Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Madaniyatlilik tushunchasiga qo`shib ishlatiluvchi sifat keng bo`lib, uni qo`llash
jamiyatning umumiy madaniy darajasiga va shaxsning sotsial maqomiga bog`liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «hizmat ko`rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» «boshqarish madaniyati», «nutq madaniyati», «ekologik madaniyat», «huquqiy madaniyat», «tibbiy madaniyati», «turmush madaniyati» va boshqalar to`g`risida ko`p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko`rsatishi tushuniladi. Ba`zan madaniyat to`g`risidagi tasavvurlar shahar turmush tarziga, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish «madaniyatli» kishilar bilan do`stlashish va boshqa chiroyli narsalarni bezak sifatida ishlatishga bog`liq degan fikr bildiriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, “madaniyat” termini ikki ma`noda – tor va keng ma`noda qo`llanishini anglash mumkin. Keng ma`noda – hayotiy talab va ehtiyojlar tufayli jamiyatda mustaqam o`rnashgan urf–odatlar, ijtimoiy institutlar, shuningdek, davlat va iqtisod ham madaniyatga taaalluqli deb hisoblanadi. Tor ma`noda madaniyatning chegaralari ma`naviy ijod, san`at, axloq, shaxsiy aqliy faoliyat chegaralari bilan tutashadi. 12 “Madaniyat”ni tor ma`noda qo`llash tarafdorlari ijtimoiy hodisalarning hammasini yoyishni noto`g`ri deb hisoblaydilar. Jamiyatda ko`plab noma`qul, jirkanch odatlar borki, ularni madaniyat deb atab bo`lmaydi. Giyohvandlik, jinoyatchilik, urushlar, ichkilikbozlik va bunga o`xshash hodisalar insoniyat tomonidan sun`iy ravishda yaratilgan, bularning hammasi ijtimoiy hodisalarga mansub. Biz madaniyatni faqat mezon va urf–odatlardangina (ular istalgan ko`rinishda bo`lishi mumkin) iborat emas, balki qadriyatlardan ham iborat deb bilar ekanmiz, giyohvandlik yoki jinoyatchilikni aslo madaniyatga mansub deb bo`lmaydi, chunki bu illatlar jamiyat uchun ijobiy 12 Qarang: Sokolov E.V. Kul`turologiya. Ocherki teorii kul`turы: posobie dlya starsheklassnikov, M.: 1994, str.22. 17 qadriyat emas. Bunday illatlar insoniyat yaratgan ijobiy qadriyatlarni yo`qotishga qaratilgan. Bularni baholashda mezon – inson, uning rivojlanish o`lchovi. Ana shunda madaniyat – taraqqiyotga yordam beradigan ijobiy fazilat va moddiy narsalardir, deb baholay olamiz. Madaniy voqelikka inson befarq munosabatda bo`la olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va xissiy emotsional tasavvurlari bolalik davrida to`plagan tajribasidan boshlanadi, qolaversa, kishining jamiyatda tutgan o`rniga, yoshiga, mavqeiga ham bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan u o`ziga begona bo`lgan urf-odatlarga, madaniy hodisalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`ladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling