Madaniyatshunoslik” kafedrasi qadriyatshunoslik fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 422.09 Kb.
bet7/39
Sana28.01.2023
Hajmi422.09 Kb.
#1136911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
Majmua

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Stanislavskiy K..Aktyorning o‘z ustida ishlashi. T.Xo‘jayev tarjimasi. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2011.

  2. Mahmudov J., Mahmudova X. Rejissura asoslari.-Toshkent: O‘DSI bosmaxonasi, 2008.

  3. Norboy Ortiqov Ma’naviyat: Milliy va umuminsoniy qadriyatlar. –Toshkent: O’zbekiston, 1997.

  4. Qorabayev U. O‘zbekiston bayramlari.-Toshkent: O‘qituvchi,1991.

19.Qorabayev U. O‘zbek xalq o‘yinlari.-Toshkent: San'at, 2001.
20 Musulmonova О. Ма’vaviy qadriyatlar– sod’lom avlodni tarbiyalash vositasi. –Т.: 1995.
21.Nоrboy Оrtiqov Ма’naviyat: Мilliy va umuminsoniy qadriyatkar. –Т.: O’zbekiston, 1997.
Internet sayti:

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.google.ru

  3. www.fikr.uz


Amaliy mashg’ulot
3-Mavzu: Yigitlik sha’ni, qizlik iffati
Reja:
1.Yigitlar sha’ni, g’ururi, jasorati
2.Qizlar odob-axloqi
3.O’smir yigit-qizlar odobi va muloqot madaniyati
Ishning maqsadi: Yigitlar sha’ni, g’ururi, jasorati, qizlar odob-axloqi, o’smir yigit-qizlar odobi haqida bilimlarga ega bo’lish va bu boradagi bilimlarni mustahkamlash.
Ishning jihozi: Mavzuga oid darslik va o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmua materiallari va internet ma’lumotlari.
Ishning bajarish tartibi: Talaba amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratadi.
Dono xalqimizning ibratli qadriyatlari orasida farzandlar odobi, xususan, yigitlik sha'ni, qizlar iffati borasidagi qarashlari, hayotiy tajribalari, udum-an'analari ham keng o'rin egallaydi. Bunday qadriyatlarning oilaviy nuqtai nazardan ahamiyatidan tashqari, chuqur ijtimoiy-siyosiy, katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyati borligiga mutafakkir xalqimiz har tomonlama yuqori baho bergan. Buning sabablari bor, albatta. Zero, yigit—el, yurt qo'riqchisi, shajara davomchisi — bo'lgusi OTA, oila merosxo'ri, qiz esa avlodlar yetkazuvchi ONA, el-yurt momosidir. SHu boisdan farzandlarning birovi ota, boshqasi ona bo'lib yetishishining o'zi kifoya emas, balki el-yurt manfaatlarining himoyachilari, avlodlar davomchilariga aylanishlari ham lozim. Yigitlar sha'ni, qizlar odob-iffatiga oid xalqimiz qadriyatlarining sahifalari ham inchunin ko'p, mazmunan boydir. Ularning har birini odobnoma sahifalari deyish mumkin. Har qancha namuna olsa, ibratli dars sifatida amal qilsa arzigulik. Dastavval shuni aytish kerakki, har qanday ota-ona uchun bo'yga yetgan xoh qiz, xoh yigit-farzand dastlab dunyoga kelgan va ilk qadam bosgan kunlaridagidek chek- siz quvonch, bitmas-tuganmas shodlik, baxt-saodat manbai bo'lib qolaveradi. Ularning har oni, unib-o'sishi voyaga yetishi, bo'y cho'zishi, o'smirlik qiliqlari, ayni choqda o'zlarini tutishlari, ota-ona uchun olam-olam sevinch keltiraverddi, qoniqish, faxrlanish hissini uy- g'otaveradi. Ayni choqda, o'zini bilgan, o'zganing qadriga yetgan, oilasi, mahalla-ko'y, qishloq-ovulini, qolaversa, xalqi, yurtini o'ylagan, ular oldida mas'uliyat hissini sezgan ota-ona voyaga yeta boshlagan o'g'il-qizini zo'r mas'uliyatni his etgan holda zukkolik bilan katta hayotga tayyorlab borgan. Bu gap-so'z, o'z xatti-harakatlari, odobi bilan namuna ko'rsatish, xalq an'anaviy tarbiya usullari, og'zaki ijodi, shuningdek, hayotiy an'analarni ular ongiga hech erinmasdan singdirish or- qali bo'lgan. Ha, farzandga tarbiya; odbb qadamma-qadam, kunma-kun, hatto soatma-soat amalga oshirib borilgan. Farzandlar kamolotida xalqimizning fidoiyligi, jonkuyarligi, mas'uliyatliligini ko'rib, o'qib, eshitib qoyil qolasan, kishi. Darvoqe, bola tarbiyasida, xususan, ularning o'smirlik davri kamolotida nafaqat ota-onaning xulq-atvori, odobi, balki qo'ni- qo'shni, qarindosh-urug', mahalla-ko'y, dishloq-ovulning ham javobgarligi, mas'uliyati borligi xalq an'anaviy tarbiya usulida alohida ta'kidlanadi. Buning uchun birgina «Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona» - maqolini eslash kifoya. Xo'sh, yigit-qizlar qadriyatlari va ularni amalga oshirishdagi xalq ODOBNOMASI nimalardan iborat? Xalq an'anaviy tarbiya usulining farzandlar tarbiyasidagi davomiylik, muntazamlilik sahifalari qanday? Qadimiy xalq an'analarini ko'zdan kechirar ekanmiz, odobnomasi, ibratnomasi” sahifalarini varaqlarkanmiz, bag'oyat ibratli, barcha davrlar va hamma uchun kerakli, zarur bo'lgan bir haqiqatga duch kelamiz. Bu— bola tarbiyasining uzilib qolmasligi, zanjirsimon ulanib ketishi, biror kun, hatto biror soat yo daqiqa bo'lsa-da uni unutmaslik va bu sohada hamma imkoniyatlardan foydalanish, kuch-sabot, aql-zakovat, fahm-farosat, zukkolak, topqirlik bilan ish tutishlik, ibrat namunasini ko'rsatish, hech narsani e'tibordan chetda qoldirmaslik va shu kabilardir. Bunda hamma narsa hisobga olinadi. Masalan, farzandlar baxtiyor bolalik yillarini o'tab, o'smirlik yoshiga qadam qo'ydimi (buni har bir hushyor ota-bna, qolaversa, xalq ilg'ab oladi) tarbiyada endi boshqacha yo'l tutiladi. Bola tug'ilgan kundan boshlangan tarbiya davom ettirilishi bilan bir qatorda, yosh, xarakter, qiziqish va o'ziga xoslikni e'tiborga olgan holda yanada boshqacharoq tarzda ish tutilgan. ...Farzandlar «ajratilib» — yigitga alohida, qizga alohida e'tibor bergan holda tarbiya ishlari olib borilgan. Bunda ayniqsa axloqiy, jismoniy mehnat, oilaviy, maishiy tarbiyaning eng nozik qirralariga ahamiyat berilgan. O'smirlarga ko'proq erkakcha, “ ya'ni «Otalik—oila boshliqlik» xususiyatlari singdirilgan, xususan o'zini tutishida, gap-so'zda subutlilik, el-yurt xizmatida bo'lishliq, jismoniy ishlarda qatnashish, chiniqish, ko'proq jamoat joylarida bo'lib, odamlarga aralashish, irodali bo'lish, hayvonlar «tili»ni bilishlik va ularni boshqara olish, otda yura va chopa bilish, dehqonchilik, chorvachilik, bog'dorchilik, kasb-hunar bobida ish yurita bilishlik, tijorat, savdo-sotiqni bilish, uy-ro'zg'or ishlarini bajara olish, el-yurt manfaati yo'lida fidoyilik ko'rsata olish, sport o'yinlarida (kurash, olishish, o'q-yoyni bexato ota bilish, suzishni o'rganish, uzoqqa sakrash, qisqasi, xalq an'anaviy o'yinlarini bilish) ishtirok eta bilish kabilar shular jumlasidandir. Xalq nazdida (hayotning o'zida ham!) o'smirlik davri g'oyatda ehtiyotkorlik, nazokat bilan munosabatda bo'lish talab etiladigan nozik davr. SHu boisdan ham o'smirni yomon ko'zlardan, nopok nafaslardan asrash, ajina, alvasti, ins-jinslar, dev-parilar, shuningdek ko'zi, suqi, kinnasi bor kishilaru bexosiyat odamlardan saqlab, ulardan uzoqroq tutishga harakat qilingan. Buning uchun ularga pichoq taqish, duo-olqishlar bitilgan tumorlar, shuningdek, ko'zmunchoqlar qadash, vaqti- vaqti bilan nafasi bor kishilarga damlar soldirish, parixonlar, duoxonlarga boqtirish-qaratishlar, isiriq va boshqa timsollashtirilgan o'tlar, giyohlardan iste'mol qilib yurishlari odat bo'lgan. ...Usmir yoshdagilarning yurish-turishlari, borar-kelar joylari, suhbatdosh, safardosh, maktabdoshlari, oshna-og'aynilari nazorat ostida bo'lgan. Hamma bilan ham do'stlashib, birodarlashib, kelar-kelmas joylarda yurish, aytilgan-aytilmagan joylarga boraverish, tunlari behuda sandiroqlashlar, haddan ziyod og'ir ishlani qildirmaslik, toliqtirmaslik, muomala, pandu nasihat va ran qotishda ehtiyotkorona ish tutishdik, islom madaniyati, diniga oid muqaddas qoidalar, yo'l-yo'riqlarga amal qilish, muqaddas qadamjolar — aziz-ayliyolar, tabarruk zotlar maqbaralari, adabiyot, san'at, ilm-fan, madaniyat namoyondalarini, abadiylashtiril gan joylarni qadrlay olishlariga ham diqqat-e'tiborni qaratganlar. Tarbiyaga alohida alohida, individual yopdashish bilan bir qatorda, hzr ikki o'smir tarbiyasida babbaravar javobgarlik hissi tuyilgan. Demak, ota- ona ahilligi, oila, qarindosh-urur totuvligi, shuningdek, bola va ular o'rtasidagi yaqiyalik muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi rol o'ynagan. ...Usmirlarni baquvvat,- tetik, odobli bo'lib o'sishi-ta’kidlovchi xalq og'zaki ijodi namunalarnda ular bilan faxrlanish va ularga yuksak ishonch, umid bilan qaralgani, tezroq voyaga yetib, otaona, el-yurt xizmatiga bel bog'lashlari astoydil istalgani ifodalanganini ko'ramiz: «Yigit kishiga yetmish hunar oz», Yigit degan er bo'lur, mehnat ko'rsa sher bo'lur», «yigit so'zidan qaytmas, arslon — izidan», «Yigit husni—hunar», «yigitning sarasi yov bosganda bilinadi», «Yigigning shahdi qaytguncha, ho'kizning shoxi sinsin» (Aslida yigitning so'zi qaytguncha— shaytonning beli uzilsin) kabi xalq donishmandligi aks etgan namunalar ham shular jumlasidandir. Xalq odobnomasining o'smir yigitlar sha'nini ulug'lovchi, qadrni madh etuvchi eng zarrin sahifalarini ham xalq ertaklari, dostonlari tashkil etadi. Buning uchun Go'ro'g'li, Alpomish, Avazxon, Hasanxon, Rustamxon, Kuntug'mish, Yozi, Yodgorbek, Ravshanxon, Nurali kabi o'nlab xalq og'zaki ijodi epik qahramonlarini eslash kifoya. Bu qahramonlarda xalqimizning o'smir—yigitlar obrazlari, ularning qadriyallari yuksaklikdan turib tasvirlanadi. SHu boisdan ham ular necha-necha yillardan buyon bolalar va o'smirlarning har tomonlama ibrat oladigap suyukli, ardoqli qahramonlaridan bo'lib qolmoqda. Ha, xalqimiz o'smirlar, yigitlar sha'pi va qadriyatlarini ulug'lovchi qo'shiqlar, madhiyalarni ko'plab yaratgan. Bulardan tashsari hayotning o'zida yana ko'pdan-ko'p odatlar borki, ularda ham yigitlar odobi chuqur aks etgan. Ayni chog'da o'smir yigitlar jismoniy kuch-quvvati, yetukligi, odob-axloqi bilan ota-ona va el-yurtga ko'ndalang bo'lganlar, uning mushkulini oson, uzog'ini yaqin qilganlar. Darhaqiqat, o'spirin yigiti bo'lgan xonadonga o'g'ri yo bosqinchi o'ylab kirgan. O’spirin yigitlar el himoyachisi, yurt qalqoni bo'lganlar. Bosqinchi yov o'spirin yigiti ko'p bo'lgan mamlakatga huda-behuda bosib kiravermagan, QIZLAR iffati, odobi, axloqiga ham xalq katta ahamiyat beradi. Xalqimizning balog'at yoshidagi qizlar tarbiyasi, axloq-odobi borasidagi udumlari, boshqacha aytganda, o'ziga xos odobnomasini ko'zdan kechirsak, bu sohada ham oqilona tarbiyaning bir butun dasturul amali yaratilganligining shohidi bo'lamiz. Ana shuxalq an'anaviy odobnomasida o'spirin yigitlar bilan voyaga yetgan qizlar tarbiyasida umumiylik bilan birga ayricha, o'ziga xos tomonlari ham ko'zga yaqqol tashlanadi. Qizlar yoshlikdan, xususan, balog'at davridan ayollik mehnati, kasb-hunari, yurish-turish, axloq-odobiga o'rgatiladi. Bunda qizlik xususiyatlari, qobiliyat-qiziqishlari. hisobga olinadi yigitlar, aytilganidek, mehnatga t«ayyorlansa, qizlar chevarlik, kashtachilik, do'ppido'zlik, uy-ro'zg'or tutishlik, hamir qorib non yopish, kir yuvish, pazandalik, bolaga darash kabi ko'prod onalar bajaradigan ishlarga tortiladi. ... Qiz bola hamisha va hamma joyda farishtali, nozik-nazokatli hisoblangap. SHunga qarab muomada, munosabatda bo'lingan. ... Qiz bolaga og'ir yuk ko'tartirmaslik, ariqdan hatlatmaslik, yolg'iz hammomga yubormaslik, umuman, yolg'izlatmaslik harakatida bo'lingan. - ... Usmir .yigitlarning o'ziga xos mashqlari, o'yinlari bo'lganidek, qizlarning ham boshdan-oyoq odob, axloq bilan yo'g'rilgan o'yinlari, mashqlari bo'lgay. «Bolani beshikka belab, allalar aytish, qo'g'irchoqlar bilan o'ynash, sochpopuk, cho'ptosh, mehmon-mehmon, yor-yor, kelin ushdi, tortishmachoq, kiyim bichish, uy yasatish, o'sma qo'yish, o'ziga qarash, qo'shiq aytishuv, kim o'zdi kabi mashg'ulotlari va boshqalar shular jumlasidandir. ... Qizlar bo'yga yetganda ularni yomon kishilar ko'zidan saqlash, ins-jinsga tegizdirmaslik, iffatini saqlash kabilarga alohida ahamiyat berilgan. Boshqa xonadonda tunab qolmaslik, tunda tashqariga chiqarmaslik,yigitlarga ko'rinmaslik, yopinchiq yopib yurish, kam gapirib, sekin kulish, choy uzatish, sigir sog'ib, sut pishirish, uy-hovli, ko'cha-ko'yni ozoda tutish, qo'ni-qo'shni, tanish-bilishga xo'shmuomalada bo'lish, dizlik nomusi, ori, sha'nini qattiq saqla/u, odamlarga tik boqmaslik, kishilar oldida kerishmaslik, to'piqni ko'rsatmaslik, uydan huda-behuda ko'chaga chiqavermaslik, eshikdan mo'ralamaslik, bozorga, do'konga bormaslik, erkaklar dav- rasiga kirmaslik, mehmonlar oldida o'tirib qolmaslik, boshyalang yurmaslik, chaqaliq yoxud bolani o'pavermaslik, dugonalarni kelsa-kelmasa chaqiravermaslik va ularnikiga boravermaslik, erkaklar ishiga aralashmaslik kabi o'nlab odobnoma belgilari ham qizlarimizning o'z qizlik latofatlari va izzaglarini saqlab qolishga qaratilgan. Afsuslar bo'lsinki, xalqimizning ana shu o'smir- yigitlar va qizlar tarbiyasi, odobi borasidagi eng yaxshi udumlari, bir so'z bilan aytganda, odobnomasini sho'rolar davrida deyarli inkor etishgacha borib yetildi. Oqibat-natijada nima bo'ldi? O'smir-yigitlarimizning ko'pchiligi, ayniqsa, shaharliklar jismoniy mehnat qilishga og'rinadi, hatto ellik-oltmish KiLO YUKNI ham orqalab ololmaydigan, kurashib raqibini yenga olmaydigan bo'lib o'sdilar. Dahshatlisi shundaki, ota-ona va bola, ya'ni o'smir—yigit yoxud bo'yga yetgan qizlar o'rtasidagi samimiyat, burch, ahil-inoqlik, oqibat, qadriyatlar ham o'zgacha tus oldi. Ota-ona qadriyatlarini mensimaslik va aksincha farzandlarga ishonchsizlik paydo bo'ladi. O'smir-yigit ota-ona oldida chekish. ichish (hatto birgalashib!) beparda gaplarni bemalol aytib yuboraverish, ota-ona hisobiga yashash ular oldidagi farzandlik burchini o'putish, ota-onaning gapini qaytarish ularga qo'pol muomalada bo'lish, haqoratlashlar, hatto qo'l ko'tarishlar odatiy tusga, oddiy voqea-hodisalarga aylandi; Buning muayyan ildizlari, bir qagor omillari bo'ldi, albatta. Men shu kitobni tayyorlash jarayonida bolalar va o'smirlar tarbiyasi, odobiga oid va nasroniy tilidan ag'darilgan bir qator qo'llanmalar, darsliklar, metodik yo'llanmalar bilan tanishib lol qoldim. Ulardan hech birini o'zbekona ta'lim-tarbiyaga mutlaqo qo'llab bo'lmaydi. Bordi-yu qo'llaganda mislsiz o'pirilish yuz berishi, tarbiya izdan chiqishi shundoq ko'rinib turibdi. Darvoqe, yetmish yildan oshiq vaqt davomida milliy ta'lim-tarbiya sistemamizdan voz kechib, o'rus yoxud yevropa yo'lini majburiy tanlashimiz, ayni vaqtda, ta'limga e'tiborni qaratgan qolda, tarbiyani yoddan chiqarganimiz, o'qish-o'qitishda 1 asrlar sinovidan o'tib kelgan jinslararo farqni hisobga olmaganimiz shu qadar og'ir axloqiy ma'naviy o'yqotishlarga odib keldiki, buning zararini hisoblash imkoni yo'q. Hamisha o'g'il va qizni bir joyda (yasli, bog'cha, maktab, bilim yurti, oliygohlarda), ajratmay, bir xil talablar asosida tarbiyalash yigitlardagi shijoatni, qizlardagi nazokatning yo'q bo'lishiga olib keldi. Dasturlarning hech qaysisida yigitlik sha'ni-yu, qizlar iffatini asrash zarurligi, eng nozik jinsiy ayirmalar va' o'ziga xos xususiyatlar o'rgatilmadi. Oqibatda qanchadan-qancha o'smir, balog'at ostonasida turgan yigit-qiz o'z sha'ni, iffati, nomusidan erta judo bo'ldilarki, buning asli mohiyati ta'lim-tarbiya yo'l-yo'riqlari, vositalarining bizga zurlab kiritilgani, milliy, xalqchil pedagogik an'analarimiz qatog'on qilinganidandir. Afsuski, axloqiy tanazzulga olib kelgan o'sha ,darsliklar, qo'llanmalar, dasturlar hamon amalda. Fikrimiz isboti o'chun birgina maktabgacha yoshdagi bolalar, o'smirlik yoshidagi bolalar gigiyenasi jismonny, axloqiy tarbiyasiga bag'ishlangan kitoblarni varaqlab ko'rish kifoya. Fikrpmizcha, yetmnsh yillik axloq-odob, tarbiyaga oid qo'llanmalar, kitoblar, metodik yo'l-yo'riqlardan, ular o'z davrida qanchalik ahamiyatli deb e'lon qilingan bo'lmasin, voz kechib, sharlona, shu jumladan, o'zbekona axloq, odob, ta'lim-tarbiyaga o'tishning allaqachon vaqti kelgan. Zero, bizga yo'l-yo'riq beruvchi, dasturulamal bo'la oluvchi, yo'l qo'yilgan xatolar, kamchiliklarni tugatishga yordamlashuvchi o'z dasturlarimiz, boshqacha aytganda, an'anaviy xalq pedagogikasp odobnomasi. sinov-tajribalardan o'tgan qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, udumlarimiz bor. Ular umumbashariy, xususan, sharqona qadriyatlar bilan qo'shilgan holda ta'lim-tarbiya, axloq-odob sistemasida aql-idrokni ishga solgan holda qo'llanila bilansa, bolalar, shu jumladan, o'smir yigit-qizlarimiz tarbiyasi va kamochilikda yaxshi natijalar berishi shubhasizdir. SHupday qilib dono xalqimiz o'smir yoshlar tarbiyasi, axloq-odob bo'yicha juda katta maktab, juda katta dastyak bo’lgan. Bu darslik sahifalarining-har biri hayotiy qoidalarga, axloqiy-falsafiy xulosalarga, ma'rpfiy-estetik misollarga boy. Undan ota-onalarimiz o'z farzandlari tarbiyasida, yoshlarimiz esa axloq- odoblarini shakllantirish va kamol toptirishda har qancha o'qib-o'rgansalar arziydi. SHuni unutmaslik kerakki, kimda-kim xalq qadriyatlari, udumlari, folklori, an'anaviy tarbiya usullarida aks etgan, jonli hayotda mavjud bo'lgan odobnoma, odatnomasidan o'rgansa, unga amal qilib, oqilona qo'llay bilsa, kam bo'lmaydi. Xullas, yigitlik sha'ni, qizlik iffatini pok saqlab, ular baxt saodatini har bir ota-ona, turkiy xalqimiz ko'rmoq istar ekan, bu sohada qadimiy va ulug'vor tarbiya usullariga suyanmog'imiz, ularning baxtlk nikoh to'ylari haqida ham o'ylab ko'rmog'imiz zarur.

Download 422.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling