Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


«SHU ODATINGIZ UCHUN OTA-BOBOLARINGIZGA QANCHA TA'ZIM QILSA ARZIRLI XALQ EKANSIZ»


Download 422.09 Kb.
bet20/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Majmua

«SHU ODATINGIZ UCHUN OTA-BOBOLARINGIZGA QANCHA TA'ZIM QILSA ARZIRLI XALQ EKANSIZ»
Bu voqea Moskvada ro'y bergan edi. Kech kuz. Xa'san rezgilik. YAqin do'stlarimdan biri (ba'zi sabablargako'ra uning ismi va otasining ismini aniq ko'rsatmadim) fizika-matematika fanlari bo'yicha nomzodlik dissertasiyasini himoya qilayotgan kunlar edi. Himoyaning ikkinchi kuni yosh olimning ustozlari va do'stlaridan ikki-uch kishi bo'lib, poytaxtning sobiq ko'chasidan ketayotgan edik. Bir payt yoshlarga xos g'urur bilan qaddini g'oz tutib (axir, kuni kecha dissertasiya yoqlab, fan nomzodi bo'lgan edi-da) shahdam qadam tashlab ketayotgan do'stim, to'satdan yerga engashib,shundoqqina oyog'i ostidan bir narsani oldi-da, avval uni o'pib, ko'ziga surtdi, so'ngra holiroq joy osmono'par binoning qabarib chiqib turgan poydevoriga avaylab qo'ydi-da, «Parranda-darrandalarning rizq-ro'zi», — dedi. Do'stimning xatti-harakatini biz darrov anglagan edik (do'stimiz yerda yotgan nonning kichik ushog'ini ko'rib qolgan edi). CHunki yoshlikdan oilada ham, bog'cha-yaslilarda ham, maktab, hatto oliy o'quv yurtida ham nonning uvog'ini ham isrof qilmaslik, bordi-yu uni oyoqosti qilinsa tildan qolish yoxud ko'r bo'lish qon-qonimizga singdirilgan edi! Bu tarbiya bizning shuurimizga sharqona tarbiyaning asoslarining asosi bo'lmish Allohning Kur'oni karimi-yu Muhammad alayhissalomning Hadisi shariflari orqali syngdirilgan bo'lib, uni bajarmaslik, zid ish tutishlik gunohi azimdir. Demak, qaerda, qay vaqt — holatda, qaysi darajali jamoada bo'lmasin, nonni qadrlash, Allohning buyuk marhamati-yu mehnatkash dehqonning mehnati, zahmati sifatida e'zozlash, hurmatlash—an'anaviy odobnomaning eng zarrin sahifalaridandir. Utmishda shunday bo'lgan hozir ham shunday, kelajakda ham shunday bo'lmog'i shart. Moskvada ro'y bergan voqeaga qaytaylik. Mehmonlardan biri (keyinchalik mashhur ingliz-fizigi ekanligini bilib oldik), buning siru asrorini so'radi. Ingliz tilida bemalol so'zlasha oladigan boshqa bir do'stim:
— Ota-onalarimiz bizni yoshlikdan nonning kichik uvog'igacha chuqur hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalaydilar. Ko'cha-ko'ydami, uydami, qaerda bo'lmasin, non uvog'ini ko'rdingmi, darrov uni olib o'pib, ko'zga surtib, parranda-darrandalarning rizqi .deb qaqasroq joyga olib qo'yish—bizda xuddi salom-alikday ham. qarz, ham farz. «Non bolasi non ushoq» deydi xalqimiz, — dedi tushuntirib. Shunda ingliz olimining qanchalar hayajonlanganini ko'rsangiz edi! O! — dedi o'shanda u, — birgina shu odatingiz ota-bobolaringiz tarbiyasi uchun har qancha ta'zim va tasannoga loyiq xalq ekansizlar... Haqqoniy ran, adolatona baho!

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling