O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


BMIning maqsad va vazifalari


Download 65.23 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi65.23 Kb.
#1057398
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fitratning adaonlar misolida)

BMIning maqsad va vazifalari. Abdurauf Fitratning folklorga oid qarashlarini va estetik munosabatini o‘rganishdan iborat.
- Olimning adabiyotshunos olim sifatida mumtoz adabiyot an’analarini tadqiqotchisi ekanligini o‘rganish;
- Fitratning “el adabiyoti”, ya’ni o‘zbek folklori, tabiati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning janriy tizimi va tarkibi haqida bildirgan ilmiy qarashlarini o‘rganish;
- Fitratning xalq poetik ijodining ertak va doston janrlariga munosabatini tadqiq etish;
- Olimning xalq og‘zaki ijodining ashula va lapar janrlariga oid nazariy qarashlarini tahlil qilish;
- Fitratning xalq ijodi an’analaridan o‘z ijodida foydalanish mahoratini aniqlash;
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Abdurauf Fitratning o‘zbek adabiyotshunosligi, adabiy tanqidchiligi, dramaturgiyadagi mahorati, ijtimoiy-huquqiy, pedagogik qarashlari, tilshunoslik merosini o‘rganish sohasida qator salmoqli doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, ilmiy-adabiy va ijtimoiy faoliyatini o‘rganishda vatanimiz sarhadlaridan tashqarilarda ham birmuncha tadqiqotlar yaratilgan. Lekin har to‘kisda bir kemtiklik bor deganlaridek, shular qatorida Fitratning folklorshunoslik faoliyati hamda folklordan o‘z ijodida badiiy-estetik maqsadda foydalanish mahorati, asarlaridagi folklorizmlar tabiati va vazifalarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot yetishmaydi. To‘g‘ri, fitratshunoslar H.Boltaboyevning “XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi”, Sh.Turdiyevning “Fitrat va folklor”, I.G‘aniyevning “Fitrat dramalari poetikasi”,U.Jo‘raqulovning “Fitratning tadqiqotchilik mahorati”, N.Davurboyevaning “Fitrat dramalarida milliy ozodlik g‘oyasining talqini”, tilshunos Y.Saidovning “Fitrat badiiy asarlari leksikasi”1 singari tadqiqotlarida mazkur masalaga aloqador ayrim fikr-mulohazalar uchraydi. Shuningdek, yana O.Sharafiddinov, B.Qosimov, N.Karimov, O.Safarov, O.Hamroyeva va boshqa olimlarning asar va maqolalarida ham bu haqda ba’zi mulohazalar bildirib o‘tilgani kuzatiladi.
O‘tgan asrning 80-yillari ikkinchi yarmidagi qayta qurish va O‘zbekistonda milliy istiqlolning g‘alabasi tufayli Fitrat ijodiyotini tadqiq qilish, asarlarini alohida-alohida o‘rganish, qayta baholash va umumadabiy jarayondagi qimmatini belgilash harakati birmuncha jonlandi. Shu munosabat bilan Ilhom G‘aniyevning Fitrat ijodiy merosini o‘rganishga bag‘ishlagan “Fitratning tragediya yaratish mahorati”, “Fitrat. E’tiqod. Ijod” va “Fitrat va fitratshunoslik” nomidagi uch monografiyasining bosilib chiqishi ana shunday jonli harakatning nishonasi bo‘ldi.
Umuman aytganda, Fitratning folklorga munosabatini va u haqdagi qarashlarini alohida o‘rganishga to‘g‘ri keladi.

Download 65.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling