Ma`deniyat taniw uzb


Mum surtilgan taxtachalar


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Mum surtilgan taxtachalar. Yozuv uchun taxtachalar yog`ochdan va fil suyagidan 
tayorlanib, mum surtilardi. Bu taxtachalardan ossuriylar, yunonlar va rimliklar foydalanganlar. 
Ba`zan xalqalar bilan ikkita taxtacha birlashtirilgan. Uchi o`tkirlangan tayoqchadan yozuv quroli 
sifatida foydalanilgan. 
Papirus.  
Misrliklar piramidalar qurilishi davrlariga qadar qamishdan papirus 
tayyorlashni o`rganib olgan edilar. Qamishlar Nil daryosi bo`ylaridagi botqoqliklarda o`sib yotardi. 
Yo`g`on nam qamish poyalarni qator qilib terib, yupqa varaq bo`lguncha yog`och to`qmoq bilan 
uraverganlar. Varaqlarni quritganlaridan keyin yozish mumkin bo`lgan. Papirus qimmatbaho 
hisoblangan, undagi yozuvni yuvib yoki artib tashlab, yana o`rniga yozish mumkin bo`lgan. Papirus 
o`rama kitoblar yaratishga turtki bo`ldi. Misrliklar bizgacha qoldirgan mana shunday o`rama 
kitoblar qissalar, hisob–kitob yozuvlari, murakkab matematik masalalar, marhumlarga atalgan 
marsiyalar, lirik she`rlar, astronomik kuzatuvlar, ertaklar, tabobatga oid asarlardan iborat. 
Misrda eng qadimiy kutubxona miloddan oldingi 1300 yilda poytaxt shahar Fivning 
yaqinida bunyod etilgan. Kutobxona Ramses 11 ga qarashli bo`lgan. Kutobxona peshtoqiga: “Qalb 
darmonxonasi” deb yozib qo`yilgan. Ehromlarda saqlanadigan bu kitoblarga kohinlar boshchilik 
qilgan. Aksariyat kutubxonalar ta`lim maskani bo`lgan.
Papiruslar fan sohalari bo`yicha o`ralgan. Bir o`ramda jarrohlikka oid 48 hodisa qayd 
etilgan. 
Misrliklar qamish cho`p bilan yozganlar. 
Siyohni o`simlik moyida yoki daraxt shirasida 


52 
eritilgan qurumdan tayyorlaganlar.
Papirus - balandligi to`rt metrdan ortiq bo`lgan qamishdir. Papiruszorlar Nil daryosi 
qirg`oqlarini qoplab olgan, Isroildagi Iordan daryosi qirg`oqlarida ham uchrab turgan. 
Teri. Qo`y, echki, buzoq va kiyiklarning terisini quritib, qirtishlab, tozalaganlar. Keyin 
tarang qilib tortib, yozuv uchun yuzasi tekis bo`lsin, deb yog`och to`qmoq bilan urganlar. 
Pergament deb atalgan material shunday tayyorlangan. 
Qamishning bir tomonini o`tkirlab, tekis yozadigan qurolni yasaganlar. 
Qog`oz. Kitob san`atida qog`oz keng tarqaldi. Xitoyda ilk bor qog`ozdan foydalanilgan. 
Yunonistonda dastlabki kitoblar ko`chirilganda, bizning hozirgi odatdagi kitoblarimiz hali kashf 
qilinmagan edi. Odamlar o`rama qog`ozlarga yozganlar. O`rama qog`ozlarni papirus, pergament 
varaqlaridan yoki yupqa misdan qilganlar. Varaqlar elimlab yoki tikilib birlashtirilgan. Natijada eni 
o`ttiz santimetr, uzunligi o`n metrgacha bo`lgan lenta hosil bo`lgan. Lentaning ikkala oxirgi tomoni 
cho`pga o`rab mahkamlangan. O`quvchi bir qo`li bilan cho`pga o`ralgan o`rama qog`ozni ochib, 
o`qib bo`lgan qismlarini ikkinchi qo`li bilan narigi tomondagi cho`pga o`rayvergan. O`rama 
qog`ozni o`rab bo`lganlaridan keyin, uni latta matoga o`rab, xum idishlarga solib saqlaganlar. 
O`rama qog`ozlarni bir joydan ikkinchi joyga olib yurish noqulay edi: uzun o`rama qog`ozdan biror 
kichkina parchani topish uchun ko`p vaqt talab qilinardi. 
Milodiy II asrda Yunonistonda Yangi Ahd bir kitobga jamlangani ma`lum. O`rama 
qog`ozdan birinchi bo`lib shu paytda balki yunonlar voz kechgan bo`lishlarii mumkin. O`rama 
qog`ozlar o`rniga bitta daftarga bir necha papirus yoki pergament varaqlarini birlashtirish ularning 
xayoliga kelib qoldi. Varaqlarni buklab, taxlangan holda tikdilar. Keyin esa daftar orqasiga shunga 
o`xshash daftarlarni qo`shib boraverdilar. Kitobning bunday ilk shakli “kodeks” deb yuritiladi.


53 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling