Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

 


74 
9 – MAVZU 
TEXNOGEN VA ZAMONAVIY MADANIYAT 
(XVI-XX ASRLAR) 
Zamonaviy madaniyatni ayrim mutaxassislar texnika, elektron yoki axborot madaniyati deb 
ataydilar. Bunday munosabat xozirgi madaniyatda fan va texnikaning o`rni muximligini ko`rsatadi. 
Zamonaviy fan qadimgi yoki o`rta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. Ilgarilari fan dunyoni 
qanday bo`lsa shu holida, unga dahil qilmay o`rganar edi. Hozirgi fan bilish, yaratish, ihtiro qilish, 
loyiha tuzish kabi jarayonlarni o`zida mujassamlashtiradi va inson aql-zakovati yordamida hal 
bo`ladigan muammolarga e`tiborni jalb etadi. Bugungi kunda ilmiy haqiqatni ochish bilan birga 
insonning ehtiyoj va manfaatlariga mos keladigan imkoniyatlarni topish fanda ustuvor bo`lmoqda. 
Fan va madaniyatdagi yangi yo`nalish shakllanishining boshlanishi G`arbda Uyg`onish davri 
(XIV-XVI asrlar) bilan bog`liq. Uyg`onish davri evropa madaniyati taraqqiyotida muxim davr 
bo`lib, mutlaqo yangi madaniyat bosqichini boshlab berdi. Shaxarlarning ko`payishi, evropada ichki 
va tashqi savdoning vujudga kelishi, xunarmandchilikning rivojlanishi evropa madaniyatida yangi 
yo`nalishlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida moddiy madaniyat va texnologiyalar 
o`zgarib, ko`plab muxim ilmiy kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar dunyoning diniy 
manzarasini o`zgartirdi, aqliy va iqtisodiy xududni kengaytirib jahon savdosini vujudga kelishiga 
sabab bo`ldi. Antik davr merosini o`rganish yangi falsafiy yo`nalishlar paydo bo`lishiga turtki 
bo`lib inson va tabiatning o`zaro munosabatlarida mutlaqo o`zgacha andoza va mezonlar shakllandi. 
Yangi davr – fan, texnika taraqqiyoti nafaqat dunyoni, odamlarni fikr tarzini ham 
o`zgartiradi. 
Jamiyatda «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g`oya shakllandi. Bu nom inson xaqidagi 
yangi dunyoviy fandan kelib chiqqan bo`lib, ilgarigi «iloxiyat xaqidagi fanni» asta-sekin siqib 
chiqardi. Insonparvarlik g`oyasi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Tabiat qonunlarini - «tabiiy-muvofiq» tamoyili asosida g`ayri tabiiy kuchlarni 
qo`shmasdan tushuntirishga asoslanish; 
2. Insonni hayot markazi qilib olish (antropotsentrizm) - insonga mavjudot deb emas, 
tabiatning gul toji sifatida qarash; 
3. Aqliy tafakkur (ratsionalizm) - inson idrok va zakovat orqali atrof muxitni, o`z-o`zini 
biladi deb xisoblash; 
Insonparvarlik g`oyalarining rivojlanishi dunyo va insonning diniy kontseptsiyasi 
buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining o`zini qadrlash xaqidagi ta`limot paydo bo`lishiga olib 
keldi. Gumanistlar o`z ta`limotining ishonch mezoni deb emprik-tajriba va ratsionallikni xisobladi. 
Bu xulosa ularni cherkovni Reformatsiya qilish (M. Lyuter, J. Kal`vin), utopik sotsializm (T. Mor, 
T. Kampanella) va ijtimoiy pragmatizm (N. Makkiavelli) kabi g`oyalarni nazariy asoslashga olib 
keldi. 
Uyg`onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo`lishidagi iloxiy g`oyalarni butunlay 
inkor qilmadi, balki olam doimiy va qat`iy qonunlarga muvofiq ravishda bunyodga kelishini 
tasdiqladilar. Idrok insonga bu qonunlarni tushunib o`z jamiyatini tuzishda qo`llashi uchun berilgan. 
Shu hayotda baxt-saodat qaror topsa oxirat ham obod bo`lishi mumkin deb takidladilar. Ular 
nazarida inson tabiat qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi aqlli mavjudot xisoblanib, nafaqat 
moddiy dunyo markazida turadi, u shuningdek, badiiy ijod va rang tasvirining ob`ekti hamdir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling