Ma`deniyat taniw uzb


Tasviriy va amaliy san`at


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Tasviriy va amaliy san`at. Bugungi O`zbekiston hududi, umuman, O`rta Osiyo qadimdan 
insoniyat istiqomat qilgan maskan bo`lganini turli madaniy qatlamlar tasdiqlaydi. Anov 
madaniyatidagi amaliy va tasviriy san`at namunalari o`troq aholining turmush tarzini tasavvur 
qilishga imkon beradi. Bu madaniyatga mansub yodgorliklar Ashxobod yaqinidan topilgan va atrof 
hududlarga, jumladan, O`zbekiston hududiga ham tarqalgan. Anov madaniyatini 1904 yili 
amerikalik olim R. Pyompelli kashf qildi. Anov madaniyatini u neolit davriga mansub deb qaraydi 
va miloddan oldingi IX ming yillikka borib taqalishini aytadi. Bu madaniyatga oid ashyolar 
urug`chilik jamiyatiga xos ma`naviy va moddiy yodgorliklardan iborat. Bu davrdagi san`at ibtidoiy 
san`at ko`rinishini ifoda etadi. Shunga qaramay, sopol idishlarning o`ziga xos ko`rinishi diqqatga 
sazovor. Sopol idishlarning sirti naqsh bilan bezitilgan va qandaydir uchi o`tkir asbob bilan 
chizilgan. Anov madaniyatiga mansub idishlarning aksariyati yo geometrik shaklda yoki 
to`lqinsimon chiziq bilan uchburchak va to`rtburchak shaklda bezatilgan. Ba`zi idishlarning 
chetlarida naqsh bor. Bunday naqshli buyumlar Samarqanddagi Afrosiyob shaharchasidan, qadimgi 
Marvdan va O`rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan. Bu topilmalar qadimgi madaniyatning 
o`choqlari borligidan guvohlik beradi. Idishlardagi naqshlar va shakllar shunchaki bezak uchun 
qilinmagan, balki bularda magik tasavvurlar o`z ifodasini topgan: yo fazoni qanday tasavvur 
qilganlarini ifoda etganlar yoki kundalik hayot bilan bog`liq udumlarni ko`rsatganlar. Umuman, 
ibtidoiy davrdagi biron shakl yoki surat faqat bezak uchun qilinmagan, balki uning ostida albatta 
biron mifologik tasavvur yotadi. 
Anov madaniyatiga oid muhim topimalardan biri, idishlardan tashqari, ayollar haykalchalari, 
odam va qush boshli qanoti bor sher tasvirlangan tosh muhrdir. Bu madaniy qatlamni Anov 
madaniyatiga qadimgi xaldey va yunon madaniyatining ta`siri, deb qarovchilar ham bor. Afrosiyob 
devor suratidagi otlar ham qanotli shaklda tasvirlangan. 
Makedoniyalik Iskandar qo`shinlari - ellinlar O`rta Osiyoni istilo qilgandan keyin, bu 
o`lkada yunon madaniyatining izlarini ko`ramiz. O`rta Osiyo Salavkiylar davlati qo`l ostiga 
kirgach, mil.av. III asrda O`rta Osiyo, Shimoliy Eron va Afg`oniston hududida mustaqil davlatlar-


82 
sharqda Baqtriya davlati, g`arbda Parfiya davlati barpo bo`ldi.
Ayniqsa, Baqtriya davlatida yunon madaniyati kuchli iz qoldirdi. Jumladan, budda 
haykallarida yunon haykaltaroshligi uslubiga xos unsurlar mavjud. Parfiya madaniyati ancha 
murakkab. Rim imperiyasiga (mil. av. I asr) raqobat qila oladigan qudratli davlat Parfiya bo`lib, 
O`rta er dengizi, Kichik Osiyo, Turkmaniston va O`zbekiston hududlari shu davlatga qarashli edi. 
Bu erda ko`zga tashlanadigan madaniy qatlam - bu o`lkadagi me`morchilik yodgorliklaridir. 
Mustahkam qal`alar va shaharlar barpo qilishga Parfiya davlati alohida e`tibor berdi. Qolaversa
iqtisodiy yuksalish ham bunga imkon berdi. Yuliy Tsezar bilan bir vaqtda konsul bo`lgan, Spartak 
qo`zg`olonini bostirgan lashkarboshi Mark Krass Rim – Parfiya urushida engilib, halokatga uchradi. 
Neron davrida ham Rim legionlari Parfiyadan mag`lubiyatga uchragan. 
Qadimiy yozma manbalar O`rta Osiyoning turli hududlarida me`morchilik yodgorliklaridan 
tashqari, yuksak badiiy hunarmandchilik namunalari borligini tasdiqlaydi. Jumladan, milodiy I 
asrga oid Xan yilnomasida Xitoy sayyohi o`sha paytda hozirgi O`zbekiston hududini ham o`z ichiga 
olgan Katta Yuechji va Gibin to`g`risida shunday yozadi: “Xunlar katta yuechjilarni tor–mor 
keltirgandan keyin, katta yuechji g`arbda Daxiya davlatini bosib oldi (Buxoro ham Daxiya davlati 
tarkibiga kirgan - N.R.). Osmon o`g`li (ya`ni Xitoy imperatori - N.R.) olgan ma`lumotlarga ko`ra, 
Dovon, Daxiya va An`si katta davlatlardir. Bu davlatlarda noyob buyumlar bor. U erda o`troq hayot 
kechiradilar. Hunarmandchilik buyumlari o`rta shohliklar hunarmandchilik buyumlari bilan 
o`xshashdir”
4
Gibin - Kobuliston, katta yuechji - massagetlar bo`lib, hozirgi O`zbekiston hududini 
o`z ichiga olgan. 
Faqat shugina emas. er ostidan arxeologlar tosh va sopoldan yasalgan haykallar, devoriy 
suratlarning qoldiqlari, badiiy bezalgan buyumlarni ko`p topganlar. Yunon istilosigacha ham 
O`zbekiston hududida an`anaviy tasviriy san`at amalda edi. “Amudaryo xazinasi” deb nom olgan 
buyumlar amaliy san`atning o`ziga xosligini ko`rsatuvchi dalildir. Yunon muarrixlarining 
yozishicha, Makedoniyalik Iskandar yurishlari paytida O`rta Osiyodagi ibodatxonalarda, saroylarda, 
uylarda Zariadr va Odatida rivoyati syujetlariga ishlangan tasvirlarni uchratganlar. 
Yunon istilosidan keyin O`zbekiston tuprog`iga ellinistik madaniyat ta`sirlari kirib kela 
boshladi. Dastlab o`zgarishsiz holda kirib keldi. Termiz, Samarqand va boshqa shaharlarda topilgan 
taroqlarda dubulg`a kiygan jangchi tasvirlangan. Taroq toshdan yasalgan. Bu tasvirlarning 
ko`pchiligida Iskandar tasvirlangan. Bu topilmalarning sanasi mil. av. IV–III asrlarga oid. 
Shuningdek, bu davr tangalaridagi yunon hukmdorlarining tasvirlari ham Yunon–Baqtriya 
madaniyatining qadimgi O`zbekiston hududida ravnaq topganidan dalolat beradi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling