Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Upanishodlar
- Guptlar imperiyasi
samoviy va oraliq kabi uchga bo`lingan. Ariylar ko`p izzat qiladigan xudo yomg`ir va
momaqaldiroq xudosi Indra bo`lib, unga 250 madhiya bag`ishlangan. Boshqa xudolarga bag`ishlangan madhiyalarda ham Indra nomi eslanadi. Vedalarga to`rtta asosiy to`plam - Rigveda (madhiya vedasi), Samoveda (kuylar vedasi), Yajurveda (qurbonlik vedasi), Atxarveda (afsun va sehr–jodular vedasi) dan iborat. Vedalar o`sha davrdagi turli bilim sohalarini - dehqonchilik, tibbiyot, geometriya, hunarmandchilik, harbiy texnika, astronomiyani qamrab oladi. Upanishodlar ham vedalarning oxirgi janrlaridan biridir. “Upanishod” - insonni xudoga (yoki ustozga) yaqinlashtiradigan narsa degan ma`noni bildiradi. Upanishodlar Hindistonning eng qadimgi falsafiy asarlari hisoblanadi. Upanishod buddaviylikka, jaynizmga katta ta`sir etgan. Upanishodning asosiy vazifasi shaxs ruhini koinot ruhi bilan bir xil deb qarashdan va talqin qilishdan iborat edi. Maur davlati Ganga daryosi bo`yida barpo qilingan bo`lib, bu madaniyat buddaviylikning paydo bo`lishi bilan bog`liq. Maur sulolasi hukmdorlari buddaviylikdan xalqlarni birlashtirish uchun foydalandilar. Maur davlatidagi madaniy yodgorliklar Ashok (mil.ol. 268–232 yillarda hukmronlik qilgan) nomi bilan bog`liq. U jang bilan boshqa davlatlarni qo`shib oldi, ko`p davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o`rnatdi, fan va san`atga e`tibor berdi, shaharlar barpo qildi. Ashok ko`plab budda ibodatxonalari qurdirdi. Dunyoviy adabiyot ham Ashok davrida rivojlandi. Jumladan, “Artaxshastra” nomli siyosiy asar bu davrdagi muhim yodgorliklardan biridir. Asarda saroydagi ziddiyatlar, fitnalar, kimlarningdir sirli o`limi she`riy yo`lda bayon qilingan. Ashok vafotidan keyin Maur davlati tanazzulga yuz tuta boshladi. Guptlar imperiyasi. Bu imperiya (319–540 yillar) davrida mamlakat yana birlashib, qudratli davlatga aylandi. Sanskrit asosiy til bo`lib qoldi. Guptlar sulolasini qadimgi hind madaniyatining “oltin asri” deb ataydilar. Sulolaning ba`zi vakillari, jumladan, Chandrgupta va Skandagupta shoir hamda musiqachi bo`lgan edilar. Buyuk shoir va dramaturg Kalidasa Chandragupta hukmronligi davrida yashagan edi. Bu davrda moddiy madaniyat rivojlandi: ipakchilik, sun`iy sug`orish rivojlandi. Hunarmandlar qurol va zeb - ziynatlar ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatga erishdilar, ipak va paxtadan nafis matolar to`qidilar. V asrda xunlarning avlodi eftalitlar (oq xunlar) bostirib kirib, Guptlar imperiyasiga zarba berdilar. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling