O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


II.2 FITRATNING ILMIY ISHLARIDA ASHULA VA LAPAR


Download 65.23 Kb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi65.23 Kb.
#1057398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fitratning adaonlar misolida)

II.2 FITRATNING ILMIY ISHLARIDA ASHULA VA LAPAR
JANRLARIGA XOS XUSUSIYATLARNING TAHLILI

Abdurauf Fitrat xalq og‘zaki ijodiga alohida nazar tashlab, uning janrlar tarkibiga qiziqdi. Ayniqsa, u xalq qo‘shiqlaridan ashula va laparlarni birmuncha o‘rganib, ularga xos xususiyatlarni ochib berishga intildi. Binobarin, Fitrat xalq qo‘shiqlari haqida to‘xtalar ekan, shunday yozadi: “Kuy, ohang bilan o‘qilaturg‘on she’rlar, tizmalarga ashula deyiladi. Ashulalarimiz ko‘proq milliy vazn (barmoq vazni)da bo‘ladi. Ashula she’rlarimizdan eng ko‘pi to‘rtliklardir1”.5


Abdurauf Fitart talqinicha, ashula barmoq vaznida bo‘libgina qolmay, unda kuy, ohang mujassamlashadi. U o‘sha davrda “ashula” deb atagan xalq og‘zaki ijodining bu janri hozirda “qo‘shiq” deb yuritiladi. “Qo‘shiq” atamasining ilmiy istiloh holatiga keltirilganligiga juda ko‘p asrlar bo‘lgan. Zero, u keng ma’noda xalq poeziyasini anglatsa, tor ma’noda xalq lirikasi shaklini – janrini ifodalaydi. Bu holatni qoraqalpoq, ozarbayjon va uyg‘ur folklorida bo‘lganidek, tojik folklorida ham kuzatish mumkin.
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ot-it turk” asarida ham xalq qo‘shiqlari o‘zining qadimiy tili, ohangi bilan o‘rin olgan. Fitrat o‘z qarashlariga yanada ochiqlik kiritib, shunday deydi: “Ashula, she’rlarimizdan eng ko‘bi to‘rtliklardir. Bir ashulada o‘qilaturg‘an she’rlar olti-yetti to‘rtlikdan iboratdir. Biroq bir – ikki misra “naqarot” har to‘rtlikda aylanib turadi. Har to‘rtlikning o‘ziga qofiyasi bo‘ladir. Har to‘rtlikda birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi misraning qofiyalanishi bir turli bo‘lib, uchinchi misra qofiyasiz, boshqa bo‘ladi:
Bekijon ukam –
Jo‘xori ekdim kechki,
Yonidan qildim bachki,
Yorginam eson kelsa,
Bekijon ukam yorlaram
Har mozorga besh echki6.
Fitrat e’tirof etganidek, birinchi, ikkinchi va beshinchi misralar o‘zaro qofiyalangan, uchinchi – to‘rtinchi qatorlarda esa umuman qofiyalanish xususiyati yo‘q. Har doimgidek xalq qo‘shiqlarida “yor” motivlari o‘z o‘rnini topgan. Xalq qo‘shiqlarida insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, turmushida sodir bo‘luvchi ko‘ngilli va ko‘ngilsiz voqealar, g‘am-anduh yoki shodlig-u – xurramliklari, mehnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari, his-tuyg‘ular orqali aniq badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.
Suv kelar guldir-guldir,
Sevganim qizil guldir.
O‘ta milliy, tarixiy, badiiy-estetik hodisa sanaluvchi qo‘shiqlar millatning poetik xotirasi, bilimlari qomusi, tuganmas ma’naviyat boyligi sifatida juda qadim zamonlarda to hozirgacha yaratilib, kuylanib kelmoqda. Xalq she’riyatining qadimiy, ommaviy, an’anaviy turi sanaluvchi qo‘shiqlar insonga, insoniyatga doimiy hamroh bo‘lib, unga ma’naviy turmushda ma’naviy ko‘makchi, xilma-xil marosimlarning betakrorligini ta’minlovchi badiiy qismi vazifasini o‘tab kelmoqda.
Umumiy qilib aytganda, turkiy “qo‘shmoq” fe’li o‘zagidan yasalgan qo‘shiq atamasi satrni satrga qo‘shib aytish va kuylash ma’nolarini anglatadi. Zero, xalq qo‘shig‘i kuy bilan birga tug‘iladi va shu xususiyati bilan yozma adabiyotdagi she’riyatdan farq qiladi. Qolaversa, xalq qo‘shiqlari tarixan raqslar bilan ham yaxlitlashgan va albatta, kuylanishga muvofiqlashgani bilan ajralib turadi.1
Yana bir narsaga e’tibor qarataylik: O.Safarov, D.O‘rayeva “O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi” qo‘llanmasining birinchi qismida: “Qo‘shiq xalq she’ri sifatida ham barmoq, ham aruz vaznlarida yaratilsa-da, jamoa, sozlik (kuyli) va sozsiz (kuysiz) ijrolarga mo‘ljallanganligi bilan o‘zaro farq qiladi”, - deb yozishadi. Lekin negadir A.Fitrat “Xalq qo‘shig‘i, asosan, barmoq vaznida yoziladi” deb aytib o‘tgan.
Oriq to‘la suv oqar,
Suv tagida qum oqar,
Sevganim tashlab ketsa,
Menga kulib kim boqar?
Shu ashulaning to‘rtinchi bandida kelgan qofiya yo‘suni birdan o‘zgarib qoladir. Yuqoridag‘i bandlarda 1-,2-,4-misra qofiyasiz ekan, to‘rtinchi bandda 1-, 3- misralar qofiyasiz, 1-,4- misralar qofiyali bo‘ladir.2
Haqiqatdan ham, xalq qo‘shiqlarida bu holat juda ko‘p uchraydi. Xalq qo‘shiqlarining mavzular ko‘lami keng. Shu mavzulardan eng ommabop turi bu ishqiy mavzudagi xalq qo‘shiqlaridir. Xalq qo‘shiqlari, ya’ni folklor she’rlarida so‘z san’ati keng emas. Lekin xalq qalbi tub-tubida yotgan chinakam chapani so‘zlar asosida she’r dunyoga keladi. Axir badiy so‘z san’atining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo‘lgan sohasi, bu folklordir. Mashaqqatli mehnat jarayonida inson tajribasining ortishi, nutqining shakllanishi bilan inson ongi rivojlandi, tabiat va jamiyat haqidagi fikr tushunchalarni obrazlar vositasida tasvirlashga intilish og‘zaki ijod paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi.
Fitrat xalq qo‘shiqlariga kam e’tibor bermadi. Chunki u qo‘shiqning folklorshunoslikdagi o‘rni beqiyos ekanligini kuzatib bildi. U keltirgan misolga e’tiborimizni qaratsak:
Bog‘ aylanib shaftoli,
Uchgan kimning kaptari.
Aytsam ado bo‘lmaydir,
Bevafoning daftari.
Ishqiy mavzudagi ushbu xalq qo‘shig‘ida qofiya a,a,b,a tarzida berilgan. Shunday qo‘shiqlardan yana biriga e’tiborimizni qaratsak:
Bog‘ing bo‘lsa qo‘ra qil,
O‘g‘ling bo‘lsa mulla qil.
Mullalikka ko‘nmasa,
Satanglarga jo‘ra qil.
Har bir misrasi yetti bo‘g‘indan iborat bu qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining nodir namunasi hisoblanadi.
Fitrat xalq qo‘shiqlari haqida so‘z yuritganda, uni keng ma’noda ashulalar deb atagan. Ularda folklorga xos jamoaviylik, variantlilik, anonimlik xususiyatlarini ko‘ra olgan. Ularda oddiy xalq ommasining ichki ruhiy kechinmalari, tirikchiligi, yashash uchun kurashi, tushunchalari, ijtimoiy munosabatlari va dunyoqarashlari aks ettirilishini to‘g‘ri qayd etgan. U “ashula” janri tabiati xususida to‘xtalar ekan, “Andijon boray” qo‘shig‘ini misol tariqasida keltirib o‘tgan:
Qoshingni qorasida,
Xol bo‘lay orasiga.
Aslo rahming kelmaydir,
Musulmon bolasiga.
Andijon boray dedim, borolmadim.
Rohatlik qilay dedim, qilolmadim.
Fitrat ushbu lirik asarning tahlilida shunday yozadi: “Go‘yoki, oshiq ma’shuqaning qoshiga shaydo, qora qoshiga xol bo‘lib, hech qayoqqa qo‘yib yubormay, umr bo‘yi u bilan birga bo‘lay, lekin ma’shuqa xol bo‘lishga, o‘ziga chang oshirishga qoymaydi, mendek bu g‘aribga, musulmon yigitga rahmi kelmaydi. Bundan so‘ng yana yuqoridagi naqarot aytiladir. Ondan keyin yana to‘rtlik, yana naqarot davom etadir. Naqarotsiz to‘rtliklar bilangina yurgan ashulalar ham bordir”.7
Shundan so‘ng Fitrat naqarotsiz qo‘shiq sifatida quyidagi parchani misol keltiradi:
Endi sendek, jono jonon qaydadir,
Ko‘rib gul yuzingni bog‘da bandadir.
Saqlay ishqim toki jonim tandadir,
O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadir.

Mehring o‘ti tushuf nogoh jonlarga


Parvoyim yo‘q zarra xonumanlarga.
Lola yanglig‘ to‘lib bag‘rim qonlarga,
O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadir1.
Yuqoridagi qo‘shiq, Fitrat qarashi bilan aytganda, “ashula” ma’lum va mashhurdir. U hali hanuzgacha tildan tushmay kelayotir.
Fitrat lapar janri haqida ham alohida va maxsus to‘xtalgan. U lapar to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi: “El adabiyotining eng ma’lum turlaridan biri lapardir. Bu to‘g‘rida shoirimiz Elbek mana bunday deydilar: Burunlarda bobolarimiz tomonidan to‘y – to‘yga ko‘chirilib buyuk havas bilan aytilib kelgan bu “adabiyot” bukun so‘nar holga yetmishdir. Lapar “opera”ga yaqinroq bir ruhda aytilgan asar bo‘lib, buni qizning nikohidan bir – ikki kun burun o‘yin kechasida “kuy” bilan aytib o‘qiydilar.
Munda kelin bo‘lg‘uvchi qiz o‘zining yaqin o‘rtoqlarini chaqirib, “bazm kechasi” yasaydilar. Buning bir kechasiga qizlardan tashqari xotiralar, kuyov tomonidan yigitlar ham keladirlar. Bu ko‘ngilli kechani boshqarish ishi xotinlarga topshirilganlikdan ular tartib saqlab, kechani juda yaxshi o‘tkazadilar. Bu yasalgusi bazm kechasiga qizlar yana yigitlar o‘zlarining ko‘nglidagi narsalarini “lapar” yo‘li bilan bir-birlariga anglatadirlar. Laparni boshlash oldida qizlar bilan yigitlar orasiga turg‘usi xotiralardan biri “lapar”ning boshlang‘ich bo‘lgan quyidagi “lapar”ni aytib, ularni laparga undaydilar.
Boshlang‘ich lapar:
Laparning avval boshi marmartoshi,
Chit ro‘molni ho‘l qilgan ko‘zning yoshi
Chit ro‘molim xosaye
Qo‘limda chinni kosaye
Qizlar lapar aytmoqda
Yigitlar quloq solsa.
Bundan so‘ng javob tariqasida yigitlar ham so‘zga kiradilar. Birinma ketin qizlar va yigitlar lapar aytib so‘ng o‘tiradilar.
Daryoning nariyog‘ida bir tub g‘o‘za,
Ul g‘o‘zaning tagida oltin ko‘za.
Jon yanga, jonim yanga, arzim sizga,
Bir kecha qo‘shib qo‘ying qaro ko‘zga
Shu zaylda davom etadigan xalq lapari go‘zal qochirimlar asosida bunyod bo‘lgan.
Lapar aytish an’anasi hozir ham an’ana sifatida hamon davom etmoqda. Taniqli folklorshunos T.Mirzayevning ta’kidlashicha: “Ilgarilari obu osh tortilgach, hovlida gulxan yoqilib, hovli bazmi o‘tkazilgan. Shundan keyin qizlar ro‘mol yoyilgan uyga, ya’ni kelinning sepi yoyilgan, maxsus tayyorlangan uyga kirganlar. Qizlar uy ichida, yigitlar tashqarida – eshik oldida yoki qizlar uyning to‘rida, yigitlar poygakda tik turishib lapar aytishgan. Lapar aytishni e’tiborli kayvoni ayol, hamma tan olgan laparchi childirma jo‘rligida yoki childirmasiz boshqarib turgan. Bunda boshqaruvchi ruxsati bilan ikki yigit o‘z belbog‘ini yechib, lapar aytib, o‘ziga ma’qul bo‘lgan ikki qiz oldiga tashlaydi.
O‘z navbatida, qizlar ham lapar bilan javob aytib, yigitlar belbog‘iga biror narsa: olma, nok, anor, tuxum, shirinliklar, qo‘l ro‘molcha yoki xat tugib qaytaradi. Buni “lapar solishtirish” deb aytishadi. Shu tariqa lapar aytishish davom etadi. “Laparni, odatda, kuyov tomondan biror yigit boshlab bergan. Buni “boshlang‘ich laparlar “deyishgan, lekin so‘zga chechan, tajribali laparchi ayol jarayonni nazorat qilib turgan. Bu laparning o‘zida shunday ifodasini topgan:
Avval boshlab aytganda, qiz boshlamas,
Qiz boshlagan laparni el xushlamas.
Aytmayin deb bir xayol qilib edim,
Yoru-jo‘ram qo‘ymadi, endi bo‘lmas1.
Mamatqul Jo‘rayev to‘plab, tartib bergan “Oy oldida bir yulduz” kitobida keltirilgan lapar haqidagi fikrlarga e’tiborimizni qaratsak: Xalqimizning qadimiy odatiga ko‘ra, nikoh to‘yi marosimi tarkibida “lapar kechasi” o‘tkazilgan. Lapar to‘y marosimi fol’kloriga oid janr bo‘lib, asosan, nikohdan bir kun burun o‘tkazilgan qizlar yig‘inida ijro etilgan.
Xususan, Sayramda yashovchi o‘zbeklar odaticha, qadimda nikoh to‘yi bir necha marosimlarni o‘z ichiga olgan. “Maslahat kuni”da ro‘mol yozilgan, sep yoyib uy yasatganlar. Kuyov tomondan ikki xotin “to‘y muborak”ka keladi. Quda taraf ularni yaxshilab kutib olib, bir kiyimlikdan sarupo berib jo‘natadilar. Ertasi kuni “qozon oshi” qilingan. Bu kuni kuyov tomondan to‘rt xotin, to‘rt erkak sovg‘a-salomlar bilan kelishadi. Ularga ham hurmat-e’tibor ko‘rsatadilar. O‘sha kuni kechasi qiz ko‘rar bo‘ladi.
Kelin o‘z yangalari va dugonalari bilan yig‘ilishib turadilar. To‘rt yanga va jo‘ralar hamrohligida kuyov yigit ham keladi. Ularni qizning yangalari kutib olishadi. O‘rtasi ustunli uyning bir tarafida qizlar, ikkinchi tarafida yigitlar turadilar. Keyin yangalar: - Kuyov jo‘ralar o‘tiringlar-ov! O‘tiringlar! – deb uch marta xitob qiladilar.
Uchinchi xitobdan keyin uyning bir tomoniga qizlar, bir tomoniga yigitlar qarama-qarshi o‘tiradilar.
Yangalar: - Qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin! – deb fotihalar qiladilar. Shundan so‘ng, qizlar laparni boshlab berishadi.
Laparni kim boshladi,
Avval bahor bo‘lmay turib.
Sabzani kim ko‘tardi,
Ilk sahar bo‘lmay turib.
Ko‘rinyaptiki, Abdurauf Fitratning lapar haqidagi ilmiy mulohazalari keyingi davrda u haqda bildirilgan fikrlarga har tomonlama mos kelmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Fitrat “ashula” deganda, o‘zbek folklorining eng keng tarqalgan, ommaviy janrlaridan biri “qo‘shiq”ni nazarda tutgan va o‘zbek xalq qo‘shiqlariga xos janriy xususiyatlar bilan tanishtirishga uringan. Fitrat xalq qo‘shig‘i haqidagi nazariy qarashlarini tasdiqlash maqsadida misollar keltirib, ularni tahlil qilgan. Ammo u xalq qo‘shiqlari xususida umumiy fikr yuritgan, xolos. Ularnning ko‘proq vazni masalasiga to‘xtalgan. Eng muhim masalalardan biri sanalgan, mavzuviy turlariga ko‘ra farqlanishiga e’tibor qaratmagan.


XULOSA

Fitrat mumtoz adabiyotni ham, mumtoz poetikani ham, zamonaviy adabiyot nazariyasini ham, jahon adabiyotini ham yaxshi bilar edi. Mana shu bilganlarining hammasi uning dramaturgiyasi, publitsistikasida bo`lgani singari lirikasida ham sintezlashdi. O`z ijodini aruz bilan boshlagan iste`dod sohibi keyinchalik sarbast, barmoq va sochim she`r shakllarida ham samarali ijod qildi. Bu she`rlar o`zining chuqur mazmuni, yuksak badiiyati, obrazlari, badiiy san`atlari bilan Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat singari turkiy adiblar ijodiga hamohang bo`lsa, teran falsafiyligi bilan Bedilni, yuksak pafosi bilan Hofizni, xalq qalbiga yaqinligi bilan Yassaviyni esga soladi, millatparvarlarcha isyonkorlik ruhi esa faqat va faqat Fitrat qalbidan otilib chiqqan vulqondir


Abdurauf Fitratning aruzshunos, mohir tadqiqotchi nasr va nazmda, shuningdek dramaturgiyada qalami o‘tkir ijodkor, umuman serqirra iste’dod egasi ekani u qoldirgan ijodiy meros salmog‘idan bizga ma’lum. Misol tariqasida “Aruz haqida”, “Adabiyot qoidalari”, “Tanlangan asarlari”, “Munozara”, “Sayyohi hind”, “Sayha”, “Hin ixtilolchilari”, “Temur sag‘anasi”, “O‘g‘izxon”, “Abo Muslim”, “Turk tili”, “Chin sevish”, “To‘lqin”, “Vosye qo‘zg‘oloni”, “O‘zbek shoirlari”, “Abulfayzxon”, “Qiyomat”, “Shatonning tangriga isyoni” kabi o‘nlab ilmiy, badiiy, tarixiy asarlari chop etilgan. Bu qatorni uzundan-uzoq davom ettirish mumkin.
Fitrat adabiyotshunos, shoir, etnograf, dramaturg, o‘qituvchi, publitsist, jurnalist sifatida nom qoldirgan. Biroq uning xalq og‘zaki ijodi, ya’ni follorga oid qarashlari ham alohida e’tiborni tortadi. Jumladan, u “Adabiyot qoidalari” kitobida xalq og‘zaki ijodidagi bir qancha janrlar xususida maxsus to‘xtalib, ularning xususiyatlari haqida o‘z ilmiy qarashlarini bayon etgan.
Demak yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib qo‘yidagicha xulosalarga keldik;

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling