Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yo`l q
Birinchi yo`l quyidagicha:
Ibtidoiy inson o`z kuch - qudratini ojiz deb bildi. Tabiatni va undagi buyumlarni o`zi singari tasavvur qilgani uchun, hamma narsaga ta`sir ko`rsatish qudratiga ega emas, deb bildi. Shu bois u o`z manfaati uchun xudolarga iltijo qilib, goh nazrlar atab, va`da berdi. Insonga xudolar marhamat qilib, “yaxshi ob -havo, yaxshi hosil yuborgan“day bo`ldi. Ikkinchi yo`l quyidagicha: Ibtidoiy inson olamni ruhiy kuchlar bilan to`la holatda tasavvur qildi. Uning nazarida ana shu ruhiy kuchlar doimo insonning atrofida aylanib yurardi. Bu tasavvur natijasida odamning dunyoqarashi quyidagicha o`zgardi: tabiat o`zgarishiga inson ta`sir ko`rsata olmaydi, hodisalar birin - ketin yuz beraveradi. Insonning tabiat to`g`risidagi tasavvurlarining ilk kurtaklari shunday edi. Bu kurtak sehr - jodu (magiya) orqali ifodalanadigan bo`ldi. Ibtidoiy diniy tasavvurlar ana shu tariqa shakllandi. Sehr - jodu (magiya) ibtidoiy insonning hayotida muhim rol` o`ynadi. Ayni paytda sehr - jodu asta - sekin ko`p dinlarga ta`sir etdi. Bu din ko`rinishini alohida ruhiy qudratga ega bo`lgan odamlar emas, qabila boshlig`i, keyinroq shohlar amalga oshirgan. Ular ayni paytda afsungar va ruhoniy ham edilar. Masalan, «Bibliya»ning «Qadimgi ahd» yoki «Tavrot» qismida “Ibtido” kitobida hikoya qilinishicha, Elam shohi Kado`rlamar Ibrohimning jiyani Lutni asir qilib olib ketganda, bu voqeadan xabar topgan Ibrohim o`z odamlari bilan Kado`rlamarning ortidan quvib, uni mag`lub qilib, Lutni qutqaradi, ko`p o`ljalar bilan manziliga qaytib keladi. Shunda Salem (Quddus) shohi Malkisidq Ibrohimni kutib olgani peshvoz chiqadi. Malkisidq ayni paytda ruhoniy ham edi (Ibtido 14: 12–17). Ruhoniylar o`zlarining iste`dodini ko`pincha sehrgarlik (chernaya magiya) va duoxonlik (belaya magiya) orqali namoyon qilgan. Bu borada katta muvaffaqiyatga erishgandan keyingina kuch - qudratini va hukmronligini mustahkamlashga o`tgan. Albatta, ibtidoiy fikrlash bosqichiga xos bu jarayon dinlarning keyingi taraqqiyotida katta qarshilikka uchradi. Jumladan, iudaizmda sehr - joduga, afsungarlik va folga ishonish qattiq qoralanadi. Masihiylik, islomda ham sehr -joduga aslo o`rin yo`q. (Islomda faqat umidli fol saqlanib qolgan.) Ibtidoiy inson har doim insonga yaxshilik qilish tarafdori. U hayvonlarda ham insonga foydali xususiyatlar bor, deb bildi. Sehr - jodu orqali hayvonlardagi bu xususiyatlarni insonlarga o`tkazishga harakat qildi. Ibtidoiy tafakkur tarzi ba`zi xalqlarda necha ming yillar davom etdi yoki hanuzgacha davom etib keladi. Masalan, XIX asrda yangi Gvineyada ilon ovlovchi oldin bir zaharli ilonni kuydirgan, yonib bo`lgan ilonning kuli bilan oyoqlarini artgan. Shundan keyin, hech qanday ilon menga tegmaydi, degan ishonch bilan o`rmonga ilon ovlagani ketgan. Bu singari ibtidoiy fikrlash davriga oid ishonch - e`tiqodlar diniy tasavvurlarning paydo bo`lishida ilk bosqichdir. Biz ibtidoiy fikrlash to`g`risida faqat qadimdan etib kelgan ashyolarga, udumlarga, ishonch - e`tiqodlarga tayangan holda hukm yuritamiz. Ayniqsa, dafn odatlarida ibtidoiy fikrlash bosqichlari aniqroq ko`rinadi. Har bir buyum, daraxt, o`simlik, jonzotda inson qiyofasi, ruhi aks etadi degan tasavvur davom etib keladi. Ayniqsa, uchta qabila ibtidoiy jamiyatdan buyumlarning ruhiga ishonchni saqlab keladi. Bularning birinchisi - Shimoliy Amerikada keng hududga yoyilib ketgan algankin qabilalari, ikkinchisi - Fiji orollaridagi erli aholi, uchinchisi - Birmadagi karan qabilalaridir. Algankin qabilalariga mansub hindularning diniy-e`tiqodiy tasavvurlari o`ziga xos: ular jonni tananing soyasi yoki jonli timsoli deb hisoblaydilar, dunyodagi hamma narsa uning nazarida jonlidir. Algankin qabilalaridan yana biri ojibvalarning e`tiqodiga ko`ra, faqat odamlar va hayvonlargina emas, balki jonsiz buyumlarning, masalan, qozonning ham joni bor. Fiji qabilasining e`tiqodi bo`yicha, hayvon yoki o`simlik nobud bo`lganda, ularning ruhi o`sha zohoti botqoqlikka botib ketadi. Bolta yoki pichoq ishlatilaverganidan yaroqsiz bo`lib qolganda yoki singanda, bu buyumlarning ruhi tezda xudolarga xizmat qilish uchun ketadi. Karanlarning tushunishlaricha, har bir buyumning alohida xususiyati bor. Pichoq va bolta, daraxt va o`simlik ruhlari ham o`ziga xos “vazifa“ni bajaradi. Karanlardan birontasi vafot etgandan keyin ham, xuddi hayotligidagi singari, boltasi va chopqisi bilan uy qurishda, sholi o`rishda, kundalik yumushlarni bajarishda davom etadi deb tasavvur 46 qiladilar.. Xuddi shu singari, ko`p qabilalar marhumni dafn qilishda hayvonlarni va odamlarni qurbon qiladilar. Ularning tasavvuricha, qurbon qilingan odam yoki hayvonlarning ruhi marhumga xizmat qiladi. Hayvon va odamlarni marhumlar ruhiga atab qurbon qilish diniy tizimlarning barchasiga xos bo`lgan xususiyatdir. Yakka xudolilik yoki ko`p xudolilik sharoitida ham bu odat bordir. Ibtidoiy fikrlash bosqichiga xos bunday tasavvurlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ko`p uchraydi. Qadimgi davrda yuqori lavozimdagi marhum dafn etilayotganda, marhum bilan birga uning quli, oti, uy - ro`zg`or buyumlari ham birga dafn qilingan. Ilk diniy madaniyat dunyo xalqlarining barchasida umumiy o`xshashlikka ega. Yuqoridagidek, marhum bilan birga turli buyumlarning qo`shib dafn etilishi qadimgi misrliklar va yunonlar e`tiqodida ham bor edi. Zotan, yunonlar qadimda shomonlikka e`tiqod qilganlar. Marhumlarning qabrlaridan hozirgacha qurbonlikka atalgan xazinalar topilmoqda. Buning sababi - ilk davrdagi tafakkurning o`xshashligidir. Insonni va hayvonni qurbon qilish dunyo xalqlarida turli shakllarda amalga oshirilgan. Ba`zilarida tiriklayin ko`milsa, ba`zilarida kuydirilgan. Har ikki holatda ham qurbonlik xudolarga atalgan. Xudolar esa moddiy yoki ruhiy ko`rinishda tasavvur qilingan. Qadimgi yunon mualliflaridan Evripid «Ifigeniya Avlida mehrobida», Geliodarning «Efiofika» asarlarida begunoh, eng yaxshi insonlarni «xudolar»ga qurbon qilish tasvirlangan. Dafn marosimlarida qurbonlikning eng vahshiyona ko`rinishini XIII asrdan oldingi mo`g`ullarda uchratamiz. Mo`g`ullarning ijtimoiy tuzumi ana shunday vahshiyona usullarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Oltin O`rdaga va Mo`g`ul hoqoni Xubilayxon saroyiga (Eronga) sayohat qilgan Marko Poloning yozishicha, Munka xon vafot etganda, uni dafn qilish uchun uyidan qabriga olib borayotib: “Sen ham u dunyoga ravona bo`lib, xoqonimizga xizmat qil!“ deb yo`lda duch kelgan yigirma ming odamning boshi olingan. Yana bir dalil: Eronda mo`g`ul hokimiyatiga asos solgan Xalokuxon (hukmronlik yillari 1256–1265) vafot etganda, uni dafn qilish marosimi to`g`risida Eron tarixchisi Vassofning hikoyasi bor. Uning hikoya qilishicha, Xalokuxonning qabriga turli buyum va qimmatbaho narsalar bilan bir qatorda, chiroyli kiyintirilgan go`zal qizlarni ham birga qo`shib ko`mganlar. Odamlarni tiriklayin dafn qilish, nazr sifatida daryoga odamlarni tiriklay uloqtirish holatlari mo`g`ullar hukmronligi davrida ko`p uchraydi 2 . Bu davrda majusiylik dini bilan jamiyat o`rtasida nomuvofiqlik yuzaga keldi. Avvalgi diniy oqimlar jamiyat talablariga javob bera olmay qoldi. Ibtidoiy fikrlash tarzi o`rta asrlar uchun maqsadga muvofiq emasligi ayon bo`lib qoldi. Shu bois mo`g`ullar Oltin O`rda madaniyatida islomni qabul qildilar va ma`naviy jihatdan ancha oldinga siljish yuz berdi. Ibtidoiy fikrlash tarzining o`rta asrlarda ham uchraganini ilk diniy shakllardan animizm va fetishizmga bog`lash o`rinlidir. Har ikkala din shakli o`z davrida axloqiy qarashlarning ma`lum bir ko`rinishlarini ifodalaydigan bo`ldi. Animizm (lot. anima - ruh, jon) - diniy e`tiqodlarga zamin bo`lib, ruhlarning mavjudligiga ishontiradi, tabiat kuchlarida, hayvonlarda, o`simliklarda, jonsiz buyumlarda ruh bor, deb qaraydi. Animistik tasavvurlarning kurtaklari eng qadimgi davrlarda, hatto totemizmdan ham oldin - ibtidoiy jamiyatda paydo bo`ldi. Diniy tasavvur sifatida totemizm bilan baravar shakllandi. Umuman olganda, animizm insoniyat taraqqiyotining eng quyi bosqichida turgan qabilalarning o`ziga xos diniy tasavvurlarini ifoda etadi. Animizmga e`tiqod qiluvchilarning qarashicha, odamlarning, avvalo, marhumlarning ruhi aynan tanasiz shaklda mavjud bo`lar ekan. Mana shu tasavvur ommaviy ravishda totemistik va animistik ishonch-e`tiqodlar, urf-odatlar o`rtasida bog`lovchi bo`g`in bo`lib xizmat qildi. Animizm, shubhasiz, ancha keng tarqalgan dinlardan biri shomonlikning paydo bo`lishiga ta`sir etdi. Ibtidoiy diniy tasavvurlarning saqlanib qolishiga davlatchilik an`anasining yo`qligi, yoki bu tasavvurlarning saqlanib qolishiga yana bir sabab dinlarning murakkab tizim ekani bo`lishi ham mumkin. Rivojlangan shomonlik esa o`yin bilan ijro etiladi. Shomonlik aqidasi bo`yicha xasta odamlarga, hayvonlarga shifo ato qilinadi, baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun kurashadi. Ovchilikda muvaffaqiyatga erishish uchun fol ochadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling