Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet24/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Majmua

KITOB —AQL CHIROG'I. KITOBNI SEV
Ota-onaning farzandga, ustozning' shogirdga doimiy aytagadigan, eng ko'p tayinlaydigan so'zi, da'vati, pandunasihati bu! Ma'lumki, madaniyatli, tarbiya topgan oila xalqimizning an'anaviy ta'lim-tarbiyasiga- amal qilgan holda bolada yoshlikdan kitobga mehr qo'yish, uni sevish va kitobni muqaddas kitob bilishga odatlantiradi.
Bolada kitob o'qish yoshlikdan odatlandimi, bu ko'nikma tobora o'sib boradi, maktabda esa to'liq namoyon bo'ladi. Ammo makgab hamma narsani berolmaydi. Lekinu juda muhim butun ma'naviy hayotda hal qiluvchirol o'ynaydigan bir ko'nikmani bera oladi va berishi kerak. Bu mustaqil mutolaa, mustaqil fikrlash, mustaqil tahlil ko'nikmasi, mustaqil o'qishga, kitobga muhabbat. Darhaqiqat, ota-onadan boshlangan kitobgamuhabbat maktabda yetarli darajada keskin qo'yilmasa, kun sayin, hatto soat sayin o'stirib, tobora mustahkamlanib borilmasa ,keyinchalik, xususan talabalik davriga kelib susayishi va hatto so'nishi mumkin.Buning uchun ustozning o'zi kitobxon, kitobsevar, qissasi, kitob o'qishni hayotining ajralmas qismi qilibolmog'i, boshqacha ibora bilan aytganda, «kitob bilanso'zlasha bilmog'i lozim».Kitob o'qish, kitob bilan so'zlasha bilish, biron-birmuammo ustida bosh qotirganda minglab kigoblardan to'g'ri foydalana bilish kerak. Darhaqiqat, kitobn-saralab o'qish va uning mag'zini uqa bilish, kutubxonalar bilan muntazam aloqada bo'lish, umuman, kitobni o’z faoliyati va ijodi bilan borlay olish kabi fazilatlar har bsr kishi, xususan ,oliy bilimgohlar talabalari uchun barqaror odatga aylanishi kerak. Uzbekxalq an'anaviypandnomasi, buyuk mutafakkirlarningkitob haqidagi o'gitlari hozirgi kunda ham kishilarda, xususan, yoshlarda kitobga muhabbat tuyg'usini tar-biyalashda, mustaqil mutolaa va fikrlashni o'rgatishda va shu singarilarda muhim ahamiyat kasb etadi.Ayrim misollarni ko'rib o'taylik. Ulug' shoir Abdurahmon Jomiy (1414—1492) ning kitob, kitobxonlikhaqidg(gi bag'oyat ibratli misralari haqiqatan ham chuqur xalqona, hayotiy va falsafiy mazmunga ega:Kitobdan yaxshiroq dust yo jahonda,G'amxo'ring bo'lgay u g'amli zamonda.U bilan qol tsmho, hech bermas ozor, Joningga yuz rohat beradi takror.Bilimdonlar so'zi. bordir bu bobda,«Bilimdongo'rda-yu ilmi kitobda!»Agar yolg'iz esang hamdard kitobdir, Bilim subhidagi nur hakitobdir. Avvalroq xalq an'anaviy pandnomasida ilgari surilgan, yuqoridagimisralarda ifodalangan g'oya keyingi shoirlar ijodida yanada chuqur vahayotiy ifodalanganligini ko'ramiz. Shunisi xarakterliki, kitob va kitobxonlik haqidagi xalq an'anaviy pandnomasibilan ulug'larning dunyoqarashi, mulohazalari bir-bi-riga juda yaqin bo'lib, biri ikkinchisini to'ldirayot-ganday tuyuladi. Bu hol kitobning katta ma'naviy kuchga ega ekanligi, kitobxonlik har qanday inson uchun oliyjanoblik va odamiylikning mezoni bo'lishligi bilan izohlanadi.Alg'ov-dalg'ov va bebopg zamonning yorug' yulduzlaridan biri, xassos shoira Zebuniso: «Mening erim ham kitob, baxtim ham kitob, hatto jannatim ham kitobdir»,— deb hayot mo''jizalaridan bo'lmish kitobga bo'lgan mehr-muhabbatini juda obrazli qilib ifodalagan bo'lsa, Hamza kitob haqida shunday deydi:Har ko'ngilning orzusi shul erur obihayot, Kfidpunu bilgan kishiga, shubhrsiz, jondur kitob.Har murodning boshidir, har muddaoning gavhari,Har marazlarning shifosi, ya'ni Luqmondir kitob.Ko'zni nuri, dil huzuri, dillaring darmonidir, Har qorong'u dilga go'yo mohitobondur kitob.'Har balodan asraguvchi eng muqim qiymat yarog',Tiyri vahshat, xanjari zulmatga qalqondir kitob.Har kitob ermas va le bu masdamoqdin maqsadim,Bizga kelgan,muxtasar ul nafsi qur'ondir kitobBizga hozirda «siroat» nafsi Qur'on o'rniga,«Jamshidu», «Zarqum», «Abo Muslim»lar o'lgandur kitob. Sho'l uchun qoldik oyoqlar oaida ko'p xoru-zor,Fe'limizdan bu qaro kunlarga solgandir kitob.Boshqa millat bizni qur'onga amal silg'oni uchun Bos, taraqqiy taxtining sultoni qilgandir kitob, Sramyzda chunki g'aari jinsi to'lg'ondir kitob.Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g'ayrat agar,Tez zamonda oshno bo'lmog'i osondir kitob.Ammo, biz kitob, kitobxonlik, kutubxonachilik borasida xalq an'anaviy pandnomasi talab qilgandekdarajada emasligimizni afsus bilan qayd qilib o'tish lozim. Shuni ham aytish kerakki, o'tmishda hamilmli kishilar kitob to'plash, kutubxonalar tashkil etish, kitobxonlik — qissaxonlikni yo'lga qo'yishga intilganlar. Bu an'ana bizning davrimizga kelib yanada ommaviy tus oldi, yanada keng quloch yoydi. Qitobgaqiziqishning kuchayganligi, kutubxonachilik ishining mislsiz taraqqiyoti, muayyan kitob fondlariga ega bo'l-gan shaxsiy va jamoatchilik asosidagi kutubxonalarning ko'payib borayotganligi buning dalilidir.Xalq an'anaviy pandnomasida kitob shaydolari alohida fikr va g'urur bilan tilga olinadi.Kitob saodatlari Bir gal, Birmada sayohat-da yurgan paytimizda, Rangundagi to'qimachilik fabrikasini ko'rgani bordik. Yesh ishchilardan biri bizniuyiga taklif qildi. Mezbon bizni mehmon qilolmasligini aytib, uzr so'radi, ammo shu zahoti dedi: Men Rangunda eng badavlat kishilardan biribo'lsam ham, sizlarni siylolmayman.Biz unga ajablanib qaradik: Yo'qsa, badavlatligingiz nimada?
U javob o'rniga pastdan shiftga qadar yashil tropik o'simliklar chirmashib o'sgan devorga yaqinlashdi. Devor shovqinsiz aylandi. Mana, mening boyligim! Devorning orqa tomonida kitob javoni bo'lib, unga boshdan-oyoq yozuvchilarning asarlari terib qo'yilgan edi. Qarang, men qanaqa bebaho xazinaning xo'jayiniman! faxr bilan so'zladi mezbon.Qishini hayajonga soluvchi, g'urur va iftixorga to'ldiruvchi bu parchani o'qir ekanman, eshitganim bir rivsuyat esimga tushdi. Naql qiladilar: bir kishining uchta o'g'li bo'lib,o'limi yaqinlashgach, topgan-tutganlarini ularga taqsimlab beribdi-da, shunday debdi: Sizlarga bir hovuch tilla, suruvdagi qo'yu-qo'dilar va bir dasta kitob qoldirmoqchiman, Tanlaga«inglarni olinglar! Qatta o'g'il otasining so'zi tugar-tugamas, o'zintillaga otibdi,o'rtanchasi suruvdagi qo'yu qo'zilarniolibdi. Qichik o'g'ilga kitoblar qolibdi. «Menga shular ham yetadi»,— debdi-da, kenja o'g'il ularni yig'ish-tirib olnb mutolaaga tushib ketibdi. Qatta o'g'il boy-ligimga boylik qo'shiladi deb, oltinlarini bir sav-dogarga berib, sudxo'rlik yo'liga o'gib olibdi. O'rtan-cha aka qo'yu qo'zilarini ko'paygirishdan boshqani o'yla-mabdi. Katta akalari «Quruq qog'ozdan ne foyda?» debkenja ukalarinimazax qilishib, uning usgidan kulishibdi. Ammo uka ularning gapiga parvo qilmaG'q^amma kitobni o'qib chiqibdi, boz ustiga topgan-tutgat puliga ham kitob sotib olib, ularni ham mutolaa qilibdi. Ammo boyligiga ham boylik qo'shilmabdi. Katta akalari kundan-kunga boyib, oshib-toshib ketishaveribdi. SHu orada yurtniyov bosib, hamma yoqni ag'dar-to'ntar qilib yuboribdi. Katta aka oltinlarini berishdan bosh tortgan ekan, bundan darg'azab bo'lganpodsho uni zindonga tashlatibdi. Qichik ukaning qo'yu^uzilari bilan lashkarini boqibdi. Qichik o'g'il: «Mening shu kitoblarimdan boshqa boyligim yo'q!» degavekan, podsho uni dorga torttirmoqchi bo'libdi. SHundavazir: «Bu bolada bir ran bor», debdi-da, o'rtaga tushib, bolani olib qolibdi. U bilan savol-javob qi-libdi. Bola vazir va boshqa barcha ulamolarning savollariga aniq va puxta javob beribdi. Kitob ko'r-gan, dono ekan-da! Shunda vazir podshoga:— Bu bbla ko'p kitob o'qigan donishmand ekan, donishmandga o'lim yo'q, mabodo uni o'ldirsangiz boshqa-larda namoyon bo'ladi, siz esa toabad tavqi la'natda olasiz,— debdi-da, bolaning gunohini so'rab olibdi. Podsho uni yurtga boshliq-etib tayinlabdi. Iigit kitobdan olgan aql-idroki bilan ish tutib, yurtda adolat o'rnatibdi.,.Topay desang kamol —Oltin. alma, kitob ol. Yeshlikdan kitobni sevish, o'qlsh, kitob yig'ish, ki-tobga e'tiqodda bo'lish o'z uyida kattami-kichik kutubxona tashkil etishga intilish har qanday kishi uchun olijanob fazilatdir. Darhaqiqat, kitob o'.qishdan,xarid qilgan- kitobingdan o'zgalar bahramand bo'lishi-dan, ular ham o'z navbatida boshqalarni o'qishga da'vat etishni eshitishdan-ortiq quvonch bormi? Qisqasi,. quldan-qo'lga o'tib yurgan kitob uni bitgan yozuvchinigi-na emas, balki kitobxonlarning ham quvonchidir, faxridir.Respublikamizda kitobga chinakam ixlos qo'ygan, o'zxonadonida kutubxona tashkil etpb, boshqalarni hamkitobxonlikka o'rgatayotgan va bundan olam-olam shav-qu-zavq olayotgan kitobsevarlar ko'pchilikni tashkiletadi. Bunga Uzbekistonning turli joylarida yashovchi haqiqiy kitobsevarlarning (ular orasida ishchilar,kolxozchilar va qanchadan-qancha oddiy me.hnatkashlar-ning bo'lishi ayniqsa quvonarlidir) ibratli faoliyatlari misol bo'la oladi.Darhaqiqat, boshqa respublikalarda ham bo'lgani-dek, shahar axolisi o'rtasidagina emas, balki qishloqva ovullarda ham jamoatchilik asosida ishlaydigankutubxonalar, xonaki kutubxonalar, kitobxonlar, shuningdek, kitob yig'uvchilar va tarqatuvchilar soni kunsayin ortib borayotganligi quvonarlidir. Ayrim faktlarni keltiramiz.«Respublikada xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Akram-jon Sultonov qirq yildan buyon Baliqchi rayonida tnlva adabiyotdan dars beradi. U juda ko'p kitob va jurnal to'pladi. Uning uyidagi kitoblar soni 2000 nusxadan ortib kyotdi. Ular orasida taniqli shoirlar, yozuvchilarning eng yaxshi asarlari bor. Akramjon Sultonyuv
o'z uyida xalq kutubxonasi chashkil etib, kishilargakitoblar bera boshladi. SHaxsiy kutubxona muxlislari ko'payib borkoqda». («Sovet Uzbekistoni» gazetasi.)
«Rayonimizda shaxsiy kutubxonaga ega bo'lgan ki-tobsevarlar soni tobora ko'payib boryapti, deydi ko'ngilli kitobsevarlar tashkiletining mas'ul sekretariMuhammad ibn Abdurazzaqov, agar bu masala sizniqiziqtirsa, «Qizil yulduz» kolxozidagi Navoiy nomli maktab o'qituvchisi Muhammadjon Asqarovning shaxsiykutubxonasini borib ko'rishingiz mumkin. Muhammadjon Asqarovning shaxsiy kutubxonasida 3 mingga yaqinturli xil adabiyotlar bor. Qitoblarning ko'p qisminiroman, qissa, she'riy to'plamlar, chet el yozuvchilarining asarlari tashkil etadi.
— Men bu kitoblarni maktabda o'qib yurgan kezlarimdan boshlab to'play boshlaganman, — deydi Muham-madjon Asqarov.— Ustozim Obid aka. Valiev «Qitob—bebaho xazina» degan. Haqiqatan ham, kitob oltiga teng. Oilamizda hammamiz kitobni sevamiz. Singillarim Yulduzxon, Olmaxon, Yerqinoylar ham menga yordam berishadi. Ular ham ko'p kitoblar sotib olishadi.Uqibbo'lingach, kutubxonamga qo'shiladi. Shu tariqa, kutubxo-namiz boyib bormoqda.Muhammadjonning 300 dan ortiq kitobi- hozir kitobxonlar qo'lida. Shaxsiy kutubxonaga 100 ga yaqin 1jitobxon a'zo. Muhammadjon kutubxona a'zolarining 1xohlagan kitobini topib berishga harakat qiladi». 1(«Qishloq haqiqati» gazetasi.)Juda ko'p shaxsiy kutubxona egalari o'zlari to'pla-gan kitoblardan qo'ni-qo'shnilari, ish joyidagi kasbdosh do'stlari va tanish-bilishlari foydalanishiga keng Iyo'l ochib qo'yganlar. Chunonchi, Navoiy shahridagi togmetallurgiya kombinatining ilg'or ishchisi Y. Titarenkoning shaxsiy kutubxonasida 3500 ta kitob bo'lib, ulardan mingtasi texnikaga oid kitoblardir. Bu shaxsiykutubxonadan yuzga yaqin kitobxon foydalanmoqda Y. Titarenkoning uyiga kitoblar olamidagi yangiliklarni muhokama qilmoq uchun kitobsevarlarning bot-bot yig'ilib turishlari ibratlidir. Shaxsiy kutubxonalardagi kitob fondidan bunday keng foydalanish usuli kitobsevarlar o'rtasidagi o'zaro aloqani yanada mustahkamlashga, jamoat kutubxonalari fondlarinikengaytirishga yordam beradi. Qasb-kor taqozosi bilan respublikamizning qishloq va shaharlarida ko'p bo'laman. Shunday paytlardashaxsiy kutubxonasi bor kitobsevarlar bilan uchrashishga, xonaki kutubxonalarning faoliyati bilan tanishish-ga to'g'ri keladi. Joylardagi kitobsevarlarning o'zlari kitob to'plab, shaxsiy kutubxonalar ochish bilan birgalikda kutubxonalarning kitob olamidagi yangiliklar bilan boyib borishi borasida ham jonbozlikko'rsatayotganliklari diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, Namangan viloyatining Yangiqo'rg'on va Chortoq tumanlarida yashovchi oddiy o'qituvchi A'loxon G'oziyev, makab direktori Otash Xolmirzaev, milisiya xodimi, shoirJo'ra Rahimov, qarshilik Abdimo'min Qahhorov, denov-lik Toshtemir Turdiyev, pedagog Azim A'loyev, murabbiylar Sayfiddin Jalilov, farg'onalik dosentlar Hasanali Rustamov, Azimjon Rahimov, E'tiborxon Ibrohimovalar, qo'qonlik muzey xodimi Ahmadjon Madaminov, dehqonobodlik o'qituvchi Murtazo Uroqov, nurotalik gazeta xodimi Rahimjon Qodirov, Toshkent, Jizzax, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlardagiqanchadan-qancha ishchi, dehqon, chorvador, ziyoli, kosibva boshqalar chinakam kitob oshiqlari bo'lganliklari, o'z uylarida xonaki kutubxonalar tashkil etiv1, kishilarga kitob tarqatish, uni targ'ib-tashviq qilish soha-sidagi jonbozliklari, fidoiyliklari, qisqasi, kitob- (sevarlik harakati va taraqqiyotiga qo'shayotgan muhim ,hissalari uchun har qancha hurmatga sazovordirlar.Bunday olijanob kishilar orasida katta-kichik, shujumladan, talabalarning ko'plab bo'lishi xarakterlidir. Shuni alohida qayd etish kerakki, 60-yillarga kelibrespublikamizda shaxsiy kutubxonalar va ulardan foydalanish harakati yanada avj oldi. Bu kutubxonalarodatda jamoatchilik asosida tashkil topadi va shu yerda-gi kitobxonlarga baholi qudrat xizmat qiladi.Namangan viloyatining Norin tumanidagi Noripkapa qishlog'ida yashovchi Usmon aka Anbarov va u tashkil etgan shaxsiy kutubxona sha'niga har qancha maqtovli;gaplar aytsa arziydi. Chunki Usmon aka o'zining hovlisiga shaxsiy kutubxonasi uchun maxsus bino solib,unda to'rt mingdan ortiq kitob saqlaydi. Muhimi shundaki, Anbarov respublikamiz, hatto sobiq Ittifoqdagjuda ko'p kutubxonalar, kitob magazinlari, shaxsiy kutubxonalar egalari, adiblarning uy-muzeylari, nashriyotlar bilan muntazam aloqada bo'lib, o'z kutubxonasini kitobat olamidagi yangiliklar bilan boyitibboradi. Shu boisdan ham uning shaxsiy kutubxonasidan kitobxonlar arimaydi. Xivalik shaxsiy pensioner, xalq tomonidan «Bog' kutubxonachi» deb tan olingan Yusuf Toshpo'latov ham.o'z uyida kattagina fondga ega kutubxona ochgan. Uningfondi avval 600 ta bo'lgan bo'lsa, hozir o'n besh ming-dan oshib ketdi. Bu kutubxonadan har xil millat vakasb egalari foydalanadilar. Yusuf ota kishilarga-kitobni qanday o'qish kerakligini tushuntirib, unitavsiya etar edi. Hozirgi paytda bu ishni uning doimiyyordamchisi va maslahatchisi bo'lib kelgan Bekposhsha opabilan qizi Ra'no davom ettirishmoqda.Ana shu jonkuyar kitobsevar ota va uning shaxsiy kutubxonasi haqida jurnalist An. Makarov o'zining«Maftunyor kitob havaskori Yusuf Toshpo'latov» maqolasida («Izvestiya» gazetasining haftaligi «Nedelya»„1981 yil, 12-son) shunday deb yozgan edi: «To'la mas'uliyatni his qilgan holda shuni aytish mumkinki, Yusuf Toshpo'latovning butun ongli hayoti kitob nuri bilansug'orilgan. U boylikka intilmadi, kitob uning birdan-bir, boyligi edi, Y. Toshpo'latovning kitobga bo'lgak. hech qanday shaxsiy manfaatni ko'zlamagantoza va musaffodir. Tiraji, qachon chiqqanligi, bezagidan qat'iy nazar, kitob bo'lganligi uchun ham bari unga sehrli olam, aql ozig'i, qalb quvonchi, bitmas-tuganmas bilim manbai, deb qaraydi. U 1962 yili shax-siy kutubhonasini Xiva shahriga taqdim etdi. Yetmishbesh yoshli pensioner otaning yigirma besh ming kitob-xonga xizmat qilishi haqiqatan ham kitobga nisbatanfidoyilik edi...»Yuzlab kishilar, chunonchi, nuroniy otaxonlar, yoshkitobsevar qiz-yigitlar (ular orasida maktab o'quvchilari, talabalar,turli xil kasb-kor yoshlari bor) uningxonadoniga tashrif buyurishadi. «Nedelya» kishilargamurojaat qilib, o'zbek oqsoqol kitob oshig'iga taqlidqilish, undan namuna olishga chaqirish bilan birga,pochta orqali kitoblar yuborib Y. Toshpo'latov shaxsiykutubxenasini boyitishga da'vat etadi-da, uning adresini keltiradi... Oradan unchalik ko'p vaqt o'tmasdanmamlakatning turli burchaklaridan xatlar, posilkalar,banderollar kela boshladi... Moskva, Leningrad, Vladivostok, Qozon, Riga, Minsk, Kiyev, Dushanba, Ashxabod va boshqa shaharlar gazeta chaqirig'iga «labbay!deb javob berdi. Ular orasida olimlar, yozuvchilar,o'qituvchilar, kosmonavtlar, oddiy kitobsevarlar boridi. Keyinroq esa M. SHaginyan, G. Baklanov, M. Dudin,S. Baruzdin, V. Kaverin, S. Mixalkov, B. Bondarev,V. Rojdestvenskiy kabi jami o'ttiz besh yozuvchi vashoirdan kitob posilkalari keldi. Kosmonavt Pavel Popovichdan kelgan kitoblar orasida uning fotosurati va qalbdan yozgan minnatdorchilik so'zlari borediki, bu xabar butun xivaliklarni hayajonga soldi.Shunday qilib, Yusuf ota ko'z yumgan bo'lsa-da, u asossolgan va haqli ravishda Xalqlar do'stligi kutubxona-si degan nyum olgan bebaho xazina fondi uning qonuniy merosxo'ri xalq tomonidan betinim boyitib borilmoqda, uning asoschisi otaning nomi esa tobora mamlakatimizdan tashqarida ham mashhur bo'lmoqda...Xorazmda bunday shaxsiy xonaki kutubxona deb ataladigan kutubxonalar anchagina. Ularning hammasining kitob fondi bir necha ming nusxadan iboratbo'lib, o'quvchilarining soni allaqachon o'n-o'n besh ming-dan oshib ketgan.Mana, yana bir nechta xarakterli faktlar. Xorazmviloyati kutubxonasining sobiq xodimi Nurjon opa.Mahmudovaning jamoatchilik asosidagi kutubxonasida2000 ga yaqin kitob bor. Hazorasp rayonidagi sobiq: M. I. Kalinin nomli sakkiz yillik maktab o'qituvchisi Nasrulla Sobirovning kitob fondi 25000 ta, yuzga yaqin doimiy kitobxoni bor. Gurlanlik Bekmat Habibullaev„hazorasplik Qo'zi Davlatovlar ham o'z uylarida kutubxona ochganlar.Dehqonobod tumanidagi Lomonosov nomli 1-o'rta maktab direktori, filologiya fanlari nomzodi Abduolim Ergashev ayniqsa kitobsevarlar orasida namuna bo'lmoqda. Uning shaxsiy kutubxonasida o'n mingdan ortiq kitob bor. Hozir Toshkentda bunday kutubxonalar soni 50 dan oshib ketdi. Masalaning bizni qiziqtirgan tomon, ushbu masalaga kengroq to'xtalganimizning bo’lsa shundaki, bu ommaviy kitobxonlik, shaxsiy kutubxonachilik harakati katta-kichik yoshlar tomonidaya boshlandi va davom etmoqda. Mabodo yosh kitobsevarlar xonadoniga tashrif buyurib qolsangiz, javonlardagitom-tom kitoblarni ko'rib, dilingiz bitmasiyran va quvonchga to'ladi. Odatda, ular kutubxonalarplagi k: bilan tanishtirar ekan, «Bular mening boyliklarim» degan so'zni aytishadi. Har qapday kiijuchun, eyniqsa yoshlar uchun bu gapni aygish va eshitish-dan yoqimlproq so'z bo'lmasa kerak. Ha, kitob bilando'stlashgan, kitobning qadriga yetib, uni e'zozlovchikishinpng hayoti doimo go'zal va ibratlidir. Xonadoi’fayzli va no'rkamdir. Darvoqe, «Kitobi bor uyning farishtasi bor» deb bejiz aytishmagan.To'g'ri, shaxsiy kutubxopalarning fondi va bnnosg.masalasi, kntobxonlar bilan ishlash metodi va formisi, kitob almashtirish tartibi, jamoat, davlat kutue-xonalari va madapiy-ma'rifiy muassasalar bilai alo-qasi kabi bir qator muammelar, hal qilinishi zarur bo'lgan dolzarb -masalalar borki, ular qo'lga kiritilgan tajribalar yordamida kelgusida umumlashtirilardegan umiddamiz.Haqiqatan ham,yuqorida aytganimizdek, sobiq mamlakatimizda 350 mingdan ortiq oliy bilimgohlar vaboshqa jamoat kutubxonalari million-million kitob
fondlariga ega bo'lgan, istagan kitobxonga xolisona xizmat qilib turgan bir paytda shaxsiy kutubxonachilikning ommaviy tus olishi qiziqarlidir. Qitobshunos olimlarning hisoblab chiqishlaricha, har yili 200 million kitobxon kutubxonalar xizmadidyn bahramand bo'lar ekan. Har yili kutubxonalar o'quvchilarga nashr etilayotgan adabiyotlardan ikki baravardan ortiq ko'p kitob tarqatar ekan. Kutubxona xodimlari kitobxonlar talabini shakllantirish, ularning g'oyaviy o'sishlari va madaniy saviyalarini oshiryshlari borasida yordamlashadilar. Shuningdek, spravka-axborotlar xarakteridagi kartotekalar, kutubxonalararo aloqalar, depozitor noyob kitoblar saqlanadigan xazinalar ham kitobxonlar xizmatidadir. Shuni alohida e'tirof etish kerakki, kishilar, xususan katta-kichik yoshlar o'rtasida shaxsiy kutubxonachilik harakatining ommaviy ravishda boshlanib ketganligi madaniyatimiz, xususan qishloq madaniy-oqartuv muassasalari tarixida juda katta voqeadir. Bu harakat tashabbusning yanada keng qulbch yoyishi tabiiy bo'lib, uning qishloq va shahar mehnatkashlari, xususan katta-kichik yoshlar o'rtasida ijtimoiy, siyosiy hamda tarbiyaviy-ma'rifiy ishlarniamalga oshirishda katta rol o'ynashi shak-shubhasizdir. Shaxsiy kutubxonalar uchun, umumkutubxonashunoslik qonun-qoidalari va tajribalaridan kelib chiqib, alohida tartib va qoida ishlab chiqilsa, maorif va kasaba soyuz tashkilotlari, kitobsevarlar ko'ngilli jamiyatining viloyat va tuman rahbarlari tomonidanyordam berib turilsa, o'z fondlarini to'ldirnshda im-tiyozlar yaratilsa, iloji boricha har yili qisqacha hisobotlarni‘tegishli joylarda eshitilib turilsa,ularning faoliyati vaqtli matbuot, radio va televidenieda muntazam yoritib turilsa asosiy maqsadga erishilishi shubhasizdir.
KITOB MADANIYATI. Qo'pchilik yuqoridagi bu jumladan ajablanishi mumkin. Nahotki, «Qitob madaniyati» bo'lsa?! Ha, bor! Hozirgi zamon kishisi kitob asrida yashamoqda. Chunki jahonda har kuni yarim milliondan ziyod kitob bo-silib chiqadi. Buning ustiga benihoya ko'p jurnallar,almanaxlar, to'plamlar, gazetalar... Kino, teatr, radio, televizor va boshqa xilma-xil vositalar istasang-istamasang axbyurot berib turadi. Chor-atrofni o'rabturgan muhit ham katta axborot vositasiga ega. Mana shularning orasidan inson o'ziga keraklisini ajratib olmog'i lozim, bu esa mutolaa o'qish madaniyati qanday va qay darajada tarbiyalanganiga bog'liq. Shu boisdan ham, kitob o'qish madannyati xususida xalq an'a-laviy pandnomasining ming yillik tajribasi va talab ehtiyojlaridan jelib chiqqan holdaayrim muloha-zalarimizni umumiy planda o'rtaga tashlab, o'rtoqlashishni ma'kul ko'rdik. Shuni alohida ta'kidlash ke
rakki, kitob o'qish madaniyati xalq an'anaviy tarbiya 'usullariga ko'ra juda keng tushuncha va bag'oyat murakkab muammo bo'lib, taxminan quyidagi holatlarni o'z
ichiga oladi.
1. Kitob tanlay olish;
2. Kitobni qanday o'qishni bilish;
3. Kitob o'qiganda nimalarga e'tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish;
4. Kerakli ma'lumotlarni qaerdan, qanday, qaysiki vositalardan foydalanib topish;
5. Olingan bilimni yoki xabarni qanday yetkazib berish;
6. Qayta o'qish — kitobxonlik ko'nikm.asini odatlantirish;
7. Kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilish;
8. Kitobni tez va sekin o'qishni farqlay olish;
9. Kitobni o'qib, uning fusunkor olamiga kira bilish;
10. Kitobni mustaqil o'qiy bilish;
11. Kitobni targ'ib-tashviq qila bilish, boshqacha aytganda da'vatnoma.Kitob o'qish madaniyatiga kitob xarid qilish va kutubxonani muntazam boyitib borishga alohida e'tibor-bilan qarash, kitob saqlash odobi, o'qish jarayon o'qiganni o'ziga va hayotga tatbiq eta bilish kabi yana unlab masalalar ham kiradi.«Uqishlar har xil bo'ladi, deb yozadi taniqli adab Asqad Muxtor, birov ermak uchun o'qiydi, birov hordiq chiqarish uchun, birov o'qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish uchun, ya'ni «burch yuzasidan». Birov bo'lak mashg'ulot bo'lmaganidan, vaqt o'tkazish uchun, birov nimanidir bilib olish uchun, birov asardagi voqeaga,.qahramonlarning taqdiriga qiziqib o'qiydi. Shuning uchun, atrofimizga qarasangiz, har xil kitobxonga kerasiz: kimdir tramvayda, metroda, tiqilinchda kitob-ga tikilgan, kimdir navbatda turganda yoki plyajda darrov sumkasidan xatcho'p solingan kitobni olib ochadi birov xiyobonda, qosh qorayib qolgan bo'lsa ham kitobvarag'idan ko'z uzolmaydi. Kimdir divanda chalkancha yotib, kimdir ish stolida jiddiy o'tirnb, qo'liga qalam olib o'qimoqda Qitobxonlar ham, o'qishlar ham har xil. Har kimning o'z o'qishi bor,. Men uchun o'qish mehnat. Lekin mehnat degan bilan zavqsiz, hayajonsiz o'qish emas, albatta! Xassos kitobxon kitobdagi ruhiyolamda yashaydi. Men tanlab o'qish yo'lini afzal ko' raman ha, qayta o'qish kitobxonlikda alohida, bir soha. Bu o'qish degani zavqli mehnatning katta bir ma'-noli qismi». Yuqoridagi gaplarga qo'shilgan holda, xalq an'ana-viy pandnomasida qayta takrorlanadigan bir haqiqatli, ya'ni kitob tanlash ilmgina emas, balki san'atdir, degan fikr-hulosani ham ta'kidlanishini istar edik.Darhaqiqat, kitob o'qishning o'zi bir san'at, san'atbo'lganda ham nihoyatda murakkab, serqirra, ayni chog'da maroqli va lazzatli san'at. SHu boisdan ham hammakatta-kichik kitobxonda o'qish madaniyati shakllanganva rivoj topgan, deb bo'lmaydi. Shuningdek, bu sohada ham tayyor resspt berish mumkin. Ba'zi masalalar bo'yicha maslahat, yo'l-yo'riqlar ko'rsatish mumkin, ammo baribir, kitob o'qish bir umr o'rganiladi. Chunki, har kimning o'z o'qishi bor.Ammo bir umr kitob bilan bo'lgan, ko'p kitob o'qib, bilim mag'zini chaqsan donolarning hayotiy tajribasiyig'indisidan iborat bo'lgan xalq an'anaviy pandnomasi, mutaxassislar va kitobxonlar bilan bo'lgan muloqotlarda uqib olingzn fikrlar., nihoyat, tibbiyot olamivakillarining bergan maslahatlaridan kelib chiqibayrim mulohazalarni aygmoqchimiz. Dastavval shuni alohida ta'kidlash kerakky, kitobni tartib bilan,planli o'qish kerak. Qo'lga tushgan kitobni shunchakio'qshi ekan-da, dsb o'qpyverishdan foyda yo'q. Kitobni taplab, aniq maqsadni o'ylagan holda o'qish zarur. Uzbplimingizni oshprish, bpror muammoni o'rganib chi-qish, ma'naviy dunyongizni boyitish uchun kitob o'qishni o'z oldingizga maqsad qilib qo'ygan ekansiz, mutolaadasturpni aniq va konkret tuzib oling-da, unga qat'iyamal qiling, qaerda bo'lmang va qapday sharoitga tushmang, uni mutlaqo kanda qilmang. Bu qoidalarni o'zlashtirib olgan va unga amal silgan kishinigpna o'qishmadannyatiga erishgan deya olish mumkin.
Kitoblar olamida suzishingizda, ya'ni million-million adabiyotlar orasidagi eng muhim o'zing ko’zga kerakligini qanday topishda biblografik tavsiyanomalardan iborat qo'llanmalar va boshqalar (adabqyotlarko'rsatkichi, kerakli asarlar ro'yxati, kitob haqidagixuhbatlar, bilimdon kitobxonlar tavsiyalari, kitobsevarlar ko'ngilli jamiyati, oliygohlaringiz tashkiletayotgan xilma-xil tadbirlar va boshqalar) sizga mas-lahatgo'y bo'la oladi. Kitobni qanday o'qishga kelganda ko'pni ko'rib, ko'pni biladigan allomalar quyidagi-larni tavsiya qiladilar; ko'chada ketaturib, o'rindayotgan holda, mashinada, tramvay-trolleybus va ot-aravada mutlaqo mutolaa qilmang. Ovqatlanayotgan paytda yoki vannada mutolaa qilish qanchalik odobsizlik hisoblansa, kitobni qunt va diqqat bilan, o'qiganini o’qimasdan o'qish ham shuncha befoyda. Shu boisdan. ham kitob o'qish san'atini chuqur bilib olish, unga amal qilish har bir kitobxonning burchidir. Biz bu o'rinda kitob o'qish madaniyati bo'yicha xalq an'anaviy tarbiya usulidap kelib chiqib quyidagilarni ta'kidlab o'tishni ma'qul ko'rdik.
1. O’qish madaniyati tarbiyasini dastavval oiladanboshlash kerak. Bolaga kitob bilan muomala qilish, ku-tubxonadan foydalanish, o'qish san'ati, qisqasi, kitobxonlik va kitabsevarlik ko'nikmasini, kitob ustidaishlashni o'rgatish uchun ota-onalarning o'zi o'qish madaniyatidan ozmi-ko'pmi xabardor bo'lmog'i lozim. Agar xonadonda zarur adabiyotlardan iborat kattami-kichik kutubxona bo'lsa, ota-onasi kitob bilan ishlashdan, bag'oyat olijanob soha kutubxonachilik qonun-qoidalaridan ozmi-ko'pmi xabardor bo'lsa, bunday oilada katta-kichik yoshlikdanoq kitob o'qish madaniyatini egallab boradi.
2. Bolalarda kitob o'qish madaniyatini shakllantiraborishda bolalar bog'chalari ham aktiv ish olib borib,ota-onalarg'a yaqindan yordam bersa, ayni muddao bo'lar edi. Chunki kichkintoylarda kitobga mehr uyg'otishdabolalar bog'chalarining roli juda kattadir.
3. Fikrimizcha, maktab va oliy bilimgohlar o'quv dasturlariga kitob o'qish madaniyati darsini kiritish zaruriyatga aylandi. Bunday darslarda xalq an'anaviy pandnomasidagi kitob madaniyati, o'qish odobi bo'yicha qonun-qoidalari, kitob mutaxassislari, yirik olixtlar, kitobsevarlar, shuningdek, yozuvchilarping kitob o'qish madapiyati haqidagi qiziqarli va mazmunli fikrlari bayon etilsa, kitobsevarlar ko'ngilli jamiyati faoliyatlarida shaxsiy kutubxonalar va davlat kutubxonalari rahbarlarining chiqishlari ta'minlaisa,ayni maqsadga loyi^ish bo'lur edi.
4. Ma'lumki, kutubxonada o'qish madaniyatini tar-biyalashda kutubxonachilik darsldri joriy etilgan. Hamma joyda bolalar bog'chasida ham, maktabda ham, jamoat joylari va ishxonalarda ham, kutubxonalardaham kitob bilan ishlash, kitobxonlar sonini oshirish,kitobsevarlik harakatini avj oldirish, shuningdek, kitob o'qish madaniyatini yo'lga qo'yish va uni mukammallashtirish yuzasidan katta ish olib borish kerak. Bunda, ayniqsa, yozuvchilar, noshirlar tashabbus ko'rsat-molari lozim. Radio, televizor va vaqtli matbuot ak-tiv targ'ibot ishlari olib borishi zarur.
5. O’qish madaniyatini tarbiyalashda ijtimoiy fan-lar sohasidagi oliy o'quv yurtlari, fakultetlar, kafedralar, tashkilotlar o'zaro uzviy aloqada ish olibborishlari, bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari zarur. ,Bu sohada, xususan, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyati oliygohi kutubxonachilik fakulteti tashabbus ko'rsatsa soz bo'lardi.Uni alohida ta'kidlash kerakki, respublikadagi ko'pgina oliy va maxsus o'rta o'quv yurtlarida kitobshunoslik, kutubxonachilik va bibliografik ma'lumotlarni dars sifatida o'tish yo'lga qo'yilgan, lekin maktabda bu ishga hanuzgacha ahamiyat berilmay kelinadi. Bu. ishni ham maktabdan boshlash zarur. Buning uchun manbaa va asoslar yetarli. Agar kutubxonachilik va kitob madaniyati asoslari, bibliografik ma'lumotlar va kitob ustida ishlash maktabdan boshlansa, kitobga befarq qarashlik, kutubxonalar bilan ishlashda cheklanganlik, o'qish madaniyatidagi no'noqlik kabi nuqsonlarning oldi olingan bo'lar edi. Endi kitob saqlash madaniyati haqida ikki og'iz so'z.Kitobxonlik birgina kitob o'qish bilangina belgilanmaydi. Kitobxonlik—yuqorida ham qisman aytgani-mizdek, kitob xarid qilish, kutubxonalardan foyda-lana bilish, kitob o'qish, uni saqlash va kitob bilan muomalada yuksak madaniyatlilik namunasini ko'rsagishkabilarni ham o'z ichiga oladigan keng tushunchadir.Ular orasida kitobni saqlay bilysh, uni «davolab»umrini uzaytirish, oqilona foydalana olish kabi qir-ralari alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, har bir kitobsevarning birida ko'proq, ikkinchisida ozroq kitob bor, demak, har bir kitobxon-ning kattami-kichik shaxsiy kutubxonasi bo'ladi. Anashu kutubxonada kitoblarni tartib bilan joylashti-,rish, yuzlab, hatto minglab kitoblar orasidan kerakli, zarur nashrni «vsoylik bilan topa olish o'chuy~nimya qilish kerak, buning qanday yo'li byur? Bu ham kitobxonlik odobi, madaniyati, kitobsevarlikning o'ziga xos«sir»laridan biridir. Kutubxonashunoslik fanida kitoblarni joylashtirish degan termin bor. Buning mazmuni kitoblarning binoda yaxshi saqlanishini ta'minlashdan, kitobxonga qulay xizmat ko'rsatish va kutubxonaning barcha ish shakllaridan keng .foydalanish imkoniyatini yaratib be rishdan iboratdir. Kutubxona fondlarini joylashti-rish usullari ichida sistemali alfavitli, xronologik,geografik, format, inventar hamda tillar bo'yicha joylashtirish eng asosiy usullardan hisoblanadi. Alfavitli va inventar usullardan boshqa usullar mustaqilravishda qo'llanilmaydi, balki bir-biri bilan birgalikda qo'llaniladi. Masalan, sistemali joylashtirish, odatda, alfavitli usul bilan, jurnal va gazetalarni polkalarga joylashtirishda esa ko'pincha alfavitli xronologik usul bilan birga qo'llaniladi. Bunda bi-rinchi asosiy usul bo'lib, ikkinchi yordamchi usul sifa-tida xizmat qiladi. Sistemali alfavitli usulda joylashtirishda sistemali usul asosiy usul hisoblanadi, chunki u fondni joylashtirishda asosiy tartibnibelgilab beradi, alfavitli usul esa bu yerda yordamchi usul sifatida xizmat qiladi. Kutubxona fondini joylashtirish usuli fondning katta-kichikligiga, fond tarkibidagi nashrlarning turlariga, kitobxonlarga xizmat ko'rsatishda qanday sistema qo'llanishiga qarab belgi-lanadi. Ayni shu qoidalarni shaxsiy kutubxonasi borlar ijodiy qo'llay bilsalar foydadan xoli bo'lmaydi.Shaxsiy kutubxonada kitoblarni joylashtirishningkonkret usuliga kelganda shularni ta'kidlash zarur:bu kitoblarni bo'limlarga ajratib joylashtirishdir.Uning umum tomonidan qabul qilingan qoidasi taxmi-nan mana bunday:
1. Mutaxassislikka oid kitoblar;
2. Badiiy kitoblar;
3. Diniy kitoblar;
4. Spravochnik kitoblarr
5. Lug'atlar;
6. Qomuslar;
7. Gazeta va jurnallar.
Bordiyu, shaxsiy kutubxonada badiiy kitoblar yetarlicha bo'lsa, ularni o'z navbatida proza, poeziya, dramaturgiyaga, klassiklar va zamonaviylarga alohida-alohida alfavitlar bo'yicha joylashtirish mumkin. Noyobkitoblarga javondan maxsus joy ajratilgani ma'qul.Kunda yoki kunor kerak bo'ladigan kitoblar javonningeng ko'rinarli, olinishi oson bo'lgan joyga qo'yilishi ayni muddaodir. Fondi boy kutubxonada ham, kitobinisbatan oz shaxsiy kutubxonada ham, bor kitoblargakatalog tuzilgani ma'qul. Bu umuman kutubxonalarda ham ishni ilmiy tashkil etishning eng qulay va samarali yo'li hisoblanadi. Qataloglashtirishning qat'iy qoidalaridan qanday foydalanish kitobsevarlarning o'ziga bog'liq. Ammo har bir kitobga alohida-alohida kartochka tuzib katalog qilish, kartochkalarninghar birida unga qayd etilgan kitob haqidagi ma'lumot, ya'ni kitobning «biografiyasi» berilishi lozim.Qitob muallifi, nomi chop etilgan nashriyot, sahifalarsoni, narxi, xarid qilingan vaqti shular jumlasidan-dir. Shaxsiy kutubxonasi bir kishilar katalog tuzishning alfavitli va sistemali usulidan foydalanishlari mumkin. Lekin sistemali qo'llash qulayroq. Chunki alfavitli katalogda kitob alfavit tartpbda berilganidan u yoki bu mavzuga oid qanday kitoblar borligini tezdan topib olish mushkul. Qitoblarni fan tur-lari bo'yicha joylashtirish sistemali katalogga xosbo'lib, u holda u yoki bu masalaga oid kitoblarni aniqlash imkoiini beradi. Ammo badiiy adabiyotdaularning har ikkovini qo'llash unchalik maqsadli emas.Uni janr turlari bo'yicha joylashtirish yoki uning qulayroq formasini topish bu kitob sevarning aql-zakovatiga, topqirligiga, zukkoligiga bog'liq masaladir.«Qitob ham xuddi odam singari hayot hodisasidir, deb yozgan edi M. Gorkiy, u ham jonli faktdir, uham so'zlaydi va u inson tomonidan bunyod etilgan vaetilayotgan boshda hamma buyumlarga daraganda o'zgarsi^«buyum»dir».
Shunday qilib, kitob katta-kichik insonning yaqindo'dti va doimiy yo'ldoshi bo'lib, uning aqliy taraqqiyoti va ma'naviy kamolotiga yordam beradi. Kitobsiz yashash mumkin emas, chunki har qanday kishi faqat ki-tob orqaligina insoniyat tarixi va o'tmishi haqida aniqtushunchaga ega bo'ladi. Kitob kishi ongini boyitadi, uning tabiat va jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlarnibilib olishiga imkon beradi. Eng muhimi, kitob kishini to'g'ri yashash va hayotda o'ziga mos o'rin tanlab olishga o'rgatuvchi darslikdir. Insonlardagi olijanoblik, bar'cha fazilatlar kitobdayadir: Bashariyat tarixida buyuk mutafakkirlar faqat kntob bilan oshno bo'lganlar.Shuning uchun ham M. Gorkiy: «Kitobni sevingiz, usizning hayotingizni yengillashtiradi, sizning qaynoqva tugal fikr, his hamda voqealarni bilishingizga do'stona yordam beradi, u sizni insonni va o'zingiznihurmat qilishga o'rgagadi, sizning aql va qalbingizni dunyoga, insonga muhabbat hissi bilan boyitadi», deb bejiz aytmagan edi.
BILIB QO’YGAN YAXSHI:
Rimda italyan shoiri va olimi Franchesko Petrarka (1304—1374) boshiga dafna daraxtining barglaridan yasalgan g'alaba tojini kiygizishgan. Bu yaxshi kitob yozgani uchun mukofot edi. Ammo o'sha paytda matbaa bo'lmaganligidan shoir- asarlari qo'lyozma holdatarqalgan. Zamondoshlari shoirning izzat-ikromini shu darajada joyiga qo'yishganki, hatto aql bovar qilmay-di. Qunlardan bir kun shoir sayohatda yurib, muxlislaridan biri zargarnikida qo'nadi. Keyincha zargar shoir. tunagan xonaning devorlariga oltin suvs yuritib chiqibdi. Bir vaqtlar butun Yevropa yozuvchi va olim E. Rotterdamsga juda ham ixlosmand bo'lgan. Har bir o'qimishli kishi o'z xonasida uning kitobi bo'lishiga intilgan. Adib bilan xat olishib turishish sharaf hisoblangan. Olimlar va shoirlar 'bahslarida, kishilar o'z fikrlarining isboti uchun Erazm Rotterdamsdan dalillar keltirishgan. Bu ham yaxshi kitob yozganievaziga bo'lgan. Italyan faylasufi va shoiri Jordano Bruno(1548—1600) ellik ikki yoshida gulxanda yondirildi. Rus revolyusioneri, yozuvchi va olim A. N. Radish-chev Petropavlovsk qal'asiga tashlandi. Bu man etil-gan «Peterburgdan Moskvaga sayohat» kitobini yozgani uchun edi. Ingliz tarixchisi, yozuvchi, davlat arbobi Tomas Morning kitobi taqiqlanib, chop etilishiga yo'l qo'yilmadi. Gollandiyalik materialist-faylasuf Spinoza-Benediket (Barux) (1632—1677) ham o'z kitobi uchun qattiq nazorat ostiga olinadi. Ma'rifatga intilgani, kitobni sevgani uchun o'r-ta asrning buyuk olimi Ulug'bek boshidan ajraldi. Isyonkor shoir Mashrabning ovozini o'chirish, qo'-liga qalam oldirmaslik uchun ozmuncha urinishmadi,oxiri qatl qilishgacha borib yetdilar. Mashhur ozor shoiri Nasimiyning taqdiri Mash-rabdan ham og'irroq bo'ldi: kitob bitgani uchun hukmdorlar, dindorlar uni tiriklayin terisini shilib oladilar. Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosirlarxalq dard-alami, yurt mustaqilligini kuylashgani uchunhizil imperiyaning qurboni bo'ldilar.Bularning hammasi kitob tufayli sodir bo'ldi. Ha,jaholat botqog'iga botgan nodonlar o'z davrining ilg'or va erkin fikrlovchi kishilarini qatl qilganlari,avaxta va zindonlarga tashlaganlari, ona Vatanlaridan yiroqlarda sarson-sargardon yurishga majbur etganlari, tafakkur olamining hadsiz mahsulini turliyo'llar bilan yo'q qilib tashlaganliklari tarixdan ma'lum.Mana, yana bir xarakterli fakt. Arablar Iskandariyani bosib olganlarida u yer-da juda boy kutubxona borligi to'g'risida xalifa Umaral Foruqqa xabar qilganlar va kutubxonadagi kitob-larni nima qilish kerakligini so'raganlar. XalifaUmar al Foruq:
— Agar kitoblarda yozilgan narsalar Qur'on so'z-lariga zid bo'lsa, bu kitoblar zararlidir, bordi-yu, Qur'onda aytilgan narsalar yozilgan bo'lsa, ortiqchadir. Binobarin, har ikki holda ham bu kitoblarningxammasini yo'qotish kerak, deb javob bergan. Natija-da Iskandariyaning g'oyat boy xazinasi kutubxonagao't qo'yilib, kitoblarning barchasi yondirib yuborilgan.
... Parijdagi «Milliy kutubxona», Angliyadagich «Britaniya muzeyi», Oksforddagi «Bedlnian kutubxona-si», Turkiyadagi «Top Qopiy» saroyi kutubxonasida, Eronning «Guliston» kutubxonasida, Moskvadagi Mar-kaziy kutubxonada, Leningraddagi Ermitajda, Salti-kovgShchedrin nomidagi Davlat xalq kutubxonasida, Toshkentdagi Alisher Navoiy kutubxonasida ming-minglab jildlarda nodir kitoblar saqlanadi. Bular xalqning bebaho mulki va bisoti, ayni chog'da iftixoridir. Ular orasida avvaliga, chorizm bosqinchilari, keyinesa qizil imperiya jallodlari tomonidan o'g'irlab ke-tilgan ming-minglab turkiy va forsiy tillardagi madaniy merosimiz namunalaridan bor. Londondagi birinchi xalq kutubxonasining asos-chisi S. Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo'llanilgan. Qonunga ko'ra, aybdorlar qamalgan yoki 7 yil qamoqqa hukm qilingan. Taxminan yigirmanchi-o'ttizinchi yillarda Uzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona, Andyjon, Qo'qon, Xiva va boshqa shaharlarida «Kitobxonlar uyushmalari» vujudga kelgan edi. Bosma asarlarnnkeng mehnatkashlar ommasiga yetkazib, ularni kitobxon-likka o'rgatishni maqsad qilib olgan bu uyushmalarga ko'pincha o'qituvchilar, mahalliy va milliy intelligensiya vakillari boshchilik qilgan. Tarixiy solnomalarda qayd etilishicha, Sharqning buyuq allomasi Abu Rayhon Beruniy 150 ta kitobyozgan. Filologiya fanlari doktori, taniqli sharqshunosyulim U Karimovning aniqlashicha, undan 70 tasi astro-nomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya vageodeziyaga, to'rttasi kartografiyaga, uchtasi ob-havo masalalariga, uchtasi mineralogiyaga, bittasi fizikagaj bittasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiya-ga, to'rttasi falsafa1a va 18 tasi adabiyotga bag'ishdangan. Afsuski bularning ko'pi yo'qolib ketib, faqat 30 tachasi bizgacha yetib kelgan. Kitobning ahamiyati, shon-shuhrat qozonishi uning ,katta-kichikligi—hajmiga bog'liq emas. Muhammad ibn Muso al Xorazmiynyng «Aljabr vaal-muqobila» kitobi atigi 80 betdan iborat, xolos.Ammo bu kitobning dovrug'i satrlar osha butun jahonga taralgan. Yer kurrasining barcha qit'alarida o'quvchilarga, mutaxassislarga, umuman kishilik. jamiyatigaxizmat qilib kelmoqda. Temurning shoh asari «Temurtuzuklari»ning hajmi unchalik katta emas. Ammo u jahondagi nodir kitoblardan biridir. Bunday misollar-
dan yana ko'plab keltirish mumkin. O’rta Osiyo xalqlari kitobni qadim-qadimdan e'zozlaganlar va sevganlar, sobiq SSSR territoriyasidagi dastlabki kutubxona eramizning uchinchi asrida Xorazmda paydo bo'lgan. Tarixda o'tgan ayrim buyuk shaxslarning boy kutubxonalari bo'lgan. Chunonchi, Ulug'bek kutubxonasiningfondi miSlsiz katta bo'lgan. Ajoyib olim, buyuk sarkarda va davlat arbobi Ulug'bek ayni chog'da o'ta kitobxon ham edi. Amir Temurning ham boy kitob fondigaega bo'lgan bebahyu kugubxonasi bo'lgan. SHarqning buyuk allomalari Al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug'bek,o'zbek klassik adabiyotining namoyandalari Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Munis, Avaz Utar o'g'li, Nodirabegim, Muqimiy, Furqat va boshqalar o'z davrlarining kitobxonlari bo'libgina qolmay, «yozma kitoblar» qo'lyozma holdagi kitoblarning ajoyib targ'ibotchilari bo'lganlar. Shu jihatdan Alisher Navoiyning:
Kayon bir farmon yibardim,
Aning birla bir devon yibardim, —deb faxr bilan yozishi juda xarakterlidir. Dunyoda yozilgan kitoblarning hammasi ham yashayvergan emas. kitob qancha asr yashasa, uni yozganning BOMB ham shuncha yashaydi. Gelisentrik sistemasining nazariyotchisi Qopernik «Planetalarning quyosh tevaragida aylanishi» nomli kitobni 40 yil davomida yozgan. Bukitob nashr etilishi bilan birinchi nusxasini bemor avtorga olib qolishgan. Kitobni ola turib Kopernikdunyodan o'tgan. shondan boshlab Qopernikning nomi abadiylashdi. Uning kitobi hech qachon o'lmaydi. Mamlakatimiz territoriyasidagi birinchp kutub-xonalar IV—VI asrlarda xalqlari qadimiy boy madapiyatga, o'z yozuvi va adabiyotiga ega bo'lgan Zakavkaze hamda Urta Osiyoda yuzaga kelgan. Ular asosan shaharlar va.qisman yirik qishloqlarda ochilgan. Zakavkazening eng qadimgi kutubxonalari to'g'risidagi ma'lumotlar bizgdcha yetib kelgan. Masalan, arman tarixchisi L. Parbesi bu davrda shahar va ibodatjonalarda kutubxonalar bo'lganligi haqida yozadi. Ma'lumki, arman yozuvining asoschisi M. Mashtyan V asrda maktablar va ular huzurida kutubxonalar ochgan. O’rta Osiyodagi birinchi kutubxonalardan biri IV—V asrlarda yuzaga kelgan Qangyuy podsholigi hukmdorkning saroy kutubxonasi edi. VII—VIII asrlarda madaniyat va yozuv- yodgorliklarini yo'q qilib yuborgan feodallarning o'zaro urushlari hamda chet elliklarning bosqinlari tufayli kutubxonalarning ko'pchiliti xarob bo'lgan. XVIII—XIX asrlarda O’rta Osiyoning ko'pgina shaarlarida qadim-qadimlardan davom etib kelayotgan jitrb bozorlari yanada kuchayadi. Urta osiyoliklar Irbit, Astraxan, Qozon va boshqa savdobozorlariga borib, qo'lyozma-kigoblar sotganlar. Ayniqsa, kitob savdogi Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent kabi sharqning madaniyat, savdo-sotiq markazlarida keng avj olgan,bu shaharlarda alohida kitob sotadigan savdogar-kitob furushlar bo'lib, ulardan chiroyli badiiy bezalgan,nafis miniatyuralari ishlangan kitoblarni hamda turli davrlar va shoirlarga mansub qo'lyozma-kitoblarnisotib olish mumkin bo'lgan. «Buyuk ipak yo'li»ga joylashgan katta-kichik karvonsaroylar, bekatlar qoshidamaxsus kutubxonalar bo'lgan.Rusiyada matbaa, ya'ni bosmaxona yo'li bilanbosilib chiqqan birinchi kitob «Apyustol» bo'lgan.Uni 1564 yilda rus ixtirochisi Ivan Fyodorov o'zi yaratgan kitob bosish mashinasida chop etgan. Bu eng birinchi rus bosma kitobi edi. Bir necha yuz nusxa kitobnibosib chiqarish uchun o'shanda rosa bir yil ovora bo'lingan. O’rta Osiyoda birinchi bosmaxona 1868 yilda harbiy okrug shtabida ochilgan. Usha yili Turkistonda ruszoologi, sayohatchisi va geografi N. A. Seversevning kitobi birinchi marta rus tilida bosilib chiqadi. Kitobda Norin daryosining manbaidagi tog'li o'lka manzarasn mufassal bayon qilinadi. Ko'p o'tmay bosmaxona mahalliy aholi uchun o'zbek tilida Shohimardon Ibrohimov tomonidan tuzilgan 1871 yil kalendarini bosib chiqaradi. 1880 yilga kelib esa Xivada ham o'zbek tilida kitoblar chop etila boshlagan.
Dunyodagi eng mitti kitob Yaponiyada paydo bo'ldi. U «Gullar tili» deb nomlangan bo'lib, ingliz tilida nashr etilgan. Kitobni faqat katta qilib ko'rsatuvchi oyna orqaligina o'qish mumkin. Eng qizig'i shundaki, kitobchani hatto igna teshigidan o'tkazsa bo'ladi. Uningvazni 0,0076 gramm bo'lib, yuz sahifadan iboratdir. Dunyodagi eng katta kitob Berlin shahrida GDRDavlat kutubxonasida saqlanadi. Uning og'irligi 120kilogramm, hajmi 170X110 santimer. U 1961 yili nashr etilgan.
Shunday qilib, fikrlash, olam sirlarini anglashuchun kitoblar mutolaa qilar ekanmiz, ularning asosiy qismida insondagi ezgu fazilatlar ulug'langani vaayniqsa kamtarin kishilar alohida mehru ixlos bilanta'riflanganiga ko'p duch kelamiz. Bu esa kamtar kishifazilatlarini o'rganishga undaydi. Marhamat, davrani kengroq oling, navbatdagi mavzu kamtarlik xususida.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling