Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Fetishizm (fr. fetichisme-sehrgarlik) ibtidoiy diniy shakllarga asoslardan biri bo`lib, alohida 
2
Б.Д.Греков, А.Ю.Якубовский. Олтин ўрда ва унинг қулаши. Тошкент, 1956, 138–бет 


47 
buyumlarda magik kuch bor, deb qarashdan paydo bo`lgan. Magik kuch voqealarning borishiga 
ta`sir ko`rsatib, kutilgan natijalarga erishtirdi. Fetishizm butlar yaratish - yog`ochlardan, loy va 
boshqa qattiq materiallardan tumor yasash jarayonida paydo bo`ldi. Bunday buyumlarni ko`pincha 
afsungar shomonlar ishlatganlar va bular orqali sehr - jodu qilganlar. Umuman, shomonlik ruhga 
topinish ko`rinishlaridan bo`lib, bu diniy oqimning maqsadi shuki, ruhlarning ko`rinmas olami bilan 
insonni aloqaga kiritadi, insonlar ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ruhlardan madad 
oladi.
Shomonlikning ilk ko`rinishi mil. av. V asrdan boshlab Yunonistonda amal qila boshlagan. 
Bugungi kunda Markaziy va Shimoliy Osiyoda, Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Tibet, Shimoliy va 
Janubiy Amerika hamda boshqa joylarda amal qiladi. 
* * * 
Mifologiya xalq og`zaki ijodining kelib chiqishida ham ilk bosqichdir. Xalq og`zaki ijodi 
insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim voqeadir. Ilk xalq og`zaki ijodi namunalari ma`lum bir 
xalqning ilk badiiy tafakkuri, yashash tarzi, orzu - umidlari, dunyoqarashini o`zida 
mujassamlantiradi. Eng qadimgi xalq og`zaki ijodining namunalari sifatida shumerlarning 
“Gilgamish“ dostonini ko`rsatish mumkin. Shumerlar miloddan oldingi to`rtinchi ming yillikda 
Mesopotamiyada yashaganlar. “Gilgamish“ dostoni sopol lavhalarga mixxatlar bilan yozib 
qoldirilgan. Doston Gilgamishni va u hukmdorlik qilayotgan Uruk shahrini madhiya qilish bilan 
boshlanadi. Gilgamish singari kuchli odam hali er yuzida yo`q edi, shuning uchun u odamlarga 
zulm o`tkazaveradi. Odamlar xudolarga iltijo qiladilar. Xudolar er yuziga buyuk ayol «xudo» 
Aruruni yuboradilar. Aruru loydan Enkidani yaratadi. U insondan ko`ra, hayvon (arslon) qiyofasiga 
va qudratiga ega edi. Rejaga ko`ra, Enkida Gilgamishni mag`lub qilishi, bu kurashda unga 
hayvonlar yordam berishlari kerak edi. Ammo Enkida fohisha ayolning makriga uchadi va 
hayvonlar undan qochib ketadilar. Fohisha ayol Enkidaga insonlarday ovqat eyishni, ichimlik 
ichishni va kiyinishni o`rgatadi. Enkida shundan keyin Gilgamish bilan do`stlashib birgalikda er 
yuziga yovuzlik urug`ini tarqatayotgan kedr o`rmonining hukmdori Xuvavni o`ldiradilar. Shundan 
keyin osmon «xudosi» Anudan samoviy ho`kizni yuborishni so`raydi. Samoviy ho`kiz Gilgamishni 
o`ldirishi kerak edi. Enkida bilan Gilgamish bu samoviy maxluqni ham o`ldiradilar. Xalq ikkala 
qahramonni madh qiladi. Xuvavni va samoviy ho`kizni o`ldirganlari uchun «xudolar» Enkidani 
xastalikka yo`liqtiradilar. Enkida o`n ikki kun kasal bo`lib, o`n uchinchi kuni Gilgamishning ko`z 
oldida olamdan o`tadi. Gilgamish ham o`lim muqarrar ekanini, abadiy hayot yo`qligini tushunib 
etadi. Oxiri, Shuruppakning hokimi, solih odam Utnapishtimning maslahati bilan abadiy hayot ato 
etadigan gul-giyohni dengiz tubidan olib chiqadi. Gilgamish cho`milayotganda, ilon o`sha giyoh 
o`tni o`g`irlab ketadi. Telba holatga tushib qolgan Gilgamish Urukka qaytib keladi va u erdan 
boshpana izlaydi, shu erda vafot etadi. 
Shumerlar qishloq xo`jaligi, matematika, tibbiyot, pedagogika fanlariga oid yodgorliklar 
yaratganlar. Bu fanlarga oid parchalar orasida xalq maqollari, hikmatli so`zlari ham bor. Bular 
shumer xalqining sharqona donoligidan, ijodkorligidan dalolat beradi: “Agar mamlakat yaxshi 
qurollanmagan bo`lsa, dushman hech qachon darvoza oldidan ketmaydi“, “Yovvoyi ho`kizdan 
qochib, yovvoyi sigirga duch keldi“. Olti–etti ming yillar ilgari yaratilgan bu hikmatlarga 
hamohang o`gitlarni bugun ham o`zbek xalqida uchratish mumkin. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling