Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daosizm
- Xoropp madaniyati
Konfutsiylik ijtimoiy munosabatlar bilan bog`liq. Konfutsiyning (mil.ol. 551–479) bu
ta`limoti g`ayritabiiylikka aslo aloqador emas. Shuning uchun konfutsiylikni dunyoviy ta`limot deb ataydilar. Konfutsiy oila - qarindoshlik aloqalarini ham davlat, ham diniy nuqtai nazardan talqin qildi. “Davlat - bitta oila, hukmdor, ya`ni Osmon o`g`li bir paytning o`zida xalqning otasi va onasidir”, deb baho bergan edi. Daosizm qadimgi miflar, xalq inonch - e`tiqodlari, kul`tlarga asoslangan edi. Dao - “yo`l” degan ma`noni bildirib, uning asoschisi lao Tszidir. U Konfutsiyning zamondoshi bo`lgan edi. Umuman, Xitoy madaniyati tarixi dunyo madaniyati tarixida muhim rol o`ynadi. Hindiston madaniyati Hindiston qadimgi tsivilizatsiya o`lkalaridan biridir. Qadimgi Hindiston olamga “Moxobxorot”, “Ramayana” kabi epik asarlarni, Kalidasa kabi buyuk ijodkorni, “Panchatatra”ni bergan. Qadimgi Hindiston matematika, astronomiya, tibbiyot sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozirgi arifmetikaga asos bo`lgan son tushunchasini ham hindlar yaratgan. Hindiston mamlakati va madaniyati tarixi quyidagi bosqichlarga bo`linadi: • Xoropp tsivilizatsiyasi, • Veda davri, • Maur davri, • Guptlar davri, • Boburiylar imperiyasi, • Zamonaviy tarix. Xoropp madaniyati mil.ol. 3200– 1300 yillar oralig`ida yashagan. Xoropp madaniyati Mesopotamiya va Misrdan keyin uchinchi o`rinda turadi. Xoropp madaniyatining eng muhim tomonlaridan biri erga borona bilan ishlov berishning yo`lga qo`yilgani va yozuvning yaratilganidir. Xoropp madaniyatining eng qadimgi markazlari Moxenjo Doro va Xoropp shaharlaridir. Bu va boshqa shaharlardan topilgan arxeologik yodgorliklar bronza davriga oiddir. Xoropp madaniyatida inson evropa irqiga mansub bo`lgan. Shaharsozlik madaniyati ham bugungi arxitektura talablariga javob beradi. Maxenjo Doro va Xoropp shaharlari bir xil reja asosida qurilgan va keyingi davrlarda ham o`zgartirilmagan. Asosiy ko`chalar to`g`ri to`rt burchak hosil qilib kesishgan va kvartallar hosil qilingan. Bu shaharlarda suv tarmoqlari va kanalizatsiya barpo qilingan. 2–3 qavatli uylar qurilgan. Topilgan yozuv namunalari 400 piktogramma (rasmli yozuv)dan va bo`g`inli belgilardan iborat. Arxeologlar topgan chizg`ichda o`nlik bo`luv sistemasi qo`llangan. Tarix yana g`or suratlarini, ov sahnasi tavsirini ham saqlagan. Veda davri ikkinchi ming yillikning o`rtasi va birinchi ming yillikning o`rtasiga aloqador bo`lib, boshqa mamlakatlardan Hindistonga kelgan xalqlarning madaniyati bilan bog`liq. Ariylar deb atalgan bu xalqlar chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Ammo ularning kelib chiqishi hanuzgacha ma`lum emas. Ularning tili hind-evropa tillaridan biri sanskritning qadimgi shakliga mansub. Miloddan oldingi XV asrda ariylar Shimoliy Hindistonga bostirib kirdilar va bu erning tub aholisi dravidlarni janubga quvdilar. Hindiston aholisning tili asli dravid tilidir. Hind tillari guruhiga kiruvchi tillarning to`rtdan uch qismi ariylarning sanskrit tiliga qarindoshdir. 60 Ariy qavmlari Hindistonga kelganlaridan (ba`zi olimlar O`rta Osiyodan, ba`zilari Janubiy Rus cho`llaridan kelgan deydilar) keyin madaniy taraqqiyotda keskin o`zgarishlar bo`ldi. Vedalar ayni shu davrda yaratilgani uchun Hindiston tarixida veda davri deb yuritiladi. Vedalarda garchi bir o`rinda 3399 xudo borligi aytilsa ham, 33 xudo to`g`risida so`z yuritiladi. Xudolar zaminiy, Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling