
Qadimgi Rimda «madaniyat» tushunchasi bora-bora «hayotni ma’naviy 
jihatdan yanada yaxshilash va takomillashtirishga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan 
ma’noda ishlatila boshlagan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur Rim faylasufi, 
Sitseron ham «ruhiy madaniyat» terminini ishlatgan. Yevropa xalqlarida esa XVIII 
asrning oxirlarigacha «madaniyat» termini aqliy, axloqiy tushunchalar bilan bir 
qatorda ishlatilgan. Ko‘rinib turibdiki, «madaniyat» tushunchasi turli tushunchalarni 
ifodalashiga qaramay, qadimdan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini o‘zgartirmagan 
Madaniyat so‘zi arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar 
kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy (sahroyi) turmush, ikkinchisini madaniy 
turmush deb ataganlar. Madaniylik shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos 
turmush tarziga ega bo‘lgan aholiga, masalan, Madina shahrida yashaganlarga 
nisbatan ishlatilgan. Madina – to‘liq arabcha nomi MadinatRasulilloh, ya’ni 
payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi 
yashaydigan boshqa manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina 
Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahar edi. Shu tariqa 
madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan 
bog‘liq tarzda kirib kelgan.
Abu Nasr Forobiy ta’kidlashicha, «Madaniy jamiyat shunday bo‘ladiki, har 
bir odam kasbhunarda ozod, hamma babbarobar, o‘zi istagan va tanlagan kasbhunar 
bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod yashamaydilar». 
Fanda, odamlar o‘rtasidagi muloqotda madaniyat so‘zi bilan bir qatorda 
kultura so‘zi ham ishlatiladi. Yevropada kultura deganda insonning tabiatga 
ko‘rsatadigan maqsadli ta’siri, insonga ta’limtarbiya berish tushuniladi. Kultura 
so‘zi lotincha «culture» so‘zidan olingan bo‘lib, «yerga ishlov berish», «ekib 


10 
o‘stirish» ma’nosini bildiradi. Rus faylasuflari N.Berdyayev va V.Rozinovlar 
«kultura» so‘zining «kult» ya’ni diniy ibodat, sig‘inish so‘zidan kelib chiqqanligini 
qayd etganlar. 
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko‘pgina sohalarida madaniyat yoki 
kultura so‘zi qo‘llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning 
tarbiyalanganlik, ma’rifatlilik darajasi tushunilgan. Ellinlar varvarlardan o‘zlarining 
farqlarini tarbiyalanganlikda deb bilganlar. Keyinroq madaniyat deganda shaxsning 
qadrqimmati, takomilligi tushunilgan. Nemis faylasufi F.Shiller kishilardagi 
insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik darajasini madaniyat deb 
tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor (18321917) 
madaniyat 
atamasini 
ilmfanga 
kiritdi. 
Teylor o‘zining «Первобитная 
култура»(1871) asarida: «madaniyat keng ma’noda kishining jamiyat a’zosi sifatida 
o‘zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, axloqodobi, qonunqoidalari va boshqa bir 
qator qobiliyatlari va odatlari yig‘indisidan tashkil topadi», deb ta’kidlaydi. 
Madaniyat tushunchasiga turlicha mazmun berish tadqiqotchilarning qaysi 
dunyoqarash pozitsiyasida turganiga ham bog‘liq. Lekin ma’lum bir dunyoqarash 
pozitsiyasida turgan olimlar ham ko‘pincha madaniyat tushunchasiga turlicha 
mazmun beradilar. Bunday holatda masalaga yondashishdagi farq namoyon bo‘ladi. 
Ana shunday o‘ziga xosliklar tufayli madaniyatga umumiy, keng qamrovli, 
mohiyatli ta’rif berishga urinish hanuz to‘xtagani yo‘q. Fransuz olimi A.Mol XX 
asrning 60-yillarida madaniyatning 250 dan ortiq ta’rifi yaratilganini ta’kidlagan edi. 
Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda, «qancha 
yirik madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud» (V.M. 
Rozin. Kulturologiya. Uchebnik. –M., 1998, 49bet). Darhaqiqat, E.Teylor zamonida 
madaniyatning 7 ta ta’rifi bo‘lgan bo‘lsa, 1950yillarda uning soni 150 taga, hozirgi 
kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 500 taga yetadi. Bu ta’riflar 
umumlashtirilsa, madaniyat so‘zining ma’nomazmunini quyidagicha tushunish 
mumkin: 
1. 
Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, osoriatiqalar yig‘indisi. 
2. 
Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, 
maorif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini aks 
ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi. 
3. 
Madaniyat – umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir 
xalqning o‘zigina yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi. Har bir milliy madaniyatning 
asosiy qismini shu millatning o‘zi yaratgan bo‘lsada, unda jahon xalqlari yaratgan 
umuminsoniy madaniyatning ulushi, ta’siri bo‘lishi tabiiy hol. Madaniyat aholining 
biron tabaqasi yoki sinfiga emas, barchaga barobar xizmat qiladi. Masalan, san’at va 
adabiyot durdonalari, me’morlik yodgorliklari, fantexnika yutuqlari va boshqalar 
barchaga tegishlidir.
4. 
Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, 
umuminsoniy qadriyatlar majmuyi. 


11 
5. 
Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va 
ijodiy faoliyatining ifodasidir. 
Madaniyatni qo‘llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy 
madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi qismlarga bo‘lib 
o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda «muomala madaniyati», «mehnat 
madaniyati», «nutq madaniyati», «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish 
madaniyati», «dam olish madaniyati», «huquqiy madaniyat» kabi tushunchalar ham 
qo‘llaniladi. 
Jamiyat va madaniyat. Madaniyat-jamiyat mahsuli, ijtimoiy hayotning muhim 
mulki hisoblanadi. Madaniyatsiz jamiyat bo‘lmaganidek, madaniyat ham 
jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida 
madaniyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat ajdodlarining mehnati, 
bilimlari, dunyoqarashini o‘zida aks ettiradi ularni saqlab muntazam boyitib boradi. 
Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisi sifatida qadriyatlarni to‘playdi, ularni kelgusi 
avlodlarga yetkazib beradi. 
Madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida jamiyatdagi hodisaning 
mazmun- mohiyatiga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlariga 
bog‘liqdir. Insonlarning xatti-
harakati, ya’ni ularning ijtimoiy faoliyati madaniy 
qadriyatlarni, mezonlarni qaror toptirishda asosiy vosita vazifasini, shuningdek, 
insonlarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlari, shaxslararo va guruhlararo aloqalari 
shaklida ham ifodalanadi. 
Shu boisdan ham jamiyat, madaniyat va shaxs munosabatlariga kundalik 
hayotda biz ko‘p duch kelamiz, ya’ni madaniyatni murakkab tizim sifatida tasavvur 
qilamiz. Zotan, ming yillar davomida paydo bo‘lgan insoniyat madaniyati shu 
munosabatlar yo‘lini bosib o‘tgan va shunday bo‘lishi kerak. Garchi madaniyat 
murakkab tizim bo‘lsa ham, albatta, uning ilk “hujayralari” yoki “poydevori” 
topiladi. Ana shu topilgan “hujayra” yoki “poydevor” madaniyatning 
elementlariyoki xususiyatlarideb yuritiladi. Ana shu jihatdan antropologlarning 
madaniyat xususiyatlariga oid qarashlari muhimdir. 
Bir qator antropologlarning dalillariga ko‘ra, madaniyat universal, umumiy va 
noyob (o‘zigaxos) xususiyatlardan iborat bo‘ladi. 
Madaniyatning universal xususiyatlari shundan iboratki, bu xususiyatlar 
butun insoniyatga xos bo‘lib, insoniyatni boshqa jonzotlardan farqlaydi. Bu 
xususiyat, avvalo, insoniyatga xos ijtimoiy biologik jarayon, jumladan nasllarni 
tarbiyalash, bolalarning ota-onalarga bog‘langani, guruh bo‘lib yashash, oziq-
ovqatlarning taqsimlanishi, oila qurishi va h.zolarni qamrab oladi. Shuningdek, 
yaqin qarindoshlar bilan oila qurish maqsadga muvofiq emasligi ham madaniyatning 
umumiy xususiyatlariga kiradi. Zotan, qadimdan yer yuzidagi aksariyat xalqlarda 
ekzogamiya (o‘z qabilasidagi, urug‘idagi ayolga uylanish yoki erga tegishni man 
qiluvchi urf-odat), qarindoshlarning qoni aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik qonun 
singari amal qilgan. Bu urf-odatlarni buzganlar hamma madaniy tizimda jazolangan, 
albatta, har xil darajada va har xil usul bilan. 


12 
Madaniyatning umumiy xususiyatlari bir qator jamiyatga va xalqlarga 
mansubdir. Bu xususiyatni hududiy madaniyat deb ham atash mumkin. 
Hududiy madaniyat o‘xshashligining birinchi sababi shuki, ayrim xalqlar 
boshqalariga qaraganda, madaniy yutuqlarini o‘zaro almashadilar. Masalan, 
O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi boshqa millat vakillari ham, xuddi 
o‘zbeklar singari mehmonni xush qabul qiladilar, mexmondo‘stlik fazilatilarini 
ko‘rsatadilar yoki O‘rta Osiyo hududida istiqomat qiladigan o‘zbek va tojik 
xalqlarida oiladagi o‘zaro munosabatlar umumiy madaniy xususiyatlarga ega. 
Farzandlarning ota-onaga itoatkorligi yoki ota-onani moddiy va ma’naviy qo‘llab-
quvvatlashi, shuningdek, o‘zbek va tojiklar bilan bir hududda yashaydigan boshqa 
millatlarga ham shu fazilatlarning o‘tganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Ikkinchi sababi - ajdodlarning etnik jihatdan umumiyligidir. Bu sabab 
tarixiylik kasb etadi. Qadimiy qabilalarning etnik jarayoni bilinmas holga kelgani 
holda, udumlar va urf-odatlar ularning etnik birligiga ishora qiladigan omillardan 
biriga aylanadi. Masalan, skiflar va qadimgi turkiylarning dafn odatlarida va dafn 
marosimi bilan bog‘liq udumlarda ko‘rish mumkin. Gerodotning yozishicha, skif 
zodagonlaridan (u “shoh skiflar” deb ataydi) birontasi vafot etganda (mil.avv V asr), 
aholi marhum uchun aza tutayotganini ko‘rsatish uchun quloqlarini, qo‘llarini 
tiladilar, sochlarini oldiradilar, peshonasi va burnini yaralaydilar, chap qo‘liga 
kamon o‘qini suqadilar, yaxshi ko‘rgan otlarini qurbonlik qiladilar. Qadimgi 
turklarda ham shu udum davom etgan. Turk xoqoni Eltarish xoqon vafot etganda 
(milodiy 692-yilda) dafnda ishtirok etayotgan odamlar sochlarini qirdirganlar, 
quloqlarini yuzlarini tilganlar, zotdor otlarini qurbon qilganlar2. 
Uchinchi sababi - yer yuzining turli hududlariga istiqomat qiladigan xalqlarda 
yuz beradigan bir paytdagi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan madaniy hodisalardir. 
Masalan, turli qit’alarda yashovchi insonlarning azaldan shu bugungacha turli 
buyumlarga, daraxtlarga, toshlarga topinganlar va bu hozirda ham ayrim xalqlarda 
saqlanib qolgan. Madaniyatning noyob xususiyatlari - g‘ayriodatiy (ekzotik), 
ko‘pchilik tomonidan qabul qilinmagan odatlar, udumlardir. Dafn odatlari shunga 
misol bo‘la oladi. Ba’zi xalqlar madaniyatida insonlar tug‘ilganda emas, balki dafn 
marosimlarida saxiylik ko‘rsatilishi kerak, deb hisoblaydilar. Masalan, 
Madagaskarda dafn marosimlari odamlarning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydigan 
maqom darajasidadir. Shuning uchun ayrim odamlar vafot etganda, dafn marosimiga 
minglab odamlar keladi, ayrimlariga kamchilik qatnashadi, aza haftalab davom 
etadi. AQSH va Rossiyada dafn marosimi bir necha soat davom etadi. Boshqa ayrim 
xalqlar madaniyatida esa aksincha - inson dunyoga kelib, hayoti davomida 
boshqalarga oliyhimmatli bo‘lishi lozim, deb biladilar. 
Madaniyat va etnos. Darvoqe, yuqorida jamiyat, madaniyat va inson 
munosabatlari yaxlit tushuncha ekani, biri ikkinchisini talab qilishi, xalqsiz 
madaniyat yuzaga kelmasligini aytib o‘tdik. Madaniyat yakka shaxsning emas, balki 
xalqning ijodidir. Shuning uchun bir xalq yoki etnos - bir madaniyatdir, deb aytiladi. 


13 
Insoniyat olami xalqlardan yoki etnoslardan tashkil topadi. Dunyodagi 
hamma xalqlarning etnik tarkibini aniqlash qiyin, chunki bu xalqning shakllanishida 
bir necha etnoslar ishtirok etgan. Faqat minglab etnoslar bor, deb ayta olamiz. 
Ammo insonlarni yagona etnosga nima birlashtiradi? Boshqacha aytganda, bir 
xalqni tashkil qilgan odamlarning umumiy xususiyati nimalardan iborat bo‘lish 
kerak? Aksariyat olimlar umumiy xususiyatlar sifatida umumiy til, umumiy hudud, 
xo‘jalik hayotining va madaniyatning birligi, umumiy milliy fe’l-atvorni 
ko‘rsatadilar. 
Tarixga nazar tashlasak, umumiy til ma’lum bir etnosning madaniy hayotida 
muhim rol o‘ynaganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, qadimgi Turonzaminning tub 
etnosidan biri so‘g‘dlarning tili, hayoti, turmush tarzi, xo‘jalik hayoti to‘g‘risida 
ma’lumotlarga egamiz. Ular o‘troq hayot kechirganlar va o‘zlarining tili hamda 
yozuvidan istifoda etganlar. So‘g‘d savdogarlaridan bir qanchasi savdo aloqalari 
munosabati bilan IX asrda Baykal bo‘yi atroflarida o‘rnashib, muqim yashab 
qolganlar. Baykal bo‘yi atroflaridagi so‘g‘dlar qadimiy Turonzamin tuprog‘idagi 
so‘g‘dlarning hayot tarzini, hunarmandchiligini olib borib, davom ettirganlar. Eng 
muhimi, so‘g‘d yozuvi va tili o‘sha Baykal atroflarida ham davom etgan. 
Xalq— etnik umumiylikning bosh shaklidir. Bu umumiylik ichida etnik 
guruhlar til xususiyatlariga, kiyimlari, yashash joyi, oila xususiyatlariga ko‘ra ajralib 
turadi. Ma’lum hududlardagi keskin dialektal farqlar (masalan, O‘zbekiston 
hududidagi shevalarning o‘zaro va O‘zbekistondagi shevalarga nisbatan 
Afg‘oniston o‘zbeklari shevasining keskin farqlanishi) bunga bir dalildir. Ammo 
dialektlardagi farqlar Afg‘oniston o‘zbeklari bilan O‘zbekiston hududidagi tub aholi 
o‘rtasidagi etnik birlik to‘g‘risida shubha uyg‘otmaydi. 
Umuman olganda, tilning boshqa etnoslarda yoyilishi ham yuksak madaniy 
hodisadir. Etnos umumiy til va madaniyatni shakllantiradi. Yana bir belgi - odam 
o‘zining qaysi bir etnik guruhga mansubligini anglashi ham madaniy taraqqiyotning 
muhim belgilaridin biridir. Bunday holda til va hudud emas, balki insonlar qaerda 
va qaysi tilda gaplashuvlaridan qat’iy nazar, o‘zlarining kelib chiqishini anglashi 
muhimdir. Masalan, lo‘lilar, qaerda yashmasinlar, o‘zlarining an’anlariga sodiq 
qolganlar va shunday bo‘lib qoladi. Ularning kiyinishlari, udumlari va urf- odatlari, 
kasb-kori hamma mamlakatlarda deyarli bir xildir. 
Turkiy xalqlar tirixida etnik guruhlarning o‘zini o‘zi anglashi xalqning 
alohida diqqat markazida turgan. Ayniqsa, O‘rta Osiyo, Eron hududlarini 
Chingizxon istilo qilgandan keyin turkiy qavmlar etnik jihatdan o‘zlarini anglashga 
alohida e’tibor qaratdi. Eronda hukmronlik qilgan mo‘g‘ul elxoniylari huzurida uzoq 
yillar bosh tabib vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Rashididdin Fazlulloh 
Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asari bor. Asar XIV asr boshlarida yozilgan 
bo‘lib, uch jildda iborat. Rashididdinga zamondosh bo‘lib, uning qo‘l ostida xizmat 
qilgan odamlarning guvoh berishlaricha, Rashiddin uch yil davomida Xitoydan 
kelgan Po‘lod Chjen-Sin degan muarrixdan turkiy qavmlar tarixi bo‘yicha saboq 
olgan. So‘ngra Rashididdin turkiy qavmlar tarixiga oid boshqa manbalarni izchil 


14 
o‘rgangan va “Jome ut-tavorix” asarini yozishga kirishgan. Rashididdin turkiy 
qavmlarning hammasi O‘g‘uzdan tarqalgani, o‘z navbatida turkiy qavmlardan 
suldus, nayman, chinoz, boyovut kabi qator mo‘g‘ul qavmlari ajralib chiqqani 
to‘g‘risidagi qarashlarni nazariy jihatdan asoslab berdi. Shuning uchun ham keyingi 
asrlarda “turk-mo‘g‘ul” degan termin paydo bo‘ldi. 
Turkiy qavmlar tarixida ma’lum shaxslar emas, balki qavmlar madaniyatni bir 
avloddan ikkinchisiga olib o‘tdilar. Ayni shu xususiyat turkiy qavmlarning hayot 
tarzida, urf-odatlarida an’anaviylikka sabab bo‘ldi. Masalan, mil.avv IV-III asrlarda 
turkiy qavmlar ajdodlari qasamyod qilishda, boshqa davlatlar bilan sulh tuzishda 
o‘zlarining azaliy odatlaridan foydalandilar. Bu odatga ko‘ra, ular sharobni oq 
otning qoniga aralashtirib ichganlar. Bu odatni buzganlarning taqdiri fojia bilan 
tugagan. 
Etnos bilan hudud o‘rtasida zich aloqa bor. Madaniy xususiyat - odatlar, 
an’analar, turmush to‘g‘risida ham shu gapni aytish mumkin. Ma’lum hududda uzoq 
zamon yashagan etnosning an’anasi muqim bir holatga keladi. Nafaqat tilda, balki 
hayot tarzida, xo‘jalik yuritishida, muloqotda boshqa etnoslardan, jumladan, 
ko‘chmanchi etnoslardan tamomila farq qiladi. Bunday hodisa etnos bilan madaniy 
xususiyatlar o‘rtasidagi o‘ziga xosliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bir 
hududda yashovchi etnosning madaniy xususiyatlari boshqasiga singishi qiyin 
kechadi. Bu hodisa sivilizatsiya rivojlangan davrda oson kechadi. Masalan, bir 
hududda yashovchi yevropaliklar bilan Sharq xalqlari hayotida shuni kuzatish 
mumkin. 
Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan, balki shaklan 
va mazmunan o‘zaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs muayyan madaniy 
muhitda yashaydi va faoliyat ko‘rsatadi. Qolaversa, madaniyatning paydo bo‘lishi 
va rivoji shaxsga bog‘liq. Ayni paytda shaxsning kamoloti madaniyatni va unga oid 
tushunchalarni o‘ziga qanchalik singdirishi va buning natijasida munosib avlod 
bo‘lib shakllanishiga bog‘liq. 
Qomusiy olim Abu Nasr Farobiy«Baxt-saodatga erishuv haqida» risolasida 
inson kamolotida jamoaning roli katta ekanligini ta’kidlab shunday deydi: 
«Kamolotga bir kishining o‘zi yolg‘iz (birovning yoki kopchilikning yordamisiz) 
erishuvi mumkin emas. Har bir insonning tug‘ma tabiatida va unga lozim bo‘lgan 
har qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson yoki kopchilik bilan 
munosabatda bo‘lish, o‘zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odamzod jinsidan bo‘lgan har 
qanday insonning ahvoli shu: u har qanday kamolotga erishuvida boshqalarning 
ko‘maklashuvlariga va ular bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir». Uning 
fikricha, inson o‘z- o‘zidan baxtli bo‘lolmaydi, kamolotga ham erisholmaydi. «Bu 
narsa uning harakatlariga, mehnatiga, kasb-hunar egallashiga, bilimiga va fozil 
jamiyatda yashashiga bog‘liq». 
Yakka shaxs ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb 
qilinganligigagina emas, balki uning tabiiy imkoniyatlariga, harakatiga, hissiyotiga, 


15 
aql-idroki muhim ijtimoiy mazmun bilan to‘ldirilganligiga va madaniy shakl kasb 
etganligiga qarab shaxs sifatida qaror topadi. 
Madaniyat kishilarga tana a’zolari orqali, tug‘ma his-tuyg‘u yoki tug‘ma 
iste’dod kabi tabiatan berilmaydi. Har bir shaxs o‘zining shaxsiy tajribasi asosida, 
mustaqil ravishda bevosita tevarak- atrofdagi kishilarning, jamiyatning va o‘tgan 
ajdodlarning to‘plagan tajribalarini o‘zlashtiradi. Yakka shaxs ijtimoiy amaliyot 
mahsuli bo‘lgan madaniyatni o‘zlashtirish bilan birga, unga ta’sir ham etadi. 
Shaxsning shakllanishi jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyatni boyitadi. 
Shuningdek, inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va 
jamiyatni, balki shaxsiy «tabiati»ni ham o‘zgartiradi. Madaniyat shaxsning ichki 
dunyosi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi. 
Xullas, shaxs bilan madaniyatning o‘zaro munosabatlari quyidagi sohalarda 
namoyon bo‘ladi. 
birinchidan, shaxs muayyan madaniy muhitda shakllanadi va o‘sha 
madaniyatni o‘zlashtiradi; 
ikkinchidan, madaniy qadriyatlarning egasi va ifodalovchisi sifatida konkret 
madaniy muhitda faoliyat ko‘rsatadi; 
uchinchidan, madaniy ijodiyot subyekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi. 
Madaniyatli jamiyatning asosiy xususiyatlarini, madaniyatning mezon va 
mazmunini ziyolilar qatlami belgilaydi.
Ziyolilik bu nafaqat keng bilimga ega bo‘lishni, balki tashabbuskorlikni, 
mas’uliyatni, axloqiy- estetik tomondan shakllanishni bildiradi. Ziyolilar - aqliy 
mehnatning xilma-xil murakkab turlari bilan shug‘ullanuvchi qatlamdir (fan va 
madaniyat xodimlari, o‘qituvchilar, muhandis- texniklar, shifokorlar). 
Madaniyatlilik 

kamtarlik, halollik, rostgo‘ylik, saxovatpeshalik, 
insonparvarlik, yaxshilik kabi insoniy fazilatlarga ega bo‘lish, axloqiy qoidalarga 
to‘la amal qilish, o‘z millati hamda boshqa xalqlarni hurmat qilishni o‘zlashtirishdir. 
Yetarli bilimga ega bo‘lmagan holda barcha bilimlar va narsalar to‘g‘risida 
fikr bildiruvchi kishi yuzaki ishqiboz (diletant)dir. Yuzaki ishqibozlik 
madaniyatlilikning yetishmovchilig belgisi bo‘lib, chinakam madaniyatlilik va 
ziyolilikka aloqasi yo‘qdir. 
Tarbiyalilik-ziyolilikning asosiy belgisi bo‘lib, uning umumiy madaniy 
saviyasi ko‘pincha nutqda aks etadi. Madaniy nutq, avvalo, «to‘g‘ri nutq» demakdir. 
Madaniyatli kishi ifodali va chiroyli nutq orqali o‘z fikrini bayon qiladi. Ziyolining 
estetik didi baland bo‘ladi. U san’at asarlarining go‘zalligi to‘g‘risidagina emas, 
balki kishilarning, tabiatning va jamiyatning go‘zalligi haqida fikr yuritishga, 
qo‘pollik va adolatsizlikka qarshi turib, uni bartaraf qilishga qodir bo‘ladi. Hamma 
narsada me’yor va uyg‘unlik tuyg‘usi ziyolilikniig asosiy hususiyatidir. 
Ziyoli - intellektual fikrlash qobiliyati yuksak shaxs, uning madaniyatli 
odamdan farqi shuki, u jamiyat va millat taqdiriga ma’naviy jihatdan javobgardir. 
Shaxsning individual xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yuqoridagiday 
ma’naviy, aqliy jarayonlar faqat ma’lum bir xalqqa xos milliy xususiyat emas, balki 


16 
universal xususiyatdir. Ammo madaniy xususiyatlarning har bir xalqda alohida, 
o‘ziga xos xususiyati ham borki, bu xususiyatlar boshqa xalq uchun g‘ayritabiiy 
tuyulishi mumkin. Masalan, tarbiyalilik umumiy xususiyat sifatida muomala va nutq 
jarayonida hosil bo‘lsa, tarbiyalilikning turli xalqlarda ayrim ko‘rinishlari borki, 
bunday holda milliy xususiyatlarni e’tiborga olish kerak. Masalan, yevropaliklar 
xuddi o‘zbeklar singari salomlashganlarida, qo‘l uzatadilar. Xitoyliklar, yaponlar, 
hindlarning muomala madaniyatida bu alomatlar yo‘q. Venada yashaydigan erkaklar 
ayol kishi bilan tanishganlarida, “qo‘lingizni o‘pay” deb murojaat qiladilar, polyak 
esa tanishuvda ayolning qo‘lini o‘padi, o‘zbek erkak va ayollari uchun bu singari 
salomlashuv tarbiyasizlikning bir ko‘rinishidir. Yoki ingliz xalqiga mansub odam 
o‘zi uncha hurmat qilmaydigan birontasiga xat yozganda, “hurmatli janob” degan 
murojaat bilan boshlaydi. Ruslar mehmondorchilikka borganlarida, kosada ovqatini 
qoldirmasligi kerak, qoida shu. Xitoyliklarda esa mehmonga tushlik oxirida guruch 
berganlarida, hech kim qo‘lini tegizmasligi lozim (bu bilan ular o‘zlarining to‘q 
ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak). Ko‘rinadiki, tarbiyalilik kabi madaniy jarayon 
yoki tushunchalar to‘g‘risida so‘z yuritilganda, albatta, universal tushunchalar bilan 
birga, milliy regional xususiyatlarni ham nazarda tutgan holda xulosa chiqarish 
kerak. 
Madaniyatlilik tushunchasiga qo‘shib ishlatiluvchi sifat keng bo‘lib, uni 
qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasiga va shaxsning sotsial maqomiga 
bog‘liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «hizmat ko‘rsatish 
madaniyati», «dam olish madaniyati» «boshqarish madaniyati», «nutq madaniyati», 
«ekologik madaniyat», «huquqiy madaniyat», «tibbiy madaniyati», «turmush 
madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali ijtimoiy 
institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Ba’zan madaniyat 
to‘g‘risidagi tasavvurlar shahar turmush tarziga, kinoteatrlar, teatrlar va 
kutubxonalarga tez-tez borib turish «madaniyatli» kishilar bilan do‘stlashish va 
boshqa chiroyli narsalarni bezak sifatida ishlatishga bog‘liq degan fikr bildiriladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, “madaniyat” termini ikki ma’noda - 
tor va keng ma’noda qo‘llanishini anglash mumkin. Keng ma’noda - hayotiy talab 
va ehtiyojlar tufayli jamiyatda mustahkam o‘rnashgan urf-odatlar, ijtimoiy 
institutlar, shuningdek, davlat va iqtisod ham madaniyatga taaalluqli deb 
hisoblanadi. Tor ma’noda madaniyatning chegaralari ma’naviy ijod, san’at, axloq, 
shaxsiy aqliy faoliyat chegaralari bilan tutashadi. 
“Madaniyat”ni tor ma’noda qo‘llash tarafdorlari ijtimoiy hodisalarning 
hammasini yoyishni noto‘g‘ri deb hisoblaydilar. Jamiyatda ko‘plab noma’qul, 
jirkanch odatlar borki, ularni madaniyat deb atab bo‘lmaydi. Giyohvandlik, 
jinoyatchilik, urushlar, ichkilikbozlik va shunga o‘xshash hodisalar insoniyat 
tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan, bularning hammasi ijtimoiy hodisalarga 
mansub. Biz madaniyatni faqat mezon va urf-odatlardangina (ular istalgan 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin) iborat emas, balki qadriyatlardan ham iborat deb bilar 
ekanmiz, giyohvandlik yoki jinoyatchilikni aslo madaniyatga mansub deb 


17 
bo‘lmaydi, chunki bu illatlar jamiyat uchun ijobiy qadriyat emas. Bunday illatlar 
insoniyat yaratgan ijobiy qadriyatlarni yo‘qotishga qaratilgan. Bularni baholashda 
mezon - inson, uning rivojlanish o‘lchovi. Ana shunda madaniyat - taraqqiyotga 
yordam beradigan ijobiy fazilat va moddiy narsalardir, deb baholay olamiz. 
Madaniy hodisa o‘rganish jarayonida shubhasiz, ikki yo‘nalishga duch 
kelamiz. Bu ikki yo‘nalish - moddiy va ma’naviy madaniyatdan iboratdir. 
Madaniyatning bu ikki turi bir—biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, bir-biriga ta’sir 
etadi va bir-birini taqozo qilib, taraqqiy etib boradi. Moddiy madaniyat ma’naviy 
madaniyatning hosilasi, ayni paytda ma’naviy madaniyat ham moddiy narsalarni - 
belgi tasvir, buyumlarning insoniyat rivojidagi vazifasini ko‘rsatadi. 
Davrlar o‘tib ma’naviy faoliyat moddiy madaniyatdan ajralib chiqdi. Ma’lum 
bir davrga xos ahloqiy mezonlar shakllandi, din, san’at, xuquq, siyosat, fan paydo 
bo‘ldi, ma’lum doiradagi kishilar bu sohalar bilan shug‘ullana boshladi. Qadimda 
“madaniyat“ termini faqat ma’naviy madaniyatni nazarda tutgan. Zotan, haqiqat, 
ezgulik, go‘zallik hukmron bo‘lmog‘i lozim, degan qarashlar bo‘lgan. Nafaqat O‘rta 
Osiyoda, balki butun Sharqda bu g‘oya va aqidalar madaniy hayotning asosi bo‘lib 
xizmat qilgan. 
Industrial jamiyat vujudga kelgach, texnika taraqqiyoti va texnologiyalar 
tezlik bilan almashinadigan bo‘ldi. Bu esa insoniyat barcha moddiy madaniyatni 
o‘rganishiga turtki bo‘ldi. Insonlarning amaliy qayta o‘zgartiruvchilik faoliyati 
yuzaga keldi. Aslida industrial jamiyat iqtisodiy va siyosiy inqilobning mahsuli. 
“Iqtisodiy inqilob“ termini ostida Angliyadan kelib chiqqan buyuk industrial inqilob 
nazarda tutiladi. “Siyosiy inqilob” ostida esa buyuk fransuz inqilobini nazarda 
tutamiz. Har ikkalasi ham XVIII asrda paydo bo‘ldi. Angliya mashinasozlik ishlab 
chiqarishida va yangi qonunchilikda peshqadam bo‘ldi. Zavod va fabrikalarning 
kengayishi, ishlab chiqarish sharoitining yaxshilanishi, va odamlarning o‘rtacha 
yoshi uzayishi natijasida industriallashtirish urbanizatsiyani olib keldi, ya’ni 
odamlar o‘z xohish-istaklari bilan qishloqlardan shaharlarga oqib kela boshladilar. 
Buning natijasida esa shaharlar aholisi ko‘paydi, ular qulay yashash sharoitiga, 
madaniy xizmatlar ko‘rsatilishiga, yaxshi ta’lim olishga erishdilar. 
XXI asrga kelib texnologiyaning rivoji natijasida industrial jamiyat 
madaniyatidan axborot jamiyati madaniyatiga o‘tish jadal tus oldi. Hozirgi 
jamiyatda axborot izlash, tahlil qilish va tatbiq etish - taraqqiyotning asosiy omiliga 
aylandi. Jumladan, AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari “axborot jamiyati”ga 
misol bo‘la oladi. Bu mamlakatlarda ishchi kuchlarining 60 - 80 foizi bevosita va 
bilvosita axborot yaratish, qayta ishlash va uzatish bilan band. Axborotning turli-
tuman ko‘rinishlari - internet, kabel televideniyesi, videodisk va uning bir qancha 
turlari insoniyatning madaniy hayoti darajasiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. 
Insoniyat tarixiy taraqqiyot jarayonida asosan, moddiy madaniyatga ko‘proq e’tibor 
qaratgan va madaniyatning bir qancha ko‘rinishlarini bosib o‘tgan. 
Moddiy madaniyatning bu ko‘rinishlari quyidagilardir: 


18 
Birinchi ko‘rinishi - mehnat qurollari, barcha ishlab chiqarish vositalari, turar 
joylar, aloqa, texnika qurilmalaridir. Xullas, notabiiy yo‘l bilan insoniyat qo‘li 
vositasida yaratilgan buyumlarning barchasi, shuningdek, moddiy madaniyatning 
ko‘rinishi va turlari jamiyat hayotining moddiy texnik asosi deb ataladi. Ishlab 
chiqarish texnologiyalari, mehnat mahsulotida ishtirok etuvchilarning ijodiy 
faoliyati, ularning bilim darajasi, ishlab chiqarish madaniyatiga qo‘shgan hissasi, 
ularning jismoniy va ma’naviy imkoniyatlari ishlab chiqarish texnika 
madaniyatining alohida qismini tashkil etadi. 
Moddiy madaniyatningikkinchi ko‘rinishi - ijtimoiy hayot va uning barcha 
sohalarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi ijtimoiy institutlar, tashkilot va 
muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Bu singari hokimiyat tuzilmalari va unga 
munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash 
va ta’lim berish, sog‘liqni saqlash va dam olish, bo‘sh vaqt va ko‘ngil ochish 
muassasalari tizimi kabi, amalda jamiyatning madaniy taraqqiyotini saqlaydi, 
o‘zgartiradi va qayta shakllantiradi. 
Moddiy madaniyatininguchinchi ko‘rinishi (ishlab chiqaruvchi va qayta 
ishlab chiqaruvchi) shaxs hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu ko‘rinishi 
insonning tabiiy, ya’ni biologik hamda ijtimoiy mavjudlik masalalarini o‘z ichiga 
oladi. Shu bilan birga, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro madaniy munosabatlar, bundagi 
muammolar ham shu sohaga taalluqlidir. 
Madaniyatning yuqoridagi uch ko‘rinishi nisbiydir, madaniyatning barcha 
ko‘rinishlari tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyatning yashash tarzi va faoliyatiga 
bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi, bir davrdagi madaniy hodisa keyingisi uchun 
zamin bo‘ladi.
Inson ulg‘ayib, voyaga yetar ekan, turli xil ijtimoiy-demografik guruhlarga 
mansub bo‘ladi. Odamning ma’lum yoshida va muayyan ijtimoiy mavqeida biron 
madaniyatga mansublik ustuvorlik, qiladi. Ayni paytda u jamiyatdagi, hatto undan 
tashqaridagi madaniyatning ham sezilarli ta’sirida bo‘ladi. Buning natijasida inson 
ikki, ba’zan undan ham ko‘proq madaniyat ta’siri ostida qoladi. Masalan, kechagi 
talaba bugun mutaxassis bo‘lib, katta bir korxonaga injener bo‘lib xizmatga o‘tadi. 
Endi u sanoat yoki industrial jamiyat madaniyatiga moslashadi, ishlab chiqarishda 
yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faol ishtirok etadi, jamiyatdagi madaniy 
taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Boshqa bir odam xorijga o‘qish yo ishga ketadi. 
Endi u boshqa xalqning muomala madaniyatiga, o‘sha jamiiyatning qonun-
qoidalariga rioya qiladi. Natijada madaniyat regional xususiyatga ega bo‘la boradi. 
Endi ular yangi madaniy muhitda, boshqa qadriyat va me’yorlar qurshovida 
yashaydi. 
Moddiy madaniyat ishlab chiqarish jarayonida ijodiy salohiyat, malaka va 
g‘oya yangidan moddiylashadi, shaxs, jamiyat, xalq, davlat umuminsoniy mazmun 
kasb etadi.Moddiy madaniyat muayyan tarixiy davrda jamiyatda mavjud bo‘lgan 
buyumlarni, moddiy ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarini va natijalarini 
o‘z ichiga oladi. 


19 
Xullas, insonlar yaratgan moddiy, ma’naviy qadriyatlar va boyliklar - ularning 
qobiliyati, munosabatlari va mohiyatini namoyon qilishdan iborat. Inson bu moddiy 
va ma’naviy qadriyatlarga o‘z munosabatini bildirar ekan, ayni vaqtda insonning 
o‘zi ham mukammallashib, o‘zgarib turadigan moxiyat sifatida namoyon bo‘ladi. 
Demak, madaniy hodisa buyumlar shaklida, inson faoliyatining tayyor mahsulotlari 
shaklida va insonning qobiliyati hamda bilimlari shaklida amal qiladi. 
Ma’naviy madaniyat — aql-zakovatning shunchaki mahsuli bo‘lmay, balki 
insonlar o‘rtasidagi ijodiy faoliyatga turtki beradigan munosabatni ham bildiradi. 
Shuningdek, ma’naviy madaniyat ta’lim va fan sohasiga oid ilmiy faoliyatni, axloqiy 
va estetik madaniyatni o‘z ichiga oladi. Natijada ma’naviy madaniyat insonning 
layoqati va faoliyatining buyumlarda moddiylashgan shaklida, insoniyat tomonidan 
yaratilgan ma’naviy qadriyatlar (ilm, san’at, huquq, axloq qoidalari) shaklida 
mavjud bo‘ladi. 
Madaniyatning quyidagi vazifalari bevosita shaxs faoliyati bilan bog‘liq: 
-Inkulturatsiya. Inson, avvalo, o‘z millatining, keyin esa umuminsoniy 
madaniy merosni o‘zlashtiradi, ya’ni inson madaniy qoida va mezonlarga 
moslashadi. 
-Individualizatsiya. Madaniyat ma’lum shaxslar qobiliyatini, iqtidorini, 
xususiyatini jiddiy mukammallashtirishga mo‘ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan 
barcha madaniy doirada -(jamiyatda, insoniyat orasida) eng asosiy omil bo‘lib, aniq 
shaxsning barkamollik darajasi, jamiyat bilan yoki butun insoniyat madaniyati bilan 
bog‘liq bo‘lishini bildiradi. 
Har qanday ma’naviy madaniyat jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u 
insonning yashashi, faoliyatini, umuman, jamiyatdagi o‘rnini belgilashga yordam 
beradi. Ma’naviy madaniyat mahsuli bo‘lgan madaniy qadriyatlar inson uchun 
shaxsiy moxiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqalar bilan, butun jamiyat 
bilan munosabat o‘rnatadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo‘ladigan axloq 
mezonlari yaratilishida insonga yordam beradi. Shaxs bilan jamiyatning o‘zaro 
munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo‘lgan, shunga qaramay, shaxs 
madaniyati jamiyat madaniyatini belgilaydi, ayni paytda shaxs madaniyati muayyan 
bir jamiyatning madaniy muhitida shakllanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatini 
kamol toptirishda qadriyatlarini me’yorlashtiradi va shaxsning ma’naviy 
extiyojlarini ta’minlaydi. 
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida 
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin. 
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib 
shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning 
insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartibqoidalarni o‘zlashtirib 
olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritish 
qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan 
ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementlarning shakllanishi bilan birga sodir 
bo‘ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda uzoq yillar davomida 


20 
to‘plangan tajribalarni, an’analar va urfodatlarni, turmush tarzini o‘zlashtiradi, 
imkon qadar boyitadi va nihoyat ular keyingi avlodlarga yetkaziladi. 
Madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. 
Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘g‘risida turli ma’lumotlar, 
axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi. 
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartibqoidalar, axloqiyhuquqiy normalar asosida 
tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bog‘liq bo‘lgan, aloqa 
uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini o‘ynaydi. 
Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari – fan, san’at, texnika va 
boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni to‘laligicha 
bilib bo‘lmaydi. 
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan 
moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, 
be’mani, xunuk narsalardan go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi. 
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud 
madaniyatga tanqidiyijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, 
qoidalar, qadriyatlar, tartibqoidalar yaratishga undaydi. 
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiyma’naviy toliqishni haydash, hordiq 
chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar tashkil etuvchi 
vazifalarni ham bajaradi. 
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga 
kiruvchi elementlari o‘zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni o‘ziga 
xos belgilari, sifatiga qarab bir necha turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion 
nuqtayi nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha sivilizatsiyalarni 
bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar. 
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini 
inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‘lish keng 
tarqalgan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, mintaqaviy 
madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, umumiylik nazarda 
tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish holatlari ham 
uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to‘laligicha irqiy 
jihatlar bilan bog‘liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog‘liq deb tushuntiradi 
va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatdan eng yuqori, ustun darajada deb 
hisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat 
sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni tushuntirish uchun kontrkultura, subkultura 
tushunchalarini qo‘llay boshladilar. Kontrkultura deganda bir guruh yoshlarning 
g‘arb mamlakatlardagi rasmiy qadriyatlarga qarshi g‘oyaviysiyosiy, badiiy 
qarashlari, ideallari tushuniladi. Yoshlarning bunday chiqishlari so‘l radikalchilik, 
anarxistik, ekstrimistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Subkultura deganda 


21 
jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi. Yoshlar 
orasida modaga berilgan xotinqizlar, ayrim musiqaga («pop», «rok») berilgan yoki 
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar 
mavjud. Shuningdek, qashshoqlar, kambag‘allar, o‘rta tabaqalar, yuqori tabaqalar, 
jamiyatdagi elita qatlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi. 
Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag‘al tabaqalar madaniyati shaxsiy gigiyenadan 
tortib bilim darajasigacha bo‘lgan sohalarda past saviyada namoyon bo‘ladi, deb 
tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga intiluvchi 
ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. 
Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi 
farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy 
tizimdan iborat ekanligini ko‘rsatadi. 
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamoloti muhim masaladir. Shaxsning 
barkamol inson bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiymadaniy muhitning ta’siri katta. 
Inson ma’lum ijtimoiymadaniy muhitda dunyoga keladi, go‘daklik chog‘idayoq 
shaxs ijtimoiymadaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiymadaniy muhit 
ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi 
madaniyijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, urfodatlarni, 
axloqodobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni o‘zlashtirish, 
qabul qilish orqali sodir bo‘ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga, 
shaxsda o‘tkinchi ehtiyojlarni – yurist, iqtisodchi, injener, shifokor, pedagog, 
san’atkor bo‘lish, boy bo‘lish, amaldor bo‘lish, shonshuhrat qozonish, turli unvonlar 
olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar ham paydo bo‘ladi. Buning 
uchun ta’lim muassasalarida qunt bilan o‘qib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot 
qonunlari to‘g‘risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni 
o‘rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega bo‘lish zarur 
bo‘ladi. 
Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek, jamiyat bilan 
integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, 
ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‘maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini 
baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulqatvori ham muhim o‘rin tutadi. 
Madaniyat insonning yashirin, betakror individual xususiyatlari, qobiliyatlarini 
ro‘yobga chiqarish, o‘stirish va rivojlantirishga yordam beradi. 
Madaniyat turli belgilariga ko‘ra, quyidagi sohalarga, shakllarga va 
ko‘rinishlarga bo‘linadi: 
1. 
Madaniyat sohalari bo‘yicha quyidagicha tasnif qilinadi: 
a) 
Iqtisodiy madaniyat (bu soha ishlab chiqarish madaniyati, taqsimot 
madaniyati, ayirboshlash madaniyati, iste’mol madaniyati, boshqaruv madaniyati, 
mehnat madaniyati kabi turlarni o‘z ichiga oladi). 
b) 
Siyosiy madaniyat. Siyosiy madaniyat ijtimoiy voqeilik sifatida sinflar 
va davlatlarning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Shu bilan birga siyosiy hayot 


22 
madaniyati sinflarining yuzaga kelishdan avval qadimgi Sharqda, antik Gretsiya va 
Rimda shakllangan. 
Siyosiy madaniyat - insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, 
maqsadlarini ifodalovchi siyosiy - huquqiy g‘oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat 
ma’naviy qadriyatlarga aloqadordir. Bu madaniyat turi tarixiy taraqqiyot jarayonida 
jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlariga, jamiyatning siyosiy faoliyatiga 
bog‘liq holda vujudga keladi. Siyosiy madaniyat inson faoliyatining bir ko‘rinishi 
bo‘lib, uning tabiatida qayta yaratish va uni tarbiyalash jarayonlarini qamrab oladi. 
Siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatga 
ta’sirida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy tomondan esa tabaqalashtirilgan ijtimoiy 
munosabatlarni anglab etish, dasturlar ishlab chiqish, muayyan siyosiy g‘oyalarni 
targ‘ib qilishni nazarda tutadi. Mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy 
tashkilotlar, siyosiy faoliyat kabilar siyosiy madaniyatni hayotga tatbiq qilish 
omillaridir. 
v) Kasb mahorati madaniyat-aniq mehnat turi bilan bog‘liq maxsus nazariy 
bilim va amaliy ko‘nikmalar yig‘indisidan iborat. 
g) Pedagogik mahoratmadaniyati - ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni 
mazkur jamiyatdagi yosh avlodga yetkazishdan iborat. 
d) Ekologik madaniyat - inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni qamrab 
oladi. Bu soha madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlarda eng faol rivojlanib 
borayotgan sohadir. Ekologik madaniyatga ayniqsa G‘arb olimlari alohida 
yondashib, atrof muhit omillaridan kelib chiqqan holda madaniyatning turli 
shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy sharoitlarga 
ko‘nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo‘jalikning, yashash binolarining, mehnat 
qurollarining, kiyim va urf-odatlar ma’lum darajada iqlim, geografik joylashuv, 
o‘simliklar va hayvonot olami, temperatura va boshqa obyektiv sabablar bilan 
belgilanadi. Jumladan, Osiyo va Afrikaning sahro v a cho‘l hududlarida sut 
mahsulotlari go‘sht mahsulotlariga qaraganda muhim o‘rin egallaydi. Dunyoning 
boshqa hududlarida esa o‘simlikdan tayyorlangan ovqat go‘shtli ovqatlarga nisbatan 
yuqori o‘rinda turadi. Keyingi bir necha yuz ming yil davomida insonlarning 
oshqozon-ichaklari uzunligi qisqarib ketdi. Olovda pishirilgan ovqatning hazm 
bo‘lishi xomini hazm qilishga nisbatan osonroq bo‘lib qoldi, taraqqiyot bu vaziyatni 
hisobga oldi. Ovqat hazm qilish a’zolarining solishtirma og‘irligi qisqarishi esa 
boshqa a’zolarning rivojlanishiga yaxshi imkoniyat yaratib berdi, a’zolarning qon 
bilan ta’minlanishi yaxshilandi. Balki, bu holat inson miyasining taraqqiyotiga ham 
ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. 
Umuman, insoniyat yer yuzida olg‘a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki 
ma’lum geografik sharoit bilan bog‘liq xo‘jalik-madaniy ko‘rinishi paydo bo‘lgan. 
Insonlar ma’lum geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar. 
Ko‘rinishlari bo‘yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi: 
a) 
Hukmron madaniyat - mazkur jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi istifoda 
etadigan qadriyatlar, inonch-e’tiqodlar, an’ana va urf-odatlardan iborat. 


23 
b) 
Qishloq madaniyati - faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq 
xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va 
b.lardan iborat. 
v) Shahar madaniyati - yirik va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan 
sanoat va ma’muriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona madaniyat 
mavjud emas. Chunki shaharlar faqat geografik va geopolitik (Yevropa va 
Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar kengligi bilangina emas, balki ishlab 
chiqarish sohasiga ko‘ra ham farq qiladi: to‘qimachilik sanoati, konchilik sanoati 
markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan shaharlar, ilm-fan markazlari bo‘lgan shaharlar, kurort shaharlar
harbiy shaharchalar borki, bularning har birida o‘ziga xos madaniyat mavjud. 
b) O‘rganish bo‘lib qolgan madaniyat - inson yashab turgan ijtimoiy va milliy 
muhitda kundalik hayot ko‘nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat 
ko‘rinishi oilada, tengdoshlar, qarindosh urug‘lar davrasida yuz beradigan 
muloqotdan, maktab ta’limidan va ommaviy axborot vositalari orqali olingan 
ommabop bilimlar va ko‘nikmalardan iborat bo‘ladi. 
v) Ixtisoslashgan madaniyat - fan, san’at, falsafa, huquq, din kabilarga oid 
bilimlarni to‘liq egallagan va o‘z sohalari bo‘yicha egallagan bilimlari orqali alohida 
guruhlarni tashkil qiladigan vakillarning kasb mahoratidir. 
Madaniyat paydo bo‘lishi va darajasiga ko‘ra quyidagi shakllarga ega: 
a) 
Yuksak madaniyat - oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi 
maxsus ijodkorlar yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis san’atni, 
mumtoz musiqani va adabiyotni o‘z ichiga oladi. 
b) 
Xalq madaniyati - ommaviy va xalq og‘zaki ijodi madaniyatini o‘z 
ichiga olgan madaniyat shakllari bo‘lib, keng ommaning mehnati va turmushiga 
bog‘liq holda yaratilgan qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu 
shakliga bugungi turmush tarzi, urf-odatlar, qo‘shiqlar, folklor ansambllari, xalq 
og‘zaki ijodi janrlari - afsonalar, ertaklar, eposlar va boshqa janrlar mansub. 
v) Ommaviy madaniyat - baylanmilal va milliy ko‘rinishga ega bo‘lib, keng 
auditoriyaga mo‘ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir 
zumda qondiradigan har qanday yangi hodisalarga ta’sir bildirib, ularni aks 
ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, sirk, radio, televideniye va boshqa ayrim 
musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir. 
Bulardan tashqari, badiiy madaniyat va jismoniy madaniyat kabi kompleks 
ko‘rinishlar ham bor. Mutaxassislar va havaskorlar yaratgan ijod namunalari badiiy 
madaniyatga mansub. San’at ham badiiy madaniyatning bir qismidir. Jismoniy 
madaniyat keng ma’noda tanani jismoniy mashqlar yordamida tarbiyalash, sportga 
asosiy mashg‘ulot turi sifatida qarash, sog‘lom turmush tarzini kechirish, ya’ni 
chekish, ichkilikbozlikdan voz kechib, jismoniy mashqlar, san’at bilan 
shug‘ullunish, yuzni plastik operatsiya va kosmetika qildirish, ozish, sport va 
havaskorlik raqslari, raqs bo‘yicha o‘tkaziladigan xalq sayillari va musobaqalari, 


24 
tanani har xil illatlardan, jarohatlardan zamonaviy va an’anaviy tibbiyot yordamida 
xalos qilishdan iborat. 
Shaxsni barkamol qilib yetishtirishda jamiyat madaniyatining bir qator 
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan: 
Siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsadlarini 
ifodalovchi siyosiyhuquqiy g‘oyalar majmuyidir. Siyosiy madaniyat jamiyatning 
turli ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog‘liq holda vujudga keladi va siyosiy 
faoliyatda namoyon bo‘ladi. Har bir ijtimoiy tabaqa o‘zining siyosiy manfaatlaridan 
kelib chiqib g‘oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, siyosiy tashkilotlar tuzadi va siyosiy 
hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat qiladi. 
Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog‘liq. Huquqiy madaniyat 
qonunlarni bilish, ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy 
munosabatlar, huquqiy faollik madaniyati demakdir. 
Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, 
iqtisodiyijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati jamiyat 
iqtisodiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatining kamol 
topishi uchun iqtisodiy qadriyatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi lozim, 
shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat yurita oladi. 
Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy 
faoliyat kiradi. Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar tizimini ifodalasa, 
shaxs axloqiy madaniyatida axloqiy qadriyatlarning individuallikda qanday darajada 
aks etishi ifodalanadi. 
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din, 
fan va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. 
Madaniyat va sivilizatsiya 
Ko‘pgina hollarda madaniyat va sivilizatsiya so‘zlari yonmayon ishlatiladi. 
Masalan, «Qadimgi Misr sivilizatsiyasi», «Qadimgi Misr madaniyati». Bu atamalar 
go‘yo bir xil ma’noni anglatganday ko‘rinadi. Aslida esa sivilizatsiya va madaniyat 
birbiridan farq qiluvchi tushunchalardir. Faylasuflardan O.Shpengler va A.A. 
Berdyayev asarlarida, sivilizatsiya – bu insoniyat borlig‘ining moddiytexnik tomoni, 
madaniyat esa uning ma’naviyruhiy tomonidir, deb tushuntiriladi. 
Insoniyat hayotida sivilizatsiya va madaniyat o‘zaro bog‘liq holda rivojlanib 
kelmoqda. Gap shundaki, odam paydo bo‘lgandan beri, ongli mavjudod sifatida 
yashash uchun kurashib kelmoqda. Odam dastlab o‘zini o‘rab turgan olam oldida, 
tabiatning dahshatli hodisalari, qahraton sovuq, jazirama issiq oldida ojiz, 
himoyasiz, yalong‘och bir mavjudod edi. Biroq odam barcha tirik mavjudodlardan 
o‘z ongliligi bilan ajralib turardi, hammasidan ustun edi. Inson ongliligi tufayli 
yashash uchun kurashdi, o‘zini o‘rab turgan tabiatga ishlov berib, astasekin o‘zi 
uchun zarur qulayliklar yaratib bordi. Bu qulayliklar yaratilish usuli, 
mazmunmohiyatiga ko‘ra sivilizatsiya yoki madaniyat atamalari bilan tushuntiriladi. 
Insoniyat tomonidan yaratilgan ov va mehnat qurollari, olovdan foydalanishni 
o‘zlashtirish, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, kiyimbosh, uyjoy, yirik 


25 
suv inshootlari, binolar, mashinalar, texnika taraqqiyoti, transport, aloqa, maishiy 
xizmat vositalari kabilar sivilizatsiya tushunchasiga kiradi. Demak, sivilizatsiya 
deganda insonlar o‘zlari uchun yaratgan jismoniy qulayliklar, moddiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi moddiytexnik vositalar tushuniladi. 
Madaniyat esa yashash uchun kurashning ruhiy, ma’naviy usullaridir. 
Masalan, odam yirtqich hayvonlardan himoyalanish usulini, ya’ni sivilizatsiya 
yo‘lini topishi mumkin. Lekin inson o‘limdan o‘zini saqlay olmaydi, o‘lim haq. 
Demak, odam o‘zini o‘zgartirishi, o‘lim vasvasi bilan doimo dahshat ostida 
bo‘lmasligi, unga ko‘nikishi zarur bo‘ladi. Bu sohada madaniyat harakatga keladi. 
Madaniyat insonlarga ruhiy, ma’naviy qulayliklar yaratadi, shaxsni, uning tabiat 
haqidagi tafakkurini o‘zgartiradi, insonda ichki barqarorlikni shakllantiradi. 
Ma’naviyat orqali inson o‘lim dahshatini yengadi, kezi kelganda Vatani, xalqi uchun 
o‘limga ham tik boradi. Ibtidoiy jamiyatdagi sehrgarlik, jodugarlik, afsungarlik, 
hozirgi zamon dinlari, xalq qo‘shiqlari, adabiyot, san’at, axloqodob va boshqalar – 
bularning hammasi madaniyat sohasiga kiradi. Agar sivilizatsiya insonning moddiy 
ehtiyojlarini qondirsa, madaniyat uning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. 
Sivilizatsiya lotincha cuvilis so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, fuqarolikka, 
davlatchilikka taalluqli ma’noni anglatadi. Sivilizatsiya so‘zi ma’rifatparvarlarning 
XVI asrdan boshlab urushlarsiz hamda mutaassib ruhoniylar ta’siridan ozod, aql va 
adolatga asoslangan jamiyat uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib keldi. 
Sivilizatsiya so‘zi jamiyat taraqqiyotining darajasini belgilovchi tushunchadir. 
Sivilizatsiya insoniyat ijtimoiy taraqqiyotidagi uchta katta davrning (yovvoyilik, 
vaxshiylik va sivilizatsiya) oxirgisi bo‘lib, u yozuvning, davlatning, huquqiy 
tartibqoidalarning kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 ming yillar muqaddam (Misrda) 
boshlangan. Sivilizatsiyaning boshlanishi bilan turli xil dinlar, gumanistik va 
axloqiy qadriyatlar keng tarqala boshlaydi. Sivilizatsiya barcha mintaqalarda 
birdaniga boshlanmagan, turli mintaqalarda birinketin vujudga kelgan, albatta. 
Sivilizatsiya madaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyotining mahsuli. 
Sivilizatsiya so‘zi madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi 
ma’nosida ham ishlatiladi. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya 
sivilizatsiyasi, O‘rta dengiz sivilizatsiyasi, Hind sivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo 
sivilizatsiyasi. Sivilizatsiya dastlab ayrim hududlarda, birbiri bilan u qadar 
bog‘lanmagan holda shakllangan bo‘lsa, XVIXX asrlarda umumjahon sivilizatsiyasi 
shaklida uyg‘unlashdi. Fransuz faylasufma’rifatparvarlari aql va adolatga 
asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb ta’riflaganlar. Dunyoda ilg‘or 
fan, texnika, texnologiya, axborot vositalari asosida ish yuritayotgan, ma’rifatparvar, 
demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurgan mamlakatlar mavjud, ular haqiqiy 
sivilizatsiya yo‘liga kirib bormoqdalar. Jumladan, mustaqil O‘zbekiston ham yuksak 
sivilizatsiyali demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda. 
Demak, madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasida mantiqiy birlik, umumiylik 
mavjud, negaki ularning har ikkalasi ham inson faoliyatining mahsulidir. Ham 
moddiy, ham ma’naviy taraqqiyotning boshida insonlarning ma’naviy tafakkuri, 


26 
niyatlari, g‘oyalari, o‘ylari, loyihalari, mo‘ljallari turadi, so‘ngra ular moddiy 
shaklda namoyon bo‘ladi. Bunga nafaqat texnik inshootlarning, shuningdek, badiiy 
asarlarning yaratilishi ham misol bo‘la oladi. Masalan, Amir Temur haykalida, 
avvalo, yaratuvchi (haykaltarosh) ning ma’naviy tafakkuri, loyihasi, mo‘ljalini, 
so‘ngra ularning moddiy shaklga kirgan ajoyib monumentini ko‘ramiz.
Jamiyat va madaniyat taraqqiyotida vorisiylik alohida o‘rin tutadi. Vorisiy 
deganda oldingi avlod tomonidan yaratilgan turmush tarzi, rasmrusum va an’analar, 
moddiy va ma’naviy madaniyat yutuqlarning keyingi avlodga o‘tishi va 
o‘zlashtirilishi tushuniladi.
Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim kategoriya hisoblanadi. 
Vorisiylik negizida hayotiylik yotadi. Kishilar o‘zidan oldingi avlodlar yaratgan 
madaniy boyliklarga tayanib yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. 
Agar vorisiylik negizida hayotiylik bo‘lmaganida edi, «biz uchun o‘tmish sovuq, 
befoyda, o‘lik va qiziqarsiz bo‘lib qolaverardi», deb ta’kidlaydi J.Neru. Sharqshunos 
olim Maks Myuller Hind sivilizatsiyasi haqida fikr yuritar ekan «eng zamonaviy va 
eng qadimiy hind sivilizatsiyasi o‘rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud», deb yozadi. 
Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.
Jamiyat, madaniyat rivojida ma’naviymadaniy meros katta ahamiyatga ega.
Xo‘sh madaniyma’naviy meros nima? 
Madaniy ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, 
otabobolarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniyma’naviy boyliklar – siyosiy, 
iqtisodiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloqodob me’yorlari, ilmfan 
yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari va boshqa milliy qadriyatlar majmuyidir. 
Bunday boyliklar, qadriyatlar bir -yilda, bir asrda hosil qilinadigan hodisa emas, ular 
jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. 
Ular jamiyat siyosiy tuzumi jihatidan o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi 
avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Madaniyma’naviy meros insonni yuksalishga 
da’vat etadigan, ichki olamini boyitadigan, irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan 
qudratli kuchdir. 
Har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’naviymadaniy qadriyatlarni, 
moddiy va ma’naviy sohada erishilgan yutuqlarni meros qilib oladi va yanada 
rivojlantiradi. Insoniyat hayotini ramziy ma’noda uzoq yo‘l deb faraz qilsak, har bir 
avlod yo‘ldagi ko‘prik ustida turganga o‘xshaydi. Ko‘prikning bir tomonida oldingi 
zamonlarda yashab o‘tgan qanchaqancha avlodajdodlar hayoti, ular yaratgan 
moddiy va madaniyma’naviy yutuqlar, qadriyatlar yaqqol namoyon bo‘lib turadi. 
Ko‘prik ustida turgan yangi avlod esa otabobolaridan qolgan moddiy va ma’naviy 
boyliklarni meros tariqasida qabul qilib oladi, o‘zlashtiradi, yangilaydi, boyitadi. 
Ko‘prikning ikkinchi tomoni esa hayotga kirib kelayotgan kelajak avlod o‘rnidir. 
Vaqti kelib, ko‘prik ustidagilar o‘z o‘rnini kelajak avlodga bo‘shatadi, o‘zi 
o‘zlashtirgan, yangilagan, boyitgan moddiy va ma’naviy madaniyatni ularga meros 
qilib qoldiradi. Shu tariqa avlodlar almashinuvi barobarida jamiyat yangilanib, 
rivojlanib boradi, inson uchun zarur bo‘lgan jismoniy va ma’naviymadaniy 


27 
qulayliklar yaxshilanib, takomillashib boradi. Bu jarayon jamiyat va madaniyat 
taraqqiyotiga xos betinim amal qiluvchi qonuniyatdir.
Qadriyat, hayotda qadriyatlarga moslashish, qadriyatlarni mo‘ljallab ish tutish 
madaniyatshunoslik fanining muhim kategoriyasidir. 
Kishilar ongida qadriyat kategoriyasi turli narsa va hodisalarni taqqoslash 
orqali shakllanadi. Inson dunyoni anglab olgandagina, dunyoda sodir bo‘lgan va 
bo‘layotgan hodisalar, voqealar, o‘zgarishlarni tushunib yetgandagina, o‘zining 
hayoti uchun nimalar muhim yoki muhim emasligini, nimalarsiz yashash mumkin 
yoki mumkin emasligini ajrata oladi. Tabiiyki, har bir inson o‘z qadriyatlar 
dunyosini o‘zicha aniqlaydi. Demak, qadriyatlar bu narsalar emas, balki narsalarga, 
hodisalar va boshqalarga munosabatdir. Shunday qadriyatlar borki, ularsiz ma’lum 
davr madaniyati kemtik, noqulay bo‘lib qoladi. Shaxs madaniyati misolida bu 
holatni quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi: qadriyat shunday narsaki, usiz biron 
shaxsning to‘la yoki qisman mavjudligi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Masalan, oshiq 
bo‘lib qolgan odam uchun o‘z sevgilisi, otaona uchun o‘z farzandi, olim uchun 
ilmfan shunday qadriyatki, undan mahrum bo‘lsa hayotning qizig‘i qolmaydi. Har 
bir davr madaniyatining shunday qadriyatlar tizimi borki, ularsiz mazkur 
madaniyatning mavjudligi mazmunsiz bo‘lib qoladi. 
Qadriyat deganda nimani tushunmoq kerak? 
Qadriyat – borliq va jamiyat, voqelikdagi muayyan narsalar, voqealar, 
hodisalarning, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy-axloqiy, 
madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha. 
Ko‘pgina hollarda kishilar qimmatbaho buyumlarni qadriyat deyishadi. Aslida esa 
qadriyat so‘zining ma’nosi boshqacharoq. Masalan, ming yillar ilgarigi buyumning 
bugungi kun uchun moddiy jihatdan bahosi arzimas bo‘lishi mumkin, negaki, uni 
hozir ishlatib, undan foydalanib bo‘lmaydi. Ammo bobokalonlarimizdan bizgacha 
yetib kelgan moddiy va madaniy meros sifatida u buyum nihoyatda qadrli, 
ahamiyatli bo‘lishi mumkin. 
Qisqa qilib aytganda, qadriyat deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli 
bo‘lgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyat unsurlari tushuniladi. Qadriyatlar 
ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun 
foyda keltiradigan narsalar, ma’naviyma’rifiy an’analar, urfodatlar, xattiharakatlar 
majmuyidir. Qadriyat insoniyat yaratgan va yaratayotgan moddiy va ma’naviy 
boyliklarning gultojidir. Qadriyatlarning ahamiyati shundaki, ular kishilarning 
xattiharakatini, xulqatvorini tartibga, tegishli me’yorga solishga va to‘g‘ri 
yo‘naltirishga xizmat qiladi. 
Qadriyatlarni madaniyat singari moddiy va ma’naviy qadriyatlarga ajratish 
mumkin. Moddiy qadriyatlarga insonlar uchun jismoniy qulayliklar yaratuvchi 
xo‘jalik, texnik, sog‘liq, jinsiy juftlik, moddiy boylik, qulay maishiy shartsharoitlar, 
toza suv, sifatli oziqovqat va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ma’naviy qadriyatlarga insoniyat hayotiga ming yillar davomida shakllangan 
an’ana, urfodat va marosimlar, ilmiy, ma’rifiy axloqiy, estetik, diniy, badiiy va 


28 
boshqa ma’naviy boyliklar kiradi. Ayrim qadriyatlar tarixiy, davriy xususiyat kasb 
etib, davr o‘zgarishi bilan o‘zgarib borishi mumkin. Shu bilan birga, doimiy, 
universal ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar ham mavjud. Masalan, odamni 
qahramonlikka, Vatanga sodiqlikka undovchi qadriyatlar. Badiiy, axloqiy 
qadriyatlar ham universal qadriyatlar hisoblanadi. Eng yuksak qadriyatlar erkinlik, 
tinchlik, ezgulik, mehr va muruvvat, yaxshilik, go‘zallik, muhabbat, adolat, haqiqat, 
baxt singari mezonlarda ifodalanadi. Bu ne’matlar shuning uchun qadriyatlar 
deyiladiki, ularni kishilar o‘zlari uchun ahamiyatli bo‘lganligi uchun qadrlaydilar. 
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning asrlar davomidagi 
amaliy faoliyatida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar orasida eng oliysi inson, 
uning hayotidir. Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida erkinlik, ozodlik, tenglik, 
barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlardir. 
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy 
turlarga ham bo‘linadi. 
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning 
genofondi, tili, turmush tarzi, madaniyati, tarixi, urfodatlari, an’analari, milliy ongi, 
moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy hayotining barcha 
jihatlarida namoyon bo‘ladi. O‘z milliy qadriyatiga ega bo‘lmagan millat yo‘q. 
Milliy qadriyatlarning sohibi muayyan millatdir. Millatning tanazzuli ayni holda 
milliy qadriyatlarning tanazzuli hamdir. Har bir millat o‘z qadriyatlarini 
yaratuvchisi, asrabavaylovchisi va kelajakka yetkazuvchisi hamdir. Millat siyosiy 
jarayonlar natijasida biror imperiya yoki davlatga qaram bo‘lib qolganda ham o‘z 
milliy qadriyatlarini saqlash tuyg‘usi yo‘qolib ketmaydi, milliy qadriyatlari ma’lum 
darajada saqlanib qoladi. 
O‘zbek xalqining boy, o‘ziga xos betakror milliy qadriyatlari bor, ular bir 
necha ming yillar davomida shakllangan. Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, 
ya’ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va hokazo 
hududlarda yashovchi aholiga xos urfodatlar, rasmrusumlar, marosimlar va hokazo 
tarzda shakllanadi. So‘ngra ularning eng muhimlari asrlar davomida saralanib, 
umummilliy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar 
uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan: 
• 
tug‘ilgan makon va ona yurtga ehtirom; 
• 
avlodlar xotirasiga sadoqat; 
• 
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; 
• 
mehmondo‘stlik; 
• 
bolajonlik; 
• 
ma’naviyataxloqodobma’rifat; 
• 
muomalada mulozamat, hayo, andishalik; 
• 
og‘ir kunlarda vazminlik, sabrtoqat va hokazo. 
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. 
Mustamlakachilik davrida toptalgan milliy qadriyatlarimiz tiklandi, yangi 
ma’nomazmun bilan boyib bormoqda. 


29 
Qadriyatlar haqida gap borganda, mintaqaviy qadriyatlar ham inobatga 
olinadi. Mintaqaviy qadriyatlar hududi, tarixi, iqtisodiyoti, madaniyati, dini, tili, 
urfodatlari va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatiga xizmat qiladigan 
tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi. 
Umuminsoniy qadriyatlar – odamzod uchun, kishilik jamiyati uchun eng 
qadrli bo‘lgan narsalar, hodisalar, faoliyat va boshqalarning umumijtimoiy qadrini, 
ahamiyatini ifodalash maqsadida qo‘llaniladigan tushunchadir. Umuminsoniy 
qadriyatlar kategoriyasining mazmunini to‘liq anglab etish uchun, avvalo, 
umuminsoniylik tushunchasining ma’nosini bilmoq zarur. Umuminsoniylik 
deganda odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar, obyektiv va subyektiv holatlar, 
xususiyatlar, shartsharoitlar va boshqalar tushuniladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar deganda, umumjamiyat, butun insoniyat uchun 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, insoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va 
kelajagini, yashashning asosiy yo‘nalishlari, qonunqoidalari, talab va tartibotlarini, 
odamlarning eng azaliy orzuumidlari va g’oyalarini o‘zida aks ettiradigan 
qadriyatlar nazarda tutiladi. Butun insoniyat uchun umumiy foydalanish imkonini 
beradigan universal texnologiyalar, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil etish, 
kosmonavtika, kibernetika, axborot texnologiyalari umuminsoniy qadriyatlar 
jumlasiga kiradi. Umuminsoniy qadriyatlarga madaniyat, ma’naviyat, fan, din, 
san’at, huquq, siyosat, ijtimoiy ong shakllari bilan bog‘liq yutuqlar, kashfiyotlar, 
yaratilgan boyliklar, ma’naviy kamolotning yo‘nalishlari, vositalari kiradi. Inson, 
uning hayoti, yaxshilik, go‘zallik, adolat, haqiqat, erkinlik, tenglik, do‘stlik, 
muhabbat, baxtsaodat va hokazolar umuminsoniy qadriyatlarning eng oliysi, ideal 
qadriyatlardir. 
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida madaniyatning milliy o‘ziga 
xosligini saqlash dolzarb muammolar jumlasiga kiradi. Negaki, ko‘p hollarda 
dunyoda sodir bo‘layotgan globallashuv, iqtisodiy va siyosiy modernizatsiyalashuv 
jarayoni ta’siri ostida dunyo standartlashish va birxillashish tomon bormoqda, milliy 
o‘ziga xoslik, milliy madaniyatga xos jihatlar yo‘qolib ketadi, degan 
fikrmulohazalar ustunlik qilishga harakat qilmoqda. Amaliy hayot esa bunday 
qarashlarning asossiz ekanligini ko‘rsatmoqda, inkor etmoqda. Aksincha, hayotiy 
tajribalar ko‘rsatmoqdaki, xususan, milliy belgilarning xilmaxilligi jahon 
madaniyatining barqarorligini va rivojlanishini ta’minlamoqda. 
Hozirgi taraqqiyotning tendensiyasi madaniyma’naviy merosning roli va 
ahamiyatini qayta anglashdan, milliy an’analarni hozirgi hayotga faol qo‘llashdan 
iborat. Bu muammo ayniqsa O‘zbekiston uchun nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. 
Negaki, mustabid sovet hokimiyati davrida o‘zbek xalqining milliy madaniyati, 
ma’naviy merosi poymol qilindi, ularni unutish, ona tilimiz – o‘zbek tilini 
qadrsizlantirish yo‘li tutilgan edi. Bu davrda madaniyat mafkuralashtirildi, 
kommunistik mafkuraga mos kelmaydigan tomonlari yo‘q qilindi, turli fikr 
yuritishlar inkor etildi, ong ustidan hukmronlik qilindi, asrlar davomida shakllangan 
an’anaviy axloqiy va estetik qadriyatlarga eskilik qoldiqlari sifatida qaraldi. 


30 
Shu boisdan O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan 
boshlab, jahon madaniyatining tarkibiy, ajralmas qismi hisoblangan, ajdodlarimiz 
tomonidan yaratilgan milliy madaniyma’naviy merosimizni tiklash yo‘lidan bordi. 
Bu yo‘l O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
Istiqlol yillarida O‘zbekistonda madaniyma’naviy merosni tiklash va yanada 
rivojlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu milliy ongning o‘sishida muhim 
ahamiyatga ega. Madaniy merosning tiklanishi quyidagi muhim jihatlarda namoyon 
bo‘lmoqda: 
– xalqimizning qadimiy madaniyma’naviy merosiga, qadriyatlari va 
ideallariga qayta nazar solish, yangicha anglash, tiklashning zarurligi va muhimligi 
e’tirof etildi; 
– merosimizni tiklashga saralash nuqtayi nazardan yondashildi, milliy 
madaniyatning umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan, jamiyatimizni yangilash va 
insonparvarlashtirishga xizmat qiladigan eng muhim, ahamiyatli yutuqlari, jihatlari 
tiklanmoqda; 
– keng xalqaro aloqalar rivojlanmoqda, umuminsoniy qadriyatlarga 
uyg‘unlashib borilmoqda; 
– o‘z tafakkuri bilan mustaqillik ruhini belgilab beradigan ziyolilarning yangi 
avlodi shakllanmoqda; 
– shaxs va ijtimoiy ongda yangicha dunyoqarash, gumanistik tafakkur 
shakllanib bormoqda. 
So’nggi yillarda mamlakatimizda umuminsoniy demokratik qadriyatlarga 
mos fuqarolik jamiyati shakllantirilmoqda. Imom alBuxoriy, Imom atTermiziy, 
Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Ahmad alFarg‘oniy, Amir Temur, 
Burxoniddin Marg‘inoniy, Moturudiy kabi ko‘plab, nafaqat bizning milliy 
madaniyatimiz, balki butun jahon sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo‘shgan 
buyuk ajdodlarimizning nomi, xayrli ishlari o‘z o‘rnini topdi, ularning unutilgan 
asarlari nashr etildi, etilmoqda. Xalq qahramonlari, buyuk shaxslar nomlari oqlandi, 
ular xotirasini namoyon etuvchi yodgorlik majmualari, haykallar bunyod etildi. 
Milliy madaniyatimizning tiklanishida madaniyatshunoslik muhim o‘ringa 
ega. Aynan shu fan madaniyma’naviy sohalardagi unutilgan qarashlarni, 
zo‘ravonlarcha poymol etilgan qadriyatlarni aniqlash, qayta tiklash va yangi 
ma’nomazmun bilan boyitish kabi faoliyatga ko‘maklashadi. 
Madaniyatning nazariy muammolari va tarixiga umuminsoniy qadriyatlar 
nuqtayi nazardan, har bir davr va har bir xalq madaniyatiga hurmat nuqtayi nazardan 
yondashuvchi madaniyatshunoslik fani «madaniyatlararo muloqot»ni amalga 
oshirishga, gumanistik g‘oyalarning uyg‘onishiga yordam beradi. Bu jarayonda 
ta’limtarbiya sohasi muhim rol o‘ynaydi. 
Ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashib borishi 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotining muhim yutug‘idir. Negaki, 
amalga oshirilayotgan islohotlarimizning pirovard natijasi iqtisodiyotga, davlat 
boshqaruviga, jamoat tashkilotlari va boshqa sohalarga qanday mutaxasislarning 


31 
kelishiga bog‘liq, albatta. Shu boisdan bugungi kunda talabalarimizning madaniy va 
ma’naviyaxloqiy saviyasi o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Xususan, Oliy ta’lim 
muassasalari oldidagi asosiy vazifa, bitiruvchilarni ijtimoiy hayotning mustaqil 
subyekti sifatida shakllantirishga erishishdir. Buning mazmuni shundan iboratki, har 
bir bitiruvchi siyosiy, ma’naviyma’rifiy, axloqiy, iqtisodiy, dunyoviy va boshqa 
sohalarda mustaqil, tushunib yetgan holda qarorlar qabul qilishga yetilgan bo‘lishi 
zarur. Talabalarda bunday malakalarni shakllantirishda madaniyatshunoslik fani 
muhim o‘ringa ega. 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
madaniyatshunoslik 
yangicha 
fikrlashni, 
insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantiruvchi fan sifatida 
O‘zbekistonning milliy tiklanishida, ta’limtarbiya tizimida muhim rol o‘ynaydi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling