Nazmda ham asl anga ma’ni durur


Download 19.59 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi19.59 Kb.
#164564
Bog'liq
2-topshiriq


Shakl va mazmun hamisha bir-birini taqazo etadigan yonma -yon tushunchalardir. Alisher Navoiy buyuk olim sifatida o’z asarlarida talay shoirlar ijodini tahlil qilish bilan bir qatorda, umuman adabiyot nazariyasi, xususan she’riyat muammolarini o’rtaga tashlaydi va hal qilib o’tadi. Navoiy o’sha davr madaniy hayotining asosiy muammolaridan hisoblangan shakl va mazmun masalalarini ham diqqat markaziga qo’yadi. U badiiy asarlarning shakli va mazmuni haqidagi ilg’or fikrlarni himoya qiladi, shaklning mazmundan ustun qo’yilishiga qarshi chiqadi. Shuning bilan birga, u shaklni mensimaslikka qarshi chiqadi, shakl mukammalligini katta san’atning juda muhim belgisi deb hisoblaydi. Navoiy, umuman, biror- bir shoirga xarakteristika berishda faqat asarning g’oyaviy mazmunigagina emas,balki uning badiiy mahoratiga ham alohida e’tibor beradi. Xuddi shu asosda shoirning tutgan o’rnini belgilovchi umumiy xulosalar chiqaradi.Navoiy fikrlarini diqqat bilan o’rganish shuni ko’rsatadiki, uningcha, poeziya, umuman adabiyot yuksak, badiiy shaklsiz kishi ko’z oldiga keltirish qiyin bo’lgan haqiqiy madaniyatning bir qismidir. Agar asarda g’oya, shakl birligi va bu birlikda g’oya yetakchiligi ta’min etilmasa, bunda asarning qiymati bo’lmaydi. Navoiy “Hayrat ul-abror”da:

Nazmda ham asl anga ma’ni durur,



Bo’lsun aning surati har ne durur.”

Degan fikrini “Majolis”dagi Ali Ohiy degan shoirga bergan ta’rifida faktik ma’lumot asosida yana ta’kidlab o’tadi:

Mavlono Ali Ohiy – Mashhaddindur. “Xamsa” muqobalasida necha masnaviy aytibdurkim, chun muqobalag‘a keltursa, go‘yoki bo‘lmas. Ul jihatdin shuhrat tutmaydur. “Xayol va visol” otlig‘ kitobida bir bayti bor, magarkim, mulhimi g‘ayb aning tiliga o‘z she’ri bobida solg‘ondurkim:

She’reki buvad zi nukta soda,

Monad hama umr yak savoda”.

Tarjimasi: She’r nozik (yaxshi) ma’nodan xoli bo’lsa, butun umr bo’yiga bir qoralik bo’lib qoladi.

Alisher Navoiy “Badoye ul-bidoya” devonining “Debocha”sida ham devon tuzish hamda uning shakl va mazmun jihatidan mutanosibligi borasida juda o’rinli tanqidiy fikrlarini ilgari suradi. Bunday xildagi debochalarga Alisher Navoiyning “Badoe’ ul-bidoya”, “Navodir un-nihiya” va nihoyat “Xazoyin ul-maoniy” devonlariga yozilgan muqaddimalarini, mashhur shoira Nodira va taniqli shoir Ogahiylarning devonlariga yozilgan kirish qismlarini misol sifatida keltirish mumkin. Alisher Navoiyning yuqorida eslatilgan uch devoniga yozgan muqaddimasidan faqat ikkitasi bizgacha yetib kelgan.Bulardan biri “Badoe’ ul-bidoya” debochasi Alisher Navoiy tomonidan XV asrning 70-yillarida yozilgan bo’lsa, ikkinchisi o’sha asr 90-yillarining mahsulidir.Bir-biridan qariyb o’n-o’n besh yilga farq qiladigan bu ikki debocha Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlari taraqqiyotini o’rganish uchun ham, shoir sifatidagi kamolotini aniqlash uchun ham va nihoyat adabiy janrlarga, badiiy tasvir masalalariga doir tushunchalarini belgilashda ham katta ahamiyatga molikdir. Jumladan, “Badoe ul-bidoya” devoni uchun yozilgan debocha, bir tomondan, shoirning g’azal to’g’risidagi nazariy fikrlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, devon tartib berish tarixi va Alisher Navoiyning bu sohadagi xizmatlaridan bahs etadi. Xuddi ana shu debochada Alisher Navoiy g’azalining mazmun va tuzilish jihatidan yaxlit bo’lishi lozimligi, oshiqona kayfiyatlar bayoni ichida axloqqa doir fikrlarning bo’lishi maqsadga muvofiqligi to’g’risida ajoyib mulohaza yuritadi.Masalan: “Go’yo ba’zi el ash’or tahsilidin va devon takmiliding’araz majoziy husnu jamol tavsifi va maqsudi zohiriy hattu hol ta’rifidin o’zga nima anglamaydurlar.Devon topilg’aykim ,zida ma’rifatomez bir g’azal topilmag’ay… ul jihatdin bu devonda … biror-ikkiror nasihatoro va ma’vizatoso bayt irtik qilindi…” ya’ni devonlar topiladiki,ularda na ma’rifatomuz bir g’azal topilmagay va ga’azal topilmagaykim,unda bir ma’vizatangiz bir bayt topilmagay deb fikr bildiradi. Bundan tashqari arab alifbosidagi barcha (28+4) harflar bilan boshlanuvchi g’azallar devonda bo’lishi,ularda shakl va mazmun yaxlitligi bo’lishi lozimligi ham debochada aytib o’tilgan.

Shu talablarga jabob bersagina,devon mukammal bo’lishini ta’kidlagan Navoiy.

2. Alisher Navoiyning quyidagi baytini tahlil qilib ko’rmoqchiman:

Shoh boshining sharafi toj emas,

Angla ani shohki, muhtoj emas.

Shoh agar ul bo’lsaki muhtojdur,



Harf ila muhtojda ham tojdur.

Ushbu bayt mening eng sevimli baytlarimdan biri. Bu yerda shoir muhtoj va toj so’zlaridan so’z o’yini qilgan. Shohlikning belgisi bu boshdagi tojda emas, balki haqiqatdan ham hech bir narsaga muhtoj bo’lmaslikdadir, deydi Navoiy. Agar shoh biror narsaga muhtoj bo’lsa,buni toj va muhtoj so’zlaridagi asosning birligidan ham ko’rsak bo’ladi. Bu fikrlar asrlar oshsa hamki o’z qiymatni yo’qotmagan. Haqiqiy oshiq, agar unda haqiqiy ishq bo’lsa, haqiqatdan ham hech narsaga muhtojlik his etmaydi.
Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling