Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Amaliy mashg’ulot
- Ishning jihozi
Qo’shimcha adabiyotlar:
Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991. 19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001. 20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995. 21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997. Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Amaliy mashg’ulot 9-Mavzu: Kitob – tafakkur ko’zgusi Reja: 1.Kitob aql chirog’i 2.Kitob o’qish madaniyati 3.Bolalarda kitob o’qish madaniyatini shakllantirish Ishning maqsadi: Kitob aql chirog’i, kitob o’qish madaniyati, bolalarda kitob o’qish madaniyatini shakllantirish haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash. Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari. Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi. KITOB - TAFAKKUR KO’ZGUSI Buyuk xalqimizning katta-kichik uchun bag'oyat ibratli qadriyatlari orasida-Qitob qadri borasidagi qarashlari, hayotiy tajribalari va ular bilan bog'liqudumlar, an'analar ham ibratlidir. Buning uchunan'anaviy tarbiya va xalq og'zaki ijodining kitob,kitobxonlik borasidagi sahifalarini ko'zdan kechirish kifoya. Ma'lumki, kitob favqulodda murakkabijtimoiy hodisa. Unda oddiy kishilardan tortib tobutun jamiyatking ma'naviy hayoti, fikr va o'ylari,dunyoqarashi va kechinmalari aks etib, ideologiya, informasiya, etika va estetika masalalari axloqiy, ruhiy tarbiya muammolari bir butun holda bog'lanib ketadi. Kitobning o'z ishlab chiqarish bazasi, o'z texnika va texnologiyasi, ekonomikasi, tarix singari birqator muammolari bo'lib, unda insoniyatning poyonsizma'naviy va ruhiy dunyosi ifodalanadi. Xalq tarbiyasi iuqtay nazarida kitob faqat bilim manbaigina bo'lib qolmay, ayni chog'da aqliy mehnat quroli hamdir. U qanchalik chuqur, ilmiy va qiziqarli yozilganbo'lsa, o'z o'quvchisining qalbidan ham shunchalik tezjoy oladi, tarbiyaga muhim ta'sir etadi.Jonajon xalqimizning kitob bilan muloqati qadimiydir. Asrimizga kelib esa kitobsiz yashash, hayotilgari surgan muammolarni kitobsiz hal qilish, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish mumkin bo'lmayqoldi. Darhaqiqat, kitob va yuqori madaniyatli kitobxonliksiz kelajakni tasavvur qilish qiyin. Xalqningkitob va vaqtli nashrlarga bo'lgan talabini izchil vato'laroq qondirish hozirgi kunning ham muhim tadbirlari jumlasidandir. Uzbek xalq an'anaviy tarbiya usullarida alohidata'kidlanishicha, kitob — insonning eng yaqin do'sti vamaslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Qitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkurmanbai. Kiyub — nonday aziz, mo''tabar va muqaddas.Xalq kitobni ana shunday deb tushunadi. Darvoqe, xalq o'rtasida kitobga, u diniymi, dunyoviymi — baribir, ma'naviy tafakkur, xazinalar maskani, odob-axloqgo'shasi — kutubxonaga hurmat-e'tibor beqiyos. Ha, xalq qadim zamonlardan boshlab kitobni hayot darsligi,mo''jiza, axloq-odob dasturi deb bildi va hozir hamshunday deb biladi.Uzbek xalqi dunyodagi kitobga o'ch xalqlardan biridir. Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Buning isboti uchun xalqimizning merosidan, kundalik hayotidan, og'zaki ijodi asarlaridan hamda an'anaviy tarbiyausullaridan juda ko'plab misollar keltirish mumkin. Darhaqiqat, Urta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o'zbekxalqi yaratgan betakror moddiy va madaniy boyliklarni ko'zdan kechirar ekanmiz, ular orasida M. Gorkiy ta'biri bilan aytganda, «...baxt va qudratli istiqbol yo'lida odamzod yaratgan, ehtimol, eng murakkab va mo''jizalar ichidagi eng buyuk mo''jiza» bo'lgan kitobning o'ziga xos faxrli o'rinni egallab kelganligini ko'ramiz. Xalqimiz ilm va fan, adabiyot va san'atga oid nodyr qo'lyozma-kitoblari bilan, islom dini va islom madaniyatini madh etuvchi adabiyotlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Dunyoning qaysi bir mashhur kutubxonasida bo'lm^ng, xalqimizning" ulug' allomalari — tafakkur xazinasini yaratgan donish- mandlarning qo'lyozmalarini kitob holiga keltirib, boqiy umr bag'ishlagan — xattotlar, musavvirlar, mu- zahhiblar, lavohlar, qog'ozrezlar, sahhoflarning, mu- jallidlarning mo''jizakor mehnatini ko'rish mumkin. Ularni jumhuriyatimizga qaytarishning vaqti keldi! Ota-bobolarimizning kitobga, ilm-fan, adabiyot va san'at ahliga bo'lgan mehr-muhabbatini donolarning kitob haqidagi o'gitlari, folklor asarlari, xalqning an'anaviy tarbiyaviy usullarida aks etgan kitob bilan bog'liq xilma-xil hayotiy rasm-rusumlari, udumlari va urf-odatlaridan ham bilish mumkin. Ma'lumki, o'tmishda kitoblar qilni qirqqa yoruvchi xattotlarnnng g'oyat mashaqqatli mehnatlari evaziga bunyodga kelgan. Shu boisdan ham avlod-ajdodlarimiz ko'lyozma-kitobga emas, uning har bir sahifasiga ham katta hurmat bilan qaraganlar. Uning biron-bir varag'i ham yirtil-ishiga yo'l qo'ymaganlar. Kitob sahifasiga hech narsa o'ramaganlar. Qitob saqlanadigan joy — xoh u kutubxona bo'lsin, xoh uy bo'lsin — muqaddas sanalgan, har qanday kitob eng pok, eng yuqori joy— tokcha (so'kachak)larga qo'yilgan. Biz uzoq yillardan beri o'zbek folklorining barcha turdagi asarlari qatorida kitob va uni e'zozlash, qadriga yetishga oid xalq tarbiyasi xazinasini, xalqona udum va odatlarini ham kuzatdik, qanchadan-qancha og'zaki ijod namunalarini yozib oldyk. Mana,xalqning estetik qiziqishi, ijtimoiy ehtiyoji hamda real turmushi, hayot taqozosi o'laroq yuzaga kelgan kitob bilan bog'liq udumlardan ayrim namunalar Kitobni oyoq bilan bosish qat'iyan ma'n etilgan,qattiq gunoh hisoblangan. Zeroki, kitobda ilm bor. Ilm esa favqulodda kuch-qudratga ega mo''jiza. Katta-kichik eng yaxshi- sovg'a sifatida bir-birlariga kitob taqdim qilgan. Kitob ko'rgan, shuningdek, uni o'qib beruvchi qorilar, qissaxonlarning el orasida bbro'yi katta bo'lgan. .Qitobning har varag'i non kabi mo''tabar sanalgan. Yerda yotsa olib, ko'zga surtilgan-da, xoliroq joyga qo'yilgan.Kitobning har varag'i zarga teng deb hisoblangan. Bolani yoshlikdan kitob bilan do'st bo'lishga odatlantirilgan. El-yurt nazarida kitob bitgan xattot, uni to'plagan va saqlaganlar alohida hurmat va e'tibor qozonganlar. Qur'on va Hadisning har bir jumlasi muqaddas qonun hisoblangan. Qisqasi, o'tmish zamonlardan tortib sho' kungacha ota-bobolarimiz kitobning g'oyatda mashaqqatli mehnat evaziga dunyoga kelishini yaxshn anglab, uning oyoqosti bo'lishiga, hatto biron-bir varag'ining ham bekorga nes-nobud bo'lishiga yo'l qo'ymaganlar. Qitobga muhabbat, uni o'qishga ishtiyoq, undan bahramand bo'lish istagi kishilarga tinchlik bermagan. Naql qiladilar: o'tgan zamonda bir humkdor vaziru ulamolarini chaqirib, «Dunyoda eng zo'r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?» deb savol beribdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi; birovi dunyoda eng zo'r narsa — qilich desa, ikkinchisi engkeraklisi non, debdi. Hamma narsadan xabar beruvchinarsa «Oynai jahon» deyuvchilar ham topilibdi.— Uch kun muhlat beraman,— debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan darg'azab bo'lib.Qo'shni podsholikda ta'rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganligidan vazirning xabari bor ekan. Vazir: «Podshohning savollariga shu donishmandgdan boshqa hech bir kishi javob topa olmaydi»,— deb o'ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi.Podshohning birinchi savoliga «Qitob!»—deb hech ham ikkilanmay dadil javob beribdi donishmand.—CHunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratlinarsa esa — bilimdir. Bilimli esa yengilmasdir.— Savolingizga to'g'ri javob topdi,— deyishibdi a'yonlari xursand bo'lishib. — Dunyoda eng kerakli narsa nima? — Qitob!—debdi donishmand hech ikkilanmay. . — Qitob?!— ajablanibdi hukmdor. — Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob,— takrorlabdi so'zini donishmand.— Inson uchun hayotda ikki narsa eng mo''tabar va aziz. Bu non bilan kitob. SHu boisdan ham non qanchalik mo''tabar sanalsa, kitob shunchalik aziz. Non rizq-ro'z, dasturxon ko'rki, hayot barakasi. Utmishdan hikoya qiluvchi — tarix, bugunni aks ettiruvchi ko'zgu, ertangi kunni aytib beruvchi mo''jiza esa kitobdir. Poklanish, iymon butunligi, ruhiy boylik ham kitobdandir. Qitob insonning maslahatgo'yi, doimiy hamrohidir. «Kitob ko'rmagan odamnodondir, kitob kirmagan uy qorong'u zimistondir», —deydi donishmandlar.SHahanshoh, donishmand bu savolingizga ham to'g'ri javob qildi,— deyishibdi saroy ahli.— Suvu quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu -elatlar haqida xabar beruvchi ham seningcha kitobmi?—achchiqlanibdi hukmdor. — Ha, kitob, — dadil javob beribdi donishmand. Dunyoni shundoqqina ko'z oldingizga keltirib qo'yadigan ham, hech ko'rmagan va bir umr ko'rolmaydigan kishilar hamda joylar bilan tanishtiradigan ham shu kitob- dir. Mana myoni olib ko'ring. Men tug'ilib o'sgan qish» log'imdan boshqa hech bir joyda bo'lmaganman. Ammo Marvdan — Mashriqqacha, Yamandan — Yasargacha yaxshi bilaman, desam maqtanmagan bo'laman. Yer yuzida odamzod bor — ularning hayoti, odatlari, rasm-rusumlaridan ozmu-ko'pmi xabardorman. Bunga ana shu kitob orqali erishganman. Qur'oni karim, hadisi sharifning mo''jizasini aytmay qo'ya qolaylik. Podsho: «Saroyimda qolib bosh maslahat go'yim bo'l»,—deb qanchalik yalinmasin, donishmand ko'nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob xarid qilib, qishlog'iga qaytibdi. Mo''jizalar olami bo'lgan kitobni ulug'lovchi, uning qadr-qimmatiga yetishni ta'kidlovchi bunday afsonalar xalq o'rtasida ko'p. Ular xalq an'anaviy pandno- masining eng zarrin sahifalarini tashkil etadi. Xalq kitob haqida naql-rivoyatlargina emas, qanchadan-qancha maqollar, aforizmlar, topishmoqlar, hikmatlar ham yaratganki, bu kishilarning kitobga, ilm-fanga azaldan chanqoqligini ifodalaydi: Qatra yig'ilib daryo bo'lur, kitob o'qib dono bo'lur. Kiyim ustingni bezaydi, kitob — aqlingni.Kitob — ko'zgu, unda olamni ko'rasan.Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan. Qitobsiz uy — quyoshsiz kun.SHuni alohida qayd qilish kerakki, xalq Qur'onni, hadisni bag'oyat qadrlagan, sermazmun, fikrlarga bsgy kitoblarni, ularni bituvchilar, dunyoga keltiruvchilarni madh etgan. Aksincha, zerikarli, maza-matrasiz, o'qiganda yoxud qissaxonlar tomonidan o'qilganda kishiga ma'naviy ozuqa bermaydigan kitoblar esa el orasida o'z qadrini topmagan. Chunonchi, oddiy mehnatkash xalq baxshilar kuylab kelgan dostonlarni, shu jumladan,«Hikoyati Go'ro'g'li sulton», «Yusufbek bilan Ahmadbek» va boshqalarni maroq.bilan eshitgan. Qissaxonalar tomonidan o'qilgan, klassik adabiyot namunalari asosida tuzilgan kitoblar — «Ra'no va Suxangul»,«Bahrom va Gulandom», «Hurliqo va Hamro», «Layli va Majnun», «Farhod va SHirin», «Sayfulmulk»,«YUsuf va Zulayho» hamda «Rustami Doston», «Qissai Jamshid», «Vomiq va Uzro», «Varaqa bilan Gulshoh» singari dostonlar ham zo'r ishtiyoq bilan tinglangan, «Qur'on», «Hikmatlar» (Ahmad YAssaviy),«Hadislar» shuningdek, «Zarqum», «Muhammad Xanafiya», «Said Battol G'ozi», «Bobo Ravshan», «Ibro^im Adham», «Abo Muslim» va boshqa kitoblar esa xalq orasida juda ommalashgan. Mehnatkashlar orasida mardlikka undovchi, do'stlikni ulug'lovchi, hunar va ma'rifatga chaqyru.vchi, haq va adolatni kuylovchi asarlar qisqasi, olijanob insonparvarlik g'oyalarini tashib yuruvchi g'oyaviy-badiiy yuksak kitoblar ham yuqori bahoga sazovor bo'lib kelgan.Maqollarda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo'ladi. «Kitob aql chirog'i», «Qitob bilim beradi, bilim baxt keltiradi», «Qitobsiz o'qish-qanotsiz qush», «Ko'p o'qigan ko'p bilar» singari maqollarning jonli an'analarda yashab, el orasida aytilib yurilishining boisi shundan. Ulardagi fikr juda ixcham, qisqa, lo'nda, ammo chuqur mazmunga ega. Ma'lumki, o'tmishda bizda kitob bosib chiqaradpgan biron-bir matbaa bo'lmagan. Har qanday kitob qo'lyozma holda tayyorlangan va tarqatilgan. Qo'lyozmani tayyor lash (ba'zi hollarda ayni bir kitobni o'nlab, hatto yuzlab nusxada), uni bezash va muqovalash mutlaqo qo'l mehnatidan iborat edi. Hali qog'oz ixtiro qilinmagan vaqtlarda esa kitob sopollarga, kiyik, qo'y, echki, ayiqsingari hayvonlarning oshlangan terilariga bitilgan. CHunonchi, qadimgi ajdodlarimiz aql-idrokining buyuk ifodasi «Avesto» (eramizdan oldingi VIII—VII asrlar) ikki yuzta kiyik terisiga bitilgan ekan. Fanda ta'kidlanishicha, «Avesto» kitobining dastlabki qismlari qadimiy Xorazmda yozilgan. «Usmon Qur'oni» deb mashhur bo'lgan ilohiy kitob 353 varaqdan iborat bo'lib, sahifalari kiyik terisidan ishlangan, chiroyli nufiy xat bilan yozilgan. Tarixiy solnomalardan ma'lumki, Urta Osiyo, shu jumladan, Uzbekiston territoriyasida qo'lyozma kito bat san'ati qadim zamonlardan boshlaboq juda rivojlangan. Xususan VIII—X asrlarda g'oyat go'zal, kishini hayratga soluvchi ajoyib qo'lyozma kitoblar yaratilgan. XIV—XVI asrlar, Amir Temur davriga kelib san'atning ko'p sohalari yuksak darajada rivojlandi, shunipgdek, qo'lyozma — kitobat san'ati ham nihoyatda taraqqiy etdi va nafis san'at turiga aylandi. Bu hol o'z ishining mohir uschalari — mashhur xattotdar, qog'ozrezlar, sahhoflar, muzahhiblar va boshqalarning yetishpb chiqishiga olib keldi. Buning uchun ur-surlar, to's-to'polonlar va to'fonlardan omon saqlanib qolib, bizning' kunlarimizgacha yetib kelgan Fir- davsiy, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Sa'diy, Lutfiy Jomiy, Amir Temur, Bobur kabi buyuk so'z san'atkorlarining qo'lyozma-kitoblarini, shuning'dek, din, tarix,adabiyot, geografiya, tabobat, astronomiya, mantiq, taassuf ilmi, til, lug'at va boshqa fanlarga oid nodir asarlarni ko'zdan kechirish kifoya. Bu qo'lyozma kitoblarning husnixatini, ularga ishlangan miniatyura-»larni, shuningdek, muqovalash va bezash san'atini ko'-rib, favqulodda hayratga tushadi kishi. O’zlarining mehnati, aql-idroki bilan beqiyos nozik, murakkabg siyin kitobat san'atini haqiqiy nafis san'atga aylantira olgan bu zahmatkashlar har qancha tahsinga sazovordirlar. Utmishda kitob bituvchilar, uni tayyorlovchilar bilan bir qatorda kitob oshiqlari, qissaxonlar, kitob asrovchi va kitob oldi-sottisi bilan shug'ullanganlar ham chuqur ehtirom va mehr-oqibat topganlar. Ularning mehnati ham kitob va -bilim bilan bog'liq bo'lganligidan xalq tomonidan yuksak baholgan. SHu jihatdan xalq an'anaviy pandnomasi sahifalarini bezagan og'zaki ijod namunalaridan biri—»«Qitobfurushga mukofot» degan AFSONA xarakterlidir. Samarqand shahrida bir kitobfurush yashar ekan.U qaerda noyob kitob borligini eshitib qolsa, uni qidirib Samarqandga olib kelar, Samarqanddan ditob olib ketilishiga esa xa yecham chidolmas ekan. Qunlardan bir kuni: «Uzoq bir o'lkada nosb bir.kitob bor, falonchida saqlanadi» deb eshitib qolib, o'sha yoqqa jo'yaab ketibdi. Qitobni qo'lga kiritib, yana boshqalarini ham sotib olib, Samarqandga qaytibdi. SHaharga yaqin kelganda bir kishi xurjunni to'latib, darvozadan shoshilinch chiqib ketayotganyni ko'rib qolib, uni to'xtatibdi. Xurjundagi narsani kitob deb gumon qilib ko'rsatishni so'rabdi. Urtada janjal chiqib, ikkovlon urishib ketishibdi. SHu payt sultonning maxsus sarbozlari kelib qolib, har ikkisini ushlab, saroyga haydab olib borishibdi. Sarbozlar boshlig'i Ulug'bekka qarab: Mana bularning ikkovi o'g'ri, qaroqchi, keyagi xazimadan o'g'irlangan oltinlarni bo'lolmay, janjallashib turishganda qo'lga tushishdi jazoga buyursangiz,— debdi. Ulug'bek tikilibroq qarasa, qo'lga tushganlarning birovi haqiqatan mashhur o'g'ri ekan. Ikkinchisi ku-tubxonasini kitob bilan ta'minlab turgan Avaz kitobfurush emish. Shunda Sulton: — Anavi o'g'rining jazosi o'lim, manavusi esa siz bilan bizlarga o'zi bilmagan holda g'oyibona ustozlik qiluvchidir, unga ozodlik va in'om,— debdi. Qaroqchi ham, turgan jamiki' saroy ahli ham sultonning bu so'zidan hangu-mang bo'lib, og'izlariga lommim kelmabdi, o'z quloqlariga ishoiishmasmish. Anchadan keyin bosh vazir o'ziga kelib, zo'rg'a:— Sultonim! Ustoz dedingpzmi?! Qanday qilib birisqirt, eski chopon, avom Sizdek sultonu « bokaramgaustoz bo'lsin,— deya olibdi. Ichpda: «Ulug'bek sulton aqldan ozib qolmadimikan» deb o'ylabdi. Vazirning ahvolini tushunib turgan sulton unga qarab:— Mavlono, o'zingizni bosing, hovliqmang, oldin so'zimni obdan tinglang. Sizga ustoz bo'lmasayam, bu ki shi bizga, mudarrislarga, tolibul ilmlarga g'oyibona ustozlik qiladilar. Bilasizmi, ilm ahli uchun kitobdan a'loroq ustoz yo'q. Ha, kitob bamisli ustoz. Siz eski chopon, avom, degan ana shu qarshingizda turgan kishi mehnatchi chumoli kabi uzoq-yaqin o'lkalardan 1 "Samarqandga kitob tashuvchi, Samarqanddan birorta kitobning tashqariga chiqishiga tish-tirnog'i bilan qarshilik qiluvchi kitobfurush mavlono Avazbek bo'ladilar. SHohlik kutubxonasi-yu,Shayhulislomnnng ki-tob xazinasi, madrasalardagi kitoblar uchun bu kishidan minnatdor bo'lib, unga ta'zim qilpshimiz lozim. So'ng Sulton:—.Xo'sh, qaeqlardan so'raylik, mavlono?—dedi qarab.— Hazratim, Iroqda bir kitob bor,— deb eshitib qoldim. Unda -Siz safarda edingiz,hazratim-rigashu kitobni keltirib, tuhfa qilsam deb o'yladimda, o'sha tomon. otlandim. Ko'p uzoq ekan, oxiri topib,yana boshqa kitoblardan olib qaytib kelayotib, mana-vu betovfiqqa duch keldim. Uning xurjunidagi narsalarni kitob gumon .qildim,-Avazbek shunday deb xurjundagi kitoblarni gilam ustiga to'kibdi.Hamma to'planganlar kitoblarni ko'rib, mo''jiza ro'y bergandek qotib qolishibdi.— Qani endi, hamma siz kabi olijanob va fayzli bo'lsa edi,— debdi Ulug'bek. Avazbekka bir to'n bilan bir hovuch oltin in'om egishni buyuribdi.Bu afsona sohibqiron Amir Temurning sa'y-ha rakati tufayli Samarqandga keltirilgan va 500 yildan buyon ko'z qorachug'idek saqlanib kelinayotgan «Usmon Qur'oni» tarixini eslagadi. SHuni ham qayd etish kerakki, kutubxonalar O’rta Osiyoda juda qadim zamonlarda ham bo'lgan. Fan va madaniyat taraqqiyotining tarafdorlari-bo'lgan hukmdorlar, o'zlari kitob mutolaa qilish bilan birga, kitobning katta-kichik tarbiyasida tutgan o'rni va buyuk ma'rifiy ahamiyatini anglab yetib, o'z saroylarida kutubxonalar tashkil etib, jahonnipg turli-tuman joylarpdan nodir kitoblarni kelshrib, uni tobora boyitib borganlar.Ba'zi misollar.ni ko'rib o'taylik. Arxeologlarning ma'lumotiga ko'ra, Xorazmda III asrdayoq anchagina boykutubxona bo'lib, unda nodir kitoblar to'plangan. Bu .hol keyincha davom etib, katta-kichik shaharlarda ham kutubxonalar tashkil etilgan. Masalan, Shayboniyxonlar davrida madaniy hayot birmuncha jonlangan,ko'plab tarixiy kitoblar o'zbek tiliga tarjima qilingan. Qatta-kichik kutubxonalar yuzaga kelgan, mavjudlari esa kengaytirilgan. Abdulazizxon kutubxonasitashkil qilingan,- Abdullaxon II kutubxonasining don-g'i uzoqlarga ham ketgan. Buyud Amir Temur ham mashhur kutubxona tashkil etib, o'nga jahonning ko'p yerlaridan noyob kitoblar olib kelgan. Mirzo Ulug'bekning hozirgacha qaerda saqlanayotganligi muammo bo'lib kelayotgan 15 ming jildlik kitobdan tashkil topgan kutubxonasi ham xarakterli faktlardandir. Sharqining Buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinoning Buxoro amiri Nuh ibn Mansur kutubxonasi halqida aytganlari o'sha davrdagi boshqa kutubxonalarga ham tegishlidir, desa bo'ladi: «Men kirgan uyning xonalaridan birida,—deb yozadi Ibn Sino o'zining tarjimai holida,— arabcha va she'riy kitoblar, ikkiichisida fikh(diniy qoidalar haqidagi huquq ilmi)ilmiga oid kitoblar bor edi... Eski mualliflar yozgan kitoblar ro'yxatini ko'zdan kechirib, kerakli kitobniso'radim. Men shunday kitoblarni ko'rdimki, ko'pchilik kishilar hatto ularning sarlavhasini ham eshitmagan. Usha payttacha ham, o'shandan keyin ham».Lekin u zamonlarda kutubxonalar podsho va hukm-dorlarning shaxsiy mulki hisoblanardi. Ilm-fangachanqoq oddiy kishilarniig bunday kutubxonalardan foydalanishlari juda qiyin edi. Buning ustiga, ayrim jaholatparast hukmdorlar duiyo.viy kitoblarni o'qish u qda tursin, ularni yo'q qildirganlar, kutuxonalar»i ning kulini ko'kka sovurganlar. Shunday qilib, kutubxonalar va kitoblarning ko'pchiligi ayanchli taqdiri ga ega, ular bosib o'tgan yo'l nihoyatda mashaqqatlibo'lgan.Yong’in, toshqin, jaholat va urushlar sababli, kitob boshiga ham ne-ne kulfatlar tushmadi. Qitobni yoqishdi, ammo u yonmadi; qiyma-qiyma qilishdi, lekin u yashadi, yerga ko'mishdi yangidan unib chiqdi. Bobil davlatining podshohy Buxti Nasr II (vafot miloddan 562 yil ilgari) o'zidap ilgari o'tgan podshohva qahramoplar shuhragiga hasadlanib, o'z mamlakatidagi hamma kitoblarni kuydirtirgan, «Tarix mendav boshlansin», degan ekan u.asrning buyuk olimi Abu Rayhon Beruniyning «Al-Osor ul boqiya anil qurun il-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodyurliklar») asaryda aytilishicha, arab bosqinchisi Qugayba ibn Muslim Xorazmga bostirib kirganda, yozuvni yaxshi biladigan, xalq tarixi va rivoyatlarini o'rgangan va boshqalarga o'rga tadigan qishilarni qa1l etib, butkul yo'q qilib yuborgan. Ana shu yo'q qilingan moddiy-madaniy yodgorliklar orasida, shubhasiz, nodir kitoblar ham ko'i bo'lgan. Ispaniyalik inkvizitorlarining qadimgi mayya xal-zqi kutubxonlarni deyarlik bagamzm gumdon qilganliklari ham yozma manbalardan bpzga ma'lum. Qayulik papalaridan Buyuk Grigoriy xristian diipga oid, kitoblarnignna qoldirish maqsadida bir qancha mamlakatlardagi falsafiy va dunyoviy fanlarga doir kitoblarni yo'q qilib tashlagai. Ispaniya papalari Davbiri bo'lsa, byosh miigdan orgiq muayyan va nodir Qur'on nusxalarini yondirgan. Angliyaning eng jo\il hukmdorlaridai biri Oksford kutubxonasiga o't qo'yganda undagi barcha nodir kigob-larni yer yuzidan butunlay yo'q qilib tashlashni ko'zlagan va hokazo.Ha, bunga o'xshash misollarni kitob tarixidan ko'plab keltirish mumkin. Lekin barcha qiyinchiliklarga, cho'sqinliklarga qaramay insoiiyat tafakkurining buyuk bo'lmish kigob yashashda davom etdi va yashab u bundan keyin ham yashayveradi. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling