Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

 
Gomer davri madaniyati 
Gomer davri madaniyati asosan Gomerning va Gesiodning asarlari asosida belgilanadi. Bu 
davr madaniyatida xudolar haqidagi miflar asosiy rol` o`ynaydi. Yunonlar Gomerni xudolar 
haqidagi tasavvurlarimizning ijodkori, deb baholagan edilar.
Yunonistonda ko`chish davri (m.o. XI asr) tugashi bilan zodagonlar o`zlarining ijtimoiy-
siyosiy tuzilmasini yaratdilar va «Gomer ilohiy davlati»ni barpo qildilar. Bu davlatning tepasiga 
Zevs tasviri quyilgan bo`lib, bu kul`tni bu erga kelgan bosqinchilar o`zlari bilan birga olib kelgan 
edilar. Zevs erli xudolarga duch kelganda, ularning vazifasini o`ziga olib, siqib chiqardi, boshqa 
xudolar bilan qo`shilib ketdi va ularning nomlarini va sifatlarini o`ziga oldi, Yana boshqa ba`zi 
xudolar bilan murosa qilib, birga yashadi, shuning uchun oldingi xudolar Zevsning ukalari, 
singillari, bolalari bo`lib qoldi. Zevs ba`zi xudolar bilan oila qurdi. Ammo Gomerda ham, Gesiodda 
ham xudolar olamining yaratuvchisi emas, o`sha xudolarning o`zlari tug`ilganlar. Qachonlardir ular 
mavjud bo`lmagan edilar. 
 
 
Arxaik davr madaniyati 
Arxaik davrda yunon shahar - davlatlari shakllana boshladi, ilmiy tafakkur, she`riyat 
rivojlandi, falsafa, teatr paydo bo`ldi, Yunon san`ati taraqqiy qildi. Arxaik davrda sport va 
musiqaviy - badiiy o`yinlar paydo bo`lib, yunonlar o`zlarining xudolariga bag`ishladilar. Mil. ol. 
776 yildan boshlab xudo Zevsga bag`ishlangan sport musobaqalari odatga aylandi. Bu o`yinlar 


56 
Olimpiya o`yinlari deb nom oldi va to`rt yilda bir marta o`tkaziladigan bo`ldi. Xudo Apollon 
sharafiga bag`ishlab o`tkaziladigan sport va musiqa musobaqalari Pifiy o`yinlari deb nomlandi. Bu 
musobaqa ham to`rt yilda bir marta o`tkaziladigan bo`ldi. 
Yunonistonning ancha rivojlangan viloyati Ioniya (Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`ida)da 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling