Ma`deniyat taniw uzb


Madaniyatshunoslik fanining predmeti


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Madaniyatshunoslik fanining predmeti – insoniyat bunyot etgan “ikkinchi olam”, ya`ni 
madaniyat, uning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari hamda ijtimoiy 
vazifalaridir. Binobarin, madaniyatshunoslik fanining asosiy manbai – insoniyat yaratgan barcha 
madaniy boyliklar, moddiy va ma`naviy qadriyatlardir. 
Madaniyatshunoslikning fan sifatidagi asosiy vazifasi – insonning tabiat, jamiyat bilan 
birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning moddiy va ma`naviy turmushiga oid barcha madaniy 
jarayonlarni tadqiq etishdir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, madaniyatshunoslik o`rganadigan asosiy sohalarni va 
uning tadkiqot ob`ektini quyidagicha belgilash mumkin:

kishilarning muomala vositasi bo`lgan tilning ijtimoiy jamiyatdagi roli;

jamiyat boyligi va mezoni bo`lgan bilimlar; 

insoniyat yaratgan udumlar, urf–odatlar, xalq og`zaki ijodi, san`at va adabiyot, dinlar; 

ijtimoiy munosabatlar va ular o`rtasidagi aloqalarning usullari, ijtimoiy tashkilotlar; 

marosim, kundalik turmush tarzidan o`rin olgan an`analar, oila, mulk; 

jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy demografik, etnik jarayonlar 
va h.k. 
Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib, insoniyat hayotining turli tomonlari bilan 
bog`lik madaniy tushunchalarni yaxlit holda bir tizim sifatida o`rganadi.
Madaniyat – ramzlar, inonch–e`tiqodlar, qadriyatlar, mezonlar, artefaktlar yig`indisidir. 
Madaniyatda mazkur jamiyat, millat, guruhlarning xarakterli xususiyatlari ham o`z ifodasini topadi. 
Jamiyat, millat, guruhlar aynan o`z madaniyati bilan farqlanadi. Xalq madaniyati – uning hayot 
tarzi, kiyimlari, yashash maskani, oshxonasi, xalq og`zaki ijodi, diniy tasavvurlari, inonch–
e`tiqodlari va boshqalardir. 
Madaniyatga ijtimoiy–maishiy asbob–uskunalar, jamiyatda qabul qilingan xushmuomalalik 
imo–ishoralari va salomlashuv, yurish tarzi, muomala etiketi, gigiena odatlari va hokazolar ham 
kiradi. Aksariyat madaniy tushunchalar va qarashlar avloddan–avlodga o`tib boraveradi
3
.
Madaniyatshunoslik fanining asosiy tarkibiy tuzilishi quyidagicha: 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling