O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


Download 65.23 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi65.23 Kb.
#1057398
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fitratning adaonlar misolida)


Fitratning adabiy janrlarga oid qarashlari” (ashula, lapar, ertak va dostonlar misolida)


mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

MUNDARIJA
KIRISH.................................................................................................................3-6
I. BOB FITRAT - ADABIYOTSHUNOS OLIM
I.1 Fitrat - mumtoz adabiyot tadqiqotchisi............................................................7-17
I.2 Fitratning xalq poetik ijodiga doir qarashlari…………………………… … 18-27
II. BOB. Fitrat xalq poetik ijodi janrlari sinchisi
I.1 Ertak va doston janrlari haqida Fitratning nazariyasi…………………… ….28-42
II.2 Fitratning ilmiy ishlarida ashula va lapar janrlariga
xos xususiyatlarning tahlili......................... ……………………………..……..43-50
XULOSA..............................................................................................................51-52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................53-55


K I R I SH


Mavzuning dolzarbligi. Fitrat qomusiy ilmga ega, o‘z qalamini badiiy va ilmiy ijodning juda ko‘p sohalarida sinab ko‘rgan va muvaffaqiyat qozongan kamyob iste’dodlardan edi. H. Boltaboyev «Noma’lum Fitrat» maqolasida adib asarlarining 87 ta ko‘rsatkichini ilova qilgan edi. Ilhom G‘aniyev va B. Ergashev 1994 yilda bu ko‘rsatkichni 134 taga yetkazadilar. Ularning salmoqli bir qismi she’r, hikoya, ijtimoiy nasr, drama singari badiiy janrlarda yozilgan asarlardir. Ikkinchi bir qismi — publitsistika, kundalik maqolalar. Yana bir qismini turli-tuman o‘quv darsliklari tashkil qiladi.
Nihoyat, yana muhim bir qismi ilmiy-adabiy tadqiqotlardan iborat. Darvoqe, uning ilmiy tadqiqotlari birgina adabiyotshunoslik doirasida cheklanmaydi. U zabardast tilshunos, tarixchi, faylasuf, huquqshunos, musiqashunos. U o‘rta asrlardagi qomusiy ziyolilarimiz singari musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug‘ullangan, u haqda maxsus risola yaratgan. U shaxmat tarixi haqida tanqidiy maqolalar yozgan, hatto yer qurilishining ilmiy jihatlari bilan qiziqqan va yaqindan shug‘ullangan keng qamrovli iste’dod ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ana shunday qomusiy bilimga ega olim Fitratning xalq og‘zaki ijodi janrlarini alohida o‘rganish borasida olib borgan taqiqotlarini tahlil qilishni vazifa qilib oldik.
Fitratda folklorga havas bolaligidanoq onasining el ichida mashhur qo‘shiqlarni kuylab berishi ta’sirida uyg‘ondi va bu havas unga umr bo‘yi hamrohlik qildi. Fitrat, avvalo, “el adabiyoti”ga katta e’tibor qaratib, uning tabiati, janriy tizimi va tarkibi to‘g‘risida qimmatli nazariy qarashlarni ilgari surdi. Uning bu boradagi qarashlari esa alohida e’tiborni tortadi. Ayniqsa, olimning folklor asarlarining yozma asarlardan farqi, folklorga xos spetsifik belgilar, o‘zbek xalq qo‘shiq janri tabiati xususida bildirgan mulohazalari, folklorning turli janrlariga munosabati hozirgacha o‘z ilmiy qimmatini saqlab kelayotir.
Fitrat o‘z davrida xalq ijodiyotining chuqur bilimdonlaridan biri sifatida uning hormas-tolmas targ‘ibotchisiga aylandi. U tuzgan “O‘zbek adabiyoti namunalari” (1928) xrestomatiyasida birinchi marta el adabiyotidan namunalar keltirilgan. Biroq hozirgacha o‘zbek adabiyotshunosligi va folklorshunosligida Fitratning bu xizmatlari maxsus tadqiq qilinib, o‘z xolis bahosini olgan emas. Holbuki, Fitratning o‘zbek folklori bilimdoni, targ‘ibotchisi va tadqiqotchisi sifatidagi serqirra faoliyatini, uning badiiy ijodidagi folklorizmlarni alohida o‘rganish zarur. Chunki bu masala, avvalo, folklorizmlardan foydalanish badiiy adabiyot taraqqiyotining XX asr boshlari davrida qanday kechganligini, uning bu tadrijiy bosqichiga xos xususiyatlarni, qolaversa, Fitratning she’rda, nasrda va dramaturgiyada folklorizmlardan foydalanishdagi uslub va mahoratini maxsus bilib olishga yordam berishi jihatidan juda muhimdir. Ana shu masalalarning muayyan bir tadqiqot doirasida yaxlit o‘rganilayotganligi bitiruv malakaviy ishimiz mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling