Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
zinokor erkak - ulardan har birini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Ollohga va oxirat kuniga
iymon keltiruvchi bo`lsangizlar, Olloh (bu) hukmida (ya`ni zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm - shafqat (tuyg`ulari) tutmasin” (Nur surasi, 2–oyat). Ammo mish–mish ham og`ir gunoh ekanligi, mish - mish tarqatgan odam ham, zinokorlar singari, jazoga loyiqdir. Unday toifadagi odamlar fosiqlar deb nom olgan, itoatsiz kimsalardir. “Pokiza ayollarni (zinokorlar deb) badnom qilib,so`ngra (bu davolariga) to`rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) - ularni sakson darra uringlar va hech qachon ularning guvohliklarini qabul qilmanglar“ (Nur surasi, 4–oyat). Mazkur axloqiy tushunchalar Sharq olamida azaliy va hamma dinlar uchun umumiy bo`lib, zardushtiylikda, iudaizmda va masihiylikda ham qattiq qoralanadi. Kundalik hayotda axloq va madaniyat uyg`un, doimo biri ikkinchisini talab qilgan, sog`lom ma`naviy, madaniy muhit jamiyatning ilgarilab borishi uchun xizmat qilgan. Islom pok hayot kechirishga oid mavjud aqida va qonun–qoidalarni takomillashtirdi. Umuman, islomda axloq keng tushuncha, jamiyatning hamma tomonlarini qamrab olib, ma`naviy sog`lom muhit yaratish uchun xizmat qiladi. Islomda ilm o`rganish tashviqi va targ`iboti alohida ta`kidlanadi. Qur`on ham Muhammad s.a.v.ning ilohiy hikmatlarini anglashga da`vat etdi. Islom ham, yakka xudolilikka asoslangan boshqa dinlar kabi, insoniyatni tuban ketishdan saqlashga, pok hayotga yo`llashga qaratilgan. Islom qadimiy Sharq, Yunoniston, Eron, Turkiston va qisman Hindistonu Chinning tafakkur mahsulidan yangi madaniyat yuzaga keltirdi. Ilm madaniy bosqichning oliy cho`qqisi ekaniga da`vat qilib, ilm tahsilini musulmon ahliga da`vat etdi. Olim bilan johilning teng bo`lmasligini uqtirdi. Darvoqe, odam ilm egallagandagina, u madaniyatli toifa qatoriga qo`shiladi. Turkiy qavmlar yashaydigan o`lkalarda islomning tarixi o`ziga xos kechdi. Islom Movarounnahrda qaror topgach, shimolda xazarlar, bulg`orlar orasigacha yoyildi. Turkiy madaniyatning uzluksiz rivojiga islom madaniyati ta`sir etdi. Ayniqsa, o`g`uz va qorluqlar orasida islom dinining yoyilishi nafaqat turkiy xalqlar tarixida, balki jahon tarixida ham ulkan natijalar 1 М. Имомназаров. Миллий маънавиятимизнинг такомил босқичлари. “Шарқ” нашриёт матбаа концернининг бош таҳририяти. Тошкент, 1996, 31–бет. 70 berdi. 960 yilda ikki yuz ming ko`chmanchi o`g`uz va qorluq qabilalari yoppasiga islomni qabul qildi. Islom va ilmiy bilimlar rivoji. Islomning yoyilishi va O`rta Osiyoda mustahkam qaror topishida arab tili asosiy rolni o`ynadi. “Tarixda favqulodda bo`lgan va biz Uyg`onish deb ataydigan davrni yaratgan kuchlar”2 xuddi shu davrda yuzaga keldi. Uyg`onish davrining buyuk namoyandalari o`zlarining amaliy faoliyati, tarix, falsafa, mantiq, shuningdek, aniq fanlar sohasidagi kashifiyotlari bilan O`rta Osiyo tarixida chuqur iz qoldirdilar. Muhammad ibn Muso al–Xorazmiy (780, Xiva - 850, Bag`dod). Bag`dodga taklif qilingan. Avval xalifa al–Ma`mun (813–833), so`ngra al–Mutasim (833 - 842), al–Vosiq (842 - 847) saroyida ishladi. U Sharqning ilk akademiyasi - “Bayt ul-hikma” (Donolar uyi)da faol mehnat qildi. Bu erda uning rahbarligida Ahmad Farg`oniy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi O`rta Osiyolik olimlar tardqiqotlar olib borganlar. Xorazmiy “Al–jabr val–muqobala”, “Kitobu surat al–arz” kabi asarlari bilan matematika, astronomiya fanlarining asoschilaridan bo`ldi. Xorazmiy “Al–jabr” asarida olimlarni uch toifaga bo`ladi: Birinchi toifasi o`zigacha qilinmagan ishlarni qilib, o`sha ishlarni kelajak avlodlarga qoldirib, boshqalardan o`zib ketadilar. Ikkinchi toifasi o`tmishdoshlarining mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo`llarni yoritadilar. Bu esa tushunishni engillashtiradi. Uchinchi toifasi ba`zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilgan joylarini ulaydi. Shu tasnif bo`yicha Xorazmiyning o`zini “Algebra”ning muallifi sifatida birinchi guruhga, “arifmetika”si bilan ikkinchi guruhga kiritish mumkin. Xorazmiy astronomiya sohasida ham ishlar yaratgan. Bag`dod rasadxonasida o`tkazilgan kuzatishlari va hindlarning astronomiya jadvallarini har tomonlama tanqidiy tahlil qilish asosida yangi “Astronomiya jadvali”ni tuzdi. Bu asar XSh asrda arab tilidan lotin tiliga italyan olimi Adelard Batskiy tomonidan tarjima qilindi. Xorazmiy “Usturlob haqida risola”, “Quyosh soatlari to`g`risida risola”, “Tarix risolasi”, “Musiqa risolasi” kabi asarlar ham yozganligi to`g`risida ma`lumotlar bor. Abu Nasr Forobiy (873, O`tror - 950, Damashq) Forobda o`qigan, Shoshda bo`lgan, Buxoro, Samarqand, Bag`dodda ta`lim olgan. Halabda, Damashqda yashagan. 160 dan ortiq ishlar yaratgan. Forobiy qomusiy olim sifatida falsafa, mantiq, musiqa, tibbiyot, matematika, astronomiya, tilshunoslik va boshqa bir qator fanlarga oid risolalar bilan Sharq olamida mashhurdir. Forobiy qadimiy falsafa bilan tanishar ekan, avvalo Aristotel asarlarini sinchiklab mutolaa qilgan. Zotan, Aristotelning asarlari Sharq tillariga tarjima qilinib, keng ko`lamda o`rganilar edi. Lekin Aristoteldan keyin falsafa sohasida Sharqda Forobiy singari zot chiqmadi. U fikr doirasi kengligi uchun Aristoteldan keyingi mutafakkir-“muallimi as–soniy” deb ataladi. Muarrixlarning xabar berishlaricha, Damashqning o`zida Forobiyning o`zidan ta`lim oluvchilarning soni o`n mingga etgan. Forobiy shug`ullangan har bir soha, u yozgan har bir asar o`rta asrlarda olimlar tahsiniga sazovor bo`lgan. Mantiq ilmining buyuk ustozi, arab olimi Ibn al–Qiftiy (1172 - 1248) Forobiyning “Ihso al–ulum va at–ta`rif” (Ilm sanog`i va ularning ta`rifi) asariga ta`rif berib: “Bunday asarni yozishda hech kim Abu Nasrdan o`zib keta olmagan”, deydi. Bayhaqiy (vafoti 1169) Forobiyni islomdan keyin o`tgan eng buyuk hakim deb ta`riflaydi: “Hakimlar aslida to`rtta bo`lgan ekan. Ikkitasi islomda oldin chiqqan - Arastu va Iskandar (Afrudusiy) bo`lganlar. Ikkitasi islom davrida etishgan. Ular Abu Nasr bilan Abu Ali ibn Sinodir... Ibn Sino Abu Nasrning kitoblar orqali unga shogird sanalgan” 3 . Sharqdagi yana bir mashhur tarixchi va bibliograf Ibn Xallikon (1211 - 1282) yozadi: “Abu Nasr Forobiy mantiq, musiqa va bu ikkala fandan tashqari yana bir qancha sohalarga oid asarlar muallifi va u musulmonlarning eng yirik faylasufidan sanaladi. Hech kim bu kishichalik ilm–fan darajasiga erisholmagan” 4 . Abu Nasr she`rlar ham yozgani to`g`risida Ibn Abu Usaybiya xabar 2 Н. Конрад. Алишер Навоий. — “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали, 1969, 1–сон, 16–бет. 3 Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти, 1993, 192-193-бетлар. 4 Шу асар. 200-201- бетлар 71 berib, uning she`rlaridan namunalar ham keltiradi 5 . Forobiy yunon olimlarining asarlarini tarjima qilib, o`sha asarlarga sharh yozgani ham ma`lum. U Epikur, Zenon, Ptolomey, Parfiriy asarlariga sharhlar yozgan, turli falsafiy maktablar- epikurchilar 6 , stoiklar 7 , pifagorchilar 8 maktablarini yaxshi bilgan. Forobiyning fandagi eng katta xizmatlaridan biri “Aflotun qonunlari mohiyati” va “Aristotel` falsafasi” asarlarini yaratgani bo`ldi. Forobiyning har ikki asari ham Aflotun va Aristotelning asarlariga sharhdir. Arab tili, qolaversa, fors tili ham, O`rta Osiyo madaniy va ilmiy hayotida katta rol o`ynadi. O`rta Osiyo Sharqdagi ilm–fanning eng muhim markazlaridan biriga aylanishida arab va fors tillari katta omil bo`ldi. Qolaversa, alohida diniy–falsafiy oqim - tasavvufning shakllanib, rivoj topishi ham arab va fors tillaridagi asarlarga bog`liq bo`ldi. Tasavvuf va madaniyat. Islom va uning vositasi bo`lgan arab tili aniq fanlar rivojida o`rta asrlarda muhim rol o`ynadi. Albatta, ilk o`rta asrlar - keskin burilishlar, ko`tarilishlari davridir. Mafkurani belgilovchi omillardan biri bo`lgan jahon dinlari insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida yanni ma`naviy–ruhiy zarurat, fikriy va hissiy izlanishlar ehtiyojiga javob tariqasida paydo bo`ldi. Islom Sharqda, Markaziy Osiyoda katta madaniy ko`tarilish paydo qilishi bilan birga, qabilachilik xurofotlariga barham bergani bilan ahamiyatlidir. Islom madaniyatining eng yuksak qadriyati tavhid e`tiqodidir. Shuningdek, shariat ham islom madaniyatida muhim, har bir musulmon farzandi bajarishi kerak bo`lgan an`anaviy amallar, aqidalardir. Tavhid e`tiqodi shubhasiz, islomdan oldin ham shakllangan edi. Tavhid tasavvufni vujudga keltirdi. Tasavvuf to`g`risida so`z yuritar ekanmiz, islom tasavvufining shakllanishi o`ziga xos, alohida diniy falsafiy oqim sifatida jaholat va xudbinlikka qarshi o`laroq maydonga chiqqanini ta`kidlash lozim. Tasavvuf o`rta asrlar ijtimoiy hayotida katta kuch bo`ldi. Bu oqimning shakllanishida aslida kundalik turmushdagi oddiy hayotiy voqealar, tushunchalar ham muhim rol o`ynaganini aytib o`tishimizga to`g`ri keladi. Ana shunday hayotiy tushunchalardan biri - muruvvatdir. Muruvvat - tasavvufning ilk ko`rinishlaridan biri, xudbinlikka qarshi maydonga kelgan Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling