Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua
Download 422.09 Kb.
|
Majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet sayti
- Ishning maqsadi
Qo’shimcha adabiyotlar:
Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991. 19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001. 20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995. 21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997. Internet sayti: www.ziyonet.uz www.google.ru www.fikr.uz Amaliy mashg’ulot 2-Mavzu: Bola aziz odobi undan aziz Reja: 1.Bola tarbiyasida ota-onaning mas’uligi 2.Bola tarbiyasida ta’limning o’rni 3.Bola tarbiyasida tashqi muhitning ta’siri Ishning maqsadi: Bola tarbiyasida ota-ona, jamiyat, davlat, ta’limning o’rnini o’rganish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash. Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari. Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi. Dono xalqimiz tomonidan bizga buyuk meros sifatida qoldirilgan qadriyatlar schida bola tarbiyasi, axloq-odobi bilan bog'liqlari behisob bo'lib, ular hamma davrlar uchun ibratlidir. Bola tarbiyasiga e'tibor xalq donishmandligi — og'zaki ijod namunalarida, an'anaviy xalq tarbiya usullarida har tomonlama chuqur ishlangan, oilaviy udumlar, odatlar, an'analarda o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, o'zbek xonadonida farzand — xoh o'g'il. xoh qiz — dunyoga kelishi katta bayram-sayil, had-behad quvonch, bitmas-tuganmas sevinch, ilohiy bir tantana, chunki o'g'il bolaning o'rni bor, qizi borning qadri, har ikkisi bo'lsa yana yaxshi. Ayniqsa, o'g'il bolaning tug'ilishi ota-onaga o'zgacha shodlik, favqulodda baxt-saodat baxsh etadi. CHunki qiz birovning hasmi, o'zga oilaning baxti,saodati, quvonchi, shodligi, ko'rki, fayzi deb qaralsa, o'g'il bola oilada muqim qoluvchi, sulola davomchisi, oila beshigining tebratuvchisi so'nggi damda ota-ona tobutining egasi, oila charog'boni sanaladi. U — go'sha ko'rki, oila savlagi, uning sha'ni, obro'si, an'analarining himoyachi-qo'riqchisi qolaversa qo'ni-qo'shni, mahalla-ko'y, qishloq-ovul eng asosiysi, ota-yurt himoyachisi, ona zamin fidoyisi. SHunga qaramay, baribir, o'g'il-qiz, boshqacha aytganda, farzandning dunyoga kelishi ota-ona, oilaning umid-orzulari, ahil-birodarligi, ko'rkamligi, fayzliligi, qut-barakasi, obro'si, qadriyati, nufuzi, bardam-bir, oila mustahkamligi, tutunligining nishonasi, tasdig'idir. Mashoyixlar dunyoda chaqaloqning ovozidan ko'ra yoqimliroq va dilbarroq tovush yo'q deyishadi. CHaqaloq ovozi — toshbag'ir qalblarni erituvchi, kishining inson ekanligini anglatuvchi, hatto gung ta-biatni ham uyg'otib, unga jon ato qiluvchi mo'jiza, ilohiy nido.Odatda, to'y-ma'rakalarda kelin-kuyovga qarata shunday duo-olqish aytganlar, aytadilar: — Iloho, shu xonadondan hamisha go'dakning yig'i ovozi tinmasin. Bu yig'i qayg'u-alam, kulfat yig'isi bo'lmay, chaqaloq... bitta, ikkita... o'nta o'g'il-qizning dunyoga kelish yig'isi bo'lsin. Ko'changizdan o'tganda ana shunday quvonchga quvonch, shodlikka shodlik, baxtga baxt qo'shadigan chaqalodlar yig'isini eshitilib yuraylik| Bu tilak-olqishlar tag zaminida chuqur ma'no, teran fikr, xalq donishmandligining in'ikosi bor! Rivoyat qilishlaricha, bola tug'ilganda osmondan farishtalar tushib, uning kelajagini belg'ilab berar emish. Shunda tilak bildirib, bolaning uch joyidan silar emish. Birinchi, peshona. Agar farishta bolaning peshonasidan silasa, kelgusida keng va do'ng peshonali, serfazilat, aqlli, dono kishi bo'lib yetishar emish; Ikkynchisi, ko'krak. Bordi-yu farishta bolaning ko'kragidan silasa, u bag'ri butun, fe'li keng, serfarzand bo'lib o'sarmish; Uchinchisi, qo'l. Agar farishta bolaning qo'lidan silasa ,u saxiy, xotamtoy, bir mayizni topsa boshqalar bilan qirqqa bo'lib yeydig'an bo'lib o'sar ekan. Mabodo farishta bolaning uch joyidan ham silasa, hamma xislatlar birlashib, bola mukammal inson bo'larmish. SHunday qilib, oilada yangi farzand paydo bo'ldi. Ota-ona, qavmu-qarindosh, yoru birodar, qo'ni-qo'shni, mahalla-ko'y, qolaversa, qishloq-ovulga u o'zi bilan olam-olam quvonch, shodlik, yaxshi kayfiyat, umid ishonch, ezgu niyat olib keldi. SHu fursat, shu daqiqalardan boshlab, baxtiyor xonadonda xalqning uzoq moziydan o'tib kelgan udumlari, odatlari, rasm-rusumlari-yu an'analari «tiriladi», ularga qayta jon ato bo'ladi. Ayni choqda bolaning axloq-odobi haqida qayg'urish, mas'uliyat, tashvish boshlanadi va xalqning donoligi, buyukligi yordamga keladi, ota-ona ikki omilni, ya'ni bolaning sog'lom o'sishi bilan bog'liq udumlaru odatlar bilan uning dastlabki, ilk tarbiyasi, odob-axloqiga oid an'anaviy yo'l-yo'riq, tajribalardan foydalana boshlaydi. Xo'sh, xalqimizda farzandning yorug' dunyoga kelishi va ilk tarbiyasi bilan bog'liq qanday udumlar, odatlar, rasm-rusmlar boru, bu sohadagi xalq tarbiyaviy an'analari nimalarni o'rgatadi? Bu savollarga atroflicha javob berish uchun jild- jild risolalar, dasturlar yozishga to'g'ri keladi. Biz esa bu o'rinda imkoniyatimiz doirasida inson qadriyatlarining eng asosiy va zaruriysi bo'lgan ana shu mavzuning ba'zi bir nuqtalarigagina e'tiborni qaratmoqchimiz, xolos. Darhaqiqat; xalq pandnomasi bolaning dunyoga kelishidan to es-hushpni taniguncha bo'lgan davrda oila, birinchi navbatda, ota-ona bajarishi lozim bo'lgan bag'oyat hayotiy, xalqchil. odatlar, udumlar, rasm-rusumlar, an'analarga nihoyatda boy. Ularning har biri ibratli bo'lib, chaqaloqnnng aqliy, jismonan kamol topishida muhim rol o'ynaydi. Dastavval, shuni aytish kerakki, intizorlik bilan kutilgan farzandning tug'ilishi ota-onaga faqat quvonch, shodlikkina bag'ishlab qolmay, balki benihoya tashvish, o'ta mas'uliyat ham yuklaydi. Farzandni parvarish qilish, ovqatlantirish, kiyintirish, to'rt muchali sog'-omon bo'lishi, nutqining o'sishi, muomalasi, xulq-atvorining shakllanishi, ma'naviy va jismoniy kamoloti bilan bog'liq tashvish va muammolarning son-sanog'i yo'q. ...Bola tajribali, chaqqon, oqila doya momolar (hozir ko'proq vrach-akusherkalar)- tomonidan maxsus xona, vaziyat-sharoitda qabul qilinib olindi. SHu o'rinda bola tug'ilishida turkona udumlar bilan hozirgi tabobatdagi ayrim zid holatlarni ta'kidlash o'rinlidir. Buni ikki xolatdagina qiyoslaylik. Doya momolar chaqaloq tug'ilganidan uni ona ko'ksiga qo'ygan. Bola ilk bor ona hidini, ona mehrini his etgan. Ayni damda ona sutini emdirish bilan bolaga ona muhabbatini singdirgan. Afsuski, zamonaviy shifoxonalarda bola tug'ilgandan so'ng onadan hatto ikki-uch kecha-kunduzgacha ayri saqlanadi. Uning ongiga, qalbiga ona sezgisi, mehri, hidi singdirilmaydi, balki qandaydir zararli dori-darmonlaru, ona sutidan yuz bor quvvatsiz bo'lgan sun'iy ovqatlar singdiriladi. Ehtimol farzandlarimizning so'nggi davrda onaga mehri-muhabbatida kemtiklik borligi shu bilan izohlanar. Yana bir holatni aytmasak bo'lmas, ya'ni doya kampir chaqaloq tug'ilishi bilan ikki oyog'idan, ikki qo'lidan, ikki- qulog'idan ko'tarib ko'rar ekan. SHu a'zolar chaqaloq og'irligini ko'tara olsa u sog'lom bo'larkan. Chinqirib yig'lasa, demak, bir qusuri bor deb o'sha qusur-xastalik izlab topilarkan. Zamonaviy tibbyayot xodimlarining shunga e'tiborsizligidan, respublikamizda ortopedik shifoxonalar bolalar bilan to'lib ketayotgani sir emas. Xalqdagi shu kabi udumlarni unutganimiz, xalq tarbiyasi usullariga befarqligimiz, uni bilmay rad etishimiz faqat salbiy oqibatlarga olib keldi. Bunday misollar ko'p, jumladan, bola bir necha kundan so'ng pok suviga olinib, qulog'iga azon aytildi, deylik. Darvoqe, yettinchi kun bolaning qulog'iga azon aytilishining juda katta ahamiyati borligi jamiki mo'min-musulmonlarga oyday ravshan. Azon aytildimi, demak, u pok suviga olingani qalbi yanada poklanadi, uning qalbiga Allohning muborak nomi muhrlanadi. Alloh nomi azon bilan murg'ak ongga muhrlandimi, demak, bandasi ham poklandi, endi u nuqsonlarga yo'l qo'ymay, Yaratganning yo'l-yo'riqlari, ko'rsatmalarini bajarishi, iymonli bo'lishi, ezgu, tabarruk ishlarga qo'l urishi lozim. Halolni harom-harishdan, rostni «yolg'ondan, to'g'rilikni egrilikdan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshilikni yomonlikdan, muruvvat, savob, ezgulik va boshqa insoniy xislat-fazilatlarni badxulq, yaramas, odamzod sha'niga dog' bo'luvchi qusurlardan farqlay olishi lozim. Rad etishdan avval chadaloqning qulog'iga aytilgan azonning qanchalar xayrli, savobli va foydali ekanligini anglab yetish zarur! Azon orqali chaqaloq yanada poklangach, boshqa udumlar boshlanadi. Qo'pdan-ko'p katta-kichik udumlar orasida beshikka yotqizish asosiy o'rinni egallaydi. «SHu o'rinda medisina ma'lumotlariga amal qilgan holda,deyiladi «Sotsialistik urf-odatlar hayotga» kitobida (T. «Uzbekiston», 1987, 11-bet),— beshikdan voz kechmoq kerakligini ta'kidlaymiz. Beshik hech qanday yaxshilikka olib bormaydi: bolaning bosh tuzilishi o'zgaradi (?), suyaklari qiyshayadi (?!), uyqusi buzilada va boshqa salbiy hodisalar (?!) yuz beradi. Go'dak tug'ilgan oilada «beshik to'yi» nomi bilan o'tkaziladigan har xil ziyofatlarni ham bekor qilmoq kerak. Bunday ziyofatda juda ko'p mehmon qatnashishi tabiiydir. Natijada onaning toliqib qolishi (?), murg'ak bolaning esa turli kasalliklarga (?!) chalinishi hech gap emas». Ana xolos. Bundan ham ortiq nodonlik mantiqsizlik, qolaversa, manqurtlik bo'ladimi? Endi mana buqaydlarga e'tibor bering. «Beshik tebratma belanchak (?!). Tol yoki tutdan yasaladi, uzunligi 1,—1,5, eni va balandligi 0,5 m gacha. Qadimday o'zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlar bolasini beshikka belab kelgan. Lekin beshikka belangan bolaning oyoq-qo'li mahkam bog'lab qo'yilganligi uning suyaklari va muskullarining to'g'ri rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari beshik govrapo'sh bilan yopilganidan havosi buzilib, bola yaxshi nafas ololmaydi. Har doim chalqancha yotavergani uchun boshining orqa tomoni yassp bo'lib qoladi. SHu sababli beshik o'rniga bolalar karavotchasidan foydalanish tavsiya qilinadi» (Salomatlik ensiklopediyasi, T. 1985, 42-bet}. Demak, ming-ming yillardan beri beshikda yotib unib-o'sgan ota bobolarimizning «bosh tuzilishi o'zgarib (qaysi tomongaligi ma'lum)», «suyaklari qiyshayib» kelgan ekan-da! «Beshikda yotgan bolaning turli kasalliklarga chalinishi hech gap» bo'lmagan bo'lsa o'zbek, tojik turkman kabi xalqlarning boshi kasaldan chiqmagan yoki butunlay yapaloq bo'lib qolgan ekan-da. Vaholanki, o'zbek, tojik va boshqa turkiy xalqlarning bolalari dunyodagi eng qaddi-qomati kelishgan, chiroyli sanalgan. Aql-hushi ham joyida bo'lgan. Bunday beshik, unga belab katta qilishning alohida ahamiyati bo'lgan. Beshik bolani ozoda, sog'lom, tetik o'sishini ta'minlagan, bu haqidagi olimlarning fikr-mulohazalariga quloq solaylik. «Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-asta tebratish (ulug' alloma bunda beshikni ko'zda tutganligi aniq —M. M.), ikkinchisi uni uxlatish uchun aytish odat bo'lib qolgan musiqa va allalashdir. SHu ikkisini qabul qilish darajasiga qarab bolaning tayasi bilan badan tarbiyasi va ruhi sog'lom bo'lib u ayni damda musiqaga bo'lgan iste'dodi hosil qilinadi». Demak, beshik bilan ona allasi bolaning ruhiy, jismoniy tarbiyasi, kamolatida hal qiluvchi ijobiy rol o'ynaydi! Darhaqiqat, yoshik insoniyat tarixida qo'lga kiritilgan eng buyuk kashfiyotlardan bo'lib, uni bebaho mo'jiza, deb atash mumkin. Zero, ayni shu — har qanday farzand uchun eng qulay, soz va zarur bo'lgan go'shada bola har tomonlama garmonik rivojlanadi, tetik bardam bo'lib o'sadi, aqliga aql kiradi. Beshik nafakat bolaning o'ziga xos oromgohi, usib-o'sadigan maskani, balki ona uchun ham, oila uchun ham zarur, qulay bo'lgan vositalardandir. Beshiknnng bola tarbiyasi, jismoniy o'sishidagi roli, qulaylik tomonlari behisob. U shunday qurilganki, bolani allalash, uxlatish, emizish, erkalash, ovutish, tebratish, orom berish, dam oldirish, ayni chog'da, onaning ham dam olishi, hordiq chiqarishi, yumushlarini bajarishida beshikdan ortiq yordamchi, ko'makchi yo'q. Bolani ozoda saqlashda, tashqi shovqin- suron, shamol-yelvizakdan asrashda, uyqusi buzilmay osoyishta va tinch orom olishida ham beshikning xizmati katta. Beshikning bola salomatligi, ozoda-orastaligi, tozaligida tutgan o'rnkni aytmaysizmi? O’zbekiston fanlar akademiyasi nashr etgan «Uzbek xalq folklori ocherklari» (T. «Fan», 1988, 17- bet) kitobida alohida ta'kidlanganidek, «beshikda bolaning buti orasiga sumak, ostiga esa tuvak qo'yilishi sababli, uning tagi ho'llanmaydi, tanasining orqa qismi yallig'lanishi va shamollashdan saqlanadi». «Beshikka ikki oyoqning bir tekis tortib bog'langani sababli ham ona.qornida yo tug'ilish vaqtida oyog'i lat yegan go'daklarning oyog'i tuzalgan. Hozirgi 1—4 yashar bolalarda goh bir, goh ikki oyoqning chiqib ketishi xastaligi beshikdan voz kechish oqibati hamdir,— deb ta'kidlaydi tibbiyot fanlari nomzodi, jarroh Xolmirza Jo'raev biz bilan suhbatda,— chunki bola yalpisiga beshikka belangan paytlarda bu kasallik bo'lmagan. Qachonki beshik zararli deb, voz kecha boshlash bunday xastaliklarni yuzaga keltirdi». Xalq orasida beshikning foydali tomonlari bilan bog'liq qaydlar, ko'pdan-ko'p udumlar mavjud. «Beshik olish», «Beshik jo'natish», «Beshikka solish», «Beshik to'yi» kabi ko'plab udumlarniig asosida beshikka bo'lgan munosabat, hurmat, e'tiqod yotadi. Beshikning bola tarbiyasi, ona taqdirida tutgan o'rni aks etgan afsona, rivoyatlarning ko'plab yaratilishi, «Bu beshik ko'rmagan», «Beshik ko'rmabsan — qiyomga yetmabsan», Beshik bola uchun oltin taxt», «Beshik — bola yo'ldo- shi, ona qo'ldoshi», «Bola — beshikdan, xotin — eshikdan», «Beshikdan. tekkan — kafanda ketar» kabi maqol, ibora, qayroqi so'zlarning yuzaga kelishi tasodifiy emas. Bola uchun ham, ona uchun ham beshik oddiy, qulay, har tomonlama foydali bo'lganiday u bilan bog'liq udumlar, odatlar, an'analar, shu jumladan, beshikka solish marosimi va beshik to'yi ham bag'oyat go'zal, ixcham va har qanday oila hayotida bir umrga esda qoladigan qadriyatlardandir. Beshikka solish ko'pchilik joylarda chaqaloq tug'ilganining 7—9- kunlarida (ba'zi viloyatlarda bu raqam o'zgarib turgan) bajarilsa, ayrim joylarda qirqi chiqqandan keyin amalga oshirilgan. Beshikka atalgan to'y marosimi tarkibidagi udumlar, .odatlar, rasm-rusumlar ham rang-barang bo'lib, xalq odobnomasi doirasida o'tkazilgan. Beshikni ota-ona olmagan, balki nabira ko'rgan bobo-momo keltirishgan. Uz qizini turmushga chiqargan ota-ona qizi homiladorligini sezgandan beshik izlash taraddudiga tushgan, uning Jihozlarini taxtlay boshlagan va bola beshikka solinadigan kuni olib kelishgan. Sotiladigan narsalar orasida faqat beshik, sumak, tuvak savdolashilmagan. Sotuvchi bu jihozlarga narx qo'yib tortishmagan, oluvchi ham qimmat-arzon demagan. Balki xaridorning ko'nglidan chiqarib berganiga sotuvchi rozi bo'lg'an. Bir beshik.bir necha avlodlarga xizmat qilgan. Agar beshikka ilk belanganda go'dak sog'lom voyaga yetsa, bu beshikka ukalari bog'langan, so'ng yaqin qarindoshlari. Hatto bobosi yotgan beshikda kamol topgan nevaralar bor. Qachonki, beshikdagi bola vafot etsa, o'sha beshik ham buzib tashlangan, undan foydalanishga irim qilingan. Bolani beshikka belashdan oldin tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Bolaga kiyim-boshlar tayyorlash, sovg'a-salomlar keltirish, chaqaloqni cho'miltirish, tog'ora va oftobalarga tilla, kumush tangalar tashlash, ularni marosimda qatnashayotgan bolalarga ulashish (bu odatni sochala ham deyishadi), chaqaloqqa boshdan- oyoq kiyim kiygizish, beshikni bezash, uning atrofidan o't-cho'g' aylantirish, isiriq tutatish, bola yotgan yostig'I ostiga non, pichoq, piyoz, o'roq va boshqalar qo'yish, ins-jinsni haydash, hayvoni, ko'p bolali, bir nikohli, e'tiborli ayolning bolani belash tartib-odatini namoyish qilishi, bola belangandan keyin bir nechta juft qoshiqni beshik tagidan o'tkazish, tashqarida ot va boshqa hayvonlar borligidan xabar beresh, bolalarga tashqari-ichkarida turli o'yinlar, odatlarni bajartirish, allalar va boshqa qo'shiqlar aytish, oshnoga tortish, sochqilar sochish kabi udumlar asosida xalq bag'oyat xalqchil, hayotiy ODOBNOMA yotadi. CHunonchi, beshik atrofidan, tagidan non, qoshiq, pichoq o'tkazish shu xonadon ma'mur, to'q bo'lsin, pichog'i moy ustida, qoshig'i kosada tursin, shu bilan birga, xonadon farzandlarga to'lsin degan ramziy ma'noni anglatsa, ayolga juft patir yoki nonni tishlatish esa bola to'q bo'lsin, onasining siynasi sutga to'lib tursin kabi aqidani anglatgan. Non xalq nazdida ham, hayotning o'zida ham aziz va mo''tabar ne'mat. Non,bor xonadonda fayz, imon, e'tiqod bor, u to'qchilik, ma'-murchilik ramzi. Ona tishlagan nonni olib, saqlab qo'yish yoki bolalarga ulashishning ham ramziy ma'nosi bor, ya'ni ona tishlab qo'ygan nonni chaqaloq ulg'ayib, tishi chidib yeydigan bo'lsin, deyilmoqchi. Bunday misollardan yana ko'plab keltirish mumkin. Farzandining dunyoga kelib, to maktab yoshiga yetgunga qadar bo'lgan muddat orasida axloqiy tarbiya, xulq- odobga oid udumlar, rasm-rusumlar, odat^ardan yana ba'zi birlarini ko'rib o'taylik. Bola juda yoshligidan islom dini, Alloh, payg'ambarimnz Muhammad allayhissalom, aziz-avliyolarni tanish, bilish, qadrlash, e'zozlash, hurmatlash, hamisha har bir joyda pokiza, to'g'ri, odobli, xushxulq, shirinzabon,-xushmuomala, xushtavoz, kamtar, kamsuhum bo'lishga o'rgatilgan. Bola tasavvuriga til o'rganish, so'zlarni to'g'ri talaffuz qila olish, kitobga muhabbat, xat-yozuvga mehr, shuningdek, mutoala, qiroat, yodlash, tafakkurlash ham- yoshlikdan matonat bilan qadamma-qadam singdirib borilgan, Ota-onani hurmat qilish, aka, opalarni sevish, qadrlash, ostona obro'si, sha'nining qadriga yetish, unga dog' tushirmaslik, oshga an'analari va udumlariga sadoqat ham bolaga go'daklikdan uqtirilgan. Salomlashish, ko'cha-ko'yda o'zini tuta bilish, kiyi- nish, ovqatlanish, mehnatga, kishilarga muhabbat, tabiat borliqni e'zozlash, dehqonchilik, kasb-hunar, chorva, bog'dorchilikka mehr, ular mehnatini hurmatlash kabi sharqona, qolaversa insoniy qadriyatlar ham bolaga juda erta singdiriladi. Bolalar tasavvuriga ezgulik, botirlik, kamtarlik, odamiylik, do'st-birodarlikni asrash, subutlilik, fi- doyilik, matonat, qat'iyatlik, ayni chog'da, muloyimlik, sahiylik, rahmdillik, olijanoblik qo'shiq, ,to'rtliklar, allalar, ertaklar, o'yinlar, topishmoqlar, ma- qollar, tez aytishar, chandishlar, erkalama, yupatqich va hokazolar orqali yetkazilgan. SHu o'rinda bolani tabiat — borliq, hayvonot dunyosi, parranda-darrandalar bilan tanishtiruvchi hamda inson va tabiat yaxlitligi aks etgan og'zaki ijod namunalaridan bir parcha keltiramiz. SHamol tursa qo'rqmagin — SHamol bobong bo'ladi. Yemg'ir yog'sa yig'lama— Yorug' kuning bo'ladi. Oy ko'rinsa cho'chima — U chuchmomang bo'ladi. Oftob ko'rsang hayiqma — Nurafshoning bo'ladi. Kuchuk ko'rsang qo’rqma — Kuchuk oshnang bo'ladi... Mushuk, ko'rsang qo'rqma, Mushuk oshnang bo'ladi. Sigir ko'rsang sarg'ayma — Sigir oqliq bo'ladi. Bug'doy ko'rsang bo'yilma — Bug'doy noning bo'ladi... Toychoq ko'rsang tortinma — Toychoq oshnang bo'ladi. CHumchuq ko'rsang cho'kinma — CHumchuq oshnang bo'ladi. Tuya ko'rsang tortinma — Tuya oshnang bo'ladi. . Qo'ydi ko'rsang qisinma — Qo'zi oshnang bo'ladi. Bo'ri ko'rsang bekinma, Bo'ri oshnang bo'ladi. Olov ko'rsang olayma Olov oshnang bo'ladi. Suvni ko'rsang seskanma — Suv ham oshnang bo'ladi. Yerni ko'rsang talpingin — Yer ham oshnang bo'ladi. Osmon ko'rsang, intilgin, Osmon oshnang bo'ladi, Daraxt ko'rsang tirmashgin Daraxt oshnang bo'ladi. Xalqimizda bolaning ilk bor tirnog'ini olish, sochini oldirish, tishi chiqishi, etak-chechak bo'lishi, birinchi so'zni aytishi, o'ltirishga o'rganishi, birinchi- qadam bosishi, kiyim kiya boshlashi, otga yoki eshakka minishi, ilk mashqi, maktab yoxud tarbiyachi qo'liga berish bilan aloqador o'nlab udumlar, odatlar, rasm-rusumlar ham borki, ularning' barchasi barkamol inson bo'lib kamol topishining xamirturishi, poydevoridir. Ayni choqda ota-ona, qarindosh-urug', qo'ni-qo'shni, maalla-ko'y ahli bilan mustahkam aloqa, inoqlik, mehr- oqibatlik kabi insoniy fazilatlar ham diqqat-e'tiborda bo'lgan. Xalqimizda ona-ota va bola bilan bog'liq qadriyatlar beqiyos e'zozlangan, ardoqlangan. Ayni paytda bolaning mahalla-ko'y, qo'ni-qo'shnilar oldidagi far- zandlik burchini ham ado etishi, qishloq obro'si uchun astoydil kurashishi, uning kattadan-kichigini izzat qilishi, hurmatlashi va boshqalar ham nazar-e'tibordan chetda qolmagan. Buning uchun «Bir bolaga yetgi qo'shni ota-ona» maqolini eslash kifoya. Afsuski, sotsialistik mafkuraning ta'sirida bunday maqollar mantiqi unutildi. Turmush tashvishlari, mehr-oqibatning yo'qola borishi, qonimizga singgan o'zim bo'laychilik yon-atrofimizdagi bolalarning tar- biyasini unutishga olib keldi. Qo'shnining yoxud mahalladagi o'zga kishi farzandining gunoh ishlarini, duquqbuzarlik yoki jinoyatini ko'rganda ha, menga nima, bu begona-ku tarzida yonidan befarq o'tish, tanbeh berish, uyaltirish, tartibga chaqirish o'rniga loqaydlik hukm surib qoldi. Hatto dolg'ali davrda qo'ni-qo'shnini emas, har kim o'z farzandini yetarli nazorat qilmay qo'ydi. Oqibatda bolalar o'rtasida intizomsizlik, odob-axloqsizlik, hurmat-izzatni unutish hukmron bo'lib qoldi. Xuddi shu salbiy holatlar bugun yana xalq tarbiyaviy an'analariga qaytishni, naslimizni davom ettiruvchilar tarbiyasiga uyushgan holda yondoshishni talab etmoqda. SHunday qilib, bolaga sut bilan kiritilgan, non bilan singdirilgan, shaxsiy namuna, pand-nasihatu olqish-duolar orqali yuqtirilgan QADRIYATlarning ayrimlari haqidagi fikr mulohazalarimizga yakun yasaydigan vaqt keldi. Biz ularning ko'pchiligini unutdik, saqlanib qolganlarini kamsitdik, yoq osti qildik. Qolgan-qutgayalari esa ko'proq qishloq-ovullardagi oilalarda sochilgan holda yashab kelmoqda, deyish mumkin. Ammo nuqta qo'yishdan oldin bir-ikkita fakt keltirmoqchiman. Oktyabr to'ntarishigacha qaysi yilda qancha bola chala, nimjop tug'ilgani, ulardan qanchasi go'dakligida bevaqt nobud bo'lganini aytolmayman. Biroq bir narsani ayta olaman. Qish-log'imizdagi 91 yoshda vafot etgan doyachi momo qirqinchi yillarda aytgan bir so'zlariai hamon eslayman. U kishi menga, akamga, opalarimga ham doyachilik qilgan ekanlar. SHu momom (biz u tabarruk onaxonni ism- sharflarini aytmay «Doyachi momom» onamiz deb atar edik) qachon ko'rinsalar: «Sening 51 yoxud 52 ukangni qabul qilib oldim. Hammasi bo'lib ikki-uch yuzdan oshib ketdi. Ha, mening faloncha o'g'lim,- faloncha qizim ber»,— deb maqtanib qo'yardilar. U kishi qabul qilgan bolalarning chala, nimjon tug'ilganiki yoxud yoshlik, ya'ni go'daklik chog’ida bevaqt, besabab vafot etganlarini hech kim eslay olmaydi. Endi mana bu faktlarga e'tibor bering. O’z bayrog'iga «Hamma narsa bolalar uchun!», «Bizning farzandlarimiz dunyoda eng baxtiyor bolalardir», «Baxtli bolaligimiz uchun partiyaga ming rahmat», deb yozib qo'yilgan sobiq SSSRda 1989 yili tug'ilgan 5 million 62 ming go'dakning har beshinchisi kasalmand. Ularning 70 mingdan ortig'i tug'ma nogiron. Toshkent shahrida 1990 yili tug’ilgan 46822 bolaning 675 nafarida tug'ma kamchiliklar borligi hisobga olingan. Bunday misollardan yana va yana keltirish mumkin. Bu holga homilador onalarni nishona paydo bo'lgandan boshlab himoya qila olmaganimiz, bolalarimizni beshikka solish, isiriq tutatish va boshqa qadriyatlarimizni unutib qo'yganimiz, milliy tarbiya an'analaridan noo'rin voz kechganimiz ham sabab bo'lmaganmi-kin? «Bola boshidan, nihol yoshidan» degan hikmatning mag'zini chuqurroq chaqishimiznnng vaqti yetmadimikin? Yaqinda qo'limga «Bolalar bog'chasida axloqiy tarbiya» (Toshkent, «Uqituvchi», 1S90), «Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya» (Toshkent, «Uqituvchi», 1988), «Bolalar bog'chasining katta tarbiyachisy» nomli qo'llan- malar tushib qoldi. Ular bilan tanishib chiqar ekanman, hayratdan yoqamni ushladim, tomog'imga bir narsa tiqilib, ko'zimdan shashqator yosh oqdi. Sababi: har uchchala qo'llanma nasroniy mualliflar tomonidan yozilgan bo'lib, ularning birida «sovet maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni va metodlari yoritilgan bo'lib, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyaning yetakchilik roli ochib beriladi, oila bilan aloqaning zarurligi ta'kidlanadi» deyilsa, ikkinchisida «ilk yoshdagi birinchi gruppadan to maktabgacha tayyorlov gruppasi bolalariga mo'ljallangan bilim va ko'nikmalar hajmini, o'z ichiga oladi» deyilgan. Mana ularning biridan kichik ko'chirma: «Pedagog N. Q. Krupskayaning, bolalar qanchalik kichik bo'lmasin, ularning ongi va his-tuyg'ulariga dastavval har qanday jabr-zulmga qarshi, mehnatkashlarning farovon turMushlari uchun kurashchi sifatida kirib borishi kerakligi haqidagi ko'rsatmalariga amal qilish lozim». Mualliflar nishon olishni bilganlar. Endi tasavvur qiling. Mustaqil davlatning ozod, mustaqil bolalari, kelajagimiz mas'ullari, elimiz, yurtimiz taqdirini hal qiluvchi farzandlarimiz ana shu o'zga mazhab, o'zga iymon, o'zga maqsad kishilari tomonidan yaratilgan qo'llanmalarni dastur qilib oladilar, undan o'rganib voyaga yetadilar. Mazkur kitoblarda bir-ikki jumla bizga taalluqli bo'lganda alai qilmasdi. Endi, bu yog'ini o'zingiz o'ylab ko'ravering. Aziz o'quvchi, «Bolani ikki yoshgacha kim emizsa, o'sha uning onasi bo'lib qoladi» degan hadisning mag'zini chaqishingizni juda-juda xohlardim. Download 422.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling