Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Me`morchilik.
O`zbekistonning azaldan o`troqlashgan aholisi me`morchilik, amaliy hamda tasviriy san`at borasida ko`p meros qoldirdi. Biz yuqorida Xorazmdagi Tuproqqal`aning madaniy bosqichi to`g`risida qisqa to`xtalgan edik. O`zbekistonning janubiy hududlari ham, xuddi Xorazmdagi Tuproqqal`a singari, qadimgi davr me`morchiligi va san`ati to`g`risida to`laqonli ma`lumot beradi. Jumladan, Termizdagi me`morchilik yodgorliklari, tasviriy va amaliy san`at namunalari shundan dalolat beradi. Madaniy jarayonning bu ko`rinishlari paydo bo`lishiga, shubhasiz, ijtimoiy - siyosiy jarayonlar asosiy sabab bo`ldi. Miloddan oldingi II asrda Yunon - Baqtriya shohi Demetriy Amudaryo qirg`og`ida shahar barpo qildi. Chunki Amudaryoning kechuvi azaldan aynan shu erda joylashgan edi. Natijada shahar dastlab Dermed nomini oldi va asta - sekin Termizga aylandi (Dermed–Termed–Termez). Termiz shahri barpo bo`lgandan buyon ikki ming yildan ko`proq vaqt davomida mazkur hudud har jihatdan rivojlanib bordi. Arxeologik tadqiqotlar bu shaharning Kushon imperiyasi davridagi tuzilishini tasavvur qilishga imkon beradi. Termiz aynan Kushonlar davrida tezlik bilan rivojlanib bordi. Shaharning umumiy maydoni 500 gektarni tashkil qilardi. Shaharning markazi harbiy qo`rg`on bo`lib xizmat qilgan. Shu qo`rg`ondan boshlab bir tomonda savdo-hunarmandchilik do`konlari, ikkinchi tomonda ibodatxonalar qurila boshlaydi. Mil.av. II asrdan boshlab Hindistondan kirib kelgan buddaviylik bu shahardagi diniy madaniy muhitni belgilab berdi. Chingiztepa, Qoratepadagi budda ibodatxonalari shundan dalolat beradi. Shahar o`rtasidan katta anhor kesib o`tgan. Bu anhor aholini suv bilan 1 Долихоцефал (фр.) –бошнинг эни узунлигига нисбатан 75 фоиз қисқа бўлган одамлар. 2 Бу қарашлар тўғрисида қаранг: Bahaeddin Ogal. Islamiyetten onca turk kultur tarihi. (Исломиятдан аввалги туркий маданият тарихи) Ankara, 1991, s. 6. 3 В.В. Гинзбург. Материаль и исследования по археологии, 15, 248–249–бетлар. 81 ta`minlagan. Termiz savdo yo`li ustida bo`lib, So`g`d, Xitoy Pomirga boradigan karvonlar shu erdan o`tgan. Amudaryoning kechuvi esa Baqtriyaning asosiy shahri Balxga olib borgan. Dalvarzin tepadagi Chag`oniyon shahri ham me`morchilik jihatdan deyarli ko`hna Termiz shahrining me`morchiligiga o`xshaydi. Ko`p qirrali harbiy qal`a tepalik ustiga qurilgan. Janub tomondan shahar maydoni tutashadi. Maydon mustahkam devorlar bilan o`ralgan bo`lib, atrofi, xuddi harbiy qal`a atrofida bo`lgani singari, handaq bilan o`ralgan. Milodiy I-III asrlarda qadimiy O`zbekiston hududida shaharlarning bunchalik tez rivoj topgani va savdo, hunarmandchilik, harbiy - ma`muriy tuzilmaga e`tibor berilgani harbiy me`morchilikni yuzaga keltirdi. Qadimiy inshootlarning qoldiqlari shundan dalolat beradi. Me`morchilikning rivoj topishi natijasida qurilish materiallari ham takomillashdi. So`g`d, Xorazm, Baqtriyadagi inshootlarda foydalanilgan kvadrat shakldagi g`isht qurilish materiallarining takomillashuviga xizmat qildi va me`morchilik yangi bosqichga ko`tarildi. Yana shunisi diqqatga sazovorki, g`ishtlarning bir qismida tamg`alar bosilgan. Xorazm (Jonbos qal`a, Tuproq qal`a), Baqtriya (Termiz, Ayritom, Xoanaqohtepa), Marg`iyonadagi qurilish g`ishtlarida shunday tamg`alar uchraydi. Olimlarning taxmin qilishlaricha, bu tamg`alar ma`lum bir qabilaga tegishli bo`lib, qabilalar hisob-kitob olib borishlari uchun yoki qaysi hunarmandchilik ustaxonasiga tegishli ekanini ko`rsatish uchun ham foydalanganlar. O`rta Osiyoning turli hududlaridagi inshootlar me`morchiligi o`ziga xos. Ayniqsa, Xorazmdagi Qo`yqirilgan qal`adagi inshootning (mil. av. III asr) tuzilishi diqqatga sazovor. Bu inshoot dumloq shaklda qurilgan, 42 metrli tsilindr shaklidagi bino o`rtada. Binoning birinchi qavati butun saqlangan. Taxminlarga ko`ra, Qo`yqirilgan qal`a dafn odatlari bilan yo fazoviy jismlar kul`tini o`zida namoyon etadi yoki Xorazm shohlarining sulolalari kul`ti bilan bog`liq muhim siyosiy markazni gavdalantiradi. Umuman, Qo`yqirilgan qal`a bu erda juda qadimgi vaqtlardayoq me`morchilik yuksak rivojlanganligini ko`rsatadi, shuningdek, katta ibodatxona xo`jaligi manzarasini aks ettiradi. Ibodatxona bilan bir qatorda ustaxonalar, yashash uylari, omborxonalar, ham bor. O`ziga xos kichik “shaharcha” ko`rinishidagi bu qal`ada hayot O`rta Osiyo aholisining yuksak turmush tarzini ko`rsatadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling