Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Oltinchidan – milliy madaniyat istiqboli to`g`risidagi I.Karimov kontseptsiyasining muhim
xalqasi – milliy mustaqillikning asosiy sharti – milliy mafkuraning yaratilishi masalasidir. Odamlar qaysi bir davrda va qaysi jamiyatda yashamasin nimagadir ishonishi, e`tiqod imoni qandaydir bir g`oyaga, mafkuraga tayanishi, faoliyat ko`rsatishi lozim. Dunyodagi har bir jamiyat, har bir davlatning o`ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, uning tub maqsadlari va manfaatlarini ifodalaydigan mafkurasi bo`ladi va bo`lishi kerak. U butun jamiyat, istiqbol taraqqiyotining o`q ildizini tashkil etadi. U barcha islohotlarning, xususan, madaniy-ma`rifiy yangilanish, ta`lim-tarbiya tizimining asosi, mezoni bo`lmog`i lozim. Shuning uchun ham yurtboshimiz mustaqillikning daslabki yillarida bu xususda shunday degan edi: “Oldimizda turgan eng muhim masala, bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizda tadbiq etishdir” 6 . “Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar... qaerdaki mafkuraviy bo`shliq vujudga kelsa o`sha erda begona mafkura xukumronlik qilishi tayin” 7 . Bu fikrlarda milliy g`oya, mafkurani maqsad, mohiyati to`laligicha ko`rsatilgan. Mafkura ommani, jamiyatni yo`naltiruvchi, birlashtiruvchi kuch, odamlar ongi, dunyoqarashi, mentalitetini takomillashtirish negizidagina mafkuraviy immunitetga erishish mumkin. Mafkura bir kunda yoxud bir yilda shakllanmaydi. Bu jarayon. U shakllanadi va shakllantirib boriladi. Uning shakllanishi va amaliyotida ma`naviy merosga murojaat etiladi. O`zligimizni anglash tuyg`usi, asriy ezgu-orzular, insoniy fazilatlarga tayaniladi. Shu negizda jamiyatning ma`naviy-axloqiy poklanishi, milliy madaniyatni tabora takomillashishga erishiladi. ettinchidan, I.Karimov mustaqillik va tsivilizatsiya maqomiga o`tish sharoitida milliy madaniyatlarning muloqati-ularni o`zaro hamkorlik, yaqinlashish, bir-birini ma`naviy jihatdan boyitish tamoyili, xulosasini ilgari surdi. Madaniyatlar muloqoti tarixiy jarayon. U hamma zamon va davrlarda amal qilgan. Ichki rivojlanish, geografik-mintaqaviy joylashish madaniyatlarning milliy xususiyatlarida ifodalangan bo`lsa, u yoki bu milliy madaniyatni o`xshash qirralari, jihatlari, tomonlari ham bo`ladi. Umuminsoniy qadriyatlar - madaniyat rivojining umumiy qonuniyatlari negizida shakllanishiga qaramay, u millat, milliy madaniyat qiyofasida gavdalanadi. Madaniyatlar muloqoti chegara bilmaydi. Ayniqsa, hozirgi texnik taraqqiyot bosqichida. Mintaqaviy muloqot shu hududdagi madaniyatlar rivojlanishi va bir-birini boyitishning muhim shartidir. Qadimdan bir ma`naviy, ruhiy iqlimda yashagan, turmush tarzi, urf-an`analari, dardi ezgulari yaqin bo`lgan xalqlarning oldi-berdisi, bordi-keldisi madaniy aloqaning ifodasidir. Shu ma`noda yurtboshimizni “Ota yurtimiz Turkiston-katta bir uy, buyuk bir ro`zg`or, buyuk bir oila. Bu oila farzandlari qanchalik yaqin va ahil bo`lsa, ro`zg`or ham shunchalik obod va to`kin bo`ladi” 8 deb tarixiy birlik tuyg`usini, “Turkiston-umumiy uyimiz” g`oyasini ilgari surdilar. Bu g`oya nafaqat iqtisodiy hamkorlikda, turli shakllarda kechayotgan madaniy aloqalarda amal qilmoqda. (Milliy madaniyat kunlari, ijodkorlar va san`atkorlarning uchrashuvlari, badiiy asarlarni tarjima va nashri, kinofestivallar o`tkazish v.b) shu niyatda “Markaziy Osiyo madaniyati” gazetasi tashkil qilindi va tarqatilmoqda. Madaniyatlar muloqoti-jahoniy hodisa. Har bir millat boshqa millatlar madaniyatiga murojaat etar ekan, albatta undan o`ziga yaqin qadriyatlarni topadi, ijod usullari va shakllarini o`zlashtiradi. Antik madaniyat, Uyg`onish davri madaniyati insoniyat mulkiga aylanganligi shundan. Frantsiyada Amir Temur muzeyining borligi, Luvr sahnasida o`zbek katta ashulalari olqishlanganligi, Hind diyori M.Turg`unboeva san`atiga ta`zim etganligi buning oddiy dalilidir. Bugungi kunda Yaponlarning o`zbek mumtoz musiqasiga, me`morchiligi udumlariga qiziqishi, Boburning “Boburnoma”si ikki jildda izohlari bilan yapon tilida chop etilganligi, 6 И.Каримов, Ўзбекитсон: Миллий истиқлол иқтисод, сиёсат, мафкура, Т.:1993 й., 168-б. 7 И.Каримов, жамиятимиз мафкураси халқни - халқ ,миллатни-миллат қилишга хизмат этсин, Т.: 1998 й., 4-б. 8 И.Каримов, Туркистон умумий уйимиз Т. 1995 й. 16-бет 32 Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” lug`atining nashrga tayyorligi-millatlar bir- biridan o`rganishi yaqinlashuvi tabiiy jarayon ekanligini bildiradi. Yaponiyaning O`zbekistondagi sobiq elchisi Kyoko Nakayama yurtimizga bag`ishlangan “O`zbekiston sakurasi” kitobida: “Yaponlar qalbini topishni istasangiz, uni O`zbekistonliklar qalbida ham topishingiz mumkin”, deb yozgan edi. Mana madaniyatlar muloqoti nima beradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling