Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Madaniyatshunoslik fanining diqqat markazida inson turadi, zero madaniyat - bu inson 
yaratgan boylikdir. Madaniyatshunoslik insonning olam bilan faol munosabatini va bu 
munosabatlar uning hayot tarzida namoyon bo`lishini, shaxsning ijtimoiy va madaniy rolini, 
madaniyatlar tipologiyasini o`rganadi. Madaniyatshunoslik fani madaniyatni ilmiy izohlab, uning 
umumtarixiy mazmuni va ma`nosini belgilaydi, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimidagi o`rni va 
mavqeini asoslaydi. 
Madaniyatshunoslik fani tarix, san`atshunoslik, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, 
psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, nisbatan yosh ijtimoiy – 
gumanitar fan hisoblanadi. Uning izlanish ob`ekti ijtimoiy voqelik bo`lgan madaniyat va inson 
hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilishi 
bilan bog`liq masalalar to`g`risida, madaniyat qoidalari, institutlari, qadriyatlarining jamiyat hayoti 
va rivojlanishidagi o`rni, o`zaro aloqalari jarayonlari o`rganiladi. 
Kursning oldiga qo`yilgan asosiy masala – jamiyat, madaniyat va inson munosabatlaridir. 
Darvoqe, bu uch tushuncha yana ko`p fanlarning ob`ekti hisoblanadi. Inson jamiyatdan yashar 
ekan, o`zining yashash tarzini hamma davrlarda paydo qilib, takomillashtirib boradi, shu tariqa 
inson o`z imkoniyatlarini ko`rsatib boraveradi. 
Tabiatning mavjudlik qonuni xilma - xil bo`lganidek, insonning ichki tabiati, ya`ni madaniyati ham 
tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta`sirida doimiy ravishda o`zgarib turar ekan, bu 
o`zgarishlar faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidan iborat. Ammo aksincha 
o`zgarishlarga – ma`lum bir an`anaviy jarayonlarning yo`qolishiga sabab bo`lishi ham mumkin. 
Masalan, ma`lum bir davrda ma`naviy hayotga fan–texnika taraqqiyoti ta`sir etib, an`anaviy xalq 
udumlari, xalq og`zaki ijodining yo`qolishiga sabab bo`ladi.
Madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilishda uch bosqichni tabiiy 
birlikda olib qaraydi: 
a) aniq bir davrning yahlit qiyofasini, ya`ni uning bus–butun tasvirini yaratadi; 
b) ma`lum davrdagi ma`naviy jarayonda insoniyat jamiyatining o`rnini belgilaydi; 
v) aniq bir davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, ya`ni uning hozirgi davr aqliy jarayonida 
qanday o`ringa ega ekanligini, davr o`zgarishlari bizga qanday ta`sir etishini, bizga qaysi tomonlari 
bilan yaqinligini, hozirgi vaziyatning qaysi ijtimoiy va individual kamchiliklari biz uchun dolzarb 
masalaga aylanganini ko`rsatadi. 
Xullas, madaniyatning ko`rinishlari tarixiy davrlarga qarab o`zgarib turadi. Davrlarning 
almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o`zgarishlari yuz beradi. Ma`lum bir tarixiy davrda 
yashagan kishilarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari, bilimi, ma`naviy qadriyatlari to`g`risida 
atroflicha ma`lumotga ega bo`lishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilamiz. 
Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli halqlarniig madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy 
taraqqiyotinint tarkibiy qismi sifatida o`rganadi. Shu bilan birga, konkret tarixiy davrning ijtimoiy 
taraqqiyotda egallagan madaniy rivojlanish bosqichlarini, umumiy qonuniyatlarini, o`ziga xos 
xususiyatlarini ham o`rganadi. 
Madaniyatshunoslik o`quvchilarni turli tarixiy davrlar madaniyati ayrim ijtimoiy 
guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to`g`risidagi bilimlar bilan boyitadi. K tarixiy va gumanitar 
soha bilimlarini bir tizim holiga keltiradi, ijtimoiy turmush voqealarini yaxlit mazmun asosida 
anglashga yordam beradi. Yana ko`plab betakror va mustaqil madaniyatdan tashkil topgan jahon 
tsivilizatsiyasining yaxlit jarayonini, ayni paytda xilma-xilligini ko`rsatadi. Qolaversa, insonlarning
ma`naviy etuklikka erishishlarida, fikrlarning xilma–xilligini ko`ra bilishda, fan taraqqiyotini to`g`ri 
baholash qobiliyatini hosil qilishda ham muhimdir.
Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi. Kursning diqqat 
markazida insonda ziyolilik hissini tarbiyalash turadi. “Kishi qanchalik ziyoli bo`lsa, – degan edi 
D.S.Lixachev, – u shuncha ko`p tushunadi va o`zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish 
doirasi shunchalik kengayib boraveradi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo`lsa, u hamma 
yangiliklarga va «g`oyat eski»likka nisbatan shuncha befarq bo`ladi. Unday odam o`zining eski 



odatlari bilan yashaydi. Bunday odam dunyoqarashi torligidan hamma narsaga shubha bilan 
qaraydi. 
O`tmish madaniy qadriyatlarni, o`zga millatlar madaniyatini bilish, uni saqlash, va hurmat 
qilish, ommalashtirish, estetik qimmatini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy 
taraqqiyotning eng muhim jarayonlari hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanishi tarixi – bu 
nafaqat yangi, balki eski madaniy boyliklarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o`zga xalqlar 
madaniyatini bilish, ma`lum ma`noda, gumanizm tarixi bilan chambarchas bog`liqdir. Ayni paytda 
xalqlarga nisbatan hurmat, bag`rikenglik demakdir“
4

Madaniyatshunoslik fanining yana muhim vazifalaridan biri - bu insonda ijodiy qobiliyatni 
rivojlantirishdan iboratdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma`naviy boyliklar yig`indisidan iborat 
emas, balki ijodiy faoliyat hamdir. Madaniyatshunoslik yangi ma`lumotlar berish bilan birga, 
yoshlarda madaniy hodisalargao`z munosabatitini bildirish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil 
ma`lumotlar berish bilan birga, fikrlash uzliksizligini, mantiqiy fikr qilishni shakllantiradi. 
Kursning tarbiyaviy vazifasi uni bilish nazariyasi bilan qo`shib o`rganishni talab etadi. 
Tarixiy davrlar madaniyatini o`rganishdan maqsad shuki, turli xalqlar madaniyati bir–biriga bir–
biriga qarama-qarshi qo`yilib baho berilmaydi, balki har bir madaniyatdagi yangilik o`rganiladi, Bu 
vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik fani madaniyatga yaxlit dunyoni va hayotni yaxlit idrok 
etish usuli sifatida qaraydi. 
Hozirgi zamon Madaniyatshunoslik fanida «madaniyat» tushunchasi qo`llanishiga ko`ra 
quyidagi ob`ektlarni qamrab oladi va bu kundalik turmush bilan bog`langan:
a) individual - alohida olingan bir shaxs madaniyati;
b) ma`lum ijtimoiy tabaqa madaniyati - milliy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy madaniyat;
v) mintaqaviy – ma`lum bir hudud va zamon bilan chegaralanmagan muayyan jamiyat 
madaniyati;
g) umuminsoniy madaniyat. 
Madaniyatni qo`llanishi jixatidan turlarga bo`lish munozarali bo`lsa–da, bu turlarning 
mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni yo`qotmaydi, balki, aksincha, 
tafovutlarning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun tafovutlarni tobora chuqurroq 
o`rganish madaniy taraqqiyot to`g`risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling