Ma`deniyat taniw uzb
Arxaik davrdagi insonning fikrlash tarzi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafakkur va dunyoqarash madaniy jarayonni belgilovchi muhim omillardir.
Arxaik davrdagi insonning fikrlash tarzi. Arxaik davrdagi insoniyatning dunyoqarashi,
tafakkur tarzi qay omillar asosida rivojlanishini yuqorida ko`rib o`tdik. Albatta, dunyoqarash va tafakkurning shakllanishiga tabiatdagi hodisalar, tabiiy o`zgarishlar ta`sir ko`rsatadi, dunyoqarash, tafakkur bilan tabiat doimo bir - biriga ta`sir o`tkazib boradi. Natijada ibtidoiy inson atrofida yuz berayotgan voqea - hodisaga o`z munosabatini bildiradi. Insonda fikrlash tarzi, ongli fikrlash layoqati birdaniga paydo bo`lib qolmagan, balki bir necha bosqichlarni bosib o`tgan. Tafakkur va dunyoqarash madaniy jarayonni belgilovchi muhim omillardir. Ibtidoiy insonning dunyoqarashini miflar belgilaydi. Mif - birlamchi, din esa ikkilamchi hodisadir. Ibtidoiy inson biron hayvon yoki parrandani muqaddaslashtiradi. Yoki urug`boshilarini, ota–bobolari ruhini ulug`laydi, tabiatdagi daraxt, o`simlik, toshni muqaddaslashtirishi mumkin. Ammo bu hali din emas, balki topinish, sig`inish kul`tlardir. Axloqiy madaniyatga ehtiyoj paydo bo`lganda, din kelib chiqadi. Hatto eng ibtidoiy din ham axloqdan tashqari bo`lishi mumkin emas. Axloq qachon paydo bo`ladi? Inson halol bilan xaromni, yaxshi bilan yomonni, to`g`ri bilan noto`g`rini anglab, bu tushunchalar o`rtasidagi ziddiyatlarni tushunib etganda ma`naviyatning muhim qismi – axloqiy madaniyat paydo bo`ladi. Diniy oqimlar dastlabki paytlarda ijtimoiy - siyosiy g`oyalarni tashishi ham mumkin. Bu bosqichni zardushtiylik va moniylik oqimlarida, buddaviylikda ko`rishimiz mumkin. Bu oqimlar dastlab diniy oqim sifatida paydo bo`lmagan, balki ijtimoiy - siyosiy oqim sifatida paydo bo`lgan. Mif birlamchi, ya`ni dindan oldingi hodisa ekan, dinga etib kelguncha, bir qancha bosqichlarni bosib o`tadi. Ibtidoiy odamning tasavvuriga ko`ra, olam g`ayri tabiiy mavjudot tomonidan boshqariladi. Bu mavjudotlar insonga rahm - shafqat ko`rsatadi, insonda umidvorlik hissiyotini uyg`otadi. Ayni paytda bu mavjudotlar insonni qo`rquvga solishi ham, boshqa yomon tuyg`ularni boshdan kechirishiga sabab bo`lishi ham mumkin. Ibtidoiy odam olamni o`z timsoliga o`xshatib tasavvur qiladi. U o`zi bilan tabiat va tabiatdagi buyumlar o`rtasiga chegara qo`ya bilmagan. Buyumlarni o`ziga o`xshatib tasavvur qilgan. Shu sababdan ham ko`p buyumlarni ijod qilgan. Ko`p buyumlarning shaklini ham atrof - muhitdan, fazodan olgan. Masalan, kosa, piyola, stakan va boshqa uy - ro`zg`or buyumlarini uch burchak yoki to`rt burchak shaklida emas, balki dumaloq shaklda tasavvur qilgani uchun, xudda shu 1 Қаранг: Г.А. Пугаченкова, Л.И. Ремпель. История искусств Узбекистана. М.: 1965, 35–36–бетлар. 45 shaklda ijod qilgan. Chunki fazoviy jismlarning hammasini ibtidoiy odam dumaloq shaklda ko`rgan. Ibtidoiy odam va olam munosabatida ikki yo`l mavjud edi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling