Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
SO’Z BOSHI
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz qayta tiklanib, yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma’naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma’naviy etuk, fidoyi etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. “Qadriyatshunoslik” fanidan tuzilgan ushbu ma’ruzalar matnida qadriyatlarning mohiyati va asosiy turlari, tabiiy, moddiy, ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy qadriyatlarning o’tmishdagi ahvoli, ularning mustaqillik sharofati bilan tiklanishi, istiqboli, hadriyatlarning islohotlarni chuqurlashtirib, jamiyatimizni yangilashdagi, inson ma’naviy barkamollgi, uning dunyoqarashi, bunyodkorlik faolligini, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi o’rni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon hamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi dolzarb masalalar haqida fikr yuritiladi. Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish, va ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish shu kunning muhim vazilaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z navbatida oliy o’quv yurtlaridagi tegishli kafedralar zimmasiga o’quv predmatlarining dasturlari hamda dasrlik va o’quv qo’llanmalarni xozirgi zamon talablari va ilm-fanning keyingi yutuqlarini xisobga olgan holda yangilab borish, O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’quv rejasiga kiritilgan yangi fan-predmetlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklar yaratish vazifasini yuklaydi. «Ijtimoiy madiniy faoliyat» yo’nalishi bo’yicha o’qitilayotgan o’quv predmetlari orasida «Qadriyatshunoslik» fani alohida o’ringa ega. Zero, ming yillar davomida to’plangan boy ma’naviy merosni avaylab-asrab, uni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosid shakllantirib, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish-mustaqillik poydevorini mustahkamlashning asosiy garovidir. Hech bir xalq o’zini anglamasdan, milliy madaniyati va qadriyatlarini avaylab-asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlarning qadriyatlariga xurmat-izzat bilan qaray olmaydi. SHuning uchun qadriyatlarning tiklanishi umuminsoniy qadriyatlar sari rivojlanishining yakkayu-yagona yo’lidir. «Qadriyatshunoslik» fani mustaqil O’zbekistonimizning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga nechog’li sodiqligiga bog’liq ekanligidan kelib chiqib, milliy qadriyatlarning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib ketish jarayoni, ularning taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarning paydo bo’lish jarayoni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi masalalarining qay ahvolda bo’lganligi va qay tarzda xal etilganligiga alohida urg’u beradi. Istiqlol tufayli kiritilgan yangi «Qadriyatshunoslik» o’quv predmetining ahamiyati uning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rin, ular bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta’siri hamda tarbiyaviy funktsiyalari bilan belgilanadi. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling