Madaniyatshunoslik
Download 1.65 Mb.
|
Madaniyatshunoslik
Ma’ruzaning maqsadi
Qadimgi sharq sivilizatsiyalari yutuqlari bilan talabalarni tanishtirish. Qadimgi Misr ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sifatida o‘ziga xos betakrorligi bilan ajralib turadi. U Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan. Nil dunyodagi eng katta daryolardan biri bo‘lib, u Markaziy Afrikadan boshlanib, Misrni kesib o‘tib, O‘rta er dengiziga quyiladi. Misrda ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham eng avvalo shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimdan Misrda tabiati issiq, hayvonot, o‘simlik dunyosi va er osti boyliklari ko‘p bo‘lganligi bois bu erda moddiy va ma’naviy madaniyat juda erta vujudga kelib rivojlangan. Misrda davlatning paydo bo‘lishi mil. av. IV ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda Nil daryosining shimolida va janubida 40 dan ortiq shahar davlatlari – nomlari paydo bo‘lgan. Nomlarni monarxlar boshqarib, ular dehqonchilik, chorvachilik, sug‘orish, harbiy va diniy ishlarni boshqarganlar. Bular ilk quldorlik davlatlari edilar. Bu davlatchalarning shimoliy va janubiy birlashmalari vujudga keladi. Mil.avv. III minginchi yil boshlarida Janub podshosi Minaning SHimoliy uyushma ustidan g‘alaba qilishi natijasida yagona Misr davlatiga asos solinadi. Uning poytaxti Memfis shahri bo‘lgan. O‘zining Vatan tarixini yozgan kohin Manefon qadimgi Misr tarixini to‘rtga bo‘lib: Qadimgi (mil avv. 3 minginchi yil), O‘rta ( mil.avv. 3 minginchi yil oxiri – 2 minginchi yil boshlari), YAngi (mil. avv.2 minginchi yil), Quyi (mil. Avv. 1 minginchi y.) podsholik davrlariga bo‘ladi. Bu davrlar jami 30 ta firavnlar sulolarini o‘z ichiga oladi. Qadimgi Misr dunyo sivilizatsiyasining tom ma’nodagi klassik namunasi bo‘lgan. SHuning uchun ham qadimgi yunon tarixchisi Gerodot bu mamlakatni «Nilning in’omi» deb bejiz aytmagan. Bahor oylarida Nil toshqini natijasida daryo bo‘ylaridagi erlarida hosil bo‘lgan qora meneralga boy qoldiqlar dehqonchilik uchun «tekin ozuqa» bo‘lib xizmat qilgan. Daryo bo‘ylarida turli xil granit, marmar kabi toshlarning bo‘lishi esa qurilishga yaxshi material hisoblangan. SHumerlar iqtisodining asosini dehqonchilik tashkil qilgan bo‘lib, u sug‘orma dehqonchilik tizimi bilan bog‘liq edi. SHu bilan chorvachilik ham muhim ahamiyatga ega edi. Unda metalsozlik ham yuqori darajaga erishgan. Er. avv. 3 minginchi yil boshlariga kelib shumerliklar bronzadan mehnat qurollorini yasay boshlaydilar, er. avv. 2 mingichi yil oxirlariga kelib esa temir davri boshlanadi. Mesopatamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qilinishi edi. Ilk yozuv mil. Avv. 4 ming yillikda Janubiy Mesopatamiyada kashf qilingan. Bu erga ko‘chib kelgan shumerlar ham ushbu yozuvni qabul qilganlar. U suratli yozuv bo‘lib, so‘z suratli rasm orqali ifoda etilgan. Bu fanda ieroglif deb nomlangan. Masalan, qush so‘zi qushning tasviri bilan, suv so‘zi uch qator to‘lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan hamma so‘zlarini ham ifoda qilib bo‘lmagan. Uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirib borilib, mixxat yozuv kashf qilingan. Harflar qotmagan loy lavhalar sathiga uyib tushirilgan. Harflar 600 ga yaqin belgidan iborat bo‘lgan. Bu yozuv keyinchalik butun Janubi- g‘arbiy Osiyo xalqlari orasida tarqalgan. Hindiston haqli ravishda qadimgi SHarqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o‘simlik, hayvonot va qimmatbaho er osti boyliklariga ega bo‘lgan. YArim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. 5 ming yillikning oxiri 4 ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. 4 ming yillik o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi Hind madaniyati vujudga kelgan. Dehqoqnchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyati qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu erdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtlardan qurulgan turar joylar, saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. SHaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv taxmoni va kanalizatsiya ham bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling