Madaniyatshunoslik
Ma’ruza mashg‘uloti soati
Download 1.65 Mb.
|
Madaniyatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari soat
- I. Joriy nazorat uchun ba l lar taqsimoti
- III . YAkuniy nazorat
- JAMI: 100 ball
- Dars turlari” modulini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari namunaviy mezonlari
“Dars turlari” modulini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Republikasida ta’lim tizimini isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi . Ta’limiy islohotlar jarayonida jahon andozalariga mos keluvchi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish , ta’lim samaradorligini yuqori bosqichlarga ko‘tarish masalalarining ijobiy hal etilishiga erishish dolzarb pedagogik vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘yildi Respublika uzluksiz ta’lim tizimini mazmunini belgilab beruvchi muhim me’yoriy hujjatlarda alohida qayd etilgandek , ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etish ijtimoiy maqsad – komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalashda yuqori natijalarga erishishni kafolatlaydi . Pedagogik texnologiya nazariyasining muhim jihati – bu har bir pedagogning o‘z imkoniyati darajasida , shuningdek turli yoshdagi ta’lim oluvchilarning muhim xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning o‘quv faolliklarini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalana olishi hisoblanadi. An’anaviy ta’lim o‘zida XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida yashab ijod etgan buyuk chex pedagogi YAn Amos Komenskiy (1592-1670 y) tomonidan asoslangan sinf-dars tizimi mohiyatini aks ettiradi. Mazkur tizim mohiyati quyidagilardan iborat : a) o‘quvchilar yoshlari va tayyorgarlik darajalariga ko‘ra sinflar tarzida guruhlanadilar va umumiy ishini bajaradilar:b) o‘quv predmetining mazmuni bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval bo‘yicha keladilar. Sinf-dars tizimi asosini tashkil etuvchi sinf yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar guruhini, dars esa bevosita o‘qituvchining rahbarligi hamda nazorati ostida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonini anglatuvchi tushunchalardir. Dars o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. “madaniyatshunoslik ” fanini o‘rganish jarayonida yangi jamiyat qurish avvalo yoshlarga ularning manaviy dunyosi kasb mahoratiga bog’liq. Binobarin yosh avlodda milliy g’oyani, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda milliy ong va sog’lom fikrni uyg’otish ularrni vatan halq va istiqlol taqdiri uchun talabalar o‘qitish jarayonini mustaqil tashkil etish, pedagogik ijodkorlik, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni mustaqil o‘zlashtirish va amalda qo‘llash, kasbiy mahoratni shakllantirish va nihoyat uni takomillashtirishga intilish, kerakli ma’lumotlarni va axborot(bilim)lar, mustaqil izlash, topish va to‘ldirib borish kabi qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini to‘laqonli hal qilib bo‘lmaydi. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini takomillashtirishni ilmiy – nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida “madaniyatshunoslik” fanini boshqa fanlar bilan uzviylikda o‘qitishni yanada yuksaltirish, uning samaradorligini oshirishga e’tiborni qaratishni talab etadi. “Dars turlari” modulini yoritishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida darslarni tashkil etish: O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish; Talabalarning mustaqil o‘qib o‘ranishlari; Ularda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga nisbatan ijodiy yondashuvni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitni yaratishga yordam beradi. SHu bois oliy ta’lim muassasasida samarali foydalanish malakalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning interfaol ta’lim texnologiyalaridan samarali, maqsadga muvofiq foydalana olish malakalariga egaliklari har bir dars mashg‘ulotining o‘ziga xos qiziqarli va samarali bo‘lishiga olib keladi Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling