Madaniyatshunoslik
Diniy qadriyatlarning tiklanishi
Download 1.65 Mb.
|
Madaniyatshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadriyatlar
- Milliy qadriyatlar
Diniy qadriyatlarning tiklanishi. Qadim zamonlardayoq yuritimizda din erkin mavjud bo‘lgan. Zardushtiylar, buddiylar, moniylar, musulmonlar va boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, erkinlik g‘oyalariga amal qilgan. Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan islom dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismil al-Buxoriy islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manbaa hisoblanuvchi “Al-Jomi’ As-Sahih” nomli asar yaratib islom dinini boyitdi. Bobokalonlarimiz Imom Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Xo‘ja Ahmad YAssaviylar insonni ma’naviy etuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlar ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi.
1993 yil sentyabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi. YUbiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar qayta tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. Qadriyatlar – borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va manaviy boyliklarning ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushunchA) Umuminsoniy qadriyatlar – odamzod uchun, kishilik jamiyati uchun eng qadrli bo’lgan narsalar, hodisalar, faoliyat va boshqalarning umumijti-moiy qadrini va ahamiyatini ifodalash maqsadida qo’llaniladigan tushuncha. Milliy qadriyatlar – millatning genofondi, tili, turmush tarzi, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, ananalari, milliy ongi, moddiy va manaviy boyliklari, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jihatlaridan namoyon bo’ladi. Amir Temur ordeni – 1996 yilda A.Temurning 660-yilligi munosabati bilan tasis etilgan. SHahrisabz, Samarqand shaharlariga berilgan.
Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling