Ma`deniyat taniw uzb


Buddaviylik davri madaniyati


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Buddaviylik davri madaniyati. 
Milodiy 
I asrda 
Baqtriyaning o`ng tomoniga 
buddaviylik kirib kela boshladi. Shu davrda buddaviylik e`tiqodiga aloqador inshootlar asosiy o`rin 
egalladi. g`orlardagi Budda ibodatxonalari Ko`hna Termizdan, Qoratepadan va Chingiztepadan 
topilgan. 
Buddaviylikning Baqtriya davlatiga kirib kelishi Kushonlar imperiyasining davlati 
chegaralari janubga tomon kengayib borgani bilan bog`liqdir. Xitoy manbalariga ko`ra, Kushonlar 
imperiyasi dastlab hozirgi Bekobod va Xo`jand o`rtasida barpo etilgan. Bu davlat tezlik bilan 
kengayib, milodiy I asr oxirlarida (tashkil bo`lgandan keyin taxminan ellik yillar o`tgach), 
Hindistongacha etib bordi. Shubhasiz, ana shu tarixiy davrda Hindiston bilan Kushonlar 
imperiyasining madaniy aloqalari rivojlandi. Ana shu madaniy munosabatlarning mahsuli sifatida 
buddaviylik kirib keldi. Buddaviylik O`rta Osiyoda shunchalik mustahkam o`rnashdiki, qadimgi 
Vatanimizda ko`plab Budda budda ibodatxonalari barpo bo`ldi. Yozma manbalarning xabar 
berishicha, shu davrda eftalitlar poytaxti Badaxshonda sirti oltin bilan qoplangan Budda haykali 
qo`yilgan ibodaxonalar ko`p qurildi. VII asrda Xitoy sayyohi Syuan` - Tszyan Termizda ko`plab 
Budda ibodatxonalarini, Budda haykalchalarini ko`rganini yozadi. Samarqandda ham bunday 
ibodatxonalar ko`p bo`lgan edi. 
Ko`hna Termizdan Buddaning va bo`lg`usi Budda - Bo`disatvaning toshdan yasalgan 
haykalchalari topilgan. Bu haykalchalarning diqqatga sazovor tomoni – yunon-boxtariy san`ati 
4
Н.Я.Бичурин (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. — Том 
11, 1950, М.:–Л.: 179, 153–бетлар 


83 
uslubi an`analarini davom ettirganidir.
Buddaviylikni targ`ib qilish, omma orasida yoyishning muhim usullaridan biri sifatida 
yozma matnlar, rivoyatlar, afsonalar, she`rlar ham yaratildi, sanskrit tilidan qadimgi turkiy tilga 
asarlar tarjima qilindi. Buddaviylikni targ`ib qilishda bu usul amaliy va tasviriy san`at orqali 
ifodalangan g`oyalarni to`ldirdi. “Oltin yoruq” dostoni (IX asr) shulardan biridir. Bu asarning asl 
matni sanskrit tilida bo`lib, milodiy I asrda - Kushonlar imperiyasi davrida yaratilgan. Dostonda 
ilgari surilgan asosiy g`oya – buddaviylikdagi maxayana mazhabini ilgari surish va yoyish bo`lgan.
Buddaviylikning uchta mazhabi mavjud: xinayana, maxayana, vajryana. Bulardan maxyana 
mazhabi Janubiy O`zbekistonga Kushon imperiyasi hukmdori Kanishka davrida rasmiy diniy oqim 
sifatida kirib keldi. Maxyana mazhabining mohiyati shundan iboratki, unda najot topish g`oyasi 
asosiy o`rin egallaydi, Budda holatiga etishish imkoniyati jamiki jonzotlarga beriladi. Maxayana 
mazhabida asosiy o`rinni Bo`disatva timsoli egallaydi. Bo`disatva faqat o`zi najot topib qolmaydi, 
balki jamiki sansara (“turli holatlar orqali o`tish”) holatlaridan najot topishi kerak bo`ladi. 
“Oltin yoruq”dagi ikki afsona – “Shahzoda va Bars” bilan “Ku Tay” haqidagi afsonalarni 
kuzatar ekanmiz
1
, odamzodning vujudi, xulqi, kim bo`lishidan qat`iy nazar, ezgulikdan iborat 
bo`lmog`i, vujud kimgadir yoki nimagadir yaxshilik uchun xizmat qilmog`i lozim degan g`oya bor. 
Aksincha, odamlarga xizmat qilmaydigan odam tirik jasad, chirik bir narsa bilan barobar. Mag`astvi 
- Bo`disatva, ayni maxayana mazhabidagi jonzotlarning najot topishi uchun kurashib, o`z tanasini 
och ona yo`lbarsga qurbon qildi. Aslida maxayana ta`limoti Buddaning najotkorlik aqidasini ifoda 
etadi. Buddaning asosiy g`oyasi insonlarni va xayvonlarni qutqarishga mo`ljallangan. “Okean suvi 
bitta ta`mga-sho`r ta`mga ega bo`lganidek, mening ta`limotim ham bir yo`singa - qutqarishga 
mo`ljallangan, - deydi Budda. Odamzod bajarishi kerak bo`lgan eng muhim vazifa – atrof-muhitni 
nafs asirligidan, gunoxlardan qutqarishga erishishdir. Qo`rquvning yo`qolishi odamzodni ozod 
qiladi. U ozod bo`lgandagina o`z ozodligini biladi, qayta tirilishdan qutulganligini tushunadi, 
muqaddaslikka to`liq erishilgan va burchi bajarilgan bo`ladi, odam bu dunyoga qaytib kelmaydi”. 
Faqat jasad qaytib kelmaydi, bordi–yu, qaytib keladigan bo`lsa, qullikdan qutula olmaydi. 
Umuman, buddaviylikning asosiy maqsadi faqat odamzodning ozod bo`lishiga yo`l-yo`riq 
ko`rsatishdangina iborat bo`lmay, balki butun jonli mavjudotlarni qutqarishga mo`ljallangan. 
Irodaga ega bo`la olish va irodani birdan-bir maqsadga bo`ysundira olish buddaviylikning idealidir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling