Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
futuvvat (yoki javonmardlik) oqimining ilk ibtidosidir. Muruvvat - birontasiga o`zi uchun, yaqinlari
va mol–mulki uchun majburiyat yuklaydi. Muruvvatli odam boshqalarning burchini ham o`z zimmasiga olgach, ularning rohat–farog`ati yo`lida mashaqqatlarga duch keladi. Shu tariqa bu odam futuvvatli insonga aylanadi. Futuvvat - tariqatning bir bo`lagi, futuvvat asoslari bilan tasavvuf g`oyalari bir–biriga muvofiqdir. Futuvvat ham, tasavvuf ham inson axloqini poklash, mehru shafqat, himmat va mardlik ko`rsatishni targ`ib etadi. Sodda qilib aytsak, futuvvatning zohiriy va botiniy ruknlari insoniyatni ma`naviy sog`lom bo`lishga da`vat etadigan, komillikka etaklaydigan, umuman bugungi til bilan aytganda, eng madaniyatli odam, deb ta`rif berishga loyiq inson qilib tarbiyalaydigan tariqatdir. Futuvvatning zohiriy ruknlari quyidagilar: Birinchisi - g`iybat, yolg`on, bo`hton va behuda so`zlardan tilni tiyish. Zero tilidan xalqqa ozor etmaydigan odamgina futuvvatga da`vo qila oladi. Ikkinchisi - nojo`ya, nomaqbul so`zlar, bo`hton, g`iybatdan quloqni berkitish. Uchinchisi - ko`rish nojoiz hisoblangan narsalardan ko`zni yumish. To`rtinchisi - harom narsalardan, xalq ozoridan qo`lni tortish. Beshinchisi - borish man` qilingan noshoistajoylardan oyoqni tortish. Haqorat va gunohga sabab bo`ladigan, gap tashish va ziyon–zahmat, ozorga etaklaydigan ishlarga qadam qo`ymaslik. Oltinchisi - harom ovqatlardan og`izni, zinodan a`zoni berkitish. Zino - futuvvat ahdini buzish, haromxo`rlik va futuvvat rishtasini uzishdir. Botiniy ruknlar mana bulardir: birinchisi – saxovat, ya`ni tilamasdan burun o`z mahalida bag`ishlamoq va oqibatini o`ylamaslik, layoqatu qobiliyatni andesha qilmaslik. Ikkinchisi – tavoze`, 5 Шу асар, 211-212-бетлар 6 эпикурчилар – Эпикур (мил.ол. 241 – 370 йиллар) тарафдорлари; уларнинг қарашича, одам бахт–саодатга онгли равишда интилади. 7 стоиклар – буларнинг қарашича, одам онгга итоат этиб, ҳис–туйғулардан ва майллардан халос бўлиб яшаш керак. 8 пифагорчилар — табиатдаги ҳамма ҳодисалар миқдор муносабатларига боғлиқ, деб қараш тарафдорлари. 72 ya`ni boshqalarni o`zidan afzal bilmoq, barchaga kamtar, xoksor munosabatda bo`lish. Uchinchisi - qanoat... To`rtinchisi - avf va marhamat, ya`ni xalqqa shafqat ko`rgazmoq, kishilar gunohini kechirmoq va iloji boricha ularga yaxshilik, muruvvat bilan muomala qilish... Beshinchisi - havobalandlik va g`ururni tark etish, ya`ni qanchalik ma`qul va maqbul ishlarni amalga oshirsa ham mag`rur bo`lmaslik. Zero iblis kibru havo tufayli jannatdan badarg`a bo`ldi. Oltinchisi - qurb (ilohiyotga yaqinlashish) va vaslat (yo`l) maqomiga butun vujudi, dilu joni bilan intilish 9 . Futuvvat tariqatiga mansub odamlar jamoa bo`lib uyushib, o`zlarining ezgu maqsadlarini amalga oshirganlar. Xuroson va Movarounnahrda X asrdan boshlab futuvvat ancha keng yoyila boshladi. Bu tariqatga mansub odamlar muayyan qoida va talablarga rioya etar, ma`naviy va jismoniy etuklikka intilar, nima ish qilsalar ham, mardlik, oliyjanoblik namunasini ko`rsatar, zulmga, haqsizlikka qarshi kurashardilar. Tasavvufning shakllanishida zohidlik harakati ham muhim rol o`ynagan. Kufa, Bog`dod shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko`p edi. Qolaversa, ularning xalq orasida obro`yi ham katta bo`ldi. Chunonchi, Uvays Qoraniy, Hasan Basriy kabi so`fiylar aslida zohid kishilar edilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag`firatini qozonish, Qur`onda va`da qilingan jannatning huzur–halovatiga etishish edi. So`fiylar nazarida esa jannat umidida toat–ibodat qilish ham ta`maning bir ko`rinishidir. So`fiy uchun na dunyodan, na oxiratdan ta`ma bo`lmasligi kerak. Ularning yagona istagi - Xudo diydoridir, xolos. Zohidlik tushunchasi va harakatini faqat islom bilan bog`lash biryoqlamadir. Asli zohidlik Buddadan boshlangan. Buddaning hayoti to`g`risidagi rivoyat shundan dalolat beradi. Budda - haqiqat najotkori demakdir. Uning asl nomi Siddxartxa. Siddxartxaning onasi – shakiylarning hukmdori Mayyaning xotini bir kuni tushida yoniga oq filning kirib yotganini ko`rdi. Ma`lum vaqtdan so`ng u o`g`il tug`di. U boshqa ayollar singari tug`may, qo`ltig`idan tug`di. Uning ovozini koinotdagi hamma xudolar eshitdi. Borliqdagi uqubatlarning oldini oladigan odam keldi, deb xursand bo`ldilar. Dono Asita chaqaloqning buyuk qahramonliklar ko`rsatishi haqida karomat qildi. Chaqaloqqa Siddxartra deb ot qo`ydilar. Bu “topshiriqni bajaruvchi” deganidir. Otasi o`g`lining diniy ruhda tarbiya topishini istamadi. U hayotning salbiy tomonlarini o`g`lidan yashirib, dabdabali hayotni muhayyo qildi. O`g`liga haqiqiy dunyoviy tarbiya berdi, chiroyli qizga uylantirdi. Xotini o`g`il tug`ib berdi. Bir kuni Siddxartxa Gautama shahri bo`ylab sayr qilib yurgan edi, qartaygan bir cholni ko`rdi. Uning butun tanasiga yara toshgan, tarki dunyo qilgan, yillar davomida qaddi bukilgan edi. Shu tariqa Siddxartra jonli mavjudotlarning muqarrar azob chekishini bildi. Shu kechasi u hech kimga bildirmay saroyni tark etdi, zohidlikda hayot kechirishni boshladi va azoblardan qutqarish yo`llarini izlay boshladi. etti yil davomida u azob–uqubat bilan ter to`kib, kohin braxmanlarning muqaddas kitoblarini o`qidi. Ochlikni bas qilib va yolg`on donolikdan voz kechib, uzoq mushohadalardan keyin qutqarishga yo`l ochdi. U “to`rt oliyjanob haqiqat”ni fahmladi. Iso Masihning ta`limoti va faoliyati ham aslida zohidlikning eng mukammal ko`rinishidir. Masihiylik ta`limoti aslida zaminiy boylik va hashamatdan voz kechib, Xudo yo`lida xizmat qilish, jamiki gunohlardan tiyilish va shu orqali Xudo beradigan Samoviy Shohlikka erishishga da`vat qilishdan iboratdir. Masihning eng buyuk aqidalaridan biri- faqirlikni ixtiyor qilish borasida shaxsiy namuna ko`rsatganidir. Zohidlardan keyingi davr so`fiylari tafakkuriy–shuuriy rivojlanishni - dunyoni va ilohni bilishni, tanishni asosiy maqsad deb hisoblaganlar. Bu davr oriflik davri deb ataladi. Tasavvufning paydo bo`lishida yana boshqa omillar ham bor. Bular - shia mazhabi, yunon falsafasi, hind falsafiy qarashlari, zardushtiylikdir. Tasavvuf amaliyoti va falsafasida bularning samarali ta`siri bo`ldi. Tasavvuf tarixi islom tarixi bilan birga rivojlanib, islom madaniyati va ma`rifatiga ulkan hissa bo`lib qo`shildi. Dastlabki paytlarda Kufa, Basra va Bag`dod shaharlarida sanoqli darajada 9 Ҳусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султоний ёхуд жавонмардлик тариўати. — форс–тожик тилидан Нажмиддин Комилов таржимаси. Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти. Тошкент, 1994, 10–11– бетлар. 73 zohid va so`fiylar yashagan bo`lsalar, bora–bora musulmon olamida shayxu mashoyixlar, so`fiy daveshlar, qalandarlarning soni ko`paydi, o`ziga zos harakatga aylandi. Birgina Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul–uns” kitobida 664 shayx va so`fiylarning nomi zikr etiladi. Bu kitobga kirgan so`fiylar faqat XV asrgacha yashab o`tganlaridir. XV asrdan keyin ham ko`plab avliyolar yashab o`tganlar. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling