Ma`deniyat taniw uzb
Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O`tmishdan kelajakka o`tish jarayonida merosning mazmunan o`zgarishi.
- 4 – MAVZU MILLIY MADANIYATLAR RIVOJLANISHINING NAZARIY MASALALARI
Madaniy merosning mexanizmi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Ma`naviy merosning uzviyligi. Ajdodlar yaratgan jami boylikka yangi avlod merosxo`r bo`ladi, tarixiy ahamiyatini yo`qotgan madaniyat o`rnida yana madaniyat vujudga keladi, avvalgilardan ko`p narsalar o`zlashtiriladi. O`tmish tajribasi bugun va kelajak uchun har doim asqotishi mumkin, shuningdek, bugun unutilgan narsalar butunlay yo`qolib ketmaydi. Masalan, V.Shekspir yuz yilcha unutilib, keyingi avlodlar uchun jahon adabiyoti va dramaturgiyasining klassigi sifatida tanildi. 2. O`tmishdan kelajakka o`tish jarayonida merosning mazmunan o`zgarishi. Madaniy merosning o`tish davrida xususiyati o`zgarishi mumkin, ya`ni meros mavjud nuqtai nazar va bilimlar talabiga mos keluvchi yangi talqinda mazmun kasb etadi. Mana shunday ko`rinishda u kelajakka meros bo`lib o`tadi. Bizning kunimizgacha Suqrot va Demokrit asarlarining asl nusxasi saqlanib qolmagan, biroq har bir avlod ularning g`oyasini o`zi uchun yangitdan kashf qildi va ularning falsafasini talqin qiluvchi minglab kitoblar yaratildi. 28 4 – MAVZU MILLIY MADANIYATLAR RIVOJLANISHINING NAZARIY MASALALARI Tsivilizatsiyaning hozirgi bosqichida jahon madaniyatining asosiy shakli-milliy madaniyatlardir. Dunyoda uch mingga yaqin millat bo`lib, ular dunyo aholisining 96 % ni tashkil etadi. Ularni har biri o`z madaniyatiga ega, o`z madaniyati belgilari bilan boshqasidan ajralib turadi. Turli mintaqalarda amal qilayotgan milliy madaniyatlar millat sonining ko`p yoki ozligidan qat`iy nazar o`ziga xos rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu o`ziga xoslik ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xo`jalik tarmoqlarining xilma-xilligi, tabiiy-iqlimiy sharoit, geografik va mintaqaviy joylashish, ma`naviy-ahloqiy meros tomirlari kabi omillarga bog`liq. Eng muhimi har bir millat va uning madaniyati rivoji emin-erkin, tabiiy-tarixiy qonuniyatlar asosida kechmog`i lozim. Bu ob`ektiv jarayonga sub`ektiv tarzda zo`rovonlik manfaati bilan yondashmaslik zarur. Tarix guvohki, bunday siyosat hech qachon ijobiy natijalarga olib kelmagan. Buni uzoq bo`lmagan isboti - sobiq ittifoq hududidagi millatlarga «har kim o`z taqdirini o`zi belgilashi” siyosati asosida milliy madaniyatlarni “yagona sovet madaniyatiga aylantirish g`oyasidir. Chukchalar, evenklar, nenetslar, xanti-mansi singari oz sonli millatlar bu andoza oqibatida o`z tili, alifbosi, hatto ismi- shariflaridan ajraladilar (Bosqin, mustamlakachilik davrida barcha mintaqalarda ahvol shunday kechdi.) Millat yashamog`i uchun, uning milliyati, ruhiy olami dahlsiz bo`lmog`i lozim. Ma`naviyati poymol bo`lgan, ma`naviyati kishanlangan millatning istiqboli nursizdir. Binobarin, barcha zamonlarda Yurt, Vatan, Millat mustaqilligi uning madaniyati ravnaqining asosiy sharti bo`lgan. Oliy Kengashning XVI sessiyasida I.Karimov mustabidlik davrini deputatlarga eslatib, “O`ylab ko`ringlar...o`shanda bizlar kim edik? O`sha yillar umuman qanday davr edi? Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo`lida edi? Ka`ba deb qaerga sig`inar edik? Har tong “Assalom!”... degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulliq qilib uyg`onardik? Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi?... Milliy g`ururimiz, insonlik sha`nimiz, urf-odatlarimiz qanday tushunchalarga almashtirilgan edi? “O`zimiz-o`zligimizni bilarmidik?”, kuni kecha emasmidi boshimizni ko`tarmasdan yashaganimiz 1 ? degan edilar. Bu ehtirosli, shijoatli so`rovlarda yurtboshining istiqlol haqidagi ummon tuyg`ulari, ezgulari mujassam. Yurtimizda Mustaqillik, Milliy uyg`onish, Milliy islohotlarning bosh me`mori bo`lgan I.Karimov milliy madaniyat istiqboli, rivojlanishi kontseptsiyasining bosh muallifi hamdir. Zero, jamiyatning rivoji – jamiyatning yangilanishi, madaniyatning yangilanishi demak. Ijtimoiy islohotlarda jamiyatning yangilanishi madaniy hayotidan ayro kechmaydi. Aslida jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy hayotida ro`y bergan o`zgarishlar – moddiy madaniyat tizimidagi o`zgarishlarni, boshqarish tizimi siyosiy-huquqiy isloxatlar odamlar tafakkuri, tasavvuridagi o`zgarishlar – ma`naviy madaniyat, uning elementlaridagi o`zgarishlarni anglatadi. I.Karimovning barcha nutqlari va ma`ruzalari, xususan, “O`zbekistonning o`z istiqbol va taraqqiyot yo`li”, “O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat”, “Yangi uy qurmay turib eskisini buzmang”, “Istiqlol va ma`naviyat”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz”. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”, “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida” asarlarida – O`zbekistonni jahon andozasidagi bozor munosabatlariga o`tish sharoitida - iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, xo`jalik yuritishning yangi sharoitidagi tuzilmasi tamoyillari, mustaqillikning siyosiy-huquqiy takomillashishi mehanizmlarini ko`rsatibgina qolmasdan, yangilanishning eng murakkab jarayoni - jamiyatning ma`naviy tiklanishi milliy madaniyat taraqqiyotining negizlari, bosqichlari, vazifalarini ham belgilab berdi. Avvalo ma`naviy merosga munosabat. Ma`naviy meros – ming yillar mobaynida ajdodlar tomonidan ajratilgan iqtisodiyotni yo`lga qo`yish, jamiyatni oqilona boshqarish, komil inson tarbiyasini amalaga oshirish, oila haqida g`amxo`rlik, mehr-sahovat, imon-insof, hayo-andisha, ota-onalarga ehtirom, halollik va mehnatsevarlik xususidagi rivoyat, hikmat, o`git-nasihat, yozishma va qo`lyozmalardir. Har qanday yangilanish, yaratish – merosga murojaatdir. Uni o`rganish uni tiklashdan boshlanadi. Yurtboshimiz 1 И.Каримов, Истиқлол ва маънавият, Т., 1994, 17-18-бетлар 29 Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan shunday degan edi: «Biz boshqalarni kamsitish niyatidan yiroqmiz. Ammo, bugun ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo`lib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu-fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astranomiya kabi fanlar madrasalarda o`qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib mag`ribu-mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha g`ururlansak arziydi” 2 . Darhaqiqat, jahon ilmu-fanining benazir siymolari ulug` bobokalonlarimiz bo`lgan, al Jabr va al Farobiy ilmiga birinchi bo`lib asos solgan Muso al-Xorazmiy, tibbiyot ilmining dahosi Abu Ali ibn Sino, er shar shaklida ekanligini aniqlagan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, buyuk matematik va astronom al - Farg`oniy, buyuk turk qavmining piri hisoblangan Xoja Ahmad Yassaviy, samo tilsimini ochgan Mirzo Ulug`bek, Sharq Rafaeli deb nom olgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod, g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiy, muqaddas ilmining tengi yo`q namoyondalari imom Ismoil Buxoriy, At-Termiziy, fikh ilmining sardori al-Marg`iloniy va boshqa ko`plab ulug` zotlar shu qutlug` zaminda tavallud topib, kamolotga erishdilar, umumbashariy madaniyat rivojiga o`zlarining betakror, bebaho ulushlarini qo`shganlar. Gap bu merosni tiklash, o`rganish-mustaqillik yo`lida undan foydalanish, amaliyotga tadbiq etishdan iboratdir. “Bozor iqtisodiyotiga o`tar ekanmiz, degan edi I.Karimov, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an`analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz” 3 . Bu degan so`z, mavjud voqelik, qaror topayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy muhitni sinchkovlik bilan kuzatish, o`rganish asosida milliy madaniyatning tomirlari, merosni tiklashga e`tiborni qaratish demak. Bu degan so`z, o`tmishda xarobaga aylantirilgan, xaqoratlangan me`moriy obidalarning har bir muqaddas g`ishtidan tortib, bobolarimizning mislsiz ilmiy, badiiy merosini o`rganish, xayotga qaytarish, demak. Shunday qilindi ham. Ulug` ajdodlarimizning hoki yotgan manzillar obod qilindi. Ularning ruhi-poki uchun yodgorlik majmualari barpo etildi, Islomiy qadriyatlar tiklandi - Ro`za, Qurbon hayiti, Navro`z elga qaytarildi, Qur`oni karim, Xadisi sharif va allomalarimizning merosi nashr etila boshladi. Bu ma`naviy tiklanish, milliy uyg`onishning boshlanishi edi. Mustaqillik tufayli madaniy merosni va tarixiy haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an`analarni rivojlantirish, islom dinini yuksak madaniyat, tarbiya vositasiga aylantirish muhim vazifaga aylandi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling