Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet19/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Majmua

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011.

  2. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008.

  3. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  4. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991.

19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001.
20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995.
21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997.
Internet sayti:

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.google.ru

  3. www.fikr.uz


Amaliy mashg’ulot
8-Mavzu: Non – yashash omili
Reja:
1.Non qadri bilan bog’liq pandnomalar
2.Non bilan bog’liq urf odatlar
3. Non bilan bog’liq rivoyatlar
4.Non bilan bog’liq maqollar
Ishning maqsadi: Non qadri bilan bog’liq pandnomalar, urf odatlar, rivoyatlar, maqollar haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash.
Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari.
Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
O’zbek xalq tarbiya an'analari orasida nonning ahamiyati, kishilar hayotida tutgan o'rni, bir so'z bilan aytganda, NON QADRI bilan bog'liq pandnomalar alohida o'rin tutadi. Non qadri tushunchasi xalq nazdida zamin, ona yer, koinot, mehnatga munosabat, insonsha'ni bilan chambarchas bog'liq holda -keladi.Bu tushuncha nonning asosi—yerni tayyorlash, urug' tanlash,
omoch-bo'yinturuq, ho'kizlarni yoxud tegishli texnikani tobiga keltirish, yerga urug' qadash, hosilni kuzatish, yomg'ir, suvga munosabat, yig'ib-terib donni yanchish, ajratish, tortib unga aylantirish, yopish kabi bir qator muammo-jarayonlarni o'z ichiga oladi. Ushbu o'rindaularning har biriga alohida-alohida to'xtalishga imkoniyatimiz yo'qligidan birgina «non qadri» bilan bog'liq xalq tarbiyasining sahifalari. haqida fikr yuritamiz. Non shunchaki dasturxon bezagi emas, qolaversa, hayotbezagi, turmush mazmuni, yashash manbai, axloqiy, jismoniy, mehnat tarbiyasining boshlanishidir. Nonsizhayotning o'zini tasavvur etish qiyin va mushkul. SHuboisdan ham avlod-ajdodlarimiz nonni muqaddas bilganlar, uning sha'niga qo'shiq va dostonlar to'qiganlar. Yerda nonning kichik bir uvog'ini ko'rsak, egilibolib darrov ko'zimizga surtishimiz, ehtiyotlab pokiza joyga qo'yishimizning va boshqalarni bunga da'vat etishimiz boisi ham nonga bo'lgan buyuk muhabbatimiz, e'tiqodimiz va'uni. tarbiyaning asosiy qismlaridan biri, deb bilishimizning natijasidir. . «Non kechamiz, bugunimiz.-ertamiz», — deb ta'kidlashgan- ota-bobolarimiz qadim-qadimlardan. Ha, onalar sutining oqligi-yu ta'mi, otalar yuzining nuroniyligi va belining baquvvatligiyu go'daklar tabassumi vatarbiyasi dastavval NONdan. YUrt go'zalligiyu turmushchiroyi, avlodlar taqdiriyu kelajak istiqboligacha anashu mo''jazgina muqaddas nom— NONga bog'liq. G'allaning bir boshog'ini ham yerda qoldirmasdan(uni yetsshtirish uchun qanchalar ter to'kishni, aql-idrok va farosatni ishga solishlikni dehqon yaxshi biladi-da!) terib olish, un ustida o'tirishni taqiqlash, nonni otmaslik, yerga tashlamaslik, non yeyilgan dasturxonni ko'ringan joyga emas, oyoq osti bo'lmagan toza, holiroq joyga qoqish, hayvonga non berishni, og'izni nongaartishni o'ta odobsizlik va gunoh deb bilib, uni qat'iyman etish, qolgan-qutgan nonni quritib talqon qilibolish kabi qanchadan-qancha odatlar ham xalqimizningnonni haddan ziyod e'zozlashi oqibat-natijasidir. Ha, mehnatkash xalq azaldan o'z peshona teri bilan bunyod etgan nonni shon-sharafga burkab, uni hatto balo-qazolardan va g'ayri-tabiiy ins-jinslardan, tasodifan yuz berishi mumkin bo'lgas fojialardan saqlovchi sirli mo''jiza deb bilib, unga sig'inadi, unga ixlosda bo'ladi. Bu ijtimoiy, hayotiy-maishiy ehtiyoj vatarbiyadan kelib chiqqan bo'lib, haqiqatan ham nojiyason uchun doimiy hamroh hamma vaqt inson odob-axloqi, tarbiyasi qay darajada ekanligini ko'z-ko'z qiluvchi noz-ne'matlarning aslidir. Mana, juda qadim-qadimlardan (hatto, islomdanming-ming yillar oldin deyish mumkin!) davom,etibkelgan, zamonu zaminlar, avlodu-ajdodlar uchun hamnamuna bo'ladigan tabiatning bebaho ehsoni, inson kashfiyotlari ichida eng buyugi bo'lmish NON bilan bog'liq xalq udumlari, urf-odatlari, qadriyatlari va tarbiyasidan ayrim qatralar:
... «Nuridiydam — bolamga ins-jins ziyon-zahmat yetkazmasin», — deb, ONAlar o'z go'daklari yostig'i ostiga NON qo'yganlar, Otalar o'g'l.ini o'zga yurtga safarga otlantirayotib, oq yo'l tilab fotiha berar ekanlar, «balo-qazodan saqlaydi»? degan ma'noda farzandlarining qo'llariga bir sidim ona-yer tuprog'i bilan NON tutqazganlar, CHAVANDOZlar uloq-ko'pkari boshlanishi oldidan belimga madadkor bo'lsin, iymonimni butun qilsin, deb bellariga butun NON tugib olganlar. ... Ovchilar ovga borganda vahshiy hayvon botinib hujum qilmasin degan maqsadda qo'yinlarida NON saqlaganlar yo'lga chiqqan yoxud yog'iyga otlangan bahodirga ota-onalari yoki suyukli yorlari NON tishlatib qolganlar, maqsadki, go'shaga sihat-salomat beshikast qaytsinlar. XASTA BEMORNI KURISH, hol-ahvol so'rash birinchi navbatda tandiriy NON bilan bo'lgan.
KEKSALAR — hoh ayol, xoh erkak—ziyoratlari yangi yopilgan NON bilan boshlangan.-MEHMON oldiga eng avval NON qo'yilgan. Noni borni UQ-YeI OLMAS, degan aqidaga amal silingan holda suvoriylar qo'yniga kamon, o'q bilan birga NON qo'yilgan. MIROB boshiga NON qo'yib, suv poylagan. Homilador ayolning ko'z yorishi mushkullashib, chaqaloqning kelishi ga qiyinlashsa, NON hidlatilgan.Kelin-kuyovlar NON bilan kuzatilgan. Dehqon don yetishtirish_nashidasi bilan band ekan, u bilan NON hamroh bo'lgan. Xullasi kalom,sayyoh safarda, dehqon dalaga qo'sh chiqarganda, cho'pon otarga jo'naganda, bog'bon navro'zi ayyom kelishi bilan oq bog' parvarishiga kirishganda, cho'lquvar cho'lga otlanganda, olim muammolar ustida bosh qotirib tunni tongga ulaganda, farzand maktabga borganda aziz NON unga hamrohu hamdo'st bo'lgan. Non — davo: Milklar qochib, tishlar bo'shasha boshlasa ota-bobolarimiz qotgan nonni chaynatishgan. Yara fasodlana boshlasa tabiblar qotgan non bilan birga qo'y yog'idan olingan jizzani yanchib qo'yganlar, Fasod ketib, bemor tuzalib ketgan.Qadimgi tabobatga ko'ra, sariq kasaliga duchor bo'lganlarga anor sharbatiga botirilgan qattiq non yedirganlar. Biron-bir yoqmagan yoxud achigan ovqatni yeb qo'yib,ich buzilsa (ich ketsa, yurak burug'ga uchralsa), kunda-uch mahal qotgan non yeb, orqasidan qatiq ichilsa, bemor tuzalib ketadi. Dono xalq aytishicha, nonni sutga botirib yeyish peshob achishiga barham beradi.
Xalq tabobatida kepakdan tayyorlangan xirish nonni qand kasaliga parxez sifatida berilgan Oqil bobo aytadi: Qattiq shamollab, grilpga duchor bo'lgan kishi piyoz to'g'rab, qalampir sepib iylangan qagiqqa nonni botirib yesa, g'ar-g'ar» terlatadi, o'ranib yotib bir uxlab tursa kishi tetiklanib, o'rnidan turib ketadi. Oqil bobo yana aytadi: Navro'z arafasi va navro'zi olam kunlarida «ilik uzildi» davri ham boshlanadi. Buada kuch-quvvat dovdaraxtga, giyohlarga o'tadi. Mana shunday paytda nonni sumalakka tekxizib yeyish yoki yalpiz, sho'ra, beda, otquloq, chumchuq tili, jag'-jag', chumchuq ko'z, ermak, machin, limoyut, ismaloq, kovrak, rayhon, ko'kpiyoz, kashnich, tok bargi, ukrop, jambil, shavil kabi tabobat mo''jizalari — giyohlardan terib, yaxshilab yuvib, tozalab, chopib, yog'da qovurish, so'ng hamirturushli xamirga qorishtirib non yopib iste'mol etlsh yoxud ko'k osh, ko'k somsa, ko'k tokoshi qilib yeypsh kerak. Bunda ko'kpatir alohida ahamiyatga ega. Qon bosimi ortganda, asablar iztirobga tushganda xamirturushni iliq.suvda eritib ichish davo.Non birgina yemishgina emas,. balki shifo ham, da’volarning davosi parhezdir. Shuning uchun ham bu bebaho boylik hamma davrlarda e'zozlangan...Oqil bobo aytadi:
... Qadim-qadimlardan xalq odobnomasi, odatnomasida non bilan qarg'anish va nonni o'rtaga so'yib qarindosh-urug'chilik aloqalarini o'rnatishlar alohida o'rintutgan: «Non ursin!», «Non deb kesak tishlagin!» «Qorning aslo nonga to'ymasin!», «Bu ahvolda birov senga bir burda non bermaydi», «Nontepki», «Nonko'r», «Non ko'r qilgur!» kabi qarg'ishlar qanchalik dahshat bo'lsa, «Nondek aziz bo'l1», «Qo'yningizda noningiz bo'lsa, belingiz baquvvat bo'ladi», «Birga non tishlab katta bo'lganlar ayrilmas», «Non do'st» kabi olqishlar, iboralar borki, ularning har birinipg tag-zaminida olam olam ma'nolar bor. Non o'tmishda ham, hozirda ham bayram-sayllarning ko'rki, bezagi va asosiy madadkoru quvvati bo'lgan. Non — to'kinlik, farovonlik, ahillik, birodarlik, odamiylik, qadr-qimmat, samimiyat ramzidir. Dono halqimizda to'ydan oldin «Non yedi» deb ataluvchi bir udum bor. Birinchi qadam bayramida non bilan bog'liq odat bor bo'lib, u bag'oyat hayajonli va qiziqarlidir. Yesh oila durish. belgisi sifatida non ushatilgan va h. k. Ha, NON ana shunday tabarrukdir, inson borki, u bilan kechayu-kunduz, yo'lda-yu cho'lda, yerda-yu suvda ham, shodiyona, g'amgin kunlarida ham, bayram-sayllarda ham birga. Suvsiz hayot bo'lmaganidek, havosiz inson yashay olmaganidek, kerakli tarbiyasiz taraqqiyotga erisha olinmaganidek, NONSIZ HAYOTNING O'ZI YUQ. Zarrada quyosh, tomchida dengiz aks etganidek, bug'doy donasida, non uvog'ida ham hayot aks etadi. Shuning uchun ham donning har boshog'ini ham, nonning kichik bo'lagini ham muqaddas bilib, uni asrash-avaylash, isrofgarchiligiga yo'l qo'ymaslik har birimizning qalb amrimiz, vijdon va or-nomusimiz, axloqiy-tarbiyaviy kamolatimiz belgisi bo'lmog'i lozim. Insonlik qiyofa- sini yo'qotgan, imoni, vijdoni, or-nomusidan ayrilgan, inson degan ulug' va mag'rur nomga noloyiq kishigina
nonning qadriga yetmaydi, non isrofgarchiligiga yo'l qo'yadi, unga befarq qaraydi. Xalq nonnomasi — odobnomasining sahifalari ana shunday zarur, hayotiy xulosalarga, ibratli pandu nasihatlarga nidoyatda boy.Buni quyidagi xalq og'zaki ijodi asarlarida yana bir bor ko'rishimiz mumkin. Naql qiladilar: «Yeg'iy bostirib kelayotganidan xabar topgan hukmdor maslahat solibdi. Shunda vazirlardan biri kelgindilarni shahar ichkarisiga qo'ymay, yo'ldayoq daf. etishni maslahat beribdi. Podsho dushman yo'liga chiqishni amr etibdi. Ziyod ota degan bir dehqon bobo o'g'lini ona yurt jangiga otlantirar ekan, uning qo'liga bir siqim tuproq va bir dona non tutqazib,
shunday debdi: — Ug'lim; manavu tuproq onangni xokidan, non esa o'zim' yetishtirgan bug'doydan. SHular qo'yningda ekan, seni dushman o'qi olmaydi, urushdan omon chiqasan.
Ikki orada qattiq to'qnash bo'lib, har ikki taraf ko'p talofat ko'ribdi. Ziyod otaning o'g'li yog'iyga aralashib ularni boplab adabini berar emishu, uning o'zini hecham o'q olmasmish. Bir payt bosqinchi dushmanlarning qo'li baland kela boshlabdi. Podsho urushni to'xtatishni buyuribdi. Ikki tomon ikki tarafga ayrilib- di. SHunda podsho Ziyod boboning o'g'lini huzuriga chaqirtirib:
— Ey yigit, bahodirlarimning ko'plari qirilib ketdi. Sen bo'lsang, yog'iyning behisob qo'shini orasida aralash-quralash bo'lib yurdingu-seni o'q olmadi. Buning sababi nimada? — deb so'rabdi.
Yigit otasi bilan bo'lgan voqeani aytib, qo'ynidagi non bilan tuproqni ko'rsatibdi. Podsho tezda har bir suvoriyga ikkitadan non tortishni buyuribdi. «Nonning birini yesin, ikkinchisini beliga tugib olsin!» deb amr etibdi. Podshoning buyrug'i bajo keltirilibdi. Ertasiga karnay-surnay tortilib, yana jang boshlanibdi. Yeg'iy o'qi hech kimga kor qilmabdi. Yengilishini bilgan bosqinchilar kelgan tomoniga qarab qochib qolibdi. Non va bir siqim yurt tuprog'i mo''jiza bo'lib, el-yurt omon qolibdi. Ziyod boboning donoligiga qoyil qolgan podsho uni o'ziga o'ng qo'l vazir qilib olibdi»’. «Noni borni o'q olmas» degan xikmat ana shundan qolgan ekan'. YAna bir rivoyat. «Qadim-qadimlarda bir tashlapdiq kulbada kampir bilan uning o'g'li yashar ekan. Yigit o'tin terib sotar, puliga zo'rg'a tirikchilik o'tkazar ekan. Kunlardan bir kuni ularning uyida ikkita ilon paydo bo'lib qolibdi. Bola bilmasdan ilonning byrini o'ldirib qo'yibdi. Shundan keyin tirik qolg'an ilon unga hecham kun bermay qolibdi. Bola qayerga borsa o'sha yerga borib, uni kuzatib qarab turarmish. Ona-bola nima qilishni bilmay qolishibdi. Onasi o'ylab-o'ylab bolasini qo'ychivonlarga qo'shib toqqa yuboribdi. Podani yetaklovchi sarkor echkining shoxiga o'ralib ilon ham jo'nabdi. Buni bola payqamay qolibdi. Ammo otardayam bola nimalardandir qo'rqib, hadiksirab yuribdi. Qo'ychivonlarning bobokaloni boladan qo'rqib yurishining boisini so'rabdi, u bo'lgan voqeani aytib beribdi. Bobo echki shoxidagi ilonni ko'rgan bo'lib: «Bu bejiz kelmagan, ilon biron kishidan o'ch oladi-ku», deb ko'ngliga tugib qo'ygan ekan. Bolaga qarab: «Sen aytgan ilon shu yerda. U o'q ilon ekan, buning ustiga sen uning juftini o'ldirib qo'yibsan; Uzini qurbon qilsayam sendan o'ch olmay qo'ymaydi. Endi gapimga quloq solib, aytganimni qilsang, o'lmay qolasan. Qo'ling- ga non bilan ketmon olasan-da, ilonga ro'baro' bo'lasan. U bor kuchi bilan senga tashlanadi, ketmonni teshib o'tadiyu nonga qolganda botinolmaydi. Non ulo'g', ilonni ham daf eta oladi»,— debdi. Bola boboning aytganlarini qilibdi. Ilon o'qdek otilib ketmonni teshib o'tibdiyu NONni ololmabdi, o'zini yerga otib parcha-parcha bo'lib ketibdi. Non tufayli bola omon qolibdi».«Ilon zaharini non daf etar — odam zaharini odam»„—deganlari shu-da uni ham alohida e'tirof o'tish kerakki, don yetishtirish va non tayyorlash, umuman don-nonga munosabatda mehnatkash xalqning hayot va inson, mehnat va burch, hurmat va e'tiqod borasidagi dunyoqarashi, mehnat, bunyodkorlik va hayotiy tajribalari, axloqiy va aqliy kamolat haqidagi pandu nasihatlari kabi axloq va odob hamda boshqa qator masalalar bo'yicha ma'naviy qiyofasi namoyon bo'ladi. Shu jihatdan xalq donishmandligining yana bir sahifasi maqollar orasidagi dehqonchilik san'ati, bobo dehqon mehnati, don ta'rifi va non madhiga bag'ishlanganlari juda xarakterlidir. «Nonning nomi ulug', nomidan ham o'zi ulug'», «YUzimni qizil qilgan qizilim, ichimni toza qilgan qimizim», «Er qadrini tug'ishgan bilar, non qadrini yetishtirgan», «Non qadrini nonvoy bilar», «Yer qadrini bilmagan, non qadrini bilmas», «Nonni ko'z qorachug'idek saqla, dehqonning mehnatin oqla», «Dunyoda non dsidan ham yoqimliroq is yo'q, dehqon mehnatidan ortiqroq mehnat», «Nonga — e'tibor, elga e'tibor» kabi maqollar shular jumlasidandir. Mana bu maqollar ham elu xalqning nonga bo'lgan e'tiqodi, hurmat-izzatini bildiradi: «Non ham non, uvog'i ham non», «Non qadrini och bilar, kiyim qadrini yalang'och», «Podsholikdan tushsang novvoylik qil», «Nonni tepgan ko'r bo'lar, bir ushoqqa zor bo'lar», «Non yemoqchi bo'lsang o'tin tashishdan erinma» va hokazo kabilar. «Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqning siymosini ko'raman» degan iborani e'tnborda tutsak, yuqoridagi maqollarda ham o'zbek xalqining ma'naviy qiyofasini, xususan, uning nonning ijtimoiy-siyosiy hayot hamda inson tarbiyasi va taqdiryda tutgan o'rni, kishilarning ijtimoiy munosabatlari, axloqiy normalari va e'tiqodlari borasidagi dahosi aks etganining shohidi bo'lamiz. Non haqida faqat teran mazmunli maqollargina yaratib qolmasdan, u haqda topishmoqlar yaratiladi, ertak va dostonlarda nonning inson hayotiga nechog'lik kirib borgani, xalqning topqirligi, zukkoligi va nonga e'tiqodini ko'rish mumkin.
Mushtladim, mushtladim
Joni yo'q.
Uzib-uzib oldim
Qoni yo'q.
Olosda qizarib,
Qon kirdi,
Tatib ko'rgan edim,
Jon kirdi.
O'l otgandim uyiga,
Quruqchikdi qo'limga.
Sovuq edi otganda,
Issiqchik,di olganda.
Erta turib ko'rasan,
Tushga borib ko'rasan,
Kechga yaqin ko'rasan,
Kunda-shunda ko'rasan,
Havo desam xavomas,
Hayot desam ravomas,
Suv desam gar suv emas,
Yosh-qariga kerak u
Ayting, nima ekan u?
Inson va jamiyat uchun bag'oyat zarur va hayotiy masala—non masalasida qat'iy va lo'nda xulosalar ifodalangan bunday maqollarning va topishmoqlarning boshqa xalq ijodi namunalari kabi katta-kichiklar tarbiyasida ahamiyati katta, albatta. Zero, ota-ona va bolalar o'rtasidagi oqibat, burch,insonlar orasidagi hurmat, sadoqat va muhabbat, kishining jamiyat va insonning oldidagi mavqeiyu qadr«qimmati, jumhuriyat mustaqilligiga munosabat, ozodlikka, tinchlikka, idealga ihlos, insoniylik qiyofasi ana shu hayot mo''jizasi NONga qay darajada munosabat» bilan ham. belgilanadi. Shu jihatdan, 85 yoshlar usta Usmon otadan yozib olganimiz «Qarz» afsonasi juda xarakterlidir. «...Utgan zamonda bir kishi o'tinchilik qilar ekan, har kuni daladan tergan o'tmnini sotib, uping puliga to'qqiz dona non olar ekan. Bir kuni nonvoyning shogirdlari «Shu kishi hamisha to'skiz dona non oladilar, bitta kam yoki ikkita ortiq ham emas, sababini bilib bersangiz» deyishibdi. Nonvoy rozi bo'lib, Hasandan nima uchun har kuni to'qqizta non olishi sababini so'rabdi. Hasan javob bermabdi. U ertasiga kelganda nonvoy: «Hamma nonlarimni talab ketishdi. Senga zo'rg'abeshta olib qoldim», — debdi. Hasan: «Bular menga yegmaydi», — deb nonni olmabdi. Hasan indiniga kelganda nonvoy unga o'n bitta non beribdi. Hasan: «Ikkitasi ortiq, isrof bo'ladi»—deb nondan ikkitasini qaytaribdi. Hasan yanagi gal kelganda esa nonvoy: «Nonlarni sotib tugatdim, senga olib qolmadim»,— debdi. Keyin: «Agar har „safar nnma uchun to'qqizta non olishingning sababini aytib bersang, shogirdlarimdan bittadan olib, o'zimga olib qo'yganimdan uchtasini qo'shib, senga roppa-rosa to'vdizta non beraman»,—debdi. Hasan shunda nonvoyga yuzlanib: «Olgan nonlarimning ikkitasini qarzimga beraman, beshtasini esa qarzga beraman. Qolganini o'zimiz, ya'ni er-xotin yeymiz», — debdi. Nonvoy bilan shogirdlari bu gapning mag'zini chaqolmay rosa bosh qotirishibdi. Hasan: «Ikkita nonni qarzimga berishimning boisi shuki, ota-onam menga bolaligimdan non-tuz berib, katta qilgan. Ulardan qarzdorman. Har kuni ularga bittadan non berib, ana shu qarzimni uzaman., Uzimning esa beshta farzandim bor. ’ Ularga bittadan beshta non ulashaman. Vaqti kelib keksayganimda ular ham ishlab, ana shu qarzlarini uzadilar. Qolgan gaplar endi o'zlaringga ayon», — debdi. Hasanning dono so'ziga qoyil qolgan nonvoy har kuni sara to'qsiz nonni unga beradigan bo'libdi... »
Rivoyat mazmuni va ma'no-mantig'ini izohlab o'tirishga hojat bo'lmasa kerak. YANA NAQL QILADILAR. «Qadim zamonda bir dehqon otda ketayotib, beliga qistirib olgan nondan yemoqchi bo'lib, uni sindiribdi. Shu payt nonning bir uvog'i uchib yerga tushibdi. Haligi kishi otdan sakrab tushibdi-da, uvog'ini qidira boshlabdi. Qanchalik izlamasin, baribir non uvog'ini topa olmabdi. U jo'nab ke- tishi oldidan, odamlar bilmay bosib oyoq osti qilmasin, degan niyatda tuproqni uyub «Bu joyga non ko'milgan» deb yozpb qo'yibdi. Shu-shu non uvog'i o'rab qo'yilgan bu joy kishilar ziyorat qiladigan muqaddas tepalikka aylanib kegibdi» .
Bular — xalq ijodiga xos afsonalar, albatta ammo, bu xalq afsonalarining mazmuni chuqur va hayotiy bo'lib, ularda ota-bobolarimizning nopni ko'z nuri,dil sururi deb bilish, uni e'zozlash va ardoqlashi go'zal ifodalangan. Darhaqiqat, xalqimiz doimo noyaning kichik bir uvog'ini ham u hol qilmaslik, uni nobud bo'lishiga yo'l qo'ymaslikning harakatida bo'ladi, o'z badiiy asarlarida, odobnomasida qayta-qayta uqtiradi. Darvoqe, «Non ham non — ushog'i ham non» hikmati ham bejiz to'qilmagan. Xalqning o'z hayotida, ya'ni odatiy turmush tirikchiligida, katta-kichik tarbiyasida doimiy ravishda ana shu hikmatga amal qilishini ko'ramiz.
MASAL:
— Yaxshiyam sen borsan-a, yo'qsa men bunchalik kamol topmagan bo'lardim, — dedi HAYOT QUYOSHGA.
— Xato qilasan, sening go'zalliging-u kamolating mendan emas, boshqadan, — e'tiroz bildirdi QUYOSH.
— Bo'lmasa nimadan?
— NONdan. NON bo'lmasa, men qanchalik qalbim qo'rini sochmay sen bunchalik go'zalu ko'rkam bo'lib, yayrab-yashnamasding. Shu boisdan ham har qancha ta'zi mingni NONga qil! Seni ushlab turgan ana o'sha!
Kezi kelganda, non haqidagi boshdan-oyoq odob, ta'lim-tarbiya bilan sug'orilgan donishmandnamo asarlar, pedagogik fikr-mulohazalar aks etgan namunalar qanchalik xilma-xilligini boshqa janrlar timsolida ham ko'rish mumkin. Buning uchun tarixiy shaxslar — adabiyot, san'at va fanning ulug' allomalari haqidagi afsonalar va naql rivoyatlarga nazar tashlash kifoya. Darvoqe, Urta Osiyo, shu jumladan, o'zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan aziz-avliyolar, tarixiy shaxslar—allomalarga atalgan afsonalarda ham xalqimizning non bilan bog'liq hayotiy tushunchalari, munosabati va dunyoqarashi, ya'ninuqtai nazari har tomonlama chuquraks etganligini ko'ramiz. Masalaning diqqatga sazovor tomoni yana shun- daki, bunday asarlarda xalq ijtimoiy hayotdagi eng yaxshi ezgu ishlarni, kishilar shaxsidagi olijanob xislat-fazilatlarni mehnat, dehqonchilik, don yetishtirish va aniqrogi, don, non va unga qay darajada munosabatda bo'lish bilan bog'laydi. Nonga munosabat kishilardagi odamgarchilik va insoniylikni ro'yobga chiqaruvchi bir mezondir. Nonga bo'lgan muomala orqali har qanday insonning ma'naviy qiyofasini, ichki dunyosini, odamiy yoxud uning yksilinsoniy tomonlarini, bilib olish qiyin emas. Shu jihatdan ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq ushbu afsona xarakterlidir. «... Alisher Navoiy qo'shni mamlakatlardan biriga sayohatga chiqibdi. Shahar ko'chasida.n o'tib ketayotib, ko'zi bir ayolga tushibdi. U eshik oldidagi supada yig'lab o'tirgan emish. Navoiy undan:
— Hoy singil, nega bunchalik iztirob o'tida yonyapsiz? — deb so'rabdi. Ayol javob bermabdi. Navoiy yana savol qilibdi. Shunda haligi ayol:
— E, yo'lovchi, nimasini aytasiz. YAxshisi siz so'ramang, men aytmay, — debdi-da, yig'lashda davom etaveribdi. Navoiy:
— yig'ingizning boisini ayting, balkim yordamim tegib qolar, — debdi.
— Qo'ymadingiz, qo'ymadingiz,— debdi ayol. — Ha, mayli, aytsam aytaqolay. Podshohimizning bir odati bor: o'zi dunyoga kelgan kuni tug'ilgan bola o'n beshga
kirdi. deguncha, uni o'ldirtirib yuboradi. Shu odatlari tufayli ne-ne bolalar bevaqt halok bo'ldi. Mening yakkayu yolg'izim ham ertaga o'n beshga to'ladi. Podsholikka bildirmaslikka qancha urinmay, ayg'oqchilar payqab qolib, podshohga xabar qilishgan ekan. Podsholikdan odam kelib «Ertaga o'g'ling o'n beshga to'ladi, olib ketamiz», deyishdi. Uzim yemay-yedirgan, kiymay-kiydirgan nuridiydamning kuni bitdi, podsholikdan tirik qaytishiga hecham aqlim yetmaydi. Qanotidan qayrilgan lochin ucholmaganidek, bolamdan ayrilib qolgan kunim mening ham o'lganim. Men yig'lamay kim yig'lasin, Ayolning gapi Navoiyga qattiq ta'sir qilibdi. U bolani qutqazishga, podshoning bu yaramas odatidan butunlay qaytarishga ahd qvdibdi.
— Xafa bo'lmang, singlim, — debdi ayolga qarab,—bir ilojini toparmiz. Hozir o'g'lingiz qayerda?
— Uyda yotibdi, — javab beribdi ayol. Navoiy:
— Meni uning oldiga olib kiring,— debdi. Ayol Navoiyni ergashtirib uyga kiribdi. Bularni ko'rib, bola o'rnidan turibdi-da, kelib odob-tavoze bilan qo'lini ko'ksiga qo'yib, ta'zim ila Navoiyga salom beribdi. Navoiy alik olgach, bolaning odobiga Qoyil qolibdi-da, bir chekkaga imlab qulog'iga shunday debdi:
— Bo'tam, onang o'z sutidan xagchir qorib tandirda senga ikkita kulcha yopib bersin. Bola hayron bo'libdi. Nima depishini bilmay qolibdi. Buni ko'rgan Alisher Navoiy:
— Bo'tam, mening deganlarimga hayratlanma, bor-da, aytganimni qpl, gapimning ma'noeini keyin anglaysan, — deb ishongiribdi bolani. Qeyin shoir «Men kechroq qaytaman», — deb uydan chiqib ketibdi. Bola Navoiy aytgan gaplarni onasiga yetkazibdi. Ona «Bu gapda
hikmat bordir», deb o'z sutiga xamir qoribdi, undan ikkita kulcha tayyorlabdi. Kulchalarni tandirda yopib bo'libdi hamki. Alisher Navoiy kirib kelibdi.
Shoir:
— Bu kulchalarni qo'yningga solgin-da, saroyga bor, Podsho seni o'limga hukm qiladi. Sen qo'rqma. Odat bo'yicha u hukmni ado etish oldida sendan: «Ulyming oldidan oxirgi iltimosingni ayt, bajaraman», deb so'raydi. SHunda sen: «Sultonim, shu kulchani yesalar», deysan-da, kulchadan birovini podshog'a uzatasan, Podsho olmaydi. «Meni o'ldirmoqchi bo'lib, kulchaga zahar qo'shgan bo'lsang-chi», — deb qahr-g'azabga keladi. Shunda sen dadil: «Mana, kulchaga zahar qo'shilganmi-yo'qligini ko'ring», — deysan-da, kulchany teng ikkitaga ushatib, yarmini o'zing yeysan. Qeyin podsho xam noiloj qolgan yarimtasini yeydi», deb tayinlabdi. Ertasi tong otibdi. Azon podsho ayg'oqchilari kelib, onanipg dodu faryodiga quloq solmay, bolani oldilariga solib olib ketishibdi. Bolani ko'rgan podsho:
— Men dunyoga kelgan kuni tug'ilgan ekansan, hozir o'lishing kerak. Ammo, taomilga ko'ra o'liming oldidan oxirgi tilagingni bajarishga va'da_ beraman. Ayt,—
Debdi.
— Marhamatingiz uchun rahmat, sultoni bokaram, debdi bola muloyimlik bilan oxirgi iltimosimni bajaradigan bo'lsangiz, mayli, aytay. Bola shunday deb, qo'ynidagi kulchalarning birini olib ikkitaga bo'libdi-da, bir bo'lagini podshoga uzatib: — Shu kulchana yesangiz, — debdi. Podsho g'azabga kelib: «Bu kulchaga zahar solingan»,— deb jallodni chaqiribdi. Shunda bola Navoiyning aytganini qilib, qo'rqmasdan: — Olampanoh, ko'rib turibsiz, kulchani ikkiga bo'lib, yarmini sizga berdim. Unga zahar qo'shilgan, deb gumon qildingiz. Mayli, avval men yeyman, zahar qo'shilgan bo'lsa, men o'laqolay. Bola shunday debdi-da, kulchaning yarmini yebdi. Qulchaga zahar qo'shilmaganini ko'rgan podshoning o'z va'dasini bajarishda boshqa iloji qolmabdi. Qulchaning qolgan yarmini yebdi... Buni qarang-a, podshoda o'zgacha his-tuyg'u paydo bo'lib, bolaga mehr uyg'ona boshlabdi. Uni shuncha o'ldiray dermishu, ammo hecham o'ldirgisi kelmasmish. Uylab-o'ylab oxiri: «Kel, — debdi podsho o'ziga-o'zi, — yonimda olib qolsam, podsholigimni talashmas», Podsho shunday deb, haligi bolani yonida olib qolibdi. Shu-shu podsho o'zi tug'ilgan kunda dunyoga kelgan bolalarni o'ldirtirib yuborish odatyni tashlabdi.
Hamma Navoiydan minnatdor bo'libdi...» Ana qarang-a, — degan edi o'shanda hikoyasini tugatgan Abrorxon ota, — ona suti bilan qorishgan non johil, odamxo'r podshoni yovuz odatdan qutultirib, yaxshilar qatoriga o'tkazdi. Haqiqatan ham har qanday kishini — u oddiy insonmi va yo podshohmi, yomonlikdan qaytarib, yaxshilikka chorlashda, do'st-birodarlashuvida ya’ni bilan ona sutidan ortiq vosita yo'q. Boshqa bir allomaga bag'ishlangan mana bu afsonaning mag'zini chaqing-a: Ibn Sinodan: «Qarilik bilan o'limning oldini olish mumkinmi?» — deb so'rab qolishibdi. Buyuk tabib javob berib debdi: «Kishi qirqdan oshganda uning ichki organizmlarida turli xil o'zgarishlar boshlanadi, iloji boricha unga yo'l qo'ymaslik lozim. Qarishning oldini olish uchun har kuni ertalab badantarbiya bilan shug'ullanish, so'ngra yaxshi kayfiyat va xushchaqchaqlik bilan bir dona xubzun tandurayni sovuq' suvda botirib iste'mol qilish, asalari bilan oshna bo'lish lozim. Buning ma'nosi shuki, ertalabki mashqdan keyin qir-adirda bitilgan qayroqi bug'doyning unidan yopilgan nonni tandirdan yangi uzilgad paytda sovuq suvga botirib yeyish, so'ngra uning ustidan bir qoshiq tog' asalini bir piyola suvga aralashtirib ichmoqdir. Kishi uchun eng og'ir xastalik—qarilikni o'ziga yaqinlashtirmaslikning birdan-bir davosi shu. Ulimga kelsak men unga javob topa olmadim».., Ulug' shoir va buyuk alloma bilan bog'liq yuqoridagi ikki afsonadagi (ulardan yana ko'plab keltirish mumkin) xalq falsafasining mag'ziga e'tibor bering. Bularda non, avval aytganlarimizdan tashqari, ona sutidek- mo''tabar va muqaddas hayotning ta'mi, inson salomatligi yo'lidagi dori-darmon sifatida ham ulug'lanadi. Haqiqatan ham, folklor asarlarida aytilishicha, kasalga chalingan ertak qahramonp non yegach, sog'ayib ketadi, yaralanib o'lim to'shagida yotgan doston bahodiri non sehri bplan tuzalib hayotga qaytadi. Hayotning o'zida ham, balkim bir vaqtlar, dori-darmonlar nihoyatda kam bo'lgan paytlarda bug'doy, un va nondan kishilar, xususan, farzandlar sog'ligida dori-darmon sifatida foydalanilgan bo'lishi mumkin. Chunki fanning aniqlashicha, «Non — oqsil, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar va to'qimalar manbaidir. Nonda o'rta hisobda 45 foiz uglevodlar bor. Bir sut oqada 500 gramm non iste'mol qilish organizmning oq-u sillarga bo'lgan ehtiyojini taxminan 1/3 hissaga qoplashi mumkin. U fosfor, kaliy va boshqa moddalarga juda boy. Non juda tez hazm bo'ladi. Uning ana shu xususiyatlari nonni dasturxonimizdagi asosiy muhim taomga aylantirgan» . Shunday qilib,. non nafaqat axloqiy, aqliy, mehnat tarbiyasida, balki kishi organizmi va salomatligi uchun eng zarur oziqalardan bo'lish bilan birga, mehmondo'stlik va birodarlashuv ramzi sifatida kishilarni yaqinlashtiradi, tarafma-taraflarni bprodarlashtiradi, kishilarni yashartirib, ularga uzoq umr ato qiladi, deb ta'lim berilgan. Ha, xalq hayotida non qanchalik qadrlansa, e'zozlanib-ardoqlansa, badiiy asarlarda shunchalik, hatto undan ortiq darajada ardoqlanadi, shon-shuhratga burkaladi. Mana bu rivoyatning ham ma'nosiga diqqat qiling: «... Hirotning sultoni shoir va hukmdor Husayn Boyqaro: «Dunyodagi eng yaxshi hidnp keltiring», — deb qolibdi. Quchoq-quchoq gul keltirishibdi, sulton «Yo'q!» debdi. Qalampirmunchoqni ro'baro' qilishibdi. Husayn. Boyqaro rad etibdi. Yer yuzidagi hamma xushbo'y hidli narsani muhayyo qilishibdi, sulton bo'lsa: «Men aytgan; bu emas», — deb turpb olibdi. Keyin: «Uch kun muxlagichida men aytgan narsani topib meni tuzatsalaring tuzatganlaring, bo'lmasa hammangni jazoga torttiraman», — debdi. Vazirlarg yima qilishini bilolmay o'ylayverib tozayam boshlari qotibdi. Husayn Boyqaro istagan hidnp topishga aqllari yetmay, oxiri Navoiyning oldiga borishib: «Sultonimiz aytgan hidni topib, bizni halokatdan saqlab qoling», — deyishibdi. Do'stining ko'ngli qenday hidni istaganini bilolmay Navoiyning ham boshi qotibdi. Dehqon bobodan so'ragan ekan, u: «YAngi yopilgan nondan olib boringlarchi, otam rahmatlik, dunyoda eng lazzatli va yoqimli hid— qayroqi bug'doy unidan yopilgan tandir nonning hidi bo'lib, hech qaysi is unga yetolmaydi, degich edi»,—deb maslahat beribdi. Navoiy xursand bo'lib, dehqon do'stining aytganini qilib, bir savat non yoptiribdi-da, saroyga yetib boribdi. Birpasning ichzda saroyga ajib yoqimli hid tarqab, barcha turg'onlarning dil qulfini yashnatib, ochib yuboribdi. «Rahmat, do'stim — debdi Husayn Boyqaro non»larni ko'rib, — ko'nglim yangi yopilgan non isini istagan edi, topib kelibsiz. Ha, yangi yopilgan nonning isidan ko'ra yoqimliroq is yo'q, shuni hidladimu xastaligim ham jinday yiroqlashdi». — Sultonim, rahmatni menga emas, manavu dehqon boboga ayting, ko'nglingiz xohishini, xastaligingiz da’vosini shu kishi topdi, — javob beribdi Navoiy. Husayn Boyqaro dehqonga boshdan-oyoq sarpo beribdi». Haqiqatan ham xalq naqlida juda to'g'ri aytilganidek, tandirdan yangi uzilgan nonning isidan ko'ra yoqimliroq is bo'lmasa kerak. Buni don yetishtirish uchun yerni tayyorlash, urug'ni sepish, donning unib chiqish oltinsimon boshoqlarning dengizdek chayqalib turishini,donni yig'ishtirib olib va yanchishdagi o'zgacha tarovatni, nonni tayyorlashdagi bag'oyat murakkab jarayonni o'z ko'zi bilan ko'rgan, boshidan kechirgan, his qila olgan, uni qadriga yeta olgan kishigina anglay olishi mumkin. Biz non haqidagi afsonalardan Toshkent oynai jahonida tashkil etilayotgan axloq-odob, bolalar tarbiyasiga oid ko'rsatuvlarda aktiv foydalanilayotganidan mamnunmiz. Haqiqatan ham xalq og'zaki ijodiga oid didaktik asarlardan nafaqat radio va televideniyadagi balki oliygohlar, maktab, bog'cha, yaslilarda olib boriladigan axloqiy mavzulardagi tadbirlarda, odobnoma darslarida keng qo'llanma bo'lsa, juda yaxshi natijalarga erishish mumkin degan fikrdamiz. Chunki bunday asarlar g'oyaviy jihatdangina emas, balki badiiy-emosional ta'sir kuchi, didaktik yo'nalishi, tarbiyaviy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Darvoqe, non yetishtirishning o'zi bir poeziya, poeziya bo'lganda ham kishi qalbini to'lqinlantiruvchi, hayajonga soluvchi, unga olam-olam quvonch baxsh etuvchi, insonni hayotdan mamnun bo'lishga, go'zallikni idrok eta bilishga, axloqiy poklanish, kamolatga erishishga undovchi, inson degan mag'rur nom bilan to'lib-toshgan poeziya! Men don va bunyodga keladigan non haqida o'ylar ekanman, folklor-etnografik ekspedisiyalarda bo'lganimda baxshilar ijrosida tinglaganim. an'anaviy dostonlar, so'zga chechan ertakchilar og'zidan eshitgani non haqidagi ajoyib xalq afsona va rivoyatlari, qanchadan-qancha donishmandnamo hikmatlar, non bilan bog'liq xilma-xil urf-odatlar, udumlar va rasm-rusumlar xotiramda qaytadan tiklanadi.Qani endi, Xalq nonnomasi odobi sahifalari aql-idrokni ishga solgan holda diqqat bilan chuqurroq varaqlansa, ulardagi eng yaxshi asarlardan ta'lim-tarbiya va targ'ibot-tashviqot masalalari borasida yanada kengroq, yanada unumliroq foydalanilsa, koshkiydi...
«BORGAN JOYIDA NONDEK AZIZU RIZQ-RO'ZLI BO’LSIN!»
... Nomi tilga olindi dil quvnab ketadigan go'zal Farg'ona vodiysining Chortoq qishlog'ida shu joylik K. M. bilan qo'shni qishloqlik B. V. larning nikoh to'ylarida bo'lishga to'g'ri kelib qoldi. Bir payt to'y oxirlay deb qolganda dillarni qytiqlovchi, CHortoq «Yer-yor» boshlanib ketdi. Bu kelinchakni quyovnikiga kuzatish boshlanganidan darak edi. Haqiqatan ham oradan unchalik ham ko'p yaqt o'tmasdan onaxonlaru, qiz-juvonlar boshdan-oyoq oq libosga o'ralgan kelinchakni asta yetaklab uy ichidan chiqishdi. Ayollardan biri oq matoga o'ralgan narsani kelinchakning boshi uzra tutib kelardi. Shu alpozda «Volga» mashinasiga o'tirishdi. Mashina qo'zg'alsa hamki boyagi ayol qo'lidagi narsavd Qilich akaning boshidan olmasdi.., Qishloq keksalaridan biri zimdan meni kuzatib turgan ekan, yonimga kelib: «Hayron bo'lmang, mulla uka, bu ota-bobolarimizdan qolgan bir udum — bag'oyat go'zal, .ibratli odatlarimizdan», — dedi. Keyin, choy ustida uni batafsilroq tushuntirib berdi. Odatda qiz uzatilganda borgan joyida nondek azizu mukarram bo'lsin, rizqi yangi oilada ham b'utun bo'lsin, degan aqidada, ota-onasining uyidan to kuyovning xonadoniga borib, go'shangaga kirguncha kelinchakning boshi uzra bir juft tandir noni? ushlab borilar ekan. Ana, nonning qadriyu, oddiy mehnatkash dehqonningnonga munosabati. Darhaqiqat, kishilar farzandim o'zga joyda ham nondek aziz, nondek qadrli, nondek yoqimli bo'lsin, degan aqida bilan juda ko'p udumlar, rasm -rusumlar va an'analarni amalga oshirganlar. Yuqorida keltirilgan va shunga o'xshash, bir tomondan, non isrofgarchiligini qattiq qoralash, ikkinchi tombndan, nonni bag'oyat qadrlash bilan bog'liq xilma-xil an'analar, rang-barang udumlarning har biri mehnatkash xalqning chuqur insoniy munosabatlari va go'zal ideallaridan kelib chiqqan bo'lib, asrlar davomida yashab kelgan, ular etnografik nuqtai nazardangina emas, balki xalq donishmandligi, f.alsafasi, estetikasi, pedagogikasi, odobnomasi nuqtai nazaridan turib baholanishi, eng xarakterlilari bizning kunlarimizda yanada rivojlantirilishi va hayotga faol joriy-qilinishi kerak, degan fikrdamiz. Non qadri bilan bog'liq tarbiya — mehnat va axloqiy tarbiya bilangina emas, tabiatni e'zozlash, uning qadriga yetish odobnomasi bilan ham chambarchas bog'liqligini ham unutmasLyk kerak. Bu kabi tarbiya, odobnomaning ta'sir kuchi, oqibat-natijasi beqiyosdir.Yana bir misol: «—Hayotda eng zo'r ham, mo’tabar, ham sensan. Meni ham sen dunyoga keltirib, qayrab voyaga yetkazding. SHuning uchun ham bir umrga senga ta'zim qilishni o'zim uchun burch, deb bilaman, — dedi Aql Kitobga meni qo'lga oladilar. SHundan keyin sening zehningni qayrayman. NON bo'lmasa-chi, holimga voy. Qishilar meni qo'llariga olish u yoqda tursin, balki bir qiyo ham boqmaydilar. SHuning uchun ham SEN minnatdorchiligingni eng avvalo ana shu NONga ayt. Ha!» Qissadan hissa: Kitob aziz, undan NON aziz. Endi mana bu afsonaga e'tibor bering: o'tgan zamonda bir kishi poyipiyoda olis yurtlarni ko'rish ishtiyoqida syyohatga chiqibdi. Io'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yuribdi, oxiri Sahroi Kabirga borib qolibdi. Quyosh qizdirib, nihoyatda charchab, chanqab, yurishga madori kelmabdi. Biror salqin joy topib, dam olmoqchi bo'libdi.Qo'zi ro'paradagi bir eski chordevorga tushibdi. «Har qalay, soyalaydigan joy bordir», degan umid bilan chordevor ichiga kiribdi. Uyning o'rtasida o'lib yotgan ayolga ko'zi tushib, uni vahima bosibdi. Orqasiga qaytmoqchi bo'lganida ana shu ayolga zahar solgan ilonning vishillaganini eshitib, battar qo'rqib ketibdi. Bunday sarasa, tokchada onasining o'limi va ilonning vajohatidan qo'rqib, yuzlaridan qon qochgan bola dag'-dag' titrab turganmish. Boyagi kishi o'zini qo'lga olib, ilonga qarshi hujumga o'tibdi. Bir amallab ilonni o'ldiribdi-da, bolani tokchadan olmoqchi bo'lib harchand harakat qilsa, qo'li yetmabdi. Shu yon-atrofga qarab, bir burchakda dastalab qo'yilgan NONga ko'zi tushibdi. Ikkinchi burchavda esa bir dasta har xil KITOBlar turganmish. Haligi kishi nima qilarini bilmay hayron bo'libdi. Kitoblarni oyog'ining tagiga qo'yay desa, yoshligidan kitobning muqaddasligi hasida dulog'iga quyishgan, gunohkor bo'lib qolishdan qo'rqibdi. Nonning ustiga chiqishga vijdoni ham,imoni ham yo'l bermabdi. CHunki, yoshligidan ota-onasi «NON—IMON, NONNING UVOG'I HAM NON, UNI BOSSANG KUR BULASAN» deb qulog'iga quyishgan ekan-da! Indamay o'ltiraveray desa bola bechora tokchadan ag'anab tushib halok bo'lishi turgan ran. «Mayli, nima bo'lsa ham shu norasida go'dakni o'limdan saqlab qolay», — debdi-da, kitoblarning ustiga chiqib, bolani avaylab pastga olib qo'yibdi. Hamon qo'rquvdan qaltirayotgan bola majolsiz qo'llarini non tomonga cho'zibdi. Shundagina yo'lovchi o'zining ham och qolganini his qilib, nondan birini olib, avval o'pib, ko'zlariga surtibdi-da, keyin bir burda sindirib bolaga uzatibdi. Non-dan yegan bolaning yuziga qon yugurib, titrog'i bosilibdi. Io'lovchi ham o'zini bardam seza boshlabdi.Keltirilgan afsona mazmunida chuqur xalqchil g'oya dehqon mehnati va aql-zakovatidan yuzaga kelganining kishilar hayotida tutgan o'rni, uning hayotdagi har narsa, hatto muqaddas hisoblangan kitobdan ham ustun turishi g'oyasi juda ishonarli va ro'y-rost tasvirlanganini ko'ramiz. Demak, farzandlar tarbiyasi, axloqiy va jismoniy kamolatida Alloh ne'mati, inson yaratgan mo''jizalar — kitob va nondan muhim tarbiya vositasi sifatida foydalanish, ular yordamida iroda va sabr- matonat, qadr-qimmat, o'zini tuta bilish, xarakter sinovi, e'tiqod, fikr va xatti-harakatda qat'iyatlik, hissiyotni jilovlash kabi odatlar,^ko'nikmalarni shakllantirish va kamolatga yetkazish ko'zda tutilgani anglashiladi.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling