Ma`deniyat taniw uzb


 – MAVZU  QADIMGI DAVR MADANIYATI


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

7 – MAVZU 
QADIMGI DAVR MADANIYATI 
MISR MADANIYATI 
Ilk tsivilizatsiya Osiyo va Afrikaning quruq tropik hududlaridagi daryo bo`ylarida paydo 
bo`lgan. Bulardan eng qadimiysi sifatida qadimgi Misr tsivilizatsiyasi e`tirof etilgan.
Dastlabki Misr davlati qirqta shahar davlatdan iborat bo`lgan edi. Taxminan mil.ol. III ming 
yillikda yagona davlat tashkil topdi. Mil.ol. XVI-XV asrlarda qadimgi Misr g`aroyib ravishda 
gulab-yashnadi. Xozirgi Turkiyadan Efiopiyagacha bo`lgan katta hududni o`z ichiga oldi. Ammo 
qo`shni davlatlar bilan doimiy ravishda yuz berib turgan doimiy urushlar Misr davlatini tanazzulga 
olib keldi. Milodgacha V1 asrda Misr Eronga, IV asrda esa Aleksandr Makedonskiyga o`lja bo`lib 
qoldi. Mil. ol. I asrda esa Misr Rimning bir viloyatiga aylanib qoldi. Rim imperiyasi qulagandan 
keyin mil. VI asr oxirlarida Misr Vizantiya davlati tarkibiga kirdi. VII asrdan so`ng Misrda arablar 
hukmron bo`ldi va masihiylik o`rniga islom yoyildi. Bu paytda endi islomiy madaniyat kuchaya 
bordi. IX asrda Arab xalifaligi qulagach, mamlakat yana mustaqillikni qo`lga kiritdi. XII-XIII 
asrlarda Misr salib yurishlarini boshdan kechirdi. XVI asrda turk armiyasining hujumlari Misr 
davlatini qulatdi. XIX asr oxiridan esa Usmonli imperiyasi tarkibiga kirdi. 1922 yili Misr yana 
mustaqillikni qo`lga kiritdi.
Misr hududida insoniyatning ilk hayoti izlari mil.ol. o`ninchi ming yilliklarga oiddir. Mil. 
ol.oltinchi - beshinchi ming yilliklarda inson o`troq yashagani kuzatiladi. Tadqiqotchilarning 
radiouglerod usuli bilan aniqlashlaricha, Fayum vodiysida don saqlaydigan chuqurliklar bo`lib, 
miloddan oldingi 4600-4300 yillarga oid ekan. Odamlar bu vodiyda cho`chqa, qoramol, qo`y va 
echki boqqanlar, bug`doy va arpa ekkanlar. Taxminan mil. ol. 3100 yillarda ikkita yirik shohlik – 
Quyi Misr (Nil daryosi del`tasida) va Yuqori Misr (Nil del`tasidan Elfantingacha bo`lgan joylar) 
paydo bo`ldi. Inson bu erda ilk bor yozuvni yaratdi, inshootlarni, shaharlarni barpo qildi, 
dehqonchilikni rivojlantirdi, davlat barqaror bo`la boshladi. 
Misrliklar mukammal kalendarni ishlab chikdilar. Ularning kalendari bo`yicha, yil 365 
kundan iborat edi. Misrda kalendarning joriy qilingani astronomiyaning rivojlanganidan dalolat 
beradi. Misrliklarning aytishlaricha, mamlakatning shakliy tuzilishi ma`lum fazoviy qonuniyatlarga 
asoslangan ekan, qachonlardir xudolar fazoni yaratganlarida, birinchi bo`lib Misrni, keyin olamdagi 
boshqa mamlakatlarni barpo qilgan ekan. 
Odamlarning hayoti ko`p jihatdan Nilga bog`liq edi. Shuning uchun jamiyat hayoti izchil 
yo`lga qo`yildi, suv omborlari va kanallari rejalashtirilgan holda qurildi, yaxshi saqlandi. er 
taqsimlanishi, suvga egalik huquqi qat`iy boshqaruv asosida olib borildi. Fir`avnning ayonlari 
yuqori hosil olish uchun zurur ishlarni bajarardilar.
Misrliklar qadimda o`zlarining mamlakatini «qizil va qora» deb aytganlar. Nil daryosi suvi 
bilan sug`orilgan viloyatlardan hosil mo`l olinardi, shuning uchun Qora mamlakat deb nom olgan 
edi. Bu davrlarda yomg`ir kam yog`ardi. Odamlar faqat Nilga umid bog`lardilar. Ayniqsa, Nil 
del`tasining botqoq joylarida papirus va nilufar gullar ko`p o`sgan. Mana shu papirus va gullar Misr 
arxitekturasining shakliy tomoniga katta ta`sir etdi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling