Ma`deniyat taniw uzb


«Madaniyat» tushunchasining ayrim talqinlari


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

«Madaniyat» tushunchasining ayrim talqinlari 
1. Aksiologik (qadriyat mezoni asosidagi) talqin. Bu talqinga ko`ra, madaniyat insoniyat 
tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy boyliklarning yig`indisidan iborat. Madaniyat inson 
faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Madaniyat qanday namoyon bo`lishidan qat`iy nazar, qadriyat 
mezoniga ega bo`ladi.
Madaniyat tushunchasi rivojlanish, tarix, inson kabi kategoriyalarga bog`liq bo`ladi. 
Insonning faoliyati natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo`lgan voqelik aksiologik ta`rifning 
negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatini qamrab oladi. Bu 
talqin kamchiliklardan ham xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik 
ravishda hisoblashga asoslangan. Bunday yondoshuv voqelikka sub`ektiv baho berishga olib keladi. 
Aksiologik yondoshuv doirasida madaniyat faoliyati natijasi o`tmishga aylanib qolib, o`tmish va 
hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin. Kadriyatga yondoshuvning zaif tomonlarini 
ko`rsatish boshqa davrga xos madaniy boyliklar tizimidan voz kechishni anglatmaydi. 
2. «Faoliyat» tushunchasi asosida madaniyatni talqin qilish.
Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli uni kishilarning 
ijodiy faoliyati jarayoni mahsulidir, degan tushuncha paydo bo`ldi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, 
balki an`analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham mas`uldir. Jamiyatning amaliy va 
nazariy, moddiy va ma`naviy faoliyati, ijodiy sohalar bilan bir qatorda o`zida faoliyat ko`rsatish va 
madaniyatni o`zlashtirish jihatlarini mujassamlashtiradi. 
Ijodiy faoliyatning ko`lami qancha katta bo`lsa, madaniyatning bir avlod tomonidan qabul 
qilinishi va kelgusi avlodlarga etkazib berish uchun zarur bo`lgan shart–sharoitlar faollashadi. 
Faoliyat – maqsadli yo`naltirilgan faollikdir.
3. Informatsion talqin madaniyatni «irsiyatga bog`liq bo`lmagan axborotlar yig`indisi»dan 
tashkil topgan va saqlanib kelgan hodisa sifatida tushuntiradi. «Madaniyat axborotlar ombori 
emas», balki u nihoyatda murakkab tashkil topgan mexanizm bo`lib, u axborotni eng foydali va 
qulay usullar bilan saqlab keladi, yangi axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta ma`lumotlarga 
aylantiradi, ularni belgilarini bir tizimdan boshqasiga o`tkazadi. 
«Irsiyatga bog`liq bo`lmagan axborotlar yig`indisi» sifatida xotirani tushunishimiz mumkin. 
Chunki xotira mexanik jarayon emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning muhim ma`naviy 
ahamiyati shundaki, u vaqt to`sig`ini engib, istiqbolga da`vat etadi. Umumiy xususiyatlariga ko`ra, 
biz madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda biz alohida olingan shaxsning xotirasini 
emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz. 
Adabiyotshunos Yu.M.Lotmanning fikricha, «madaniyatdagi burilish» uni axborotga 
aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexanizm axborotni saqlashi va uzatishi bilan 
birga uning ko`lamini kengaytiradi. “Madaniyatga burilish” qonuniyatiga ko`ra, o`zini doimiy 
ravishda mukammallashtirib, rivojlantirib boradi. Shuning uchun madaniyat bir vaktda ham statik 
hamda dinamik xususiyatlarni namoyish qiladi. Shu ma`noda madaniyat tirik a`zo va san`at 
asarlariga xos bo`lgan hususiyatlarga ega. Madaniyatni xuddi insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit 
badiiy asar sifatida qabul qilish o`rinli. 
Demak, birinchidan, madaniyat - inson ijodiy faoliyatining usullari, shakllari va yo`llari 
majmui bo`lib, u avloddan–avlodga vorsilik asosida o`tadigan moddiy va ma`naviy boyliklar orqali 
ifodalanadi. Madaniyat - insoniyat tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat, borliqdir» 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling